Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Meros  huquqining  obyektlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4-§.  Meros  huquqining  obyektlari

Meros  qoldiruvchi  hayotligida  boshqa  rhaxslarga  o'tishi  mumkin 

bo'lgan  uning  huquq  va  majburiyatlari  merosning  obyekti  bo'ladi.

Meros  ochilgan  paytda  meros  qoldiruvchiga  tegishli  bo'lgan,  uning 

vafotidan keyin ham bekor bo'lmaydigan barcha  huquq  va majburiyatlar 

meros  tarkibiga  kiradi(FKning  1113-moddasi).

«Har  bir  shaxs,  -   deyiladi  O'zbekiston  Konstitutsiyasining  36- 

moddasida,-mulkdor  bo'lishga  haqli».

«Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari,-deyiladi FKning 

209-moddasida,-har  qanday  mol-mulk  xususiy  mulk  bo'lishi  mumkin».

www.ziyouz.com kutubxonasi



Demak,  qonun  bilan  man  etilmagan  har  qanday  mol-mulk  xususiy 

mulk  obyekti  bo'lishi  mumkin  va  xususiy  mulk  bo'lgan  mol-mulkning 

miqdori  va  qiymati  qonun  bilan  cheklanmagan.

Merosning  obyekti  aktiv  va  passiv  bo'lishi  mumkin.  Vafot  etgan 

shaxsning  meros  ochilgan  paytdagi  ashyoviy  va  majburiyat  huquqlari  -  

aktiv,  vafot  etganning  zimmasidagi  majburiyatlar  -   passiv  obyektlar 

bo'lib  hisoblanadi.

Aktiv  holatda  merosxo'r  meros  mulkka  nisbatan  qonuniy  huquqqa 

ega  bo'lib,  tasarruf  qilish  huquqini  ham  qo'lga  kiritadi.  Passiv  holatda 

esa,  o'z  ustiga  m ajburiyat  yuklaydi,  y a ’ni  meros  qoldiruvchining 

majburiyatlari  merosxo'rlar  zimmasiga  o'tadi.

Qonun  bilan  ta’qiqlanmagan  fuqaroning  barcha  mulki  va  mulkka 

bo'lgan huquq va majburiyatlari xususiy mulk sifatida meros huquqining 

obyekti  bo'lib  hisoblanadi.

Meros  qoldiruvchiga  tegishli  bo'lgan  xususiy  mulk  huquqi  (FK-ning 

207-211-  moddalari),  kredit  muassasalarida  saqlanayotgan  omonatlarga 

bo'lgan  huquq,  shuningdek,  mulk  bilan  bog'liq  bo'lgan  ayrim  nomulkiy 

huquqlar  va  majburiyatlar  ham  meros  qoldiruvchining  meros  mulki 

tarkibiga  kiradi1.

«Mulkchilik  to'g'risida»gi  1990-  yil  31-  oktabrda  qabul  qilingan 

qonun2  «uy-joylar,  dala  hovlilar,  bog'  uylari,  yer  uchastkalaridagi 

dov-daraxtlar,  uy  hayvonlari,  transport  vositalari,  pul  mablag'lari,  uy- 

ro'zg'or  va  shaxsiy  iste’mol  buyumlari,  shaxsiy  yordamchi  xo'jalikni 

yuritish,  bog'dorchilik,  polizchilik  uchun  kerakli  mol-mulklar,  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlar,  shuningdek,  iste’molga  mo'ljallangan  boshqa 

mol-mulk  fuqarolar  mulki  bo'lishi  mumkin»  deyilgan.

Uy-joy  kooperativining,  uy-joy  qurish,  dala  hovli,  garaj  kooperativi 

yoki  boshqa  imorat  yoki  bino  uchun  pay  badalini  batamom  to'lagan 

kooperativ  a’zosi  shu  mol-mulkning  egalik  huquqini  oladi.

Mazkur  mol-mulkni  mulk  qilib  sotib  olgandan  keyin  fuqaro  uni 

o'z  xohishiga  ko'ra  tasarruf  etishga  -   sotish,  vasiyat  qilish,  ijaraga 

berish,  uning yuzasidan qonunga zid bo'lmagan boshqa bitimlar tuzishga 

haqlidir.

Qonun  fuqarolarning  mol-mulkni  umrbod  meros  qilib  olish  huquqi 

va  muhofaza  qilishni  e ’tirof  etadi.

1 Узбекистон  Республикаси  ФКнинг иккинчи кисмига  шархпар.  Ш-жилд. Тошкент.1998 

й.  218-бет.

2  Узбекистон  конун  ва  фармойишлари.  Тошкент,  Узбекистон.  1992  й.  10-бет.

www.ziyouz.com kutubxonasi



1958-  yil  31-  oktabrdagi  Lissabon  ittifoqi  organi  tovar  chiqarilgan  joy 

nomlarini  qayd  etish  mexanizmini  ishlab  chiqdi  va  amalga  oshirmoqda.

Dunyoning  deyarli  barcha  davlatlarida  tovarlarning  chiqarilgan 

joylari  nomlaridan  g'ayriqonuniy  foydalanish,  bu  joylar  nomlari  haqida 

noto‘g ‘ri yoki yolg'on ma’lumot berish g‘irrom raqobatning ko‘rinishlaridan 

hisoblanadi va tegishli javobgarlik choralari  (zararlarni to'latish,  hududga 

olib kelishni taqiqlash, arest solish, tovami yo'q qilib tashlash va hokazolar) 

ko'rilishiga sabab bo'ladi.  «O'zbekiston Respublikasining tovar bozorlarida 

monopolistik  faoliyatni  cheklash  va  raqobat  to'g'risida»  gi  1996  yil  27 

dekabrda qabul qilgan Qonunning  8-moddasiga asosan yuridik shaxsning 

intellektual  fa oliy a ti  natijalaridan  va  ularga  ten gla sh tirilga n  

individuallashtirish  vositalaridan,  mahsulotni,  xizmatlar  bajarishni 

individuallashtirish  vositalaridan  qonunsiz  foydalanib  tovar  sotish, 

tovaming  xususiyati,  uni  tayyorlash  usuli  va  joyi  xususida  iste’molchini 

chalg'itish  insofsiz  raqobat  hisoblanadi  va  taqiqlanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish