Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Vasiyatnomani  o'zgartirish,  bekor  qilish



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

5-§.  Vasiyatnomani  o'zgartirish,  bekor  qilish

Fuqarolarga  vasiyatnomani  erkin  tuzish  to'g'risida  berilgan  huquq, 

uni  o'z  xohishi  bilan  bekor  qilish  yoki  o'zgartirish  huquqini  ham  beradi.

«Vasiyat  qiluvchi,  -  deyiladi  FKning  1127-moddasida,  -  istalgan 

vaqtda o'z vasiyatnomasini to'laligicha bekor qilishga yoxud  unda mavjud 

bo'lgan  ayrim  vasiyat  farmoyishlarini  yangi  vasiyatnoma  tuzish  orqali 

bekor  qilishga,  o'zgartirishga  yoki  to'ldirishga  haqli».

Vasiyatnomani  to'lig'icha,  uning  hamma  bandlarini  bekor  qilish, 

birinchidan,  uning  notariusdagi  nusxalarini  yo'q  qilib  tashlashni  so'rab 

bergan  arizasiga  asosan,  ikkinchidan,  yangi  vasiyatnoma  tuzilib,  unda 

albatta  vasiyatnomani  bekor  qilish  haqida  farmoyish  berish  yo'li  bilan 

amalga  oshiriladi.

Vasiyatnoma  qisman  o'zgartirilganda,  birinchidan,  yangi  tuzilgan 

vasiyatnomada  oldingi  vasiyatnomaning  ayrim  bandlarini  bekor  qilish, 

ikkinchidan,  undagi  ayrim  bandlariga  zid  ravishda  tuzilish  yo'li  bilan 

o'zgartirish  kiritiladi.

Keyingi  tuzilgan  vasiyatnoma  bekor  qilingan  taqdirda  ham  yangi 

vasiyatnoma  tuzish  yo'li  bilan  bekor  qilingan  yoki  qisman,  keyingi 

vasiyatnomaga  zid  bo'lgani  sababli  bekor  qilingan  aw algi  vasiyatnoma 

qaytadan  tiklanmaydi.

Vasiyatnoma ikki nusxada tuzilib, uning bir nusxasi notariat idorasida 

saqlanadi,  bir  nusxasi  vasiyat  qoldiruvchi  qo'lida  bo'ladi.

Vasiyat  bekor  qilinganda  yoki  u  o'zgartirilganda,  bu  harakat 

vasiyatnomaning  har  ikkala  nusxasida  ham  o'z  aksini  topishi  kerak.

«Notariat  to'g'risida»gi  qonuning  46-moddasiga  asosan,  notariuslar 

vasiyatnomani bekor qilish to'g'risidagi arizani olgan taqdirda,  shuningdek, 

vasiyatnomani bekor qiluvchi yoki o'zgartiruvchi yangi vasiyatnoma olingan 

taqdirda,  awalgi  vasiyatnomaning  notariusda  saqlanayotgan  nusxasiga

www.ziyouz.com kutubxonasi



va notarial  harakatlarini ro'yxatga olish reestriga bu xususda belgi qo'yadi.

Vasiyatnomani bekor qilishni so'rab berilgan arizadagi imzo, albatta, 

belgilangan  tartib  bo'yicha  notarial  guvohlantirilgan  bo'lishi  kerak.

Vasiyatnomani  o'zgartirish,  faqatgina,  yangi  vasiyatnoma  tuzish 

yo'li  bilan  amalga  oshiriladi.  Bu  vasiyatnomada  oldingi  vasiyatnomaning 

ayrim  bandlari  bekor  qilinishi  yoki  o'zgartirilishi  mumkin.  Bundan 

tashqarii,  keyingi  tuzilgan  vasiyatnoma  oldingi  vasiyatnomani  bekor 

qilmasdan yoki o'zgartirmasdan, qo'shimcha farmoyishlar bilan to'ldirilishi 

ham mumkin. Agarda oldingi vasiyatnomalarda meros qoldiruvchi o'zining 

m ol-m ulkidan  bir  qismini  vasiyat  qilib  qoldirgan  bo'lib,  keyingi 

vasiyatnomada  mulkning  qolgan  qismiga  vasiyatnoma  tuzgan  bo'lsa, 

meros ochilganda har ikkala vasiyatnoma ham haqiqiy hisoblanadi. Bunday 

hollarda  har  ikkala  vasiyatnoma  bo'yicha  ham  vorislar  meros  oladilar.

Vasiyatnom ani  bekor  qilish  to'g'risidagi  yozm a  farm oyish 

vasiyatnomani  tasdiqlagan  notariusga  yoki  notarial  harakatni  amalga 

oshirish  huquqi  berilgan  mansabdor  shaxsga  beriladi.

Yozma  farmoyish  vasiyat  qoldiruvchi  tomonidan  shaxsan  berilishi 

shart.  Har  qanday  holatda,  ya’ni  ariza  vasiyat  qoldiruvchi  tomonidan 

berilganda  ham,  yoki aloqa idoralari orqali berilganda ham,  bu  farmoyish 

vasiyatnomani bekor qilishni so'ragan shaxsning arizadagi imzosi, albatta, 

notarial  g u voh la n tirlgan   b o 'lish i  kerak.  N otarial  tasdiqlangan 

vasiyatnomani  bekor  qilish  haqidagi  yozma  farmoyish  istalgan  notarial 

idorasiga  ham berilishi mumkin.  Farmoyishni olgan  notarius yoki notarial 

harakatni  amalga  oshirish  huquqiga  ega  bo'lgan  mansabdor  shaxs,  o'z 

navbatida,  uni  vasiyatnomani  tasdiqlagan  notariusga  yuborishi  kerak.

Vasiyatnomani  bekor qilish  -   vasiyat majburiyatining bir ko'rinishi 

hisoblanadi.  Shuning  uchun  u  vasiyat  farmoyishi  uchun  belgilangan 

qoidalar  bilan  yo'l  qo'yilgan  hamma  shakllarda  amalga  oshirilishi  kerak.

Vasiyatnoma  qo'lida  bo'lgan  shaxs  unga  o'zgartirishlar  yoki 

qo'shimchalar  kiritib,  tuzatishlar  qilishiga  yo'l  qo'yilmaydi.  Bunday 

hollarda  m eros  olish  masalasi  notariat  idorasida  saqlanib  turgan 

vasiyatnomaning  birinchi  nusxasi  asosida  amalga  oshiriladi.

Notarius tomonidan tasdiqlangan vasiyatnoma, notarial tasdiqlangan 

vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar bilan ham bekor bo'lishi 

yoki o'zgartirilishi mumkin. Bunday vasiyatnomalarning birinchi nusxalari 

«N otariat  to'g 'risid a »g i  qonunning  27-moddasiga  asosan  vasiyat 

qoldiruvchining  doimiy  yashaydigan  joydagi  davlat  notarial  idorasiga 

saqlash  uchun  kechiktirmay  yuborilishi  shart.

Yangi  vasiyatnom a  tuzilgan  vaqtda  vasiyat  qiluvchi  oldingi 

vasiyatnomadagi  ayrim  bandlarini  o'zgartirishni  ko'rsatmasligi  ham 

790

www.ziyouz.com kutubxonasi




mumkin.  Yangi  vasiyatnomada  berilgan  farm oyish  nafaqat  eski 

vasiyatnomani to‘ldirish,  shuning bilan  birga, uning mazmuniga  butunlay 

yoki  qisman  zid  bo'lishini  o‘zi  kifoya  qiladi.

A yrim   hollarda  vasiyat  qoldiruvchi  eski  vasiyatnom aga  zid 

kelmaydigan  va  uni  bekor  qilmaydigan,  o'zgartirmaydigan  farmoyishni 

o‘z  ichiga  olgan  vasiyatnoma  tuzishi  mumkin.

Masalan,  fuqaro  «М»  1999-yil  dekabr  oyining  15  kuni  Yunusobod 

tumanidagi  davlat  notarial  idorasining  notariusi  tomonidan  tasdiqlangan 

vasiyatnoma bo‘yicha o'zining uy-joyini kichik o‘g‘li «V» ga rasmiylashtirgan.

«М»  2001-yil  avgust  oyining  5  kuni  esa  yangi  vasiyatnomani  tuzib, 

unda  o'zining  «Neksiya»  yengil  avtomashinasini  nabirasi  «Sh»  ga  berish 

to‘g‘risida  farmoyish  bergan  2003  yilning  mart  oyi  21  kunida  «М»  vafot 

etishi munosabati bilan «V» va «Sh» notariusga murojaat qilganda, notarius 

«M»ga  tegishli  uy-joyga  nisbatan  bo'lgan  huquq  to'g'risida,  «Sh»ga  esa, 

«Neksiya»  avtomashinasiga bo'lgan huquq  to'g'risida  guvohnoma bergan.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish