4-§. Tovar (xizmat ko'rsatish) belgisini boshqa
shaxslarga o'tkazish
Guvohnomada ko'rsatilgan tovarlar, ishlar, xizmatlarning barcha
guruhlari yoki bir qismiga tovar belgisi qo'yishdan iborat mutlaq huquqni
belgi egasi shartnoma asosida boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy
shaxsga berishi (o'tkazishi) mumkin. Shartnomada o'tkazilayotgan huquq
hajmi aniq belgilab qo'yilishi lozim. Bunday shartnoma haq baravariga
ham, tekin ham tuzilishi mumkin.
Quyidagi hollarda tovar belgisiga bo'lgan huquqning boshqa shaxsga
berilishiga yo'l qo'yilmaydi:
a) agarda bunda tovar haqida iste’molchining yoki boshqalarning
chalg'ishiga, yanglishishiga sababchi bo'lishi mumkin bo'lsa;
b) agarda bunday tovarni ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi haqida
iste’molchining chalg'ishiga, yanglishishiga sababchi bo'lishi mumkin bo'lsa,
www.ziyouz.com kutubxonasi
bunday hollarda Patent idorasi tovar belgisiga nisbatan huquqni boshqa
shaxsga berish haqidagi shartnomani ro'yxatdan o'tkazishni rad etadi.
Agarda yuqoridagi holatlar yoki ulardan biri shartnoma tuzilganidan
keyin vujudga kelgan bo'lsa, u holda shartnomani bekor qilish haqida
talab bilan vakolatli davlat organlari, iste’molchilar uyushmalari yoki
boshqa shaxslar murojaat etishlari mumkin. Shartnoma sud tomonidan
bekor qilinganda uning bajarilishi natijasida vujudga kelgan yuqoridagi
holatlami bartaraf etish taraflarning zimmasiga yuklanishi lozim.
Tovar belgisi egasi bu belgidan foydalanish huquqini litsenziya
shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishi mumkin. Litsenziya
shartnomasida litsenziat mahsulotining sifati litsenziar mahsulotining
sifatidan past bo'lmasligi va litsenziar ana shu shartga amal qilinayotganligini
nazorat etib turishi to'g'risidagi shart bo'lishi lozim.
Tovar belgisiga bo'lgan huquqning har qanday asosga ko'ra boshqa
shaxsga o'tishi, shu jumladan, uni shartnoma asosida (FK 105-moddasi,
1-qismida belgilangan tartibda) yoki huquqiy vorislik tartibida (yuridik
shaxslar qayta tashkil etilishi oqibatida) boshqa shaxsga berish patent
idorasida ro'yxatdan o'tkazilmog'i lozim.
Ushbu talabga rioya qilinmaslik oqibatlari FKning 1106-moddasida
belgilab qo'yilgan.
FKning 1106-moddasida tovar belgisiga bo'lgan huquqni boshqa
shaxsga o'tkazish haqidagi shartnomalar shakliga qo'yiladigan talablar
belgilab qo'yilgan. Bunga asosan tovar belgisiga bo'lgan huquqni boshqa
shaxsga berish haqidagi shartmomalar va tovar belgisidan boshqa
shaxslarning foydalanishi uchun litsenziya berish haqidagi shartnoma:
a) yozma ravishda tuzilishi kerak (bunda bitimlaming yozma shakli
haqidagi FKning 107-moddasi talablariga to'liq rioya qilinishi shart);
b) Davlat Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi lozim (bunda Patent
idorasi shartnomalaming qonunga, shuningdek, maqsadga muvofiqligini,
davlat va jamiyat manfaatlariga xilof emasligini tekshiradi); Patent
idorasining shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazishni rad etish haqida qarori
asoslantirilgan bo'lishi lozim. Bu qaror ustidan shikoyat bilan sudga
murojaat qilish mumkin.
Tovar belgisiga bo'lgan huquqni boshqa shaxsga o'tkazish haqidagi
shartnoma va tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishiga
litsenziya berish haqidagi shartnomalaming yozma shakliga va ro'yxatdan
o'tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomalaming haqiqiy emasligiga
sabab bo'ladi. Bunday shartnomalar FKning 112-moddasi, 1-qismiga asosan
o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi. Ayni vaqtda ushbu qoidadan istisnolar
www.ziyouz.com kutubxonasi
merosning o'tishi lozim bo'lgan, muomala layoqatiga ega bo'lgan shaxslar
(vasiyat bo'yicha vorislar) tushuniladi.
Vorislik huquqi, qonunda belgilangan yoki meros qoldiruvchi
tomonidan vasiyatnomada ko'rsatilgan tartibda va shartlarga asosan unga
tegishli bo'lgan mulk va mulkiy huquq hamda m ajbu riyatlam i
merosxo'rlarga o'tish tartibini belgilaydi.
Fuqarolik qonunida vorislik deb, m arhum fuqaro mulkining
qonunlarda belgilangan tartibda bir yoki bir necha shaxslarga (vorislarga)
o'tishiga aytiladi.
Vorislik huquqi deb, fuqaroning vafot etganidan so'ng mulkining
boshqa shaxslarga (vorislarga) o'tkazilishida vujudga keladigan
munosabatlarning tartibga soladigan huquqiy normalar yig'indisiga aytiladi1.
Vorislik - bu ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi hisoblanib,
mol-mulkni yoki mulkka bo'lgan huquq va majburiyatlami bir shaxsdan
(meros qoldiruvchidan) ikkinchi shaxsga (merosxo'rlarga) o'tishi bilan
bog'liq. Shuning uchun ham u hammadan aw al, iqtisodiy hodisa sifatida
va vafot etgan shaxsning mulkini, mulkiy huquq va majburiyatlarini
boshqa shaxslarga o'tish tartibini belgilaydi.
Vorisik huquqi meros huquqining bir bo'lagi sifatida uning amal
qilinishini ta’minlaydi, meros tarkibiga kirgan mol-mulk va mulkiy
huquq hamda majburiyatlami merosxo'rlarga o'tish qoidalarini o'z
ichiga oladi.
Vorisik huquqi fuqarolar vafot etganda ularning ma’lum bir huquq
va majburiyatlarini boshqa shaxslarga o'tish tartibini belgilab beruvchi
fuqarolik huquqiy normalar yig'indisidan iboratdir2.
Bu fikr ko'pchilik yuridik adabiyotlarda huquqshunos olimlar
tomonidan isbotlangan.
Shunday qilib, vorislik huquqi-bu meros ochilgan paytda vafot
etgan shaxsga tegishli bo'lgan mol-mulk, mulkiy huquq va majburiyatlami
merosxo'rlarga o'tish tartibi va shartlarini belgilab beruvchi huquqiy
normalar yig'indisidan iborat.
Demak, vorislik huquqining vazifasi vafot etgan shaxsning mulkiy
huquq va majburiyatlami boshqa shaxslarga, merosxo'rlarga o'tishini
qonun bilan belgilangan tartibda ta’minlashdan iborat.
1 Ф. Сайфуллаев. УзССР Грэжданлик
ХУКУКИ.
2-том. Тошкент, «Укитувчи», 1988
й. 253-бет.
2 Б.С.Антимонов, К.А. Граве. Советское наследственное право. Москва. 1955.
46-стр.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida «Mulkdor
mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf
etadi»,- deyilgan.
Bu huquqdan foydalanib har bir shaxs o‘zi hayotligida o'ziga tegishli
bo'lgan xususiy mulkning taqdirini hal qilib qo'yadi, vafotidan keyin
uni kimga o'tishini belgilab qo'yadi.
Shu bilan birga, fuqaro vafot etganidan so‘ng uning mulki kimlarga
o'tishi qonun bilan ham belgilab qo'yilgan bo'ladi.
Demak, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 111 2-
moddasiga asosan, vorislik ikki asosda vujudga keladi. Birinchidan, vasiyat
bo'yicha va, ikkinchidan, qonun bo'yicha.
Mulkdor o'ziga tegishli bo'lgan xususiy mulkning taqdirini o'zi vafot
etgandan so'ng uning ma’lum bir shaxs tomonidan tasarruf qilinishini
belgilamagan hollarda qonun bo'yicha vorislik amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, qonun bo'yicha vorislik: Birinchidan, vasiyatnoma
qisman yoki butunlay haqiqiy emas deb topilgan hollarda; ikkinchidan,
meros mulkining hammasi vasiyat qilinmasdan qolgan taqdirda, vasiyat
qilinmagan qismiga; uchinchidan vasiyat bo'yicha merosxo'r meros
ochilgandan keyin merosni qabul qilib olmasdan vafot etgan boisa;
to'rtinchidan, vasiyat bo'yicha merosxo'r merosni olishdan bosh tortgan
yoki undan voz kechgan hollarda vujudga keladi.
Qonun bo'yicha merosxo'r meros qoldiruvchi bilan qon-qarindoshlik
rishtalari bilan bog'langan uning ajdodlari va avlodlari, oila a’zolari,
mehnatga layoqatsiz, uning qaramog'ida bo'lgan, oila a’zosi bo'lmagan
shaxslar bo'lishlari mumkin.
Demak, qonun bo'yicha merosxo'r bo'lish uchun nafaqat meros
qoldiruvchining rasman qon-qarindoshlari bo'lishi, shuningdek, amalda
hayotda ham yaqin kishilari bo'lishi mumkin.
Qonun bo'yicha vorislik munosabati bilan meros qoldiruvchining
huquq va majburiyatlari o'tish tartibi va shartlari qonunda belgilab
qo'yilgan bo'ladi. Meros mulk qonunda belgilangan tartibda, miqdorda
va tartibda merosxo'rlar o'rtasida taqsimlanadi. Qonunda belgilanmagan
shaxslarga yoki belgilangan tartibni buzib, meros mulkni yaqin
qarindoshlariga yoki boshqa yaqin kishilariga, meros qoldiruvchining
qaramog'ida bo'lmagan shaxslarga berish mumkin emas.
Qonun bo'yicha vorislik huquqi meros qoldiruvchining vafoti yoki
uning sud qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinishi bilan birdaniga va
to'lig'icha merosxo'rlarga o'tadi.
760
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vasiyat bo'yicha vorislik meros qoldiruvchining erki bilan vujudga
keladi. Meros qoldiruvchining huquq va majburiyatlarini merosxo'rlar
o'rtasida taqsimlash, meros qoldiruvchining erki bilan amalga oshiriladi.
Merosdan chetlashtirish yoki meros olishdan mahrum qilish faqat
qonunda belgilangan asoslarda va tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Vorislik asoslari qonun bo'yicha vorislikda ham, vasiyat bo'yicha
vorislikda ham kelishuv mavzusi bo'lishi mumkin emas. Ammo hayotda
va hatto, sud amaliyotida ham bunday kelishuvlar uchrab turadi. Masalan,
notarial tartibda tasdiqlangan vasiyatnomaga asosan fuqaro Sotiboldiev
o'ziga tegishli bo'lgan uy-joyni va jamg'arma bankida saqlanayotgan
omonat mablag'ni nabirasi Bahodirjonga vasiyat qilib qoldirgan. Sotiboldiev
vafotidan so'ng uning voyaga etgan bolalari sudga murojaat qilib meros
qoldiruvchi og'ir kasalligi sababli vasiyatnomaga imzo qilish imkoniyati
bo'lmagan, vasiyatnoma qalbakilashtirilgan degan asosda uni haqiqiy
emas deb topishni so'raganlar, arizani ko'rgan tuman sudi ish yuritishni
bekor qilib, taraflarning meros mulkini taqsimlash haqidagi o'zaro
kelishuvini tasdiqlash to'g'risida ajrim chiqargan. Viloyat sudining rayosati
viloyat prokurorining nazorat tartibida bergan protestini rad qilib, tuman
sudi ajrimini kuchda qoldirgan. Respublika Bosh prokurori o'rinbosarining
protesti bilan Oliy sudning fuqarolik ishlari bo'yicha sud hay’ati tuman
sudining ajrimi va viloyat sudining qarorini bekor qilib, ishni qaytadan
k o 'rish g a yu borgan . O liy sud h a y ’ ati q a ro rid a , ish b o 'y ic h a
vasiyatnomaning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlamasdan turib,
masalani hal qilish mumkin emasligini va bu masalada, vasiyat bo'yicha,
shuningdek, qonun bo'yicha vorislikda vorislik asoslari kelishuv mavzui
bo'lishi mumkin emasligini ko'rsatgan.
M erosning ochilish vaqti va joyi. Q onun vorislik h u q u q iy
munosabatlarining kelib chiqishini ochilishi bilan bog'laydi. Vorislik huquqi
asosida meros mulkini qabul qilib olish merosning ochilishi munosabati
bilangina amalga oshiriladi. Shuning uchun ham merosning ochilish joyi
va vaqti muhim va zarur ahamiyat kasb etadi.
Vorislik huquqining vujudga kelishi muayyan bir hodisaning sodir
bo'lishi bilan bog'liq. Bunday hodisa birinchidan, fuqaroning vafot etishi,
yoki, ikkinchidan, fuqaroning sud qarori bilan vafot etgan deb e ’lon
qilinishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |