4-§. A shyoviy huquqlar
Ashyoviy huquq (inglizcha law of property, interest) obyekti ashyo
bo'lgan subyektiv fuqarolik huquqidir. Ashyoviy huquqqa ega bo'lgan
shaxs uni m ustaqil ravishda hech kimning m a’lum bir harakatlariga,
ularning yordamiga m uhtoj bo'lm agan holda am alga oshirishi mumkin.1
O'zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi ashyoviy huquqlar
doirasiga quyidagilam i kiritadi (O'zbekiston Respublikasi FKning 165-
moddasi):
m ulk huquqi;
xo'jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga um rbod egalik qilish huquqi;
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi;
servitutlar.
M ulk (inglizcha r g o re rtu ) — keng m a ’noda ishlab chiqarish,
taqsimlash, alm ashtirish va iste’mol qilish jarayonidagi ishlab chiqarish
vositalarini va iste’mol qilinadigan predm etlarning kishilar tomonidan
1 Гражданское право. Словарь-справочник. - М., 1996, 63-бет.
860
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘zlashtirish bo'yicha tarixiy o'zgarib turadigan obyektiv munosabatlaridir.
M ulk b u ish la b c h iq a rish v o s ita la ri va is te ’m ol q ilish m ollarini
o‘zlashtirishdir.
Mulk huquqi (inglizcha right of property) m uayyan shaxslarga m a’lum
bir moddiy ЬоуШапжц* tegishligini (o'zlashtirilganligini) mustahkamlaydigan,
tartibga soladigan va himoya qiladigan huquqiy normalaming yig‘indisidir.
M a’lu m k i, m u lk h u q u q i h a r b ir h u q u q iy tiz im d a m ark a ziy
aham iyatga egadir. Shuni ham ta ’kidlab o‘tish lozimki, h a r xil tizimdagi
m am lakatlarning orasidagi ham korlikda vujudga kelgan m ulk huquqi
munosabatlarida kollizion tartibga solish o‘z mavqeini saqlab qoladi.
Kolliziya masalalarini echishda ashyoning joylashgan joyi (lex rie
sitae) prinsipi xalqaro amaliyotda keng qo'llanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi FKning 1184-moddasiga binoan ko'chmas
va ko'char mol-mulkka nisbatan m ulk huquqi ham da boshqa ashyoviy
huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa, bu
mol-mulk joylashgan m amlakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi.
M ol-m u lkn in g k o'ch m as yoki k o 'c h a r a sh y o la rg a m ansubligi,
shuningdek, mol-mulkning boshqacha yuridik baholanishi ana shu mol-
mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi. U shbu qonun
qaysi ashyoviy hu q uq, vujudg a kelishi m um kinligini, m ulk huquqi
predm eti nima bo'lishini aniqlaydi.
M ulkning joylashgan joyi qonuni m ulk huquqi m azm unini ham
belgilaydi: a g ar m ulkdor ashyoni boshqa davlatga olib kelsa, uning
mulkka nisbatan huquq doiralari o'zgarishi mumkin, chunki b u davlatda
mulkka tegishli qonunlar boshqacha m azm unda bo'lishlari mumkin. Bu
yerda keyingi holat kelib chiqadi: a g a r o'zbekistonlik fuqaroga chet
elda uy yoki boshqa mulk tegishli bo'lsa, uning huquqi O'zbekiston
qonunchiligi bilan emas, balki usha ch et el davlat qonunchiligi bilan
belgilanadi. Lekin m ulk O 'zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan
bo'lsa, uning huquqiy holati O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan
belgilanadi.
M ulkning joylashgan joyi q o n u n i (prinsipi) ash y o v iy (m ulkiy)
huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo'lishini aniqlaydi (FK 1185-
moldasi). M ol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi
va b ek o r bo'lishi, a g a r O 'zb ek isto n R esp u b lik asin in g q o n u n la rid a
boshqacha ta rtib nazarda tu tilg an bo'lm asa, ashyoviy h u q u q larn in g
vujudga kelishi yoxud bekor bo'lishi uchun asos bo'lgan h a ra k a t yoki
boshqa holat sodir bo'lgan paytda bu mol-mulk turgan m am lakatning
huquqi bo'yicha aniqlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M ulkning joylashgan joyi qonuni mulk huquqining o'tish shartlarini
ham belgilaydi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi FK 1185-moddasi, 2-
qismiga binoan: «Bitim narsasi bo'lgan mol-mulkka nisbatan ashyoviy
h u q u q la rn in g v u ju d g a kelishi va bekor bo'lishi, a g a r ta ra fla rn in g
k e lish u v id a b o sh q ach a ta r tib b elgilang an b o 'lm a sa , u s h b u b itim
bo'ysundirilgan m am lakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi».
Bu holat quyidagicha aham iyatga ega bo'lishi mumkin. Masalan,
m ulk huquqi bir davlatda vujudga keladi, ashyo esa boshqa davlatda
joylashgan. Masalan, O'zbekiston Reslublikasi fuqarosi Fransiya qonuni
bo'yicha Fransiyada joylashgai mulkni xarid qiladi-yu, lekin ashyo unga
o'tkazilmaydi. Bu holatda ushbu fuqaro Fransiyadagi m ulkka nisbatan
m ulkdor hisoblanadi, chunki Fransiya qonunchiligiga binoan, mulk huquqi
vujudga kelishi taraflarning kelishuviga asosan bo'lishi mumkin. Bizning
qonunchiligimizga binoan (O'zbekiston Respublikasi FK 185-moddasi 1-
qismi) sh a rtn o m a asosida m ol-m ulk oluvchida m ulk h u qu qi ashyo
topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Egalik qilish huquqini vuju d g a keltiruvchi m ud dat tufayli mol-
m ulkka nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi egalik qilish huquqini
v u ju d g a k eltiru v ch i m u d d a t tu g a g a n p a y td a m ol-m ulk joylashgan
m am lakatning huquqi bilan aniqlanadi.
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi m uddat (egalik huquqini
tug'd iru v ch i m uddat) bo'yicha m ulk huquqining vujudga kelish asosi
bo'lib, qonunchilik shartlariga binoan, mulkka nisbatan uzoq vaqt egalik
qilinishi fakti tushuniladi.
M asalan, O 'zbekiston R espublikasi FK 187-moddasi, 1-qismiga
binoan: «Mulkdor bo'lmagan, lekin ko'chmas m ol-m ulkka o'n besh yil
davom ida yoki boshqa m ol-m ulkka besh yil davom ida o'ziniki kabi
halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu m ol-m ulkka m ulk
huquqini oladi».
Fransiya qonunchiligiga binoan (FFK 2262, 2265-moddalari), ushbu
m ud dat faqatgina ko'chmas m ol-mulkka nisbatan qo'llaniladi. Bu m uddat
30 yildir. M uddat o'tgandan so'ng egallovchi bu m ulkka nisbatan mulkdor
hisoblanadi.
GFR va Shveysariyada ushbu asos bo'yicha faqatgina ko'char mol-
m ulkka nisbatan m ulk huquqi vujudga kelishi mumkin. Bu m uddat 10
yil deb belgilangan (GFRning GFT, 937-paragrafi, ShFK .-ning 728-
moddasi).
O'zbekiston Respublikasi FKning 1186-moddasiga binoan: «Transport
vositalariga va davlat reestrida qayd etilishi lozim bo'lgan boshqa mol-
www.ziyouz.com kutubxonasi
m ulkka nisbatan ashyoviy h uqu q lar b u transpot vositalari yoki mol-
mulk ro'yxatga olingan m am lakat huquqi bo'yicha belgilanadi».
Xalqaro amaliyotda yo'lda bo'lgan ko'char m ulkka nisbatan huquqlar
chigalliklarga olib keladi. Masalan, m ahsulot dengiz yoki tem ir yo'l bilan
olib kelinyapti, taraflar esa bu m ulkka nisbatan endigina bitim tuzyaptilar.
Bu holatda qaysi qonunni qo'llash lozim? Bu yerda yechim O'zbekiston
Respublikasi FKning 1187-moddasida ko'rsatilgan: «Bitim bo'yicha yo'lda
bo'lgan k o 'c h a r m ulkka n isbatan m ulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlar, ag ar taraflarning kelishuvida boshqacha ta rtib belgilangan
bo'lm asa, bu m ol-m ulk jo 'n a tilg a n m am lak atn in g h u q u q i bo'yicha
belgilanadi».
Ashyoviy huquqlarni himoya qilish esa O'zbekiston Respublikasi
FKning 1188-moddasida ko'rsatilgan: «Mulk huquqini va boshqa ashyoviy
huquqlarni himoya qilishga nisbatan ariza beruvchining tanlovi bo'yicha
m ol-m ulk tu rg a n m am lakatniig h u q uq i yoki sud qaysi m am lakatga
qarashli bo'lsa, o'sha m am lakatning huquqi qo'llanadi».
K o 'c h m a s m u lkk a b o 'lg an m u lk h u q u q i va b o sh q a ashyov iy
huquqlarni him oya qilishga nisbatan bu m ulk tu rg a n m am lakatning
huquqi qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasining davlat reestrida qayd
etilgan mol-mulkka nisbatan O'zbekiston Respublikasi huquqi qo'llaniladi.
Shuningdek, qo'llaniluvchi huquqni aniqlash u chun quyidagi kollizion
bog'lanishlarga e’tibor berish kerak:
ashyoning joylashgan joyi to'g'risidagi qonun;
m ulkdom ing hususiy qonuni;
bitim tuzilgan joy to'g'risidagi qonun;
sotuvchi mamlakati to'g'risidagi qonun;
ashyoni jo'natish joyi to'g'risidagi qonun.
Do'stlaringiz bilan baham: |