4-§. Taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik
Meros ochilgunga qadar, shuningdek, meros ochilgandan keyin,
ammo merosni qabul qilib ololmasdan vafot etgan qonun bo'yicha
vorislikka chaqirilgan yoki chaqirilishi lozim bo'lagn merosxo'rlarning
vorislari o'zlarining vafot etgan ota-onalariga tegishli bo'lgan meros
mulkka voris bo'lish huquqiga ega bo'ladilar.
Bunday vorislik taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik deyiladi.
«Taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik, - deyiladi FKning 1140-
moddasida,-qonun bo'yicha merosxo'r meros ochilganga qadar vafot etgan
taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga o'tishini nazarda tutadi,
bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun bo'yicha merosxo'r bilan bir xil
darajada qarindosh bo'lgan avlodlar o'rtasida teng taqsimlanadi».
V orislikka chaqirilgan birinchi navbatdagi qonun bo'yich a
merosxo'rlar vafot etishi munosabati bilan ularning bolalari, ya’ni meros
qoldiruvchining nabiralari, taqdim etish huquqi bilan merosxo'r bo'lib,
o'zining otasiga yoki onasiga tegishli bo'lgan meros mulk hissasiga bo'lgan
huquqni qo'lga kiritadilar.
Agar taqdim qilish huquqi bo'yicha bir necha merosxo'rlar bo'lsa,
vafot etgan merosxo'rlarga tegishli hissa ular o'rtasida o'zaro teng
taqsimlanadi.
33-son Oliy Sud Plenumi qarorining 6-moddasida «bir xil darajadagi
qarindoshlar bo'lgan avlodlar o'rtasida teng taqsimlanishini» ko'rsatish
bilan, birga «bu qonundan kelib chiqib, agar o'g'il (qiz) ota yoki onadan
www.ziyouz.com kutubxonasi
oldin vafot etgan bo'lsa, undan keyin vafot etgan ota yoki onaning
mulkiga o‘lgan farzandning bolalari taqdim qilish huquqi bo'yicha voris
bo'ladi. Vafot etgan shaxsning turmush o'rtog'i taqdim qilish huquqi
bo'yicha merosxo'r bo'la olmaydi» deb ko'rsatilgan.
«P»ning o'g'li «S» vafot etib, uning qizi «К» notariusga murojaat
qilib, «P»ning vafotidan keyin undan qolgan meros mulkidan otasi «S»ga
tegishli ulush merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berishni so'ragan.
Notarius FKning 1140-modda tartibida qaror chiqarib, talabni qondirgan.
Bolalar, nabiralar, chevaralar va evaralaming merosxo'rlarga taqdim
qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi.
Bunda merosxo'rdan qolgan ulush taqdim qilinayotgan qonun bo'yicha
merosxo'r bilan bir xil darajada qarindosh bo'lgan avlodlar o'rtasida teng
taqsimlanadi. Yon qarindoshlik bo'yicha vorislikka chaqirilgan tug'ishgan
aka-uka, opa-singillar yoki amaki-tog'a, amma-xolalar meros ochilgunga
qadar yoki meros ochilgandan keyin uni qabul qilib ololmasdan vafot
etgan bo'lsalar, ularga tegishli bo'lgan meros hissalarini o'z ota-onalari
nomidan, ya’ni meros qoldiruvchining tug'ishgan aka-uka, opa-singillari
va boshqa qarindoshlari nomidan ularning bolalari, y a ’ ni meros
qoldiruvchining jiyanlari, meros qoldiruvchining tug'ishgan amakisi-tog'asi
nomidan, uning amakivachchalari, tog'avachchalari, ammasi-xolasi nomidan
ammavachchalari va xolavachchalari teng hissada oladilar.
Bularning hammasi merosni taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik
asosida qo'lga kiritadilar. Ko'p hollarda taqdim qilish huquqi bo'yicha
meros oluvchilarning hissasi boshqa qonun bo'yicha merosxo'rlarning
hissalaridan ancha kam bo'ladi, chunki meros olish lozim bo'lgan shaxsga
tegishli hissa uning bolalari, nabiralari o'rtasida teng taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |