Davlat xizmatining turlari Davlat xizmatining printsiplari Davlat xizmatining funktsiyalari



Download 26,72 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi26,72 Kb.
#206424
  1   2   3
Bog'liq
2-Мавзу


2-MAVZU. DAVLAT XIZMATINING PRINTSIPLARI VA FUNKTSIYaLARI
REJA

  1. Davlat xizmatining turlari

  2. Davlat xizmatining printsiplari

  3. Davlat xizmatining funktsiyalari

  4. Davlat xizmatini amalga oshirish


Davlat xizmatchilari huquqning individual sub’ektlaridan iborat bo’lgan ijtimoiy guruh bo’lib, ma’lum bir haq evaziga davlat organlarining vazifa va funktsiyalarini amalga oshiradilar.

Tuziladigan har bir tashkilot normal faoliyat ko’rsatishi uchun maxsus tayyorlangan xizmatchilardan iborat ma’lum personaliga ega bo’lishi lozim. Tashkilot turiga qarab huquq ob’ektlarining quyi­dagi, ya’ni davlat (davlat organlari), mahalliy organlar, jamoat birlashmalari, nodavlat, tijorat, notijorat, diniy, xususiy, xalqaro tashkilotlarning xizmatchilarini ko’rsatib o’tish mumkin.

Davlat va mahalliy organlarning xizmatchilari davlat va mahal­liy organlar oldida turgan vazifa va funktsiyalarni amalga oshira­dilar.

Davlat xizmatchisi, keng ma’noda, davlat vazifa va funktsiyalari­ni nafaqat davlat organlarida, balki davlatning boshqa tashkilot, muassasa va korxonalarida amalga oshiradigan huquqning indivi­dual sub’ektidir. Davlat xizmatchisi – davlat organlari vakolat­larini bajarishni ta’minlash bo’yicha muayyan kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs. Davlat xizmatchisi va davlat (davlat organi) o’rtasida davlat-xizmat munosabatlari vujudga kelib, ular o’zaro huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi.

Davlat xizmatchisi, tor ma’noda, davlat xizmatida davlat lavozimini egallagan, ya’ni davlat ma’muriyatining tuzilmalari tizimida ma’lum bir mansabni egallaydigan, pul mukofoti evaziga mazkur davlat organining funktsiyalarini amalga oshiradigan shaxsdir.

Davlat xizmatchilarining aksariyati ijro-farmoyish berish (tashkillashtirish) vakolatlarini va ijtimoiy-madaniy faoliyatni amalga oshirish bilan shug’ullanadilar. Faqatgina ayrim davlat xizmatchilari maxsus davlat lavozimlarini egallaydilar, masalan, odil sudlov va prokuror nazoratini (ya’ni huquqni muhofaza qilish faoliyatini) amalga oshiradilar.

Ko’pgina yuridik adabiyotlarda davlat xizmatchisiga quyidagicha ta’rif beriladi: davlat xizmatchisi – bu davlat ma’muriyati apparatida bevosita yoki bilvosita ma’lum bir haq evaziga doimiy yoki vaqtincha xizmat majburiyatlarini amalga oshiruvchi shaxsdir. Bunda «xizmatchi tomonidan xizmat majburiyatlarining bajari­lishi» asosiy tushuncha sifatida namoyon bo’ladi.

Davlat xizmatchisi tushunchasini uch ma’noda ko’rib chiqish mumkin:



birinchidan, davlat-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmatchisi – bu davlatning (davlat organlarining) xususiyati va ahamiyati bo’yicha turli vakolatlarga ega bo’lgan «xizmatkori» hisoblanadi. Davlat xizmatchilari davlat ma’muriyatining ichidagi turli ijtimoiy munosabatlarda yoki tashqi aloqalarda davlat nomidan harakat qiladilar. Davlat xizmatchisi – davlat va jamiyat taraq­qiyotining mahsuli bo’lib, davlat funktsiyalarini amalga oshiradi;

ikkinchidan, ma’muriy-huquqiy nuqtai nazardan davlat xizmat­chisi maxsus hokimiyat, tashkil etuvchi-farmoyish beruvchi vakolat­larga ega. Davlat xizmatchisi yurisdiktsiyaviy (huquqni muhofaza qiluvchi) choralar va vakolatlarni amalga oshirish hamda ma’muriy-huquqiy sanktsiyalarni qo’llash huquqiga ega bo’lgan hokimiyat vakilidir;

uchinchidan, jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan davlat xizmatchisi jinoiy javobgarlikning maxsus sub’ekti hisoblanadi (davlat xizmatchisi – mansabdor shaxslar – mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladilar).

Har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimidan kelib chiquvchi ma’lum bir vazifani bajarishi kerak. Davlat lavozimi – davlat xizmatchisining ish (xizmat) joyi hisoblanadi. Har bir dav­lat lavozimi davlat xizmatining asosiy elementlaridan biri bo’l­gan shtat birligiga kiritiladi. SHtat jadvali davlat organi (tashki­loti)da tashkil etilgan lavozimlardan iborat. Davlat tashkilot­larida lavozimlar davlat hokimiyati sub’ektlari tomonidan far­moyish berish tartibida tashkil etiladi.

Xizmatchi ma’lum bir lavozimni uzoq vaqt davomida (masalan, butun faoliyati davomida) egallashi mumkin. Davlat xizmatchisi davlat organida faoliyat yuritishi jarayonida lavozim bo’yicha hara­katlanishi mumkin. Davlat xizmatida malaka darajalari joriy etilgan. Malaka darajalari davlat xizmatchisining bir lavozimdan ikkinchi lavozimga o’tishini (masalan, yuqoriga yoki pastga qarab harakatlanishini) belgilab beradi. Malaka darajasi butun kasbiy faoliyat jarayonida davlat xizmatchisini davlat bilan bog’lab turadi hamda davlat va jamiyatdagi munosabatlarning muvozanatini ta’minlaydi. G’arbiy Yevropa davlatlarining ko’pchiligida, agar davlat lavozimi bekor qilinadigan bo’lsa, lavozimni egallagan shaxs ishdan bo’shatilishi mumkin emas, chunki u olgan malaka darajasi boshqa davlat lavozimini egallash huquqini beradi. Malaka darajasi davlat xizmatchisi uchun himoya hisoblanadi. Aynan mana shu jihatlari bilan malaka darajasi davlat lavozimidan ajralib turadi1.

O’zbekiston Respublikasida davlat xizmatchisi tushunchasini quyidagicha belgilash mumkin:




Download 26,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish