67-bob. VASIYAT BO'YICHA VORISLIK
l-§ . Vasiyat bo'yicha vorislik tushunchasi
«Mulkdor, - deyiladi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
54-moddasida, mulkiga o'z xohishiga egalikqiladi, undan foydalanadi
va uni tasarruf etadi».
Mulkdor o ‘z mulkini tasarruf etishda erkin b o‘lib, u «faqat
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum
etilishi mumkin» (53-modda).
FKning 1120-moddasida «Fuqaroning o'ziga tegishli mol-mulki yoki
bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirdja tasarruf etish
xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof etiladi».
Yuridik adabiyotlarda vasiyat tushunchasi huquqshunos olimlar
tomonidan har xil ta’riflanadi.
R.O. Xalfinaning ta’rifi bo'yicha, vasiyat - bu shaxs vafot etgan
taqdirda o‘z mulkiga nisbatan qonunda belgilab qo'yilgan shaklda amalga
oshirilgan farmoyish hisoblanadi1.
M.Yu. Barshevskiyning fikri bo'yicha vasiyat — bu meros qoldiruvchi
vafotidan so‘ng huquqni olish tartibini belgilovchi shaxsiy-rasmiy
xarakterga ega bo'lgan bir tomonlama bitim hisoblanadi2.
F.Sayfullaevning bergan ta’rifi bo'yicha «vasiyat deb, meros
qoldiruvchining o‘zi vafot etgandan keyin mulkining barchasini yoki bir
qismini qonun Bilan belgilangan tartibda vorislarning yoki vorislari bo'lib
hisoblanmagan shaxslarning biri yoki bir nechtasiga, davlatga yoki davlat,
jamoat tashkilotlari, korxona yoki muassasalarga qoldirish haqidagi bergan
yozma buyrug'iga aytiladi»3.
Bu ta’ riflarning har birida bir um um iy kam chiligi - bu
vasiyatnomaning o'ziga xos belgilari to'la ravishda ko'rsatilmagan.
O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilinib,
o'tgan o'n yil davomida o'zining hayotiyligini ko'rsatgan fuqarolik
kodeksining merosga oid huquqiy normalarini tahlil etish natijasida
vasiyatning quyidagi belgilarini e’tirof etishlari lozim.:
• Birinchidan, vasiyatnoma, o'z-o'zidan ma’lumki u yozma shaklda
1 P.O. Халфина. Право наследования в СССР. Москва. 1952.30-бет.
2 М.Ю. Баршевский. Правовое регулирование наследования по завешанию.
Москва. 1989.
3 Ф. Сайфуллаев. Узбекистон ССР Гражданлик хукуки. И том .Т ош кент,
«Укитувчи»1988 - 264- б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
tuzilgan hujjat;
• Ikkinchidan, hujjat albatta vasiyat qoldiruvchi tomonidan shaxsan
tuzilgan bo'lishi kerak, uni vakil orqali tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi;
• Uchinchidan, vasiyatnoma qoida tariqasida shaxsan yozilib imzo
qilinish kerak;
• To'rtinchidan, vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo'lib, faqat meros
qoldiruvchining erki bilan tuziladi, merosxo'rning erki bilan olinadi;
• B e s h in ch id a n , m ol-m u lk n i kim ga vasiyat qilish m eros
qoldiruvchining mutlaq huquqi hisoblanadi;
• Oltinchidan, vasiyatnomada vasiyat bo'yicha huquq oluv oldiga
faqat qonuniy talab va shartlami qo'yishi mumkin;
• Ettinchidan, vasiyatnomani xohlagan paytda va izoh berm ay
o'zgartirish, bekor qilish mumkin;
• Sakkizinchidan, vasiyatnoma, albatta, notarius yoki boshqa qonun
bilan huquq berilgan mansabdor shaxslar tomonidan guvohlantirilishi
shart;
• To'qqizinchidan, vasiyatnoma faqat meros ochilgandan keyingina
amal qila boshlaydi;
• O 'n in ch idan , vasiyatnoma bo'yich a huquqiy oqibat — ikki
tomonning -vasiyat qoldiruvchi va merosxo'rlarning xohish-irodasi amalga
oshirilgan holda vujudga keladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagi ta’rifni etirof etamiz.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan berilgan huquqqa
asosan har bir fuqaro tomonidan o'ziga tegishli bo'lgan shaxsiy va hususiy
mulkini, mulkka bo'lgan huquq va majburiyatlar ini o'zi vafot etganidan
so'ng tasarruf etish shakl va qoidalari belgilab berilgan xohish-irodasini
erkin tarzda ifoda etadigan farmoyishi vasiyat deb e’tirof etiladi.
Vasiyatnoma o'ziga xos xususiyatlarga ega:
• Birinchidan, vasiyatnoma vasiyat qoldiruvchining shaxsi bilan
bevosita bog'liq. Vasiyatnoma fuqaroning shaxsiy farmoyishi hisoblanib,
shaxsan vasiyat qoldiruvchi tomonidan tuziladi. Ishonchnomaga asosan,
boshqa shaxslar, hatto qonuniy vakillar tomonidan tuzilishiga yo'l
qo'yilmaydi.
• Ikkinchidan, vasiyatnoma bir tomonlama bitim hisoblanib, faqat
vasiyatnomada ko'rsatilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
• Uchinchidan, o'z erki bilan o'z mulkini vasiyat qilib qoldirish huquqi-
vasiyat qilish erkinligi, faqatgina to'la muomala layoqatiga ega bo'lgan
fuqarolarga beriladi. Muomalaga layoqatsiz topilgan shaxslar o'zlarining
mol-mulklarini vasiyat qilib qoldirolmaydilar. Vasiyat qoldiruvchining
www.ziyouz.com kutubxonasi
muomala layoqati vasiyatnoma tuzilgan vaqt bilan belgilanadi.
• To rtinchidan, vasiyatnoma, albatta, qonunda belgilangan shaklda
va tartibda tuzilishi va faqat qonun bilan huquq berilgan mansabdor
shaxslar tomonidan guvohlantirilgan bo'lishi shart.
• Beshinchidan, vasiyat qoldiruvchi vasiyatnomaga faqat o'ziga tegishli
bo'lgan mulkni, mulkiy huquq va majburiyatlarni, shuningdek, meros
ochilish paytiga kelib unga tegishli bo'lish ehtimoli bo'lgan mulkiy huquq
va majburiyatlarni ham vasiyatnomaga kiritish mumkin.
• «Vasiyatnom ani tasdiqlab berishda, - deyiladi «N otariat
to'g'risidagi» qonunning 45-moddasida, - vasiyat qiluvchidan uning vasiyat
qilinayotgan mol-mulkka bo'lgan huquqini tasdiqlovchi dalillami taqdim
etish talab qilinmaydi». Chunki vasiyatnomada ko'rsatilgan mulk yoki
unga bo'lgan huquq va majburiyat vasiyat qilinayotgan paytda vasiyat
qoldiruvchiga tegishli bo'lmagan bo'lishi, lekin keyinchalik unga tegishli
bo'lishi ehtimoli hisobga olib, ko'rsatilgan mol-mulk yoki unga bo'lgan
huquq meros ochilgan paytga kelib unga o'tsa, vasiyatnomadagi farmoyish
haqiqiy hisoblanadi.
Meros qoldiruvchi, FKning 1120-moddasiga asosan o'zining qonun
bilan man etilmagan har qanday mol-mulkini va mulkka bo'lgan huquq
va majburiyatlarining barchasini yoki uning muayyan bir qismini, shu
jumladan uy-ro'zg'or buyumlari va jihozlarini ham vasiyat qilib qoldiishga
haqli.
Agar vasiyat qoldiruvchi vasiyatnomada o'zining barcha mulkini
vasiyat qilish haqida farmoyish bergan bo'lsa, uning hamma mulki, shu
jumladan uy-ro'zg'or buyumlari va jihozlari ham vasiyat bo'yicha
merosxo'rlarga o'tadi.
Vasiyatnomada mol-mulkning bir qismi vasiyat qilingan taqdirda,
uning qolgan qismi qonun bo'yicha vorislarga o'tadi. Bunday holda vasiyat
qoldiruvchi uy-ro'zg'or buyumlari va jihozlari haqida alohida, ularning
vasiyat bo'yicha kimga o'tishini ko'rsatishi shart. Vasiyat bo'yicha meros
qoldiruvchining faqatgina mulkiy huquqlari o'tadi, mulkiy majburiyatlar
esa, FKning 1155-moddasi tartibida meros qiymati hisobidan hamma
talablardan oldin imtiyozli ravishda qoldirilishi lozim.
Meros qoldiruvchi o'zining qarzlarini to'lashdan ayrim vorislami
qisman yoki to'liq ozod qilishga haqli emas. Bunday vasiyatnomada
ko'rsatilgan farmoyish haqiqiy hisoblanmaydi. Chunki merosxo'rlarning
har biri o'ziga tekkan mol-mulkning qiymati doirasida sherik (solidar)
qarzdorlar sifatida javobgardirlar.
Vasiyat qoldiruvchi o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkning hammasini
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki uning muayyan bir qismini xohlagan bir yoki bir necha shaxslarga,
shu bilan birga, davlatga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga
yoki boshqa yuridik shaxslarga berilishi haqida farmoyishda ko'rsatishi
mumkin.
Vasiyat qoldiruvchi o'zining vasiyatnomasidagi farmoyishi bilan
qonun bo'yicha merosxo‘rlarning hammasini, bir nechtasini yoki bittasini
merosdan mahrum qilishga haqli.
Bundan tashqari, vasiyat qoldiruvchi ayrim merosxo‘rlarning
hissalarini ko'paytirish yoki kamaytirish haqida, ayrim ashyolarni ma’lum
bir vorislarga berish haqida farmoyishda ko'rsatishi mumkin. Vasiyat
qoldiruvchi o'zining bunday harakatlarining sababini tushuntirib izoh
berishga majbur emas. Shu bilan birga, qonuniy vorisni merosdan mahrum
qilish biror shart asosida ham bo'lishi mumkin emas. Umuman
vasiyatnomani bekor qilish sharti bilan vasiyatnoma tuzilishiga yo'l
qo'yilmaydi. Ammo uni kechiktirish sharti bilan vasiyatnoma tuzilishi
mumkin. Bunday hollarda meros mulk birdaniga vasiyat bo'yicha vorisga
o'tmaydi va vasiyatnomada berilgan farmoyishga ko'ra ma’lum bir
topshiriq bajarilgandan keyin o'tish tartibi haqida shart qo'yilishi mumkin.
Bir yoki bir necha merosxo'rlar meros olish huquqidan mahrum
qilingan taqdirda, vorislikni navbat bo'yicha boshqa, qonun bo'yicha
merosxo'rlar oladilar. Agar hamma merosxo'rlar meros olish huquqidan
mahrum qilingan bo'lsalar, meros mulk FKning 1157-moddasi tarkibida
sudning qarori bilan hal qilinadi.
Vasiyatnomada voris sifatida ko'rsatilmagan merosxo'r vasiyat
qilinmasdan qolgan meros mulkka qonun bo'yicha voris bo'lish huquqini
saqlab qoladi. Meros ochilmasdan vafot etgan yoki merosdan voz kechgan
vasiyat bo'yicha merosxo'rga vasiyat qilingan mulkni olish huquqi qonun
bo'yicha merosxo'rlarga o'tadi. Taqdim qilish huquqi vasiyat bo'yicha
merosxo'rlar vorislariga o'tmaydi.
Qonun bo'yicha merosxo'rlaming meros olish huquqidan mahrum
etilishi, agar vasiyatnomadan boshqa hoi kelib chiqmasa, ularning taqdim
qilish huquqi bo'yicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq
etilmaydi.
Meros qoldiruvchi vasiyatnomada o'ziga tegishli mulkni nafaqat
kimga meros qilib qoldirish haqida, ayni vaqtda, umumiy tarzda «hamma
bolalarimga», «nabiralarimga» va hokazo boshqacha umumiy tarzda
ularning qonun bo'yicha qaysi navbatda merosxo'r bo'lishlaridan qat’iy
nazar belgilab qo'yishi mumkin.
Vasiyatnom a so'zi ikki m a’noda tatbiq etiladi. Birinchidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
vasiyatnoma - bu vasiyat qoldiruvchining erki ifodalangan hujjatning
o'zi sifatida tatbiq qilinsa, ikkinchidan, vasiyatnom a - vasiyat
qoldiruvchining erkini ifoda etuvchi akt hisoblanadi.
Bu ma’noda vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo'lib, uni tuzish
uchun qonun hujjatlariga asosan bir tarafning, ya’ni vasiyat qoldiruvchi
ning xohishi yetarli boiadi. Boshqa bir shaxsning qarshi erkini ifoda
qilish talab qilinmaydi. Shuning uchun vasiyatnomaning haqiqiyligi hech
vaqt vorislarning roziligiga bog'liq emas.
Nima uchun vasiyatnoma bir tomonlama bitim deb ataladi?
FKning 102-moddasida bayon qilinganidek, bitim tuzish uchun
qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning
xohishi zarur va yetarli bo'lsa, bunday bitim bir taraflama bitim
hisoblanadi.
Demak, vasiyat qoldiruvchi shaxsan o'zi, o'z erki bilan merosxo'rga
o'zining xususiy mol-mulkiga nisbatan ma’lum bir huquqni belgilab beradi.
Vorisni merosdan mahrum qilishga ham uning sababini tushuntirishga
meros qoldiruvchining majbur emasligi nazarda tutiladi.
«Meros qoldiruvchi, - deyiladi FKning 1120-moddasi, 7-bandida,
vasiyatnoma tuzilgandan keyin uni istagan paytda bekor qilish va
o'zgartirish borasida erkin bo'lib, bunda bekor qilish yoki o'zgartirish
sabablarini ko'rsatishga majbur emas».
Buning uchun faqat qonunda belgilangan shakl va tartibga rioya
qilish talab qilinadi, xolos.
Vasiyat bo'yicha merosxo'r faqat meros ochilgandan keyin merosdan
voz kechishga yoki merosni qabul qilib olmaslikka haqli.
Vasiyatnoma tuzgan shaxs o'zining mol-mulkiga egalik qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf qilish bilan bog'liq hamma harakatlarni
amalga oshirish huquqini saqlab qoladi. Buning uchun vasiyatnomani
to'lig'icha yoki qisman bekor qilish, uning mazmunini o'zgartirish shart
emas. Vasiyatnomada belgilab qo'yilgan alohida ashyolarni ma’lum bir
merosxo'rga berish haqidagi farmoyish ham meros ochilgunga qadar u
shaxs uchun hech qanday huquq tug'dirmaydi.
Vasiyatnoma har bir alohida olingan shaxsning aynan o'zining
harakati hisoblanadi. Shuning uchun ham vasiyatnoma ikki va undan
ortiq shaxslar tomonidan birgalikda tuzilishi mumkin emas.
«Meros qoldiruvchi, - deyiladi FKning 1120-modda, 8-bandida,
vasiyatnom ada o'zi m erosx o'r etib tayinlangan shaxslarga, o'z
navbatida vafot etishlari ehtimoli bilan o'zlariga vasiyat qilingan mol-
mulkni muayyan tarzda tasarruf etish xususida ko'rsatma berish
www.ziyouz.com kutubxonasi
majburiyatini yuklashga haqli emas.
Masalan, ota o‘g ‘liga vasiyat bo'yicha qoldirgan uy-joyni, u vafot
etganda, albatta, nabirasiga vasiyatnoma orqali qoldirish majburiyatini
yuklashi mumkin emas. Vasiyatnomada ko'rsatilgan bunday shart haqiqiy
sanalmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |