Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Notarial  tasdiqlangan  vasiyatnoma



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet398/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

3-§.  Notarial  tasdiqlangan  vasiyatnoma

Vasiyatnomalarni  tasdiqlash  huquqi  davlat  notarial  idoralarida 

ishlovchi  notariuslarga  («Notarius  to‘g‘risida»gi  qonunning  23-moddasi), 

xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ ullanuvchi  notariuslarga  (24-modda), 

shaharchalar,  qishloqlar  va  ovullar  fuqarolar  yig'inlarining  raislari 

(oqsoqollari)ga (25-modda) va O'zbekiston Respublikasining chet ellardagi 

konsullik  muassasalarining  konsullari  (28-modda)ga  berilgan.

Notariuslarning,  notar ial  harakatlarni amalga  oshirish  huquqiga  ega 

bo'lgan  boshqa  mansabdor  shaxslarning  notarial  harakatlarni  amalga 

oshirish  tartibi  «Notariat  to‘g ‘risida»gi  qonunda  belgilab  qo'yilgan.

Vasiyatnomani  tasdiqlash  vaqtida  notarius  uni  tasdiqlashni  so'rab 

murojaat  qilganning shaxsini,  muomalaga  layoqatini belgilangan tartibda 

aniqlashni,  vasiyatnoma  vasiyat  qoldiruvchi  tomonidan  o'z  qo'li  bilan 

yozilganligini,  undagi  imzo  o'z  qo'li  bilan  qo'yilganligini  tekshirib,  shunga 

ishonch  hosil  qilishi  kerak.  Lekin  qoida  tariqasida  vasiyat  qoldiruvchi 

tomonidan vasiyatnoma notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshirish 

vakolati  berilgan  mansabdor  shaxsning  huzurida  yozilishi  va  imzolanishi 

kerak.


Vasiyat  qoldiruvchining  jismoniy  kamchiliklari  yoki  savodsizligi 

sababli o'zi  o'z qo'li bilan yozish va imzo qilish imkoniyatiga ega bo'lmagan 

taqdirda,  notarius  yoki  notarial  harakatlarni  amalga  oshirish  huquqi 

berilgan mansabdor shaxs tomonidan uning so'zidan yozib olinishi mumkin. 

Bunday  hollarda,  albatta,  vasiyatnoma  matni vasiyat  qoldiruvchiga  o'qib 

berilishi  shart  va  bu  haqda  vasiyatnomaga  alohida  belgi  qilib  qo'yilishi 

kerak.

Agar  savodsiz  vasiyat  qoldiruvchining  qulog'i  kar,  tili  gung  yoki 



ham  kar,  ham  gung  bo'lsa,  vasiyatnoma  guvohlantirilayotganda  ularga 

tushuntira  biladigan  shaxsning  ishtiroki  ta’minlanishi  va  u  o'zining  imzosi 

bilan  vasiyatnomaning  mazmuni  vasiyat  qoldiruvchining  erki  to'g'ri 

kelishini  guvohlantirishi  kerak.  Bu  harakatlarning  hammasi,  albatta, 

vasiyatnomani  guvohlantiruvchi  notariusning  yoki  notarial  harakatlarni 

amalga  oshirish  huquqiga  ega  bo'lgan  mansabdor  shaxsning  ishtirokida 

bo'lishi shart. Vasiyatnoma faqat vasiyat qoldiruvchi huzurida tasdiqlanishi 

lozim.


www.ziyouz.com kutubxonasi


Vasiyatnoma  vasiyat  qoldiruvchining  so'zidan  notarius  tomonidan 

yoki  vasiyatnomani  tasdiqlayotgan  mansabdor  shaxs  tomonidan  texnik 

vositalar yordamida, ya’ni yozuv mashinkasi, komp’yuterdan foydalangan 

holda  amalga  oshirilishi  mumkin.

Bunday vasiyatnomalar ham,  albatta,  vasiyat qoldiruvchi tomonidan 

vasiyatnomani  tasdiqlovchi  notarius  yoki  boshqa  mansabdor  shaxs 

huzurida  imzo  qilinishi  kerak.  Imzolashdan  oldin  vasiyat  qoldiruvchi 

vasiyatnomani tasdiqlovchi notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlash huquqi 

berilgan  mansabdor  shaxs  oldida  vasiyatnomaning  matnini  to'lig'icha 

o‘qib  chiqishi  va  undan  keyin  imzo  qo'yishi  kerak.

Vasiyat  qoldiruvchining  xohishiga  ko‘ra,  vasiyatnomani  xohlagan 

notarial  idorasining  notariusida  tasdiqlashi  mumkin.  Basharti,  vasiyat 

q old iru v ch i  tom onidan  oldin,  bosh qa  notariusda  vasiyatnom a 

rasmiylashtirilgan  b o‘lsa,  uni  bekor  qilish  yoki  o'zgartirish  haqida 

vasiyatnomani  birinchi  guvohlantirgan  notariusga  murojaat  qilish  shart 

emas.  Ammo  vasiyatnomani  ikkinchi  marotaba  guvohlantirayotgan 

notarius  bu  haqda  vasiyatnomani  birinchi  marotaba  guvohlantirgan 

notariusga  xabar berishi shart.

Vasiyatnomani  tasdiqlagan  vaqt,  uni  tuzish  vaqti  bo‘lib  sanaladi.

Vasiyatnomaning qonunda belgilangan shakliga rioya qilmaslik uning 

haqiqiy  emas  deb  topilishi  uchun  asos  bo'ladi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish