Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Seleksiya  yutug‘i  muallifining  huquq  va  majburiyatlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4-§.  Seleksiya  yutug‘i  muallifining  huquq  va  majburiyatlari

Barcha  intellektual  mulk  obyektlarining  muallifi  bo'lgani  singari, 

seleksiya  yutuqlarining  ham  o'z  yaratuvchisi  ham  muallifi  bo'lishligi 

tabiiy  hoi  albatta.  Odatda,  huquqiy  muhofazaning  shakllantirilganligi, 

biologik  va  zoologik  yutuqqa  mualliflik  masalasining  qanday  hal 

qilinganligiga  bog'liq  bo'ladi.1  Bu  masalaga  O'zbekiston Respublikasining 

«Seleksiya yutuqlari to'g‘risida»gi qonunining 4-moddasida javob berilgan. 

Unga  ko'ra,  o'zining  ijodiy  mehnati  bilan  o'simlik  navi  va  hayvon  zotini 

yaratgan  (aniqlagan  yoki  chiqargan) jismoniy shaxs  o'simlik  yoki  hayvon 

zotining  seleksiya  y u tu g 'i  m uallifi  deb  hisoblanadi.  O 'zbekiston 

Respublikasining  istalgan  fuqarosi  yoshi  va  muomala  layoqatidan  qat’iy 

nazar seleksiya yutug'ining muallifi bo'lishi mumkin.  Mualliflik huquqlari 

vujudga  kelishining  asosi  muomalaga  layoqatliligi  seleksiya  natijasida 

yutuqning  obyektiv  faktliligi  hisoblanadi.  Yaratilgan  seleksiya  yutug'iga 

huquqiy  muhofaza  hujjati  berilgandan  so'ng,  uning  muallifi  seleksiya 

yutug'lariga  nisbatan  huquq  subyekti  sifatida  e’tirof  etiladi.  Voyaga 

etmagan  va  muomalaga  layoqatsiz  shaxslarning  mualliflik  huquqlari 

ularning  qonuniy  vakillari  orqali  amalga  oshiriladi.

Qonunda chet el fuqarolari seleksiya yutuqlarining muallifi bo'lishligi

1  Левченко  В.И.  Правовая  охрана  селекционных  достижения.  -М.:  Наука.  1983.  -51 



Й6

www.ziyouz.com kutubxonasi




yoki  ular  huquqlarining  muhofazasi  haqida  so‘z  yuritilmagan.  Lekin, 

«Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik 

qoidalari»da xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar talabnomani O'zbekiston 

Respublikasining xalqaro shartnomalariga ko'ra yoki o'zaro do'stlik tamoyili 

asosida  beradilar,  -  degan  qoida  mustahkamlangan.  Ushbu  me’yor  chet 

el fuqarolari va yuridik shaxslarining O'zbekiston Respublikasida seleksiya 

yutuqlarining  to'laqonli  subyekti  bo'la  olmasalarda,  ular  ham  xalqaro 

shartnomalar  va  do'stlik  tamoyili  asosida  seleksiya  yutug'iga  nisbatan 

huquqlar  subyektlar  bo'la  olishlari  mumkinligini  ko'rsatadi.

Bir necha shaxslaming ijodiy faoliyatlari natijasida seleksiya yutuqlari 

yaratilgan bo'lsa, unda bunday seleksiya yutug'iga nisbatan hammualliflik 

belgilanadi.  Seleksiya  yutug'ini  yaratishda  o'zining  ijodiy  mehnati  bilan 

qatnashgan  shaxslarning  barchasi  seleksiya  yutug'i  muallifi  deb  e’tirof 

etiladi. Seleksiya sohasida hammualliflik masalasi juda dolzarb hisoblanadi. 

Chunki,  birinchidan,  yangi  nav  va  hayvon  zotlarining  katta  qismi  yakka 

seleksiya yutug'i muallifi tomonidan emas, butun bir ijodkorlar tomonidan 

yaratilmoqda;  ikkinchidan,  seleksiya  inson  faoliyatining  maxsus  sohasi 

bo'lib, ijodiy faoliyatning boshqa turlaridan o'zining bir necha xususiyatlari 

bilan  ajralib  turadi.  Hozirgi  vaqtda  seleksiya  kompleks  fan  sifatida  turli 

xil  mutaxassislar-genetiklar,  fiziologlar,  bioximiklar,  fitopotologlar, 

sitologlar  va  boshqalarning  sa’y-harakatlari  majmui  hisoblanadi1.

Darhaqiqat  sanab  o'tilgan  mutaxassislarning  barchasi  nafaqat  o'z 

oldiga  qo'yilgan  masalani  echishi,  ya’ni  yangi  navni  u  yoki  bu  foydali 

tomoni  va  sifatini  aniqlashi  lozim.  Balki,  seleksiya  natijasining  himoyaga 

layoqatlilik  mezonlarining  yuzaga  keltirishdagi  umumiy  muammoni  hal 

qilishga  harakat  qilishlari  kerak.  Shu  bilan  birga,  yangi  nav  yoki  zot 

yaratilishining  ancha  uzoq  muddat  davom  etishini,  ba’zi  holatlarda  bu 

ishda  insonlarning  bir  necha  avlodlari  almashinishini  hisobga  olish  lozim 

bo'ladi. Va nihoyat, seleksiya ishida boshqa sohalardan farq qilib seleksiya 

yutug'i  muallifilarga  dastlabki  materiallarni  saralash,  urug'likni 

ko'paytirishda  texnik  operatsiyalarni  bajaruvchi  shaxslarning  ko'magi 

muhim  ahamiyat  kasb  etishini  e’tibordan  chetda  qoldirmaslik  kerak.

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  hammuallif  sifatida  seleksiya  ishida 

o'zining  ijodiy  mehnati  bilan  qatnashgan  shaxslar  tan  olinishini  ta’kidlab 

o'tish  lozim.

Seleksiya  yutug'i  muallifining  mualliflik  huquqi  -   shaxsiy  nomulkiy

Сергеев  А.П.  Право  интеллектуальной  собственности  в  РФ.  -М .:  Проспект. 



2000.  -708  с.

www.ziyouz.com kutubxonasi




huquq bo'lib, boshqa shaxsga o'tkazilishi mumkin emas. Muallifning shaxsiy 

nomulkiy  huquqlarni  amalga  oshirishdan  voz  kechish  to'g'risida  biron- 

bir  shaxs  bilan  kelishuv  va  muallifning  bu  haqdagi  arizasi  o‘z-o‘zidan 

haqiqiy  emas,  ya’ni  muallifning  bunday  harakati  hech  qanday  yuridik 

oqibatlar  vujudga  keltirm aydi1.  Patent  huquqidan  farqli  ravishda 

mualliflik  huquqi  muddatsiz  himoya  qilinadi.

Respublikamiz  qonunchiligi  seleksiya  yutuqlari  mualliflariga  ular 

xizmatining  jamiyat  tomonidan  tan  olinishi  va  ijodiy  faoliyatlarining 

m anfatdorligi  ta’minlovchi  bir  qator  huquqlar  belgilaydi.  Ushbu 

huquqlarning  asosiylari,  «Seleksiya  yutuqlari  to‘g ‘risida»gi  qonunning

1-bo‘limida berilgan. Seleksiya yutug'i muallifining huquqlari bu qonunda 

qat’iy  tartibda  sanab  ko'rsatilmagan  bo‘lsa-da,  lekin  turli  normalarda 

bayon  etilgan.  Ba’zi  huquqlar  esa  qonunda  o'z  aksini  topmagan  bo'lsa- 

da,  ularni  qonunchilik  mazmunidan  anglab  olish  mumkin.

A.P.Sergeevning  fikricha,  seleksiya  yutug'i  muallifilar  subyektiv 

fuqarolik  huquqlari  tizimini  quyidagi  uchta  guruhga  bo'lib,  o'rganish 

mumkin:

a) seleksiyaviy faoliyat natijasida erishilgan yutuqqa bog'liq ravishda 

vujudga  keladigan  huquqlar;

b) seleksiya yutug'ini rasmiy ravishda himoyaga layoqatli deb topilishi 

bilan  bog'liq  huquqlar;

v)  seleksiya  yutug'idan  foydalanish  bilan  bog'liq  ravishda  vujudga 

keladigan  huquqlar2.

Aynan  mana  shu  uchta  guruhdagi  huquqlar  seleksiya  yutug'i 

muallifining  barcha  huquqlarini  o'zida  jamlab  oladi.  Umumiy  qoidaga 

ko'ra,  har  qanday  ijod  natijasi  ko'zlangan  maqsadga  erishilgandan  so'ng, 

yaratilgan  hisoblanadi  va  himoya  qilinishi  lozim  bo'ladi.  Bu  qoidani 

to'lig'icha  seleksiya  yutuqlariga  nisbatan  qo'llash  mumkin.  Biologik 

masalaning  yechimi  topilgan  kundan  boshlab,  seleksiya  yutug'i  muallifi 

o'zining  mualliflik  huquqlarini  himoya  qilish  huquqiga  ega  bo'ladi.  Hech 

kim bir shaxs tomonidan erishilgan seleksiya natijasini o'ziniki qilib olishga 

haqli  emas.  Ijodiy  natijaga  erishilgan  lekin,  hali  uning  himoyaga 

layoqatliligi  rasmiy  tan  olinmagan  davrda,  seleksiya  yutug'i  muallifining 

manfaatlari  mualliflik  huquqi  normalari  bilan  muhofaza  qilinadi.

Shuningdek,  seleksiya  yutug'i  muallifining  yuqorida  sanab  o'tilgan

1  Рахмонкулов  )^.P.  Фукаролик  хукукининг  предмети,  методи  ва  тамойиллари.- 

Т.:  ТДЮИ  наш.2003.-21  б.

2  Сергеев  А.П.  Право  интеллектуальной  сосбтвенности  в  РФ.  -М .:  Проспект. 

2000.  -715  с.

www.ziyouz.com kutubxonasi




huquqlari  jumlasiga,  seleksiyaviy  natijani  himoyaga  layoqatliligini  tan 

olish  uchun  topshirish  huquqi  ham  kiradi.  Qonunga  muvofiq  seleksiya 

yutug‘i  muallifi  ham  yaratilgan  yangi  o'simlik  va  hayvon  zoti  uchun 

patent  olish  to'g'risida  talabnoma  topshirish  huquqiga  ega.  O'simlik  navi 

yoki  hayvon  zotini  o'zining  ijodiy  faoliyati  bilan  yaratgan  yoki  ro'yobga 

chiqargan  jismoniy  shaxs  -   seleksiya  yutug'ining  muallifi,  quyidagi 

hollarda talabnoma berish va muhofaza hujjati olish huquqiga ega bo'ladi:

-  seleksiya  yutug'ini  yaratish  yoki  ro'yobga  chiqarish  shartnoma 

bilan ishga yollanmagan seleksiya yutug'i muallifining ijodiy ishi natijasida 

yuzaga  chiqqan  bo'lsa;

- seleksiya yutug'ini yaratish yoki ro'yobga chiqarish seleksiya yutug'i 

muallifi  o'z  xizmat  burchlarini  (seleksiya  yutug'i  xizmati)  bajarishlari 

natijasida  yuzaga  kelgan  bo'lsa,  lekin  tomonlarning  talabnoma  berish  va 

muhofaza  hujjati  olish  huquqlari  shartnoma  bilan  tasdiqlanmagan  bo'lsa;

-  seleksiya  yutuqlarini  yaratish  yoki  ro'yobga  chiqarish  seleksiya 

yutug'i muallifi o'z xizmat burchlarini bajarishi (seleksiya yutug'i xizmati) 

natijasida  yuzaga  kelgan  bo'lsa,  talabnoma  berish  va  muhofaza  hujjatini 

olish huquqi esa, seleksiya yutug'i muallifi tomonidan shartnomaga binoan 

mustahkamlanmagan  bo'lsa;

- seleksiya yutug'ini yaratish yoki ro'yobga chiqarish seleksiya yutug'i 

muallifini  aniq  topshiriqni  bajarishdagi  o'z  burchlari  natijasida  yuzaga 

kelgan  bo'lsa,  lekin,  topshiriq  predmeti  maqsadga  javob  bermasa;

-  seleksiya  yutug'i  xizmat  yuzasidan  bajarilgan  bo'lsa,  ish  beruvchi 

esa,  seleksiya  yutug'i  muallifi  tomonidan  xizmat  seleksiya  yutug'i 

to'g'risidagi  xabarni  olganidan  so'ng  4  oy  muddat  davomida  talabnoma 

bermasa,  talabnoma  berish  huquqini  boshqa  shaxsga  o'tkazmasa  va 

seleksiya  yutug'ini  sir  saqlashni  seleksiya  yutug'i  muallifiga  ma’lum 

qilmagan bo'lsa  (seleksiya yutuqlariga talabnoma tuzish  va topshirishning 

vaqtinchalik  qoidalarining  6.1.  bandi).

Seleksiya  yutug'i  muallifining  seleksiyaviy  faoliyati  natijasida 

erishilgan  yutuqlarga  bog'liq  bo'lgan  huquqlaridan  yana  biri  patent  olish 

huquqini boshqa shaxsga berish huquqidir. Bu huquq amaldagi qonunchilik 

bilan to‘g‘ridan-to‘g'ri  tartibga  solinmagan  bo'lsada,  lekin  bunday  huquq 

seleksiya  yutug'i  muallifining  potensial  imkoniyatlari  qatoriga  kiradi, 

chunki  qonun  intellektual  faoliyatning  alohida  natijalariga  nisbatan 

huquqlari  (qonunda  ko'rsatilmagan,  lekin  shaxsga  tegishli  qonuniy 

manfaatlardan  kelib  chiqadigan)ga  to'sqinlik  qilmaydi.  Hozirgi  kunda 

seleksiya  yutuqlarining  barchasi  davlatga  qarashli  muassasalarda 

yaratilayotganligi,  yangi  nav  va  zotga  patent  olish  huquqi  ya’ni,  mutlaq

www.ziyouz.com kutubxonasi




huquq faqat ish beruvchiga tegishli ekanligini hisobga olgan holda seleksiya 

yutug'i muallifining bu huquqi (qonuniy manfaatlari) "Seleksiya yutuqlari 

to‘g ‘risida"gi  qonunda  o'z  ifodasini  topmagan.  Shuningdek,  bu  holatga 

FKning  intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquqlar 

to'g'risidagi (1034-modda) va mutlaq huquqlarning boshqa shaxsga o'tishi 

haqidagi  (1035-modda)  qoidalarini  tatbiq  etib  bo'lmaydi.  Bu  qoidalar 

qo'llanilishi  uchun  esa,  seleksiya  yutug'i  muallifi  yangi  nav  va  zotga 

patent  olishda  mutlaq  huquqqa  ega  bo'lishlari  kerak,  hozirda  esa,  ular 

aksincha,  nisbiy  huquqqa  egalar.

Seleksiya yutug'i huquqiy himoyasining rasmiy tan olinishi, seleksiya 

yutug'i  muallifida  bir  qator  subyektiv  huquqni  vujudga  keltiradi.  Agar 

seleksiya  yutug'ining  huquqiy  himoyasi rasmiy  tan  olingungacha  bo'lgan 

davrda  faqatgina  ijodiy  natijaga  bo'lgan  mualliflik  huquqi  va  uni  tan 

olinishi  haqida  fikr  yuritish  mumkin  bo'lsa,  erishilgan  natijani  huquqiy 

himoyaga layoqatli deb topilgan seleksiya yutug'i sifatida rasmiylashtirilishi 

seleksiya yutug'i muallifiga aniq seleksiya yutug'ining mualliflik huquqini 

beradi.  Ushbu  huquqlar  jumlasiga  birinchi  navbatda  himoyaga  layoqatli 

seleksiya  natijasiga  mualliflik  huquqi  kiradi.  Mualliflik  huquqida  ham 

patent huquqida ham bu subyektiv huquq shaxsiy mutlaq va mustasnolik 

xarakteriga ega. Mualliflik huquqi faqatgina seleksiya yutug'i muallifining 

o'zigagina  (seleksiya yutug'i muallifilar guruhiga ham) tegishli va huquqiy 

vorislik  asosida  boshqaga  berilishi  mumkin  emas.

Seleksiya yutug'i muallifining mualliflik huquqi boshqaga o'tkazilmay- 

digan shaxsiy huquq hisoblanadi va muddatsiz himoya qilinadi. Muallifning 

shaxsiy huquqlari shaxsiy huquqlarning boshqa turlaridan farq qiladi. Buni 

shu  holat  bilan  ifodalash  mumkin-ki,  agar  fuqarolar  shaxsiy  huquqlari 

ulaming  shaxsi  bilan  bog'liq  bo'lsa,  muallifning  shaxsiy  huquqlari  uning 

ijodiy  mehnati  bilan  bog'liqdir1.  Seleksiya  yutug'i  muallifining  muallifligini 

o'zlashtirib  olish,  uni  hammualliflikka  majbur  qilish  qonunga  muvofiq 

javobgarlikka  tortilishiga  sabab  bo'ladi.

Mualliflik  huquqi  bilan  uzviy  bog'liq  bo'lgan  seleksiya  yutug'i 

muallifining  yana  bir  huquqi  mualliflik  nomiga  bo'lgan  huquqdir.  Bu 

huquq  mualliflik  huquqi  bilan  bog'liq  bo'lsada,  seleksiya  yutug'i 

muallifining mustaqil  huquqi  hisoblanadi. Ushbu  huquq  seleksiya yutug'i 

muallifiga  himoya  hujjati  berish  haqidagi  talabnomada  himoya  hujjatida

1  Тошев  Б.Н.  Законодательные  основы  и  формы  защиты  авторских  прав  в 

Узбекистане.  Автореф.дисс....  док.  юрид.  наук.  -Т.:  1999.  -1 2   с.

www.ziyouz.com kutubxonasi




va  seleksiya  yutug'i  xususida  e’lon  qilinadigan  barcha  materiallarda  o'z 

nomi ko'rsatilishini talab qilish imkonini beradi. Seleksiya yutug'i muallifiga 

xuddi  asar  muallifi  kabi  taxallusdan  foydalanish  imkoniyati  berilmagan. 

Lekin,  seleksiya  yutug'i  muallifi  davlat  patent  idorasi  tomonidan  e’lon 

qilinadigan arizalar to'g'risidagi  ma’lumotlarda o'z nomi ko'rsatilmasligini 

talab qilish huquqiga  ega.

Seleksiya  yutug'i  muallifi  o'z  nomiga  patent  berishni  so'rab  ariza 

topshirgandan  so'ng  seleksiya  yutug'iga  o'z  nomi  yoki  boshqa  maxsus 

nom  berishni  talab  qilishga  haqli.  Shu  bilan  birga  ushbu  bosqichda 

seleksiya  y u tu g 'i  m uallifida,  agar  ish  b e ru v ch i  bilan  tuzilgan 

shartnomada  boshqacha  holat  ko'rsatilmagan  bo'lsa  boshqa  huquqlar 

ham yuzaga  keladi.  Shunday huquqlardan biri  sifatida  seleksiya  yutug'i 

muallifi  bilan  ish  beruvchi  o'rtasidagi  shartnomada,  seleksiya  yutug'i 

muallifining  seleksiya  yutug'i  himoyaga  layoqatli  deb  topilsa,  alohida 

mukofot talab qilish huquqini ko'rsatish mumkin. Ushbu shartga muvofiq 

seleksiya  yutug'i  muallifi  o'simliklarning  yangi  navi  va  hayvonlarning 

yangi  zotini  yaratishda  olib  borgan  ishi  uchun  tegishli  haq  (ish  haqi) 

olishdan  tashqari  (bunday  haq  yaratilgan  natija  himoyaga  layoqatli 

bo'lishi  yoki  bo'lmasligidan  qat’iy  nazar  seleksiya  yutug'i  muallifiga 

beriladi)  seleksiya  natijaga  himoyaga  layoqatli  deb  topilsa,  mukofot 

olish  huquqiga  ega  bo'ladi.

Seleksiya yutug'i muallifining seleksiya yutug'idan foydalanish  bilan 

bog'liq  ravishda  vujudga  keladigan  huquqlari  -   bu  seleksiya  yutug'idan 

foydalanganlik uchun haq undirishdir. O'simlik  navi yoki  hayvon zotining 

muallifi  bunday  huquqqa,  uning  o'zi  seleksiya  yutug'iga  patent  egasi 

hisoblanmaganda  hamda  o'sim lik  navi  yoki  h a yvon   zotiga  doir 

litsenziyadan foydalanilganda yoxud u sotilganida ega bo'ladi. Bu haqning 

miqdori  va  uni  to'lash  tartibi  patent  egasi  yoki  uning  huquqiy  vorisi 

bilan  tuzilgan  shartnomada  belgilab  qo'yiladi  (qonunning  7-moddasi,  4- 

qismi).


Seleksiya  yutug'ining  muallifi  seleksiya  yutug'idan  foydalanganlik 

uchun  haq  olish  huquqi  seleksiya  yutug'iga  muvaqqat  huquqiy  himoya 

davrida ham kuchga ega bo'ladi (qonunning 21-moddasi). Qonun seleksiya 

yutug'idan  foydalanganlik  uchun  haq  to'lash  muddatini  aniq  belgilaydi. 

Unga  muvofiq  haq  seleksiya  yutug'ining  muallifi  (hammualliflar)ga 

seleksiya yutug'idan  foydalanilgan  hisobot  davri  tugagandan  keyin  ko'pi 

bilan  6  oy  ichida  to'lanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




5-§. Seleksiya yutug'iga nisbatan patent cgasining 

huquq va majburiyatlari

Seleksiya yutuqlariga nisbatan seleksiya yutug'ining muallifi, ularning 

huquqiy vorislari, ish beruvchilar hamda seleksiya yutug'ining muallifining 

roziligi  bilan  patent  olish  huquqiga  ega  bo'lgan  boshqa  shaxslar  patent 

egasi  bo'lishlari  mumkin.  Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  seleksiya 

yutug'ining muallifi yaratilgan seleksiya yutug'i to'g'risida ish beruvchini 

xabardor  qilgan  kundan  e’tiboran  to'rt  oy  ichida  ish  beruvchi  Patent 

idorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqidan boshqa 

shaxs foydasiga voz kechmasa va seleksiya yutug'ini sir saqlash to'g'risida 

seleksiya  yutug'ining  muallifiga  ma’lum  qilmasa,  seleksiya  yutug'ining 

muallifi talabnoma topshirish orqali seleksiya yutug'iga patent egasi sifatida 

tan  olinish  huquqiga  ega  bo'ladi.

Xizmat  tartibida  yaratilgan  seleksiya  yutug'ining  egasi  ish  beruvchi 

hisoblanadi.  Qonunning  7-moddasiga  muvofiq,  seleksiya  yutug'ining 

muallifi  seleksiya  yutug'ini  yaratishda:  o'ziga  egallab  turgan  lavozimga 

xos  vazifalarni  bajargan  bo'lsa;  seleksiya  yutug'ini  yaratish  maqsadida 

o'z zimmasiga maxsus yuklatilgan vazifalarni bajargan bo'lsa; ish beruvchi 

yoki  topshiriq  bergan  shaxs  tomonidan  o'ziga  berilgan  moddiy  vositalar 

yoki  m oliy a v iy   m ablag'lardan  foydalangan  bo'lsa;  ish  beruvchi 

tashkilotning  o'ziga  xos  jihatini  tashkil  etadigan  bilim  va  tajribadan 

foydalangan  bo'lsa,  bunday  yutuq  xizmat  tartibida  yaratilgan  deb 

hisoblanadi.

Shuningdek,  seleksiya  yutug'iga  nisbatan  patent  egasi  sifatida 

seleksiya yutug'i muallifi va ish beruvchi o'rtasidagi shartnomada nazarda 

tutilgan shaxs ham tan olinishi mumkin. Agar seleksiya yutug'i muallifning 

o'zi  tomonidan  mustaqil  yaratilgan  bo'lsa,  u  holda  seleksiya  yutug'i 

muallifi  yoki  uning  huquqiy  vorisining  patent  yoki  guvohnomani  boshqa 

shaxsga  berish  to'g'risidagi  talabnomasi  yoki  arizasida  ko'rsatilgan  har 

qanday  shaxs  patentni  olish  huquqiga  ega.  Bu  holda  seleksiya  yutug'i 

muallifi  yoki  uning  huquqiy  vorisining  arizasi  Patent  idorasiga  patent 

berish  to'g'risida  qaror  qabul  qilinishiga  qadar  tushgan  bo'lishi  lozim.

Seleksiya  yutug'ini  bir  necha  shaxslar  bir-biridan  holi  ravishda 

yaratgan bo'lsalar, u holda patent olish huquqiga patent idorasiga oldinroq 

talabnoma  topshirgan  va  bu  talabnomasi  chaqirib  olinmagan  yoki  rad 

etilmagan  shaxs  ega  bo'ladi.

Patent idorasining va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning xizmatchilari 

ana  shu  tashkilotlarda  ishlagan butun  davrida  patent  olish  huquqiga  ega 

722

www.ziyouz.com kutubxonasi




emaslar. Ular patent  olish huquqiga  patent  idorasi  yoki  ixtisoslashtirilgan 

tashkilotlardan ishdan ketganlaridan bir yil o‘tgandan so‘ng, ega bo'ladilar 

(Qonunning  15-moddasi).

Seleksiya yutug'iga nisbatan mualliflik huquqidan farq qilib seleksiya 

yutug'iga  nisbatan  patent  huquqi  va  patent  olish  huquqi  meros  asosida 

bir  shaxsdan  ikkinchisiga  o'tishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  patent  egasi 

o'zining  egalik  huquqidan  har  qanday  jismoniy  yoki  yuridik  shaxs 

foydasiga voz kechishi mumkin. Bunda seleksiya yutug'iga nisbatan patent 

egasi sifatida  ana  shu  shaxslar  tan  olinadi.

Seleksiya  yutug'iga  nisbatan  patent  egasiga  ham xuddi  sanoat  mulk 

huquqi  obyektlariga  nisbatan  patent  egasiniki  kabi  seleksiya  yutug'idan 

foydalanishda  mutlaq  huquqlar  mavjud.  Shu  bilan  birga  patent  egasi 

bunday huquqqa patent olmagan uchinchi shaxslar ega bo'lishlari mumkin 

emasligini ham belgilaydi. Shuningdek, qonun xuddi ixtirolarning huquqiy 

rejimidagi kabi seleksiya yutuqlarida ham patent egasiga mutlaq huquqlar 

bir  qatorda  majburiyatlarni,  patentni  tasarruf  etish  huquqini  belgilaydi. 

Biroq  seleksiya  yutug'i  obyektlarining  o'ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib 

chiqib,  seleksiya  yutug'iga  nisbatan  patent  egasining  ixtirolarga  nisbatan 

patent  egasidan  farq  qiladigan  bir  qator  alohida  huquqlari  mavjud. 

Birinchidan,  sanoat  mulk  huquqi  obyektlaridan  farq  qilib,  seleksiya 

yutug'iga  nisbatan  berilgan  patent  va  patent  egasining  huquqlari  uzoq 

muddatga  davom  etadi.  Bunda  ixtirolar  uchun  patent  muddati  ko'pi 

bilan 20 yilni tashkil etsa («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari 

to'g'risida»gi  qonuning  3-moddasi),  seleksiya  yutuqlarining  ko'pchiligi 

uchun  30  yil  (patent  egasining  iltimosiga  binoan  uzaytirilishi  mumkin 

bo'lgan muddatni ham qo'shib hisoblaganda) boshqalari  (tok, yog'ochbop, 

manzarali,  mevali  daraxtlar  uchun)  35  yilni  tashkil  etadi.  Ikkinchidan, 

sanoat  mulk  huquqi  obyektlariga  beriladigan  patentlaming  amal  qilish 

muddati  ustuvorlik  sanasidan  boshlab  hisoblansa,  seleksiya  yutuqlari 

uchun  beriladigan  patentni  hisoblash  muddati  esa,  nav  yoki  zot  Davlat 

reestriga  kiritilgandan  boshlab  hisoblanadi.

Seleksiya  yutuqlariga  nisbatan  patent  egasining  huquqlari  seleksiya 

yutug'iga  muvaqqat  huquqiy  himoya  tayinlangan  paytdan  boshlanadi. 

Muvaqqat  huquqiy himoya himoyalash talab qilingan seleksiya  yutug'iga 

talabnoma to'g'risidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan e’tiboran seleksiya 

yutug'i  Davlat  reestrida  ro'yxatga  olingan  sanaga  qadar  belgilanadi. 

Qonunning  21-moddasiga  m uvofiq,  talabnoma  beruvchi  seleksiya 

yutug'iga  muvaqqat  huquqiy  himoya  berilgan  davrda  patent  egasining 

huquqlariga ega bo'ladi. Arizachining muvaqqat huquqiy himoya davrida

www.ziyouz.com kutubxonasi




bunday  huquqlarga  ega  bo'lishi  ijobiy  hoi  albatta.

Seleksiya  yutuqlarini  patent  orqali  muhol'aza  etilishini  o'ziga  xos 

xususiyati shundaki, qonun uchinchi shaxslarga patent egasining roziligisiz 

seleksiya  yutug'iga  nisbatan  amalga  oshira  olmaydigan  harakatlar 

ro'yxatini  belgilaydi1  hamda  patent  egasining  mutlaq  huquqlari  qaysi 

harakatlarga  qaratilishini  ko'rsatadi.  Qonunning  30-moddasiga  binoan 

patent  egasining  mutlaq  huquqi  har  qanday  shaxs-himoya  qilinayotgan 

seleksiya  yutug'ining  urug'lik,  ko'chat  yoki  nasi  materialiga  nisbatan 

quyidagi  harakatlarni  amalga  oshirish  uchun  patent  egasining  ruxsatini 

olishi zarurligi bilan ifodalanadi. Patent egasining roziligidan so'ng amalga 

oshirilishi  mumkin  bo'lgan  bunday  harakatlar  jumlasiga:  yetishtirish  va 

takror yetishtirish (ko'paytirish); nav yoki nasllik kondensiyasiga yetkazish; 

sotish  uchun  taklif  etish;  sotish  va  boshqa  usulda  o'tkazish;  O'zbekiston 

Respublikasi hududidan olib chiqish va O'zbekiston Respublikasi hududiga 

olib  kirish;  shuningdek,  yuqorida  sanab  o'tilgan  maqsadlarda  saqlash.

Ushbu  huquqlar  patent  egasining  mutlaq  huquqlari  (patent  bilan 

muhofaza  qilinadigan  huquqlar)  bo'lib,  ulardan  foydalanish  huquqi  ham 

patent  egasining o'ziga  tegishlidir.  Patent egasi o'zining  mutlaq  huquqlari 

jumlasiga  kiruvchi  ushbu  harakatlardan  foydalanish  uchun  beradigan 

ruxsatnomani faqat o'zining xohishi bilan beradi hamda ushbu ruxsatnoma 

evaziga  seleksiya  yutug'idan  foydalanuvchi  zimmasiga  turli  xil  shartlar, 

cheklovlar va majburiyatlar yuklashi mumkin bo'ladi. Shuningdek, patent 

egasining huquqi uning ruxsatisiz fuqarolik muomalasiga kiritilgan urug'lik 

yoki  zotli  hayvonlardan  etishtirilgan  o'simlik  materialiga  va  chorva 

mahsulotlariga  ham  amal  qiladi.

Muhofaza  qilinayotgan  nav,  zot  belgilarini  jiddiy  ravishda  o'zida 

saqlab  qolgan  (bunda,  muhofaza  qilinayotgan  nav  yoki  zot  boshqa  nav 

yoki  zotning  belgilarini  jiddiy  ravishda  o'zida  saqlab  qolgan  bo'lmasligi 

lozim),  ushbu  qonunning  barqarorlik  mezoniga  muvofiq  muhofaza 

qilinayotgan  nav  yoki  zotdan  aniq-ravshan  farq  qilmaydigan,  muhofaza 

qilinayotgan  nav  yoki  zotdan  bir  necha  marta  foydalanishni  talab  qilgan 

navning  urug'lik,  ko'chat  materialiga  yoki  zotning  nasi  materialiga 

nisbatan  patent  egasining  m utlaq  huquqlari  doirasiga  kiradigan 

harakatlarni  (qonunning  30-moddasi  2-qismida  ko'rsatilgan)  amalga 

oshirish  uchun  ham  patent  egasining  ruxsatini  olish  zarur.

«Seleksiya  yutuqlari  to'g'risida»gi  qonun  nav  yoki  zot  boshqa

Сергеев  А.П.  Право  интеллектуальной  собственности  РФ.  -М .:  Проспект.  2000. 



-720  с.

www.ziyouz.com kutubxonasi




(dastlabki  nav  yoki  zotning  belgilarini  «jiddiy  ravishda  o‘zida  saqlab 

qolishi»  tushunchasini ham izohlab  o'tadi. Bu izoh  qonun  31-moddasining 

5-qismida  bayon  etilgan  bo'lib,  agar  nav  yoki  zot:

-   dastlabki  nav  yoki  zotning  eng  muhim  belgilarini  o'zida  saqlab 

qolgan  bo'lsa  va  bu  nav  yoki  zot  ham  o'z  navbatida  o'zidan  oldingi 

dastlabki  nav  yoki  zot  genotipi  yoxud  genotiplar  kombinatsiyasini  aks 

ettiradigan asosiy belgilarini saqlagan holda ularning eng muhim belgilarini 

o'zida  saqlab  qolgan  bo'lsa;

-   tabiiy  yoki  hosil  qilingan  mutantni  saralab  olish,  dastlabki  nav 

o'simliklari  yoki  zot  hayvonlardan  ayrim  mutantlarni  saralab  olish, 

bekkross,  nav  yoki  zotni  gen  injineriyasi  usullari  bilan  o'zgartirish  kabi 

turli  uslublarni  qo'llash  tufayli  yuz  bergan  farqlarni  istisno  etganda 

dastlabki  nav  yoki  zotdan  aniq-ravshan  ajralib  tursa  va  oldingi  nav  yoki 

zotning  genotipi  yoxud  genotiplar  kombinatsiyasiga  mos  kelsa,  o'zida 

boshqa  (dastlabki)  nav  yoki  zotning  belgilarini  saqlab  qolgan  nav  yoki 

zot  deb  e’tirof  etiladi.

Bir  necha  patent  egalariga  tegishli  patent  bilan  muhofaza  qilingan 

seleksiya  yutug'idan  foydalanish  chog'idagi  o'zaro  munosabatlar  ular 

o'rtasidagi  kelishuvga  muvofiq  belgilanadi.

Seleksiya  yutug'iga  nisbatan  patent  egalari  o'rtasida  seleksiya 

yutug'idan  foydalanish  to'g'risidagi  kelishuv  bo'lmasa,  har  bir  patent 

egasi  muhofaza  qilinayotgan  seleksiya  yutug'idan  o'z  xohishi  bo'yicha 

foydalanishi  mumkin.  Lekin  bunda  har  bir  patent  egasi  muhofaza 

qilinayotgan  seleksiya  yutug'iga  boshqa  patent  egalarining  roziligisiz 

maxsus  litsenziya  berishga  yoki  patentdan  yoxud  guvohnomaga  bo'lgan 

huquqdan boshqa  shaxsning foydasiga  voz kechishga  haqli emas. Maxsus 

litsenziya  berish va  patentdan boshqa shaxs foydasiga  voz  kechish  uchun 

patent  egasi  boshqa  shaxslarning  yozma  roziligini  olishi  lozim.

Patent egalari o'rtasidagi seleksiya yutug'iga nisbatan mutlaq huquqlar 

doirasi va seleksiya yutug'idan foydalanish bo'yicha nizolar sud tomonidan 

tartibga  solinadi.

Patent  egasining  mutlaq  huquqlariga  putur  yetkazmaydigan  istisno 

holatlar ham qonunda sanab ko'rsatilgan. Istisno holatlar deganda seleksiya 

yutuqlaridan  patent  egasining  roziligini  olmasdan,  uchinchi  shaxslar 

foydalanishi  mumkin  bo'lgan  holatlar  tushuniladi.  Patent  egasining 

roziligisiz  seleksiya  yutug'idan  uchinchi  shaxslar  shaxsiy  va  notijorat 

maqsadlarda  foydalanishlari  mumkin.  Bunday  maqsadlarda  foydalanish 

deganda  yangi  nav  va  zot,  urug'ligi,  ko'chati  yoki  nasi  mahsulotini  o'z 

tomorqasida  ekish  va  iste’mol  qilish  tushuniladi.  Seleksiya  yutug'idan 

sinov-tajriba  maqsadida  foydalanish  ham  patent  egasining  mutlaq

www.ziyouz.com kutubxonasi



huquqlarini  buzish  deb  baholanmaydi.

Seleksiya  yutuqlaridan  erkin  foydalanishdagi  muhim  holatlardan 

biri  ana  shu  yaratilayotgan  nav  va  zotdan  patent  egasining  mutlaq 

huquqlarini  buzmagan  holda  boshqa  navlar  yoki  zotlar  yaratish  uchun 

dastlabki nav yoki zot sifatida  foydalanishdir1. Bunday foydalanish patent 

egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydi hamda patent egasidan ruxsat 

olishni  talab  qilmaydi.

Shuningdek,  korxona,  xo'jalik  subyektlari  patent  egasidan  olgan 

navli  urug'lik  va  nasi  materialidan  ikki  yil  davomida  takror  yetishtirish 

uchun  ana  shu  korxona,  xo'jalik  subyektlari  hududida  foydalanish  ham 

patent  egasining  huquqlarini  buzish  deb  e’tirof  etilmay.  Bu  holatda  navli 

urug'lik va ko'chat materialini olgan korxona, tashkilotga faqatgina takror 

yetishtirish huquqi beriladi. Navli urug'lik va ko'chat materialini istagancha 

tasarruf  etishga,  uni  sotishga  yoki  boshqacha  usulda  o'zga  shaxslarga 

berishga yo'l qo'yilmaydi. Bundan tashqari takror yetishtirish ham qonunda 

belgilangan  muddatdan  oshmasligi  va  aynan  qonun  belgilagan  hududda 

amalga oshirilishi kerak. Patent egasi o'ziga patent asosida tegishli bo'lgan 

barcha  huquqlarni  tasarruf  etishga  haqli.  Qonunning  38-moddasiga 

muvofiq,  patent  egasi  patent  olish  huquqini  patent  berish  haqidagi 

talabnoma  patent  idorasida  ro'yxatga  olinganligi  tufayli  kelib  chiqadigan 

huquqlar shuningdek,  patentdan kelib chiqadigan huquqlarni har qanday 

jismoniy  yoki  yuridik  shaxsga  o'tkazishi  mumkin.

Talabnoma beruvchi talabnoma Patent idorasiga topshirilgan paytdan 

to  patent  berish  to'g'risidagi  qaror  qabul  qilingunga  qadar  patent  olish 

huquqini  boshqa  shaxsga  o'tkazishga  haqli.

Seleksiya  yutug'iga  berilgan  patentga  nisbatan  huquqlarni  boshqa 

shaxsga  o'tkazish  sanoat  mulki  obyektlariga  berilgan  patentga  nisbatan 

huquqlarni  boshqa  shaxslarga  o'tkazish  tartibi  kabi  haq  evaziga  yoki 

haqsiz  ekanligidan qat’iy  nazar  yozma  ravishda  tuziladigan  shartnomalar 

orqali  amalga  oshiriladi2.

Patent  olish  huquqini  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  fuqarolik 

huquqida  qonun  yo'l  qo'ygan  istalgan  shartnoma,  xususan  oldi-sotdi, 

mulkni tekinga berish, ayirboshlash va shu kabilar orqali rasmiylashtirilishi 

mumkin3. Seleksiya  yutuqlaridan foydalanishga  ruxsat berish  -  litsenziya

1  Сергеев  А.П.  Право  интеллектуальной  собственности  РФ.  -М .:  Проспект.  2000.  -

715 с.


2  Узбекистон  Республикасининг Фук;аролик 

ХУКУКИ 


(2-цисм).  -Т.:  Адолат. 

1999.  -4 26 

б.

3  Сергеев  А.П.  Право  интеллектуальной  собственности  РФ.  -М .:  Проспект.  2000.  - 



722  с.

www.ziyouz.com kutubxonasi




shartnomalari  esa,  qat’iy  yozma  shaklda  tuzilishi  lozim.

Seleksiya  yutuqlariga  egalik  qilish  huquqlarini  boshqa  shaxsga 

o‘tkazish  to'g'risidagi  shartnoma,  shuningdek,  litsenziya  shartnomalari 

ham  Davlat  patent  idorasidan  ro'yxatdan  o'tkazilgandan  so'ng  haqiqiy 

hisoblanadi.

Patentda  ko'rsatilgan  nav  yoki  zot  to'g'risida  litsenziya  shartnomasi 

tuziladi va bunday shartnomalaming predmetini nav va zotdan foydalanish 

huquqi  kimga  berilayotganligi  hamda  shu  huquqlar  doirasi  tashkil  etadi. 

Patent  egasi  o'z  nomiga  berilgan  patent  bilan  qo'riqlanayotgan  seleksiya 

yutug'idan  foydalanishga  patent  egasi  bo'lmagan  har  qanday  jismoniy 

yoki  yuridik  shaxsga  berishi  mumkin.

Seleksiya  yutug'idan  foydalanishni  boshqa  shaxsga  berish  bevosita 

patent  egasi  yoki  patent  idorasi  yordamida  amalga  oshiriladi.  Birinchi 

holatda patent egasi seleksiya yutug'idan  foydalanish  huquqini o'zi istagan 

shaxs  yoki  shaxslarga  shartnom a  asosida  b era d i.  Y u qorid a 

ta’kidlaganimizdek,  seleksiya  yutug'idan  foydalanish  huquqini  boshqa 

shaxsga berish to'g'risidagi shartnomalar-litsenziya shartnomalari deb ataladi. 

Qonunda  bunday  shartnomalarni  bir  necha  turlari  sanab  ko'rsatilgan. 

Bevosita  patent  egasining  o'zi  tomonidan  seleksiya  yutug'idan  foydalanish 

huquqini boshqa shaxsga o'tkazishga qaratilgan litsenziya shartnomalarining 

ikki  turi  qonunda  o'z  ifodasini  topgan.  Ulardan  birinchisi  seleksiya 

yutug'idan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi maxsus 

litsenziya  shartnomasidir.  Maxsus  litsenziya  shartnomasi  patent  egasi  va 

seleksiya  yutug'idan  foydalanish  istagini  bildirgan  shaxs  o'rtasida  tuziladi.

Qonunga  muvofiq  maxsus  litsenziya  litsenziat  (seleksiya  yutug'idan 

foydalanish  huquqini  qo'lga  kiritgan  shaxs)ga  shartnomada  belgilangan 

doiradagi  seleksiya  yutug'idan  foydalanish  bo'yicha  mutlaq  huquqlami 

beradi.  Bunda  mutlaq  huquqlar  deyilganda  litsenziar  litsenziatga  bergan 

va shu bilan birga uchinchi shaxslarga  berishidan saqlanishi lozim bo'lgan 

huquqlar  tushuniladi.

Patent  egasi  seleksiya  yutug'idan  foydalanish  huquqini  litsenziya 

shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishda, seleksiya yutug'iga berilgan 

patentdan  kelib  chiqadigan  barcha  huquqlarni,  shu  jumladan  uchinchi 

shaxslarga  litsenziya  berish  huquqini  ham  o'zida  saqlab  qolsa,  bunday 

litsenziya shartnomasi -   nomutlaq  (oddiy) litsenziya  shartnomasi deyiladi. 

Oddiy  litsenziya  shartnomalarida  litsenziar  aynan  bitta  seleksiya 

yutug'idan  foydalanish  huquqini  bir  necha  shaxslarga  berishi  mumkin. 

Bunda  litsenziar  seleksiya  yutug'idan  foydalanish  huquqini  ham  o'zida 

saqlab  qoladi.  Mutlaq  va  oddiy  litsenziya  shartnomalari  Patent  idorasi

www.ziyouz.com kutubxonasi




tomonidan  ro'yxatdan  o'tkazilgan  paytdan  boshlab  haqiqiy  hisoblanadi.

Seleksiya  yutug'idan  foydalanish  huquqini  patent  idorasi  orqali 

boshqa shaxsga berish ochiq litsenziya va majburiy litsenziya shartnomalari 

orqali  amalga  oshiriladi.  Ochiq  litsenziya  shartnomasi  patent  egasining 

seleksiya  yutug'idan  foydalanish  huquqini  har  qanday  shaxsga  berish 

to'g'risidagi Patent idorasiga topshirgan ariza asosida  buziladi. Qonunning 

39-moddasi,  3-bandiga  muvofiq,  bu  holda  patent  yoki  guvohnomani 

o'z  kuchida  saqlaganlik  uchun  undiriladigan  boj  yoki  yig'im   50%ga 

kamaytiriladi.

Ochiq  litsenziyani  sotib  olish  olish  istagini  bildirgan  shaxs  patent 

egasi  bilan  to'lovlar  to'g'risida  shartnoma  tuzishi  shart.

Qonunga muvofiq patent egasining ochiq litsenziyaga bo'lgan huquqni 

boshqa shaxsga berish to'g'risidagi arizasi chaqirib olinmaydi. Ya’ni patent 

egasi  ochiq  litsenziya  berishdan  voz  kecha  olmaydi.

Majburiy  litsenziya  berish  shartlari  qonunda  belgilanganiga  ko'ra, 

quyidagi  holatlar  mavjud  bo'lganda  beriladi.  Birinchidan,  majburiy 

litsenziya  berilishi  so'ralayotgan  seleksiya  yutug'iga  patent  uch  yil  oldin 

berilgan  bo'lishi  kerak.  Ikkinchidan,  uch  yil  davomida  patent  egasi 

seleksiya  yutug'idan  foydalanilmaganligi  yoki  foydalana  olish  imkoniga 

ega  bo'lmasligi  lozim.  Uchinchidan,  har  qanday  litsenziya  shartnomasi 

tuzishni  patent  egasi  rad  qilgan  bo'lishi  shart.  To'rtinchidan,  majburiy 

litsenziya  olishni  talab  qilgan  shaxs  seleksiya  yutug'idan  foydalanishni 

ta’minlay  oladigan  shaxs  bo'lishi  lozim.

Bundan  tashqari  majburiy  litsenziya  olish  istagini  bildirgan  shaxs 

majburiy  litsenziya  so'rab  murojaat  qilganligi  uchun  boj  va  yig'imlami 

to'lashi kerak. Shuningdek,  majburiy litsenziya patent egasining seleksiya 

yutug'idan foydalanmasligi jamiyat manfaatlariga dahl qilsa, ya’ni jamiyat 

manfaatlariga  zarar  yetkazsa,  nomutlaq  litsenziya  shaklida  beriladi.

Qonun 40-moddasiga muvofiq majburiy litsenziya berishni so'rab, sudga 

ariza  bilan  murojaat  qilinadi.  Sud  arizani  o'rganish  jarayonida  yuqorida 

sanab  ko'rsatilgan  majburiy  litsenziyani  berish  shartlariga  e’tibor  qaratish 

lozim  Agar  shu  shartlardan  biri  bo'lmasa  ham  arizani  ko'rib  chiqish  rad 

etiladi.  Zero,  bu  shartlar  bir  birini  to'ldirish  vazifasini  bajaradi  va  ularning 

barchasi  majburiy  litsenziya  berish  uchun  yaxlit  asosni  tashkil  etadi

Majburiy litsenziyani qo'lga  kiritgan shaxs patent egasidan seleksiya 

yutug'ining  dastlabki  urug'lik,  ko'chat  yoki  nasi  materialini  talab  qilib 

olish  huquqiga  ega  bo'ladi.  Bunda  patent  egasi  himoya  qilinayotgan 

seleksiya  yutug'idan  foydalanish  yoki  seleksiya  yutug'idan  foydalanish 

litsenziyasini  boshqa  shaxsga  berish  huquqlarini  saqlab  qoladi.  Patent

www.ziyouz.com kutubxonasi




idorasi majburiy litsenziyalar berilganligi to'g'risidagi  ma’lumotlarni e’lon 

qilishi  lozim.

Qonunda  patent  egasi  huquqlarining  tugashi  shartlari  ham  sanab 

ko'rsatilgan.  Unga  muvofiq,  patent  egasining  huquqlari  muhofaza 

qilinayotgan  nav  yoki  zotning  har  qanday  mahsulotiga  doir  xatti- 

harakatlarga  nisbatan  seleksiya  yutuqlari  quyidagi  asoslarda  muomilaga 

kiritilganda  amal  qilmaydi:

-   muhofaza  qilinayotgan  nav  yoki  zotga  doir  har  qanday  material 

O'zbekiston  Respublikasi  hududida  patent  egasining  o'zi  tomonidan  yoki 

uning  roziligi  bilan  sotish  orqali;

-  yoxud  boshqa  usulda  o'tkazish  (masalan,  hadya,  ayirboshlash, 

tekin  foydalanish  uchun  berish  va  h.k.)  orqali;

-  qayta  ishlash  va  iste’ mol  maqsadlarida  tegishli  botanik  va 

zoologik  turdagi  nav  yoki  zot  muhofaza  qilinmaydigan  mamlakatga 

olib  chiqish  orqali.

Shuningdek,  aynan  shu  harakatlar  keyinchalik  ko'paytirish 

maqsadida  amalga  oshirilgan  holatlarda  patent  egasining  huquqlari 

tugamasligi  qonunning  32-moddasi,  2-qismida  o'z  ifodasini  topgan.

Seleksiya yutug'idan foydalanish va  tasarruf etish bilan birga qonunda 

patent egasiga ana shu harakatlarni amalga oshirishda bir qator majburiyatlar 

yuklatilgan.  Bu  majburiyatlar  sanoat  mulk  obyektlariga  nisbatan  mutlaq 

huquq egalarining majburiyatlariga mos keladi. Seleksiya yutuqlari va sanoat 

obyektlari  bitta  huquqiy  hujjati  (patent)  orqali  himoya  qilinganligi  sababli 

ularga  shu  huquqiy  muhofa  hujjati  asosida  deyarli  bir  xil  majburiyatlar 

yuklatilgan  Patent egasi  seleksiya  yutug'iga  berilgan  patentni  uning  butun 

amal qilish muddati davomida o'z kuchida saqlaganlik uchun boj va yig'imlar 

to'lashi  lozim.  Patentni  o'z  kuchida  saqlaganlik  uchun  undiriladigan  boj  va 

yig'imlaming  miqdori va  ulami  to'lash  muddatlari O'zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilab  qo'yiladi

Seleksiya  yutuqlariga  nisbatan  patent  egasining  o'ziga  xos 

majburiyatlari  ham  mavjud  bo'lib,  bunday  majburiyatlar  sanoat  mulki 

obyektlari  patent  egalarida  mavjud  bo'lmaydi.  Seleksiya  yutug'i  patent 

egasining bu  majburiyati uning  intellektual mulk obyekti sifatidagi o'ziga 

xos xususiyatlarini ham ochib  beradi. Patent egasining seleksiya yutug'ini 

saqlab  qolish  majburiyati  ana  shunday  majburiyatlardan  bo'lib  bunda 

patent egasi navni,  zotni patent yoki guvohnomaning amal  qilish  muddati 

davomida  shunday  saqlashi  shartki,  nav,  zot  tegishli  Davlat  reestrida 

ro'yxatga olingan sanada tuzilgan ularga doir rasmiy tavsifda  ko'rsatilgan 

belgilar  saqlanib  qolishi  lozim.

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish