Budilniklar bo’lmagan paytlarda odamlarga uyg’onish uchun yordam bergan 7 usul
Odamlarda uyg’otuvchi soatlar (budilniklar)ga nisbatan bir hil bo’lmagan munosabatlar vujudga kelgan. Bu moslamalar vaqtida ishga yetib borish maqsadida barvaqt uyg’onish uchun yoki muhim uchrashuvni o’tkazib yubormaslik uchun juda zarur.Uyg’otuvchi soatning ovozini xush ko’ruvchi insonning topilishi qiyinligiga qaramay, hamma uni doimiy ravishda ma’lum vaqtda jiringlashi uchun o’rnatib qo’yadi. Uyg’otuvchi soatlar bo’lmagan paytda esa, uning o’rnini cherkov bongidan tortib zavodning sirenasiga qadar turli narsalar to’ldirib bergan bergan. Xullas, hammasi to’g’risida bir boshdan gapiramiz.
1. Ko’p suyuqlik ichish usuli
Avvallari agar tong otishdan oldin turish kerak bo’lsa odamlar uyquga ketishdan oldin bir litr suv ichganlar. Saharga yaqin to’lib ketgan qovuq uyqudan barvaqt turishni kafolatlagan. Uyqudan oldin ko’p suyuqlik ichish uslubi hatto XX asrda ham asl amerikaliklar tomonidan qo’llanilgan.
2. Klepsidra usuli
Suv mavzusini davom ettirsak, klepsidra yoki suv soatlari eng qadimiy si-vilizatsiyalar tomonidan ming yillar davomida ishlatib kelingan. Ularning ishlash tartibi xuddi qum soatlariga o’xshab ketgan. Faqatgina eramizdan avval 245-yilda Aleksandriyalik Ktesibiy dunyodagi ilk mexanik soatni yaratib Klepsidrani muvofiqlashtira oldi.
Suv yuzasida suzib yurgan dukkaklilar suv kamayganidan keyin ma’lum sathga yetib borganida jar solish signali ishga tushgan. Uning keyinroq chiqqan nusxalarida esa shesteryonkalar paydo bo’lgan.
3. Jom qo’ng’irog’i usuli
Dastlabki xristianlik jamoalarining aksariyat qismida cherkovning jom qo’ng’iroqlari saharda qavmlarni ibodatga uyg’otgan. Shuningdek, cherkovlarda bong urilgan jom qo’ng’iroqlar kun davomida vaqtni aniqlash uchun ham xizmat qilgan. Islom dinida buning uchun so’filarning minoralardan turib azon chaqirishlaridan foydalanilgan.
Bomdod ("tong") kundalik ibodatlarning beshtasidan birinchisidir. Undan keyin yana to’rtta ibodat joiz bo’lgan va shu ibodatlarga qarab odamlar kun davomidagi vaqtni aniqlay olganlar.
4. Shtiftli soat.
Tahminan 1555 yilga yaqin Taqayuddin Muxammad ibn Maruf ash-Shomiy al-Asadiy bir nechta mexanik turdagi uyg’otuvchi soatlarni, shu jumladan, istalgan paytda jiringlashga moslashtirilgan qurilmasni ham ixtiro qilgan. Bunga soatning yuza tomonidagi teshikchaga shtift o’rnatish yo’li orqali erishilgan. Taqayuddin Suriyada tug’ilgan va Qohirada ta’lim olgan. Xuddi shu kabi soatlar o’sha paytning o’zida G’arbiy Yevropada ham ishlab chiqilgan edi.
5. Knocker-Up
Knocker-Up (shuningdek "knocker-upper" ham deyiladi) ya’ni, taqillatuvchi — sanoat inqilobi davrida ma’lum bo’lgan hunar turlaridan biri. Bu hunar egasi uzun tayoq yoki hassasi bilan kerakli paytda uyg’otib qo’yish zarur bo’lgan mijozlarin-ing eshiklari yoki oynalarini taqillatgan.
Haftasiga bir necha pens to’lab qo’yib, biror kishi o’z Knocker-Upi mijozini tamoman uyg’otib qo’ymaguncha ketib qolmasligiga amin bo’lgan. Kattaroq zavod va fabrikalar ishchilarni ertalab uyg’otib qo’yadigan shaxsiy Knocker-Uplaridan foydalanishgan.
6. Zavod gudogi
Sanoat asrining boshlanishida ishchilar o’zi ishlagan fabrikalarning yonida yashaganlar va zavod gudogining ovoziga uyg’onganlar. Po’lat quyish zavodlari va to’qimachilik fabrikalariga ko’p hollarda qishloq joylardan dehqonlar kelib, tongdagi quyosh nurlari yoki qushlarning chaq-chaqlashi o’rniga baland tovushli chinqiroq gudok bilan uyg’onishga majbur bo’lishgan.
7. Levi Xatchens uyg’otuvchi soati
1787 yilda Amerikaning Konkord shahridan bo’lgan Levi Xatchens uyg’otuvchi soatning yana bir timsolini ixtiro qilgan. Oddiy qarag’aydan tayyorlangan qutidagi qo’ng’iroqcha jiringlab o’z sohibini uyg’otgan. Shunga qaramay, uning uyg’otuvchi soatidagi qo’ng’iroqcha faqatgina soat 4 da jiringlay olgan. Bu soat Levi Xatchens ishga borish uchun o’rnidan turishi kerak bo’lgan paytga sozlangan edi.