5-§. Shartnom a m ajburiyatlari
Shartnom a majburiyatlariga tegishli masalalami yoritar ekanmiz, bu
yerda «taraflarning erk muxtoriyati prinsipi» iborasi bilan to'qnashamiz; u
shundan iboratki, taraflar u yoki bu bitimni tuzayotganlarida unga tatbiq
qilinadigan u yoki bu mamlakat huquqini tanlab olishlari mumkin. O'zbekiston
Respublikasi FKning 1189-moddasi 1-qismiga binoan «shartnoma, agar
qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, taraflarning kelishuviga
ko'ra tanlangan mamlakat huhuqi bilan tartibga solinadi».
S hartnom a taraflari qo'llaniladigan huquqni um u m an shartnom a
uchun ham, uniig alohida qismlari uchun ham tanlab olishlari m um kin
www.ziyouz.com kutubxonasi
(O'zbekiston Respublikasi FKning 1189-moddasi, 2-qismi).
Qo'llaniladigan huquq taraflar tomonidan shartnom a tuzilayotganda
ham u n d a n keyin ham istalgan vaqtda tanlanishi m um kin. Taraflar,
shuningdek, istalgan vaqtda shartnom aga nisbatan ko'llaniladigan huquqni
o'zgartirish to'g'risida kelishib olishlari mumkin (O'zbekiston Respublikasi
FKning 1189-moddasi, 3-qismi).
«Erk muxtoriyati» bo'yicha u yoki bu bitimga h a r bir huquqiy tizim
tatbiq qilinishi mumkin.
«Erk m uxtoriyati»ni cheklaydigan holatlar quyidagicha bo'lishlari
m umkim:
a) taraflarning erklarini mahalliy qoidaga bo'ysundirish (lokalizatsiya),
bunda taraflar u yoki bu bitimga bog'langan huquqni tatbiq qilishlari
shart;
b) u yoki bu bitim bo'yicha imperativ; norm alar m avjud bo'lsa.
M asalan, O 'zbekiston Respublikasi FKning 1181-moddasi, 2-qismiga
binoan bitim qaysi m am lakatda tuzilgan bo'lmasin, agar uning ishtirokchisi
bo'lib o'zbekistonlik yuridik yoki jismoniy shaxs qatnashadigan bo'lsa, u
yozma shaklda tuzilishi sh art va FKning 1191-moddasiga binoan «chet el
ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish to'g'risidagi shartnom aga nisbatan
yuridik shaxs ta ’sis etilgan m am lakat huquqi qo'llaniladi».
A lbatta, tashqi iqtisodiy bitim lar bo'yicha qo'llaniladigan huquqni
aniqlashda taraflarning erk m uxtoriyati prinsi pi katta aham iyatga egadir.
A gar u yoki bu tashqi iqtisodiy bitim bo'yicha taraflarning kelishuvi
bo'lm agan taqdirda unga nisbatan quyidagi huquqlar qo'llaniladi:
oldi-sotdi shartnom asida — sotuvchi;
hadya shartnom asida — hadya qiluvchi;
ijara (mulk ijarasi) shartnom asida — ijaraga beruvchi;
m ol-m ulkdan tekin foydalanish shartnomasida — ssuda beruvchi;
p u d rat shartnom asida — pudratchi;
yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasida — tashuvchi;
transport ekspeditsiyasi shartnom asida — ekspeditor;
qarz shartnom asida yoki boshqa kredit shartnom asida — kreditor;
topshinq shartnom asida — ishonchli vakil;
vositachilik shartnom asida — vositachi;
om onat saqlash shartnom asida — saqlovchi;
su g 'u rta shartnom asida — sug'urtalovchi;
kafillik shartnom asida — kafil;
garov to'g'risidagi shartnom ada — garovga qo'yuvchi;
alohida huquqlardan foydalanish to'g'risida litsenziya shartnomasida
www.ziyouz.com kutubxonasi
— litsenziar hisoblanuvchi taraf ta ’sis etilgan, turar-joyga ega bo'lgan
yoki asosiy faoliyat joyi bo‘lgan m am lakat huquqi qo‘laniladi.
Qo‘llanilishi lozim bo'lgan huquq to'g'risidagi shartnom ada taraflarning
kelishuvi bo'lmagan taqdirda yuqoridagi qoidalardan q at’iy nazar:
ko'chmas mulk to'g'risidagi shartnom aga nisbatan — bu m ulk turgan
m am lakatning huquqi;
birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnom aga va qurilish pudrati
shartnom asiga nisbatan — ana shunday faoliyat am alga oshirilayotgan
yoki shartnom ada nazarda tutilgan natijalar yaratilayotgan m am lakatning
huquqi;
kimoshdi savdosida tanlov bo'yicha yoki birjada tuzilgan shartnom aga
nisbatan — kim oshdi savdosi, tanlov o'tkazilayotgan yoki birja joylashgan
m am lakatning huquqi qo'llaniladi.
Yuqorida ko'rsatib o'tilm agan shartnom alarga nisbatan qo'llanishi
lozim bo'lgan huquq to'g'risida taraflarning kelishuvi bo'lgan taqdirda,
bu nday shartnom aning m azm uni uchun hal qiluvchi aham iyatga ega
bo'lgan ijroni amalga oshirayotgan taraf ta ’sis etilgan, tu ra r joyga ega
bo'lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo'lgan m am lakatniig huquqi qo'llaniladi.
Shartnom aning mazmuni uchun hal qiluvchi aham iyatga ega bo'lgan
ijroni aniqlashning imkoniyati bo'lm agan taq d irda, shartnom aga eng
uzviy bog'langan m am lakatning huquqi qo'llaniladi.
Yuqorida ko'rsatilgan qoidalaridan kelib chiqib, shartnom aga nisbatan
qo'llaniladigan huquq:
shartnom aning talqinini;
taraflarniig huquq va m ajburiyatlarini;
shartnom aning ijrosini;
shartnom ani um um an yoki tegishli darajada ijro etmaslik oqibatlarini;
shartnom aning tuxtatilishini;
shartnom aning o'z-o'zidan haqiqiy emasligi yoki haqiqiy emas deb
topilishi oqibatlarini:
shartm om a m ajburiyatlariga nisbatan talablardan voz kechish va
qarzni o'tkazishni qam rab oladi.
Ijro etish usullari va tartibiga, shuningdek, tegishli d arajada ijro
e tilm a g a n ta q d ir d a k o 'r ilis h i lozim b o 'lg a n c h o r a l a r b o r a s id a
q o 'lla n ila y o tg a n h u q u q d a n ta s h q a r i, ijro a m a lg a o s h irila y o tg a n
m am lakatning huquqi ham e’tiborga olinadi.
Vakillik (inglizcha representation) — shunday huquqiy munosabatki,
unda bir shaxs (vaqil) unga berilgan vakolatlar asosida boshqa shaxs
nomidan harakat qiladi va uniig uchun bevosita huquq va m ajburiyatlam i
www.ziyouz.com kutubxonasi
vujudga keltiradi (o'zgartiradi, bekor qiladi). Fuqarolik qonunlariga ko‘ra,
vakolat beruvchi nom idan vaqil tom onidan tuzilgan va shartnom aga
asoslangan bitim bevosita vakolat beruvchining fuqarolik huquqlari va
m ajburiyatlarini vujudga keltiradi, o'zgartiradi va bekor qiladi.
V akolat b eru v ch in in g v ak o latlari qonunga asosan b e rilg an va
rasm iylashtirilgan ishonchnomada aks ettirilishi kerak.
Ishonchnom a (inglizcha le tte r of a u th o rity p ow er of atto rn ey ,
w arrant, proxy, nemischa vollmacht) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga
uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun beriladigan yozma hujjatdir.
Ishonchnomaning shakli va amal qilish muddati ishonchnoma berilgan
m am lakatning huquqi bo'yicha belgilanadi. Agar O'zbekiston Respublikasi
h u qu qi talab larig a rioya etilgan bo'lsa, ishonchnom a shakliga rioya
etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi mumkim emas (O'zbekiston
Respublikasi FK 1182-moddasi).
D a’vo m uddati (inglizcha limitation of actions) fuqarolik huquqiga
asosan h u q u q lari poymol qilingan shaxsning d a ’vosiga k o 'ra, uning
huquqlarini himoya qilish m uddatidir.
Da’vo m uddati bunday tegishli m unosabatlarni tartibga soluvchi
m am lakat huquqlariga asosan belgilanadi.
D a ’vo m u d d a ti ta tb iq e tilm a y d ig a n ta la b la r , a g a r te g ish li
munosabatning qatnashchilaridan loaqal bittasi O'zbekiston Respublikasining
fuqarosi yoki O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi bo'lsa, O'zbekiston
Respublikasining huquqi bo'yicha belgilanadi (O'zbekiston Respublikasi
FKning 1183-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |