Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

7-§.  V orislik  huquqi

Vorislik  huquqi  (droit  successoral,  E rb re c h t,  law   of  succession, 

h e re d ita ry   law)  -  fuqarolik  huquqining  in stitu ti  sifatida  vafot  etg an 

shaxsning  huquq  va  m ajburiyatlari  boshqa  shaxsga  o'tishi  bilan  bog'liq 

bo'lgan m unosabatlarni  tartibga  soladi.  Vorislik  b archa  huquq  tizimlarida

www.ziyouz.com kutubxonasi




mulkni  egallashning  alohida  usuli  hisoblanadi.

Vorislik huquqi ikkita asosiy — vasiyat erkinligi va oila m anfaatlarini 

muhofaza  qilish  tamoyillaridan  tashkil  topgan.

Agar  qarindosh-urug'lar  boshqa-boshqa  davlatlar  fuqarolari  yoki  u 

erlarda doimiy yashaydigan bo'lsalar vorislik huquqlari bo'yicha  ko'pgina 

m uam m olar  kelib  chiqishi  mumkin.  Masalan,  bizning  vatandoshlar  har- 

xil  m a m la k a tla rd a   y ash ash lari,  u larn in g   q arindosh   -  u r u g 'la r i  esa 

O'zbekiston  Respublikasida  istiqomat  qilishlari  mumkin  va  tabiiyki,  bu 

yerda  quyidagi  savol  vujudga  keladi:  agar  chet  eldagi  shaxs  vafot  etgan 

bo'lsa,  uning  o'zbekistonlik  qarindoshi  m eros  olish  huquqiga  egami, 

boshqa  holatda  esa  o'zbekistonlik  shaxsring  vafotidan  so'ng  uning  chet 

eldagi  qarindoshi  m eros  olish  huquqiga  egami?  Bu  savollarga  javob, 

alb atta,  qarindoshlik  darajasiga,  vasiyatnom a  m avjudligiga,  m erosni 

qabul  qilish  m uddati va  qonun  tomonidan qo'yiladigan boshqa  talablarga 

javob  berishiga  bog'liqdir.

Vorislik  h u q u q i  bo'yicha  chet  el  fuqarolarining  huquq  layoqati 

masalalariga keladigan bo'lsak, shuni aytish lozimki, chet el fuqarolarining 

huquqlari  o'zbekistonlik  fuqarolar  huquqlariga  tenglashtiriladi.

Shunday qilib, O'zbekistonda chet elliklar vorislik huquqiga egadirlar. 

Lekin  bu  o'rinda  vorislarning  qonun,  vasiyatnom a  bo'yicha  doiralari, 

v a s iy a tn o m a la rn in g   sh ak li,  m ero sn i  ta q sim la sh   s h a rtla r i  q a n d a y  

aniqlanadi?  Bu  savol  qo'yilishiga  asos  bor,  chunki  bir  m am lak atd a 

vasiyatnom a  yozma  shaklda  tuzilishi  va  notarius  tomonidan  tasdiqlani 

shi  lozim,  boshqa  m am lakatlarda  esa  vasiyatnom a  meros  qoldiruvchi 

ning o'z qo'li bilan yozilishi kifoya. Vorislarning navbatini aniqlash borasida 

ham   k atta  farqlar  mavjud.  O'zbekiston  Respublikasi  hududida  chet  el 

fuqarosi meros olish - olmasligi qaysi mam lakatning qonuni tadbiq etilishiga 

bog'liqdir. B a’zi bir davlatlarning qonunchiligi va amaliyoti bu m asalalam i 

turli  tarzda  hal  qiladi.  Buyuk  Britaniya  va  AQSH,  Fransiyada  ko'char va 

k o 'chm as  m u lk ka  vorislar  orasida  farq   m avjud.  GFRda  esa  vorislik 

mulkining birligi tamoyili amaldadir. Ham  ko'char, ham  ko'chmas m ulkka 

nisbatan  meros  qoldiruvchining  fuqaroligi  qonuni  tadbiq  etiladi.  Xuddi 

shunday tamoyillar Vengriya (1979- yildagi Vengriyaning XXH to'g'risidagi 

qonuni),  Pol’sha  (Pol’shaning  XXH  to'g'risidagi  1965-  yildagi  Qonuni)  va 

boshqa  davlatlar  ning  qonunchiligida  aks  ettirilgan.

Vorislik  bo'yicha  kolliziya  m asalalari,  odatda,  davlatlarning  ichki 

qonunchiliklari  tomonidan  tartibga  solinadi.  Ba’zi  bir  masalalar  bo'yicha 

ko'p  tomonlam a  konvensiyalar  m avjud.  (Vasiyatnoma  shakli  to'g'risidagi 

1961-  yil  5-  o k tab r’  qonunlar  kolliziyasi  to'g'risidagi  Konvensiya;  1973-

www.ziyouz.com kutubxonasi




yil  26-  oktabrda  Vashingtonda  o‘tkazilgan  diplom atik  konferensiyasida 

xalqaro  vasiyatnomaning  shakli  to'g'risida  ko'p  tomonlama  Konvensiya 

qabul  qilingan.)

Vorislikka tegishli m asalalar Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo'yicha 

ikki  tomonlama  shartnom alar  va  1993-  yil  22-  yanvarda  qabul  qilingan 

MDH  Konvensiyasida  ham   tartibga  solinadi.

Ushbu masalani yoritganda shuni alohida ta ’kidlab o'tish joizki, vorislik 

vasiyat  va  qonun  asosida  vujudga  keladi  (O'zR  FKning  67,  68-boblari).

Fuqaroning o'ziga  tegishli mol-mulkni  yoki  bu   mol-mulkka  nisbatan 

huquqini  vafot  etgan  taqdirda  tasarruf  etish  xususidagi  xohish-irodasi 

vasiyat  (will)  deb  e’tirof  qilinadi  (O'zR  FK  1120-m.)

Bu xohish-iroda, odatda, bir tomonlama x arakterga ega. Vasiyatnoma 

shaxsan  tuzilishi  lozim.  V asiyatnom aning  vakil  orqali  tuzilishiga  yo'l 

qo'yilmaydi  (O'zR  FK  1120-m  II  q.).

M a’lum davlatlarning qonunchiligi birgalikdagi vasiyatnoma tuzishga 

ru x sa t  beradi.  Bu  vasiyatnom ada  ikki  yoki  u n d an   ortiq  shaxslarning 

irodasi  ifoda  etilgan  bo'lishi  mumkin.  (Germaniya  (er-xotin  tomonidan), 

Angliya,  AQSH).

B undan  tashqari,  anglo-am erika  huquqida  o'zarolik  vasiyatnom a 

lar  m a’lum  -  ular  bir  necha  shaxslarning  bir  biriga  nisbatan  o'zarolik 

m ajburiyatlarini  o'z  ichiga  olgan.

Fransiyada  qonun  (FK  968-m.)  h am   birgalikdagi  ham   o'zarolik 

vasiyatnomalarni  to'g'ridan-to'g'ri  m an  etadi.  Shveysariya  qonunchiligi 

bu masala bo'yicha hech qanday holatlar ko'rsatm agan, lekin sud amaliyoti 

bu  vasiyatnomalarni  haqiqiy  em as  deb  tan  oladi.

Kontinental  Evropa  m am lakatlarining  qonunchiligi  vasiyatnomaning 

quyidagi  asosiy  shakllarini  nazarda  tutadi.

1. Shaxsning o'z qo'li bilan tuzgan vasiyatnom a — ushbu vasiyatnom a 

boshidan  oxirigacha  m eros  qoldiruvchining  o'zi  tom onidan  yoziladi, 

imzolanadi va sana  qo'yiladi.  Bu yerda  soxta vasiyatnom alam ing vujudga 

kelish  ehtimoli  kam ayadi,  shuning  uchun  h am   m ashinka  yozuvlariga 

yo'l  qo'yilmaydi.  Vasiyatnom aning  ushbu  shakli  tuzilishining  soddaligi 

va  vasiyatnoma  sirini  saqlash  imkonini  berishi  tufayli  keng  tarqalgan. 

L e k in   u  k a m c h ilik la r d a n   h a m   xoli  e m a s ,  m a s a la n ,  b u   y e r d a  

vasiyatnom aning  nobud  bo'lishi,  yo'qolishi,  uchinchi  shaxs  tom onidan 

boshqacha  ta ’sir  ko'rsatilishi  ehtimoli  yo'q  emas.

2.  Ommaviy  h ujjat  shaklidagi  vasiyatnom a  —   bu  yerda  qonunda 

belgilangan tartibda rasm iy m ansabdor shaxs (odatda notarius) ishtirokida 

vasiyatnom a  tuziladi  (Fransiyada  vasiyatnom a  ikki  notarius  yoki  ikki

www.ziyouz.com kutubxonasi




guvoh  ishtirokida  tuziladi).  Bu  shaklning  asosiy  ustuvorligi  shundaki, 

vasiyatnomaning  haqiqiyligi  kafolatlanadi  va  vasiyatnomaning  m azm uni 

v a siy a t  q iluv ch ining   irodasiga  to 'liq   rioya  qilingan  holda  tuziladi. 

Vasiyatnomaning  saqlanishi,  qonunchilikda  ko‘zda  tutilganidek,  notarius 

yoki  boshqa  m ansabdor  shaxsga  rasm iy  topshirish  bilan  ta ’minlanadi.

3. 


Maxfiy vasiyatnoma  vasiyat qiluvchi tomonidan  tuzilib imzolanadi 

va elimlangan xatjildda odatda guvohlar ishtirokida notariusga topshiriladi. 

Bu  shakl  vasiyatnom a  maxfiyligini  saqlaydi  va  bu  haqda  Fransiya  va 

G erm aniya qonunchiliklarida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aytilgan  (FK  969  va  1007- 

moddalari)  (GFT  2232-paragrafi).

0 ‘zbekiston  Respublikasida  bu  shaklga  FK  1125-moddasining  4  va

5-qismlari  bag'ishlangan.

A gar  vafot  e tg a n   shaxs  o‘zining  m ol-m ulkiga  yoki  m ol-m ulkka 

nisbatan huquqlar  bo'yicha vasiyatnoma  tuzm agan bo'lsa qonun bo'yicha 

vorislik  am al  qiladi.  Bu  y e rd a   m erosni  olish  huquqiga  ega  b o'lgan  

shaxslam ing  doirasini  belgilagan  holda,  qonun  vasiyat  qoldiruvchi  ning 

hozir  bo'lm agan  irodasini  qoplashga  harakat  qiladi.

Qonun  bo'yicha  m erosxo'rlar  doirasiga  birinchi  n avbatda  m eros 

qoldiruvchining  eng  yaqin  qarindoshlari  kiritiladi.  Shu  borada,  ta ’kidlab 

o'tish  joizki,  qonun  bo'yicha  m erosxo'rlar  doirasi  va  ularning  navbati 

turli  xil  m am lakatlarda  bir-biriga  o'xshamaydi.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish