6-§. Merosni muhofaza qilish va boshqarish
Meros mulkni muhofaza qilish, avvalo, meros ochilgan joydagi
notarius zimmasiga yuklatiladi. «Notariat to‘g ‘risida»gi qonuning 52-
m oddasiga asosan, m eros och ilgan jo y d a g i notarius, basharti
merosxo'rlarning, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning
kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur bo'lsa, jismoniy va
yuridik shaxslaming xabarga ko'ra yoki o'z tashabbusi bilan meros mol-
mulkining qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlarni ko'radi.
Bundan tashqari mahalliy hokimiyat organlari, uy-joy boshqarmalari,
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, mahalla qo'mitalari meros
ochilgan joyda meros mulkni muhofaza qilish choralarini ko'rishlari kerak.
«Aholi punktlarida notarius mavjud bo'lmagan taqdirda, - deyiladi
«Notariat to'g'risida»gi qonuning 25-moddasida, - shaharlar, qishloqlar
va ovullar fuqarolar yig'inlarining raislari (oqsoqollari) meros mol-mulkning
qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlarni ko'radilar. Meros mulkning
qayerdaligi, uning tarkibini aniqlash, ro'yxatga olish va saqlash uchun
topshirish - meros mulkni muhofaza qilish uchun ko'rilgan choralar
hisoblanadi».
Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yok uning bir qismi meros
ochilgan joydagi boshqa yerda bo'lsa, meros ochilgan joydagi notarius
bu xaqda meros mulk joylashgan yerdagi notariusga yoki notarial
harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolar yiginining raisi (oqsoqoli)ga
meros mol-mulkini qo'riqlashga doir chora-tadbirlarni kurish tugrisida
topshiriq beradi.
«Meros mol-mulkining quriqlanishiga doir chora-tadbirlar kurgan
notarius yoki fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) meros ochilgan joydagi
notarial idorasiga ko'rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros
mol-mulk ro'yxatining nusxasini yuboradi» («Notariat to'g'risida»gi
qonuning 53-moddasi).
Ro'yxatga olingan meros mulk saqlash uchun merosxo'rlarga yoki
boshqa shaxslarga topshirilishi mumkin.
Meros mulkni saqlash uchun olgan shaxs uni butunligicha, zarar
yetkazmasdan saqlash choralarini ko'rishi kerak. Meros mulkni saqlash
uchun olgan shaxs merosxo'rlar doirasiga kirmaydigan bo'lsa, saqlagani
uchun haq talab qilishga haqli. Bunday haqning miqdori notarius
tomonidan mulkni saqlashga olgan shaxs o'rtasidagi kelishuvga asoslanadi
meros mulkni saqlash jarayonida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
masalalari umumiy tartibda hal qilinadi. Meros mulkni saqlash xarajatlari
meros mulk hisobidan bo'lishi kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
FKning 1131-moddasiga asosan, vasiyatnomani ijro etuvchi merosni
muhofaza qilish, uni boshqarish vazifasini amalga oshiradi. Vasiyatnoma
bo'yicha merosxo'rlar yoki sud tartibida tayinlangan vasiyatnoani ijro
etuvchi, agar qonun bo'yicha merosxo'rlar merosning qonun bo'yicha
vorislik qilish tartibida o'tadigan qisimga nisbatan belgilangan
majburiyatni amalga oshiruvchi tayinlashni talab qilmasalar, merosni
boshqaruvchi meros mulkning hammasini muhoo'aza qilish hamda uni
boshqarish vazifasini bajaradi.
Qonun bo'yicha merosxo'rlardan bir yoki bir nechtasininng iltmosiga
ko'ra, meros ochilgan joydagi notarius tomonidan merosni boshqaruvchi
tayinlanishi mumkin. Boshqaruv tayinlangan yoki tanlangan nomzodga
norozi bo'lgan qonun bo'yicha merosxo'rning talabi bilan nizo sud
tomonidan ko'rilib, hal qilinadi.
Qonun bo'yicha merosxo'r bo'llmagan yoki ularning borligi ma’lum
bo'lmagan hollarda, merosni boshqarish uchun ijrochi tayinlashni so'rab
notariusga mahalliy davlat hokimiyat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi
boshqarish organlari murojaat qilishlari kerak. Meros ochilgan joyda qonun
bo'yicha merosxo'rlar hozir bo'lganda, ularning talabi bo'yicha ijro etuvchi
meros mulk hisobidan zarur bo'lgan xarajatlar va maqbul tarzda haq
to'lagan holda chaqirilib olinishi mumkin.
Meros mulkni saqlash uchun belgilangan muddat tamom bo'lishi,
meros mulkni saqlash choralari bekor bo'lgani haqida notarius vorislarga
xabar berishi kerak.
«Merosni boshqaruvchi, - deyiladi FKning 1144-moddasining 6-
qismida, -merosni muhofaza qilish va uni boshqarishga doir zarur
xarajatlarni meros hisobidan undirish, agar merosxo'rlar bilan kelishuvda
boshqa tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, haq ham olish huquqiga egadir».
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |