65-bob. F U Q A R O L IK H U Q UQ I M U O M A L A SI
Q A T N A SH C H IL A R I, TO V AR LAR , ISH LAR V A
X IZ M A T L A R N I S H A X S IY L A S H T IR IS H V O SIT A L A R I
l- § . Firma nomiga bo'lgan huquq
Ma’lumki, har bir jismoniy shaxs — fuqaro o‘z ism, nasabiga ega
va bu uni boshqalardan ajratib turuvchi belgilardan biridir. Yuridik
shaxslar ham o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomga ega
bo'ladi. Tijoratchi bo'lmagan tashkilotlar, unitar korxonalarning nomlari,
qonunda nazarda tutilgan hollarda esa boshqa tijoratchi tashkilotlarning
ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining xususiyatini ko'rsatishi kerak
(masalan, «Lazzat» qandolat fabrikasi, «Kamolot» jamg'armasi va hokazo).
O'zbekiston Respublikasining «Firma nomlari to'g'risida» gi 2006-
yil 18-sentabrdagi Qonuni (keyingi o'rinlarda Qonunjning 3-moddasiga
muvofiq, firma nomi yuridik shaxs bo'lgan tijorat tashkilotining (bundan
buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual nomi bo'lib, unga
doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtda
yuzaga keladi. Yuridik shaxs to'liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan
firma nomiga ham ega bo'lishi mumkin. Yuridik shaxsning firma nomida
uning tashkiliy-huquqiy shakli ko'rsatilishi kerak. Qonunda nazarda
tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati
ko'rsatilishi kerak.
Yuridik shaxsning nomiga to'la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni
(davlatning nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga
yoki reklama materiallariga shunday nomni yoxud davlat ramzlari (gerb,
bayroq) elementlarini qo'shishga O'zbekiston Respublikasi hukumati
belgilaydigan tartibda yo'l qo'yiladi.
Yuridik shaxsning nomi uning ta’sis hujjatlarida ko'rsatiladi.
Tijoratchi tashkilot bo'lgan yuridik shaxs o'z firma nomiga ega
bo'lishi lozim va u undan foydalanish bo'yicha mutlaq huquqqa egadir.
O'zga firma nomidan g'ayriqonuniy suratda foydalanayotgan shaxs firma
nomiga egalik qilish huquqi bo'lgan shaxsning talabi bilan undan
foydalanishni to'xtatishi va yetkazilgan zararlarni to'lashi lozim (FKning
46-moddasi).
Firma nomi — tijoratchi tashkilotning fuqarolik muomalasida
ishtirokida uni boshqa qatnashchilardan, ularning tovarlari, ishlari va
xizmatlaridan farqlovchi, ajratib turuvchi, individuallashtirish vositasi
hisoblanadi. Yuridik shaxs firma nomidan yuridik shaxsning o'zini ham,
736
www.ziyouz.com kutubxonasi
uning ishlab chiqargan tovarlari, bajargan ishi, ko‘rsatadigan xizmatini
farqlovchi, xabardor qiluvchi vosita, belgi sifatida foydalanishiga bo'lgan
mutlaq huquqi FKning 1098-moddasida qoida tariqasida belgilab qo'yilgan.
Yuridik shaxsning firma nomi uning ta’sis hujjatlarini (ustav, ta’sis
shartnomasi, tashkil etish haqidagi qaror) tasdiqlashda muassislar
tomonidan belgilanadi va u yuridik shaxslar davlat reestriga kiritish
yo'li bilan qayd etiladi, bu haqda yuridik shaxsga dalolatnoma beriladi.
Firma nomida quyidagi belgilar ko'rsatilmasligi kerak.:
1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat
notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to'liq nomi;
2) tarixiy yoki O'zbekiston Respublikasida mashhur bo'lgan shaxsning
to'liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan
mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg'itishi mumkin bo'lgan
belgilar;
4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsi plariga zid
bo'lgan.
Shu bilan birga firma nomida quyidagilar ham ko'rsatilmasligi
mumkin emas:
- ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga
ro'yxatdan o'tkazilgan yoki ro'yxatdan o'tkazish so'rab talabnoma berilgan,
ilgariroq ustuvorlikka ega bo'lgan firma nomlari;
- ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro'yxatdan
o'tkazilgan yoki ro'yxatdan o'tkazish so'rab talabnoma berilgan,
shuningdek, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga
muvofiq ro'yxatdan o'tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari
(xizmat ko'rsatish belgilari);
- belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar
belgilari (xizmat ko'rsatish belgilari);
- belgilangan tartibda qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan
tovarlar kelib chiqqan joylarning nomlari bilan, shunday nomdan
foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazish
hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki
ularga o'xshash bo'lgan.
FKning 1099-moddasida belgilangan qoidaga asosan yuridik shaxsning
firma nomidan u ishlab chiqargan tovarlar, bajargan ish, ko'rsatgan
xizmat belgisida foydalanishga yo'l qo'yiladi.
Yuridik shaxs tovarlarga, ularning idishi va o'rovida, reklamada,
peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisob varaqalari, bosma
www.ziyouz.com kutubxonasi
nashrlar, rasmiy blankalarda va shu kabi firma nomidan tovar (xizmat)
belgisida foydalanishga haqli.
«Iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning
5-moddasiga asosan sotuvchi (tovar ishlab chiqaruvchi) o'z tashkilotining
firma nomini bildirishi, xabardor qilishi shart.
Yuridik shaxsning firma nomidan tovar (xizmat) belgisi sifatida
foydalanishi bu unga tegishli huquq bo'lib, majburiyat emas. Agar yuridik
shaxs firma nomini tovar belgisiga kiritsa, u tovar belgisining tarkibiy
qismi, elementi sifatida yoki unga qo‘shimcha, ilova element sifatida
bo'lishi mumkin. Firma nomi tovar belgisining tarkibiy qismi sifatida
bo'lganida, u vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqnangan bo'lishi
lozim.
Firma nomi yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtdan
e’tiboran, chet el yuridik shaxsining firma nomi esa, chet el yuridik
shaxsi O'zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasi ishtirokchisi
sifatida faoliyatni amalga oshirishni boshlagan sanadan e’tiboran huquqiy
jihatdan muhofaza qilinadi.
Yuridik shaxs o'z firma nomidan foydalanishda va boshqa yuridik
shaxslarga ushbu firma nomidan foydalanish huquqini berishda mutlaq
huquqqa ega. Chet el yuridik shaxsining firma nomiga bo'lgan mutlaq
huquqi shu yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakatning qonun hujjatlarida
belgilangan hujjat bilan tasdiqlanadi.
Quyidagi holatlar- firma nomidan foydalanish hisoblanadi.:
- firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va
yuridik shaxsning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan boshqa hujjatlarda aks
ettirish;
- firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o'rovida, reklamada,
peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisob varaqlarda, bosma
nashrlarda, tovarlarni O 'zbekiston Respublikasida o'tkaziladigan
ko'rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |