Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Seleksiya  yutuqlarini  huquqiy  himoyaga



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet378/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

2-§.  Seleksiya  yutuqlarini  huquqiy  himoyaga 

layoqati ilik  shartlari

O'simliklar  navi  va  hayvonlar  zotini  yaratishga  qaratilgan  biologik 

muammo  yechimi  seleksiya  yutuqlarining  asosiy  belgisidir.  Seleksiya 

yutuqlarining  biologik  yechimi  belgisi  seleksiya  yutuqlarini  intellektual 

mulk  obyekti  sifatidagi  mohiyatini  va  uning  intellektual  faoliyatning 

boshqa  natijalaridan  farqli  tomonlarini  ochib  beradi.  Ushbu  asosiy 

tushuncha  har  qanday  o'simliklarning  yangi  navlari  va  hayvonlarning 

yangi  zotlari  uchun  taalluqli  hisoblanadi.  Bunda  ushbu  nav  va  zotlar 

qonun  bilan  qo‘riqlanishi  yoki  qo‘riqlanmasligi  ahamiyatga  ega  emas.

Muhofaza  etilayotgan  seleksiya  yutuqlari  bir  qancha  qo'shimcha 

belgilarga  ega  bo‘lishi  lozim.  Boshqacha  aytganda,  qonunda  belgilangan 

huquqiy  himoyaga  layoqatlilik  mezonlariga  javob  berishi  shart1.

O 'zbekiston  Respublikasi  “ Seleksiya  yutuqlari  to ‘ g ‘ risida” gi 

qonunining  2-bo‘limi  seleksiya  yutug'ining  patentga  layoqatliligi  deb 

nomlanadi  va  bevosita  seleksiya  yutug'ining  huquqiy  him oyaga 

layoqatlilik mezonini belgilaydi. Qonunning 8-moddasiga muvofiq seleksiya 

yutug'i  yangilik,  farqlanish,  turdoshlik  va  barqarorlik  mezonlariga  javob 

bersa  u  huquqiy  jihatdan  himoya  qilinadi.

Seleksiya yutug'i himoyaga layoqatlilik shartlarining har biri qonunda 

alohida-alohida  bayon  etilgan.  Qonunga  muvofiq,  urug'lik,  ko'chat  yoki 

nasi  mahsuloti  patent  berish  haqida  talabnoma  topshirilgan  kundan 

e’tiboran:  O'zbekiston Respublikasi hududida kamida bir yil oldin; boshqa 

davlat  hududida  kamida  to'rt  yil  yoki  agar  tok,  yog'ochbop,  manzarali, 

mevali  daraxtlar  va  o'rmon  o'simliklariga  taalluqli  bo'lsa,  kamida  olti 

yil  oldin  seleksiya  yutug'i  muallifi,  uning  huquqiy  vorisi  tomonidan 

yoki  ularning  roziligi  bilan  sotilmagan  va  foydalanish  uchun  boshqa 

shaxslarga  berilmagan  bo'lsa,  yangilik  hisoblanadi  (Seleksiya  yutuqlari 

to'g'risidagi  qonunning  9-moddasi).

O'simliklarning  yangi  navlari  va  hayvonlarning  yangi  zotlari 

himoyaga  layoqatliligining  yangilik  mezonida  ifodalangan  bir  yil,  to'rt 

yil,  olti  yil  oldin  seleksiya  yutug'i  muallifi,  uning  huquqiy  vorisi 

tomonidan  yoki  uning  roziligi  bilan  sotilmaganligi  va  boshqa  shaxsga 

foydalanish  uchun  topshirilmaganligi  bir  qancha  davlatlar  qonunlarida

Сергеев  А.П.  Право  интеллектуальной  собственности  в  РФ.  -М.:  Проспект, 



2000,  704  с.

www.ziyouz.com kutubxonasi




ham  o'z  ifodasini  topgan.  Masalan,  Rossiya  Federasiyasining  1993-yil  6- 

avgustdagi  “Seleksiya  yutuqlari  to'g'risida”gi  qonunining  4-moddasi  2- 

bandi,  Litva  Respublikasining  1996-yil  17-sentabrdagi  “O'simliklar  turi 

va  u ru g 'ch iligi  m uhofazasi  to ‘ g ‘ risida” gi  qonunida  va  G ruziya 

Respublikasining  1996-yil noyabr oyidagi “Seleksiya yutuqlari muhofazasi 

to‘g ‘risida”gi  qonunida  seleksiya  yutug‘ining  yangiligi  shu  respublikalar 

hududida  seleksiya  yutug'i  bir  yil  oldin,  chet  elda  yog‘ochbop  o'simliklar 

olti  yil,  boshqa  o 'sim lik la r  to 'rt  yil  oldin  sotilm aganligi  va 

foydalanilmaganligi  bilan  belgilanadi1.

Shu  bilan  birga  Gruziyada  seleksiya  yutuqlarining  yangiligi  mezoni 

himoyaga  layoqatlilikning  birinchi  mezoni  ham  hisoblanadi2.

Seleksiya  yutug'ining  yangiligi  mezoniga  qo'yilgan  qonuniy  talablar 

intellektual  mulkning  boshqa  obyektlariga  qo'yilgan  qonun  talablaridan 

farqlanishini ilg'ash mushkul emas albatta, seleksiya yutug'ining yangiligi 

mezoniga  faqatgina  bitta  talab  -   boshqa  shaxslarga  foydalanish  uchun 

urug'ni  va  urug'lik  materialini  sotmaslik  yoki  boshqacha  usulda 

topshirmaslik  talabi  qo'yiladi.  Agar  umumfoydalanishdagi  manbalarda 

e’lon qilingan seleksiya  yutuqlari haqidagi ma’lumot  e’lon qilingan  bo'lsa, 

seleksiya  yutuqlaridan  seleksiya  yutug'i  muallifining  o'zi  yoki  uning 

huquqiy vorisi foydalangan hisoblanadi va tadqiqotning yangiligi e’tiborga 

olinmaydi.

Seleksiya  yutuqlari  agar  nav  yoki  zotni  yaratishda  foydalanilgan 

material  boshqa  shaxslar tomonidan seleksiya  yutug'i muallifi yoki uning 

huquqiy  vorisi  roziligini  olmasdan  foydalangan  boisalar,  seleksiya 

yutug'ining  yangiligi  mezoni  saqlanib  qolinadi.

Seleksiya  yutuqlarining  yangiligi  belgilangan  vaqt  bilan  aniqlanadi 

va bu vaqt ustuvorlik sanasi hisoblanadi. O'z vaqtida seleksiya yutug'ining 

ustuvorligi  sanasi  davlat  patent  idorasiga  patent  olish  uchun  yoki 

foydalanishga  ruxsat  olish  uchun  ariza  topshirilgan  kundan  boshlanadi. 

Agar  davlat  patent  idorasiga  bir  kunda  bitta  seleksiya  yutug'i  uchun  bir 

necha  ariza  tushgan  bo'lsa,  u  holda  arizani  jo'natish  sanasidagi 

ustuvorlikka  e ’tibor  beriladi  ya’ni,  qaysi  ariza  oldinroq  jo'natilgan  yoki 

topshirilgan bo'lsa, seleksiya yutug'iga patent olish huquqiga o'sha arizachi 

ega  bo'ladi.  Shuningdek,  arizani  jo'natish  sanalari  mos  kelsa,  u  holda

1  Закон  Российской  Федерации О селекционных достижениях.  1996.  6 август;  Закон 

Литовской  Республики  по охране  пород,  растений  и  семеноводства.  1996.  17  сентябр; 

Закон  Республики  Джорджия  Об  охране  селекционных  достижений.  1996  7  ноябр.

2  Джорбенадзе  С.  защита  селекционных  достижений  в  Грузии.  Интеллектуальная 

собственность. 1997.№7-8.  С.73-75.

www.ziyouz.com kutubxonasi




arizani  davlat  patent  idorasida  ro'yxatga  olish  raqamidagi  ustuvorlik 

hisobga olinadi. Bunda jo'natish sanasi mos kelgan arizadan qaysi oldinroq 

davlat  patent  idorasidan  ro'yxatdan  o'tkazilgan  bo'lsa,  shu  arizachi 

seleksiya  yutug'iga  nisbatan  patent  olish  huquqiga  ega  bo'ladi.

Talabnoma beruvchi patent idorasiga jo'natayotgan talabnomasida 

birinchi  talabnomaning  ustivorlik  sanasini  ko‘rsatishi  lozim.  Talabnoma 

beruvchi  talabnoma  patent  idorasiga  tushgan  sanadan  e’tiboran  uch  oy 

ichida birinchi talabnomaning nusxasini va tarjimasini taqdim etishi shart.

Patent  huquqiga muvofiq,  seleksiya yutug'iga patent olish uchun 

talabnoma  topshirgan  shaxs  yangilik  bo'yicha  imtiyozdan  foydalanadi. 

Bu imtiyoz talabnoma topshirgan shaxsning seleksiya yutug'idan qonunda 

belgilab  qo'yilgan  muddat  davomida  boshqa  shaxsga  foydalanish  uchun 

berish  huquqidir.  Seleksiya  yutuqlari  to'g'risidagi  qonunga  muvofiq 

seleksiya yutug'iga patent olish uchun talabnoma topshirgan shaxs urug'lik, 

ko'chat  yoki  nasi  mahsulotini  O'zbekiston  Respublikasi  hududida  ariza 

topshirgan  kundan  e’tiboran  bir  yil  mobaynida  boshqa  davlat  hududida 

to'rt  yil  davomida  yoki  tok,  yog'ochbop,  manzarali,  mevali  daraxtlar 

va  o'rmon  o'simliklariga  taalluqli  bo'lsa,  olti  yil  mobaynida  foydalanish 

uchun  boshqaga  berish  huquqiga  ega.  Bunda  urug'lik  ko'chat  yoki  nasi 

mahsulotini foydalanish uchun boshqa shaxsga berish qonunda belgilangan 

muddatdan  ko'p  bo'lsa,  u  holda  patent  olish  uchun  topshirilgan  seleksiya 

yutug'i  yangilik  sanalmaydi.  Seleksiya  yutug'i  istisno  tariqasida  yangilik 

mezoniga  javob  bermagan  hollarda  ham  huquqiy  muhofaza  etiladi.  Bu 

holat  foydalanishga  topshirilgan  aniq  nav  va  zot  seleksiya  yutuqlarining 

davlat  reestrida  ro'yxatdan  o'tkazilgan  bo'lsa  yuzaga  keladi.  Bunda 

ustuvorlik  sanasi  davlat  patent  idorasiga  seleksiya  yutug'ini  foydalanish 

uchun  topshirish  to'g'risidagi  talabnoma  tushgan  paytdan  boshlab 

belgilanadi.  Patentning  amal  qilish  muddati  seleksiya  yutug'idan 

foydalanishga ruxsat berilgan paytdan boshlab patent berilgan vaqtgacha 

bo'lgan  muddatga  qisqartiriladi.

Seleksiya  yutug'ining  huquqiy  himoyaga  layoqatliligini  belgilovchi 

ikkinchi mezon-farqlanish mezonidir. Farqlanish mezoni yangilik mezoniga 

ancha  yaqin  mezon  hisoblanadi  va  o'zining  an’anaviy  tushunchasi  bilan 

seleksiya  yutug'ining  yangiligi  mezonini  to'ldirib  turadi.  Shuningdek, 

yaratilgan  nav  va  zotning  seleksiya  yutug'i  sifatida  e’tirof  etilishini 

ta’minlaydi.  Qonunning  10-moddasiga  m uvofiq,  seleksiya  yu tu g'i 

talabnoma  topshirilgan  sanada  boshqa  har  qanday  barchaga  ma’lum 

seleksiya  yutug'idan  aniq-ravshan  farqlanishi  lozim.  Ushbu  norma 

belgilagan  aniq-ravshan  tushunchasi  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat

www.ziyouz.com kutubxonasi




patent  idorasi  direktorining  49-son  buyrug'i  bilan  1997-yil  3-sentabrda 

tasdiqlangan “Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning 

vaqtinchalik  qoidalari”da  seleksiya  yutug'i  patent  olish uchun talabnoma 

topshirilgan  sanada  boshqa  har  qanday  barchaga  ma’lum  seleksiya 

yutug'idan  markerli,  immunli,  hosildorlik  yoki  boshqa  ko'rsatkichlari 

bilan farqlanishi lozim1. Bunda  “markerli” atamasi ekish texnologiyasidagi 

farqlanishni  bildirsa,  “immunli”  atamasi  esa,  organizmning  kasallik 

tug'diruvchi  omillar  (mikroblar,  taksinlar)  va  antigen  tabiatli  yot 

moddalarga  chidamliligi  va  moyil  emasligidagi  farqlar  nazarda  tutiladi.

Hosildorlik  jihatidan  boshqa  har  qanday  barchaga  ma’lum 

seleksiya  yutug'idan  ko'proq  hosil  berishi  bilan  farqlanishi  lozim.  Boshqa 

ko'rsatkichlar  deyilganda  urug'lik,  ko'chat  yoki  nasi  mahsulotining  sifati 

jihatidan  foydaliligi  yuqori  bo'lishligi  ko'zda  tutilgan.

Seleksiya yutug'i  barchaga ma’lum deb,  seleksiya yutug'iga boshqa 

mamlakatda  himoya  hujjati  berish  haqida  talabnoma  topshirilgan  va  unga 

muvofiq patent yoki shunga o'xshash muhofazaning boshqa bir shakli berilgan 

bo'lsa, yoxud seleksiya yutug'i shu mamlakatning seleksiya yutuqlari rasmiy 

reestriga  kiritilgan  bo'lsa  seleksiya  yutug'i  talabnoma  topshirilgan  sanada 

barchaga  ma’lum  edi  deb  hisoblanadi  (qonunning  10-moddasi).

Seleksiya  yutuqlarini  barchaga  m a’lumligi,  shu  seleksiya 

yutug'ining  rasmiy  kataloglarda  ma’lumot  jamg'armalariga  yoki  biror 

bir nashrda to'liq ifodalanganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga seleksiya 

yutug'ini  boshqa  barchaga  ma’lum  seleksiya  yutuqlaridan  farqlanishida 

yaratilgan  seleksiya  yutug'ining  oldin  mavjud  bo'lgan  va  u  to'g'risidagi 

ma’lumotlar  barcha  olishi  mumkin  bo'lgan  axborot  manbalarida  nashr 

etilgan  seleksiya  yutug'idan  belgilangan  sifat  ko'rsatkichlari  bilan  ajralib 

turishini  aniqlash  muhim  holat  bo'lib  hisoblanadi.

Seleksiya  yutuqlarining  farqlanish  mezoni  turli  davlatlarda 

turlicha talqin etiladi. Masalan, Litva Respublikasi qonunchiligiga muvofiq 

seleksiya  yutug'ining  farqlanishi  quyidagicha  ifodalanadi:  nav,  Litva 

Respublikasi  yoki  chet  elda  ma’lum  bo'lgan,  shuningdek,  oldin  berilgan 

arizalarda  ko'rsatilgan  navlardan  bitta  zaruriy  belgisi  bilan  farq  qilsa 

farqlanish  mezoniga  javob  bergan  hisoblanadi2.

Seleksiya  yutug'ining  zaruriy  belgisi  deyilganda  bu  yerda 

yaratilgan  seleksiya  yutug'ining  sifat,  miqdor va  boshqa  muhim  belgilari 

tushuniladi. Shuni nazarda tutish kerakki, seleksiya yutug'ining farqlanish

1  Селекция  юту^лари.  Расмий  Ахборотнома.  -Т.:  1998.  -121  б.

2  Каспирявичус  П.  Охрана  новых  пород  растений  в  Литве.  //Интеллектуальная 

собственность.  1998.  №5,  -131-132  с.

www.ziyouz.com kutubxonasi




mezoni ustida tadqiqot olib borayotganda jahonda ma’lum bo'lgan barcha 

seleksiya  yutuqlari  to'g'risidagi  ma’lumotga  ega  bo'lish  lozim  bo'ladi.

Seleksiya  yutuqlari  to'g'risidagi  qonun  “barchaga  ma’lumlik” 

iborasini  quyidagicha  ifodalaydi:

-keyinchalik  ko'paytirish,  saqlash  maqsadlarida  yetishtirish, 

kondinsiyaga  yetkazish  va  yuqorida  sanab  o'tilgan  maqsadlarda  asrash 

natijasida  barchaga  ma’lum  bilim  darajasining  bir  qismiga  aylangan 

seleksiya  yutug'iga  nisbatan;

-sotishga  taklif  etilgan,  sotilgan,  mamlakatga  olib  kirilgan  yoki 

mamlakatdan olib chiqib ketilgan seleksiya yutug'iga nisbatan aniqlanadi.

Ko'rinib  turibdiki,  bu  norma  seleksiya  yutuqlarining  barchaga 

ma’lumligi  qanday  seleksiya  yutug'iga  nisbatan  aniqlanishini  o'zida 

ifodalaydi va shu shartlar mavjud bo'lganda seleksiya yutug'ini  barchaga 

ma’lum  deb  hisoblaydi.

Seleksiya yutuqlari barchaga ma’lum bo'lgan seleksiya yutuqlaridan 

farqlanishi  bilan  birga  ma’lum  ma’noda  turdosh  (o'xshash)  bo'lishi  ham 

lozim.  Qonunning  11-moddasiga  binoan,  seleksiya  yutug'i  ko'paytirishning 

o'ziga  xos jihatlarini  olganda  muayyan  navli  o'simliklar  yoki  muayyan  zotli 

hayvonlar seleksiyalashtirish belgilariga  ko'ra  bir xillikka  ega bo'lsa  turdosh 

hisoblanadi.  O'simliklarning  yangi  navlari  va  hayvonlarning  yangi  zotlari 

bunday  belgilarga:  morfologik,  fiziologik,  sitologik,  kimyoviy  va  boshqa 

belgilar  kiradi  hamda,  aynan  ana  shu  belgilari  bilan  yaratilgan  yangi  nav 

va yangi zot o'z ajdodiga o'xshashi kerak. O'xshashlik belgisi seleksiya sohasida 

erishilgan natijaning  sifatini  aniqlaydl Ko'pchilik  o'simlik  navlari  va hayvon 

zotlarida,  o'simliklar  va  hayvonlarning  boshqa  nav  va  zotlaridan  ajratib 

turuvchi  o'ziga  xos  umumiy  belgilari  mavjud  bo'lmasa,  seleksiya  faoliyati 

sohasida  yutuqqa  erishishning  iloji  bo'lmasdi

O'xshashlik  belgisi  o'simliklar  navi  va  hayvonlar  zotining  har 

biri  uchun  davlat  patent  idorasi  tomonidan  alohida,  har  bir  o'simlik 

navi  va  hayvon  zoti  uchun  xos  bo'lgan  uslublar  bilan  aniqlanadi.

Seleksiya  yutug'i  himoyaga  layoqatlilik  shartlarining  so'nggisi 

barqarorlik  mezonidir.  Qonunning  12-moddasiga  binoan,  seleksiya  yutug'i 

barqaror  hisoblanishi  uchun  bir  necha  marta  ko'paytirilganidan  keyin  yoki 

alohida  sikl  bo'yicha  ko'paytirilgan  taqdirda  ko'paytirishning  har  bir  sikli 

oxirida  uning  asosiy  belgilari  o'zgarishsiz  qolishi  kerak.  Ishlab  chiqarishga 

joriy etilganda o'zining alohida xususiyatlarini saqlab qola olmaydigan o'simlik 

va  hayvonlami  yaratish  qonunga  muvofiq  seleksiya  yutug'i  hisoblanmaydi 

va  qonun  bilan  qo'riqlanmaydi.  Garchi  bunda  shunday  o'simlik  va  hayvon 

muhim  ilmiy  ahamiyatga  ega  ekanligi  hamda  ijodiy  faoliyat  natijasi

www.ziyouz.com kutubxonasi




yaratilganligi e’tiborga olinmaydi. Seleksiya sohasidagi ilmiy faoliyat natijasida 

barqarorlik  mezonining  mavjud  bo‘lmasligi  yaratilgan  nav  va  zotning- 

seleksiya  yutug'i emas deb  topilishiga sabab bo'ladi.

Seleksiya  yu tu qlari  yangilik,  farqlanish,  o'xshashlik  va 

barqarorlik mezoniga javob berishi bilan birga O'zbekiston Respublikasida 

patentli  va  patentsiz  tadbirga  muvofiq  muhofaza  qilinadigan  botanik  va 

zoologik  avlod  hamda  turlarga  taalluqli  bo'lsagina  huquqiy  muhofaza 

etiladi.  O'zbekiston  Respublikasida  muhofaza  qilinadigan  botanik  va 

zoologik avlod hamda  turlarning davlat ro'yxati  O'zbekiston Respublikasi 

qishloq  va  suv  xo'jaligi  vazirligining  1997-yil  4-dekabrdagi  qarori  bilan 

tasdiqlangan.  Ushbu  ro'yxat  botanik  va  zoologik  avlod  hamda  turlarning 

har  birini  o'zbekcha,  ruscha  va  lotincha  nomlanishini  va  ular  mansub 

bo'lgan  guruhlarni  o'zida  ifodalaydi.  Masalan,  javdar  g'alla  ekinlari 

guruhiga;  tariq,  sholi  don-yorma  ekinlari  guruhiga;  jo'xori  don  va  ozuqa 

ekinlari  guruhiga  mansubligi  ko'rsatilgan1.

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  seleksiya  yutuqlarini  himoyaga 

layoqatliligi mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin: o'simliklarning yangi 

navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratishga doir biologik muammoning 

yechimi, barchaga ma’lum nav va zotlardan aniq-ravshan farqlanishi, yetarli 

darajada  turdosh  va  barqaror bo'lishi,  shuningdek,  qonun bilan belgilangan 

botanik  va  zoologik  avlod  hamda  turlarga  tegishli  bo'lishi  kerak.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish