3-§. Bitimlar. vakillik. da’vo muddatL
Bizga m a’lumki, O'zbekiston Respublikasi FKning 101-moddasiga
ko'ra, bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq
va burchlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga q aratilg an
harakatlariga aytiladi.
O'zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqidan farqli ravishda bu
bo'limda tashqi iqtisodiy bitimlar to'g'risida fikr yuritiladi. «Tashqi iqtisodiy
bitimlar» tushunchasini izohlashdan avval, am aliyotda ikkita sinonim
tushunchalar, ya’ni «tashqi savdo-sotiq bitimi» va «tashqi iqtisodiy bitim»
tushunchalarining qo'llanishini ko'rish mumkinligini qayd etish zarur. Shu
bilan birga, fikrimizcha, ushbu ikkala tushunchani alohida farqlash kerak:
tashqi savdo-sotiq bitim lari (inglizcha foreign tra d e deals) shu n d ay
bitimlarki, ularning qatnashchilaridan biri chet ellik jismoniy yoki yuridik
shaxs bo'ladi, ushb u bitimlarning m azm unini esa tovarlar, xizm atlar,
shuningdek, ijodiy faoliyat natijalarini eksport yoki im port qilish bilan
bog'liq bo'lgan operatsiyalar yoki ulardan foydalanish huquqi tashkil qiladi.
Tashqi iqtisodiy bitim yanada kengroq m a’noga ega bo'lib, chet el
elem enti ishtirokidagi xohlagan iqtisodiy x arak terd ag i bitim sifatida
namoyon bo'ladi (ta’sis shartnomasi, xizmat ko'rsatish, loyixalarni amalga
oshirish, litsenziya shartnomalari, lizing shartnom alari va hokazo).
Bitim shakliga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan huquq to'g'risidagi
kollizion norma O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1181-
moddasi 1-qismida aks ettirilgan: «Bitimning shakli u tuziladigan joy
huquqiga bo'ysunadi. Biroq chet elda tuzilgan bitim, agar O'zbekiston
Respublikasi h u q u q i talablariga rioy a etilg an bo'lsa, sh a k lg a rioya
etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi m um kin emas».
Tashqi iqtisodiy bitim qatnashchisi bo'lmish barcha o'zbekistonlik
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxslarga bitimning amalga oshirilish vaqti va joyidan qat’iy ravishda
yozma shakl majburiydir. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi FKning 1181-
moddasi, 2-qismida aytilgan: «Loaqal ishtirokchilaridan bittasi O'zbekiston
Respublikasining yuridik shaxsi yoki O'zbekiston Respublikasining fuqarosi
bo'lgan tashqi iqtisodiy bitim, qaerda tuzilganidan q a t’iy nazar, yozma
shaklda tuziladi».
Munosabatlarni tashqi iqtisodiy bitimlar borasida kollizion normalar
yordamida tartibga solish m a’lum qiyinchiliklarni tug'diradi, chunki ushbu
masala bo'yicha milliy qonunlar o'zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi
va bitta masala bo'yicha ko'pincha bir-biriga zid bo'lgan qoidalar mavjud.
Shu sababli ham bunday m unosabatlarni tartibga soluvchi normalarni
unifikatsiyalash zaruriyati tug'ildi: 1980-yilda Vena shaxrida BMTning
tovarlar oldi-sotdisi haqida xalqaro shartnomalar to'g'risida Konvensiyasi
qabul qilindi (O'zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 1996-yilnig
1-dekabrida qo'shildi). Da’vo m uddatlari masalasi borasida esa 1974-yilda
to v arlarn i xalqaro savdo-sotiq qilishda d a’vo m u d datlari to'g'risidagi
konvensiya qabul qilindi (1980-yil 11-aprelda Venada tovarlarni xalqaro
savdo-sotiq qilishda da’vo m uddati to'g'risidagi Konvensiyani o'zgartirish
to'g'risida Protokol qabul qilingan edi).
Do'stlaringiz bilan baham: |