64-bob. O SH K O R E T IL M A G A N A X B O R O T N I N O Q O N U N IY
F O Y D A L A N IS H D A N M U H O FA ZA QILISH
l - § . Oshkor etilmagan axborotni muhofaza
qilish shartlari
Oshkor etilmagan axborot deganda uchinchi shaxslar- uchun ma’lum
bo'lmagan, maxfiy, sir bo'lib hisoblanuvchi ma’lumotlar tushiniladi.
Texnikaviy axborot deganda mashina, mexanizmlar, qurilmalar,
uskunalar, texnologik jarayonlarni yaratish, tayyorlash, ulardan
foydalanish, qo'llashga oid bo'lgan ma’lumotlar hisobladadi.
Tashkiliy axborot deganda yuridik shaxsning tashkiliy stukturasi,
xo'jalik subyektlarining o'zaro munosabatlari tashkiliy mexanizmiga,
mehnat (ish) jarayonlarini tashkil etish, ularga ta’sir qilish, boshqarishga
oid ma’lumotlar tushuniladi.
Tijorat axboroti yoki korxonaning (xo'jalik yurituvchi sub’ktning)
tijorat siri deganda korxonaning (subyektning) ishlab chiqarishi,
texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliya va boshqa
faoliyat bilan bog'liq bo'lgan hamda e’lon qilish ( topshirish, ochilib
qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan, davlat
siri bo'lib hisoblanmaydigan ma’lumotlar tushuniladi.
Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi, hajmi, ularni himoya
qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Nou-xau deganda fuqaro yoki yuridik shaxsga faktik monopoliya
asosida tegishli bo'lgan, foydali texnikaviy, tashkiliy yoki boshqa
ma’lumotlar tushiniladi.
Oshkor etilmagan axborotlarga qonuniy egalik qo'yidagi asoslarda
vujudga keladi:
- bunday axborotlarni o'zi yaratgan, ishlab chiqqan bo'lsa;
- bunday axborotlar egalik qiluvchining topshirig'i, buyurtmasi
asosida yaratilgan, ishlab chiqilgan bo'lsa;
- bunday axborotlar huhuqiy vorislik tartibda o'tgan bo'lsa;
- bunday axborotlar boshqa shaxslarni insofli asoslarda olingan bo'lsa
( sotib olish, litsenziya olish, tekin foydalanishga berish va hokazo).
Har qanday ma’lumot oshkor etilmagan axborot sifatida tan olinishi
uchun;
a)
bu axborot uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki
nisbiy tijorat qiymatiga ega bo'lishi ( ya’ni axborot egasi ushbu axborotga
egaligi sababli o'zi yoki ishlab chiqargan mahsuloti, ko'rsatadigan ishi,
730
www.ziyouz.com kutubxonasi
^ bajaradigan ishi boshqa raqobatdagi subyektlar yoki ularning mahsulotlari,
\xizmatlari, ishlariga nisbatan afzalikka, imtiyozga ega bo'lishi) shart;
b)
boshqa uchinchi shaxslarda qonun yo'li bilan bunday axborotlardan
|
erkin bahramand bo'lish, tanishib chiqish, bilib olish mumkin bo'lmasligi
lozim;
v) axborot egasi uning maxfiyligini, sirliligini saqlashga doir choralar
ko'rgan (bunday axborotlardan xabardor shaxslar doirasi qat’iy
cheklangan, bu shaxslar sir saqlash majburiyati haqida ogohlantirilgan,
ma’lumotlardan foydalanishning yopiq tizimi ishlab chiqilgan va hokazo)
bo'lishi shart.
Yuqoridagi uchala shart FKning 98-moddasida mustahkamlanib
qo'yilgan bo'lib, ushbu shartlar bir vaqtning o'zida mavjud bo'lgan va
ularga rioya qilingan hollarda oshkor qilinmagan axborot egasi undan
boshqa shaxslarning g'ayriqonuniy foydalanishidan muhofazalanish,
himoyalanish huquqiga ega.
Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga
oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish
yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda to'plash uchun
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 191-moddasida jinoiy javobgarlik
belgilangan.
Oshkor etilmagan axborot egasi bu axborotga nisbatan mutlaq
huquqqa emas, balki faktik monopoliya mavqeiga ega. Shu sababli ham
u faqat boshqalarining g'ayriqonuniy foydalanishidan himoyalanish
huquqiga ega, ayni vaqtda, bunday axborotlarni o'zlari mustaqil ravishda
yaratgan, ishlab chiqqan, insofli asoslarda olgan shaxslarning undan
foydalanishini taqiqlashga haqli emas.
Oshkor qilinmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza
qilish huquqi axborot egasida faktik monopoliya holati vujudga kelishi
bilan paydo bo'ladi va bunda bu axborotga nisbatan biron -b ir
rasmiyatchilikni bajarish (uni ro'yxatdan o'tkazdirish, reestrga kiritish,
patent yoki guvohnoma olish, ekspertiza qilish, sertifikat olish va xokazo)
talab etilmaydi. Biroq ba’zi hollarda O'zbekiston hududiga nou-xauni
litsenziya asosida olib kirish yoki olib chiqish haqidagi shartnomalami
vakolatli davlat idoralarida ro'yxatdan o'tkazdirish shartligi haqida qoida
mavjud. Biroq bunda davlat idorasi zimmasiga nou-xau maxfiyligini saqlash
va ta’minlash majburiyati yuklanadi.
FKning 1095-moddasida nazarda tutilgan qoidalar mazmuniga ko'ra,
oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidasi qonunga muvofiq
xizmat yoki tijorat siri bo'la olmaydigan ma’lumotlarga nisbatan tatbiq
www.ziyouz.com kutubxonasi
etilmaydi. Ushbu qoda hujalik yurituvchi subyektlarning xizmat yoki
tijorat siri niqobi ostida har xil suiiste’molliklar, o'zboshimchaliklar va
boshqalar manfaatlariga zid harakatlar sodir etishning oldini oladi, unga
huquqiy to‘siqlar qo'yadi.
Xizmat yoki tijorat siri bo'lib hisoblanmaydigan ma’lumotlarga mol-
mulkka bo'lgan huquqlar (banklarda omonatga qo'yilgan mablag'lar
haqidagi ma’lumotlardan tashqari) va mol-mulk hususida tuzilib, davlat
ro'yxatidan o'tkaziladigan kelishuvlar, bitimlar, shartnomalar to'g'risidagi
ma’lumotlar, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan
ma’lumotlar, umuman nazorat_ kontrol’ funksiyasini bajaruvchi davlat
idoralariga davriy ravishda taqdim etilib turadigan (fuqarolar va yuridik
shaxslar tomonidan) har qanday ma’lumotlar, hisobotlar kiradi. Xuddi
shu kabi, ilgari oshkora-ommaviy e’lon qilingan ma’lumotlar, shuningdek,
har bir shaxs erkin tanishish-bilishni talab qilish huquqiga yoki
imkoniyatiga ega bo'lgan ma’lumotlar ham xizmat yoki tijorat sirlari
bo'lib hisoblanmasligi lozim. Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati haqidagi
ayrim ma’lumotlar (masalan, tevarak-atrofni ifloslantirayotganligi yoki
jamiyatga zarar keltirishi mumkin bo'lgan boshqa salbiy faoliyatlarni
yashirishning oldini olish maqsadida) oshkor qilinmaydigan axborotlar
huquqiy rejimiga ega bo'la olmasligi qonun hujjatlarida alohida pisanda
qilib qo'yilgan (masalan, «Korxonalar haqida»gi qonunning 34-moddasi)
Oshkor qilinmagan axborotni muhofaza etish huquqi muddat bilan
chegaralanmagan, biroq FKning 98-moddasida nazarda tutilgan shartlar
bir vaqtning o'zida mavjud bo'lgan va qat’iy rioya qilingan paytga
qadar amal qiladi. Bu shartlarning birortasi mavjud bo'lmasa yoki buzilsa,
oshkor etilmagan axborotdan boshqa shaxslaming foydalanishidan
himoyalanish huquqi o'z-o'zidan bekor bo'ladi.
2-§. Oshkor etilmagan axborotdan g'ayriqonuniy
foydalanganlik uchun javobgarlik
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asosi bo'lmay turib olgan yoki
tarqatgan yoxud unday foydalanayotgan shaxs axborotni qonunan ega
bo'lib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik (olganlik,
tarqatganlik) natijasida yetkazilgan zarani to'la hajmda to'lashi shart.
Zarar oshkor etilmagan axborotni axborot uchun mutlaq, yoki nisbiy
tijorat qiymati (samarasi) ning pasayishida, kamayishida yoki yo'qolishida
(kasb-kor, nufuzi, mahsulot, xizmatning raqobatbardoshlik darajasiga,
narxiga salbiy ta’sir qilishda) namoyon bo'ladi. Oshkor etilmagan
www.ziyouz.com kutubxonasi
axborotdan noqonuniy foydalangan shaxs buning natijasida daromad
olganligi zararni undirmaslik uchun asos bo'lmaydi. Agar daromad (foyda)
olingan bo'lsa, u axborotning qonunan egasiga undirib berilishi lozim.
FKning 1096-moddasida oshkor etilmagan axborotni insofli egallovchi
tushunchasi berilgan va uning axborotdan noqonuniy foydalanganda
axborot egasi oldid?. javobgarlikning vujudga kelishi vaqti belgilangan.
Axborotni insofli egallovchi axborotdan noqonuniy foydalanayotganligini
bilan vaqtdan boshlab, agar axborotdan foydalanishni davom ettirsa,
axborot egasi oldida javbgar bo'ladi va unga yetkazilgan zararni to'lashi
shart. Shu sababli ham axborotnining qonuniy egasi insofli egallovchini
axborotdan noqonuniy foydalanayotganligi haqida ogohlatirishi lozim.
Oshkor etilmagan axborotni insofsiz egallovchi axborotni olgan,
tarqatgan yoki undan foydalangan vaqtdan boshlab javobgar bo'ladi.
Oshkor etilmagan axborotni insofsiz egallashning keng tarqalgan usullari
- bu sanoat josusligi va axborot egasi bo'lgan subyektning ishchi-
xizmatchisini sotib olish - g'irrom raqobat hisoblanadi va u fuqarolik -
huquqiy javobgarlikka ham sabab bo'ladi.
Oshkor etilmagan axborotga qonunan ega bo'lib turgan shaxs bu
axborotdan boshqa shaxslar noqonuniy foydalanayotganligini bilgan zahoti
bunday foydalanishni to'xtatishni talab qilishga haqli.
Ayni vaqtda axborotni insofli egallovchidan foydalanishning qonuniy
asosga o'tkazilishini so'rab, axborot egasiga murojaat qilishga, u bilan
kelishuvga erisha olmagan taqdirda sudga murojaat qilishga haqli. Agarda
insofli egallovchi bu axborotlardan foydalanish uchun sarf-xarajatlar qilgan
(uskunalar, qurilmalar, inshootlart ayyoriagan, qurgan, sotib olgan) bo'lsa,
sud unga bu axborotdan haq to'lab olinadigan mutlaq litsenziya asosida
bundan buyon ham foydalanishga ruxsat berishga haqli.
Haq miqdori taraflar o'rtasida kelishuv asosida yoki sud tomonidan
belgilanadi.
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni
o'zi mustaqil tarzda olgan shaxs o'zi yaratgan, ishlab chiqqan, aniqlagan
yoki uning topshirig'i, buyurtmasi asosida boshqa shaxslar yaratgan,
ishlab chiqqan, aniqlagan bo'lsa va bunday axborotni qonunan olgan
shaxs (axborotni qonuniy egasidan haq baravariga sotib olgan,
foydalanishga litsenziya olgan, huquqiy vorislik tartibda olgan, va hokazo)
bu m a’ lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining
huquqlaridan qat’iy nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanish
uchun uning oldida javobgar emas. Axborotning qonunan egasi axborotni
mustaqil va qonunan olgan boshqa shaxslarga undan foydalanishlarini
www.ziyouz.com kutubxonasi
taqiqlab qo'yishga, haq talab qilishga, shuningdek, boshqacha tarzda
erkin tasarruf qilishlariga to'sqinlik qilishga haqli emas. Agar axborot
xabardor bo'lgan barcha shaxslar uning maxfiyligi, sirligini saqlab qolishni
xohlagan, uni ta’minlash bo'yicha o'zaro kelishuvga erishishlari lozim
bo'ladi va oshkor etilmagan axborotni sherik egalari sifatida tasarruf
qilishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |