Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Vasiyatnomani  ijro  etish



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

7-§.  Vasiyatnomani  ijro  etish

Vasiyat  qoldiruvchi  o'zining  farmoyishi  bilan  vasiyatnomani  ijro 

etishni  qonun  bo'yicha  vorisga  yoki  vasiyat  bo'yicha  tayinlangan 

merosxo'rlardan  biriga  yoki  bir  nechtasiga,  shuningdek,  merosxo'r

1  Узбекистан  Републикаси  фукаролик  кодексининг  иккинчи  кисмига  шархлар. 

Тошкент,  1998  й.  «Иктисодиёт  ва  х,укук дунёси»  111  жилд.  238-бет.

www.ziyouz.com kutubxonasi



hisoblanmaydigan  boshqa  shaxslarga  topshirishi  mumkin.

A gar  vasiyatnomani  ijro  etish  m erosxo'r  bo'lm agan  shaxsga 

topshirilgan  bo'lsa,  albatta,  bu  shaxsning  vasiyatnomani  ijro  etuvchisi 

bo'lishga  roziligi  uning  o'z  qo'li  bilan  vasiyatnomaga  yozgan  ustxatida 

yoki  vasiyatnomaga  ilova  qilingan  arizasida  aks  ettirilgan  bo'lishi  kerak. 

Vasiyatnomani ijro etuvchining huquq va majburiyatlari vasiyatnomaning 

mazmunida  ifoda  etilgan  bo'lishi  kerak.  Shuning  uchun  vasiyatnomani 

tasdiqlayotgan  notarius  yoki  vasiyatnomani  tasdiqlash  huquqi  berilgan 

mansabdor shaxs, albatta, vasiyat qoldiruvchining istagini, vasiyatnomani 

ijro  etuvchilarning  huquqlari  va  ular  zimmasiga  yuklatiladigan 

majburiyatlami  aniqlashi  kerak.

M eros  qold iru vch i  tom onidan  vasiyatnom ani  ijro  etuvchi 

tayinlanmagan hollarda,  merosxo'rlar o'zaro kelishib,  vasiyatnoma  ijrosini 

merosxo'rlardan biriga yoki boshqa shaxsga topshirishlari mumkin. Bunday 

kelishuvga  erishilmaganda,  ulardan  birining  yoki  bir  nechtasining  talabi 

bilan  sud  tomonidan  vasiyatnomani  ijro  etuvchi  tayinlanishi  mumkin.

Vasiyatnomada  uni  ijro  etish  bo'yicha  maxsus  topshiriq  bo'lmagan 

taqdirda, vasiyatnomani ijro etish merosni qabul qilgan vorislar tomonidan 

amalga  oshiriladi.

Vasiyatnomani  ijro  etuvchi  m erosxo'rlar  doirasiga  kiradigan 

shaxslardan  bo'lgan  taqdirda,  ular  tomonidan  meros  mulkni  qabul  qilib 

olishlari  vasiyatnomani  ijro  etishga  bergan  roziligi  hisoblanadi.

Vasiyatnomani  ijro  etuvchi  sifatida  jismoniy  shaxslar  bilan  bir 

qatorda,  yuridik  shaxslar  ham  tayinlanishi  mumkin.  Umumfoydali 

maqsadni  amalga  oshirish  uchun  vasiyat  qilingan  mablag'ni  tasarruf 

qilish  m a ’ lum  bir  yuridik  shaxs  zim m asiga  yuklanishi,  uning 

vasiyatnomani  ijro  etuvchi  qilib  tayinlashi  mumkin.

Vasiyatnoma  qoldiruvchi  tomonidan  vasiyatnomani  ijro  etish 

majburiyati  yuklatilgan  shaxs  bu  majburiyatni  bajarishdan  istagan 

vaqtda  merosxo'rlarni  oldindan  xabardor  qilib,  voz  kechishga  haqli. 

Shu  bilan  birga,  vasiyatnomani  ijro  etuvchi  vorislarning  arizasiga 

binoan  sudning  hal  qiluv  qarori  bilan  ham  o'z  majburiyatlaridan 

ozod  qilinishi  mumkin.

Vasiyatnomani  ijro  etuvchini  tayinlashdan  maqsad  merosxo'rlar, 

vasiyat  majburiyati  bo'yicha  huquq  oluvchilar  va  boshqa  uchinchi 

shaxslarning  manfaatlarini  ta’minlash,  shuningdek,  vasiyat  qoldiruvchi 

o'zining  vasiyatnomasidagi  farmoyishini  aniq  amalga  oshirilishini 

ta’minlashdan  iborat.

Vasiyatnomani  ijro  etuvchi  vasiyat  qoldiruvchi  tomonidan  unga

www.ziyouz.com kutubxonasi




berilgan  vakolat  doirasida  barcha  harakatlarni  amalga  oshirishga  haqli.

Vasiyatnomada  uni  ijro  etuvchilarga  vasiyatnomani  to‘la  ravishda 

bajarilishini,  shuningdek,  uning  ma’lum  bir  qismini  bajarish  haqida 

topshiriq berilishi mumkin. Vasiyat qoldiruvchining vasiyatnomada bergan 

farmoyishini  o ‘z  vaqtida  va  to‘lig‘icha  bajarish  vasiyatnomani  ijro 

etuvchining  vazifasi  hisoblanadi.

Vasiyatnomani  ijro  etuvchi  o‘z  majburiyatlarini  merosni  qarzlardan 

xoli  etish,  meros  qoldiruvchiga  tegishli  bo'lgan  summalarni  undirish  va 

barcha  merosxo‘rlarning  merosga  egalik  qilishga  kirishishi  uchun  zarar 

bo'lgan  maqbul  muddat  mobaynida  amalga  oshirishi  kerak.  Bu  muddat 

har  qanday  holda  ham  meros  ochilgan  kundan  boshlab,  bir  yildan 

oshmasligi  kerak.

FKning  1131-moddasiga  asosan  vasiyatnomani  ijro  etuvchi:

1.  Merosni  muhofaza  qilishi  va  uni  boshqarishi;

2.  Barcha  merosxo'rlarni  va  vasiyat  majburiyati  yuzasidan  huquq 

oluvchilarni  meros  ochilganligi  to'g'risida  hamda  ular  foydasiga  vasiyat 

majburiyatlari  to'g'risida  xabardor  qilish  uchun  imkon  qadar  barcha 

chora-tadbirlarni  ko'rishi;

3.  Meros  qoldiruvchiga  tegishli  summalarni  olishi;

4.Meros  qoldiruvchining  xohish-irodasi  va  qonunga  muvofiq, 

merosxo'rlarga  ularga  tegishli  rnol-mulkni  berishi;

5.  Merosxo'rlar  zimmalariga  yuklatilgan  vasiyat  rnajburiyatlari  ijro 

etilishini  ta’minlashi; 

\

6.  Vasiyat  majburiyatlarini  bajarish  yoxud  vasiyatnoma  bo'yicha 



m erosxo'rlardan  vasiyat  majburiyatini  ijro  etishlarini  t'alab  qilishi 

lozim.


Demak, vasiyatnomani ijro etuvchining asosiy vazifasi meros mulkni 

jamlash  va  saqlash  choralarini  ko'rish,  uni  qonunda  va  vasiyatnomada 

belgilangan  tartibda  merosxo'rlar o'rtasida  taqsimlash  va  kreditorlarning 

talablarini  qabul  qilib  olish  va  amalga  oshirishdan  iboratdir.

Vasiyatnomani ijro etuvchi huquqiy maqomining o'ziga xos tomonlari 

bor. Vasiyatnomani ijro etuvchi meros qoldiruvchininig topshirig'iga asosan 

merosni  qabul  qilgan  yoki  qabul  qilishi  mumkin  bo'lgan  merosxo'rlar 

nomidan  harakat  qiladi.  Vasiyatnomani  ijro  etuvchi  merosni  boshqarish 

hamda  vasiyatnomani  ijro  etish  bilan  bog'liq  sud  ishlarida  va  boshqa 

ishlarda  o'z  nomidan  qatnashishga  haqli.  Shuningdek,  bunday  ishlarda 

ishtirok  etish  uchun  qilinishi  mumkin.

Merosxo'rlar  vasiyat  qoldiruvchining  erki-irodasi  bilan  bog'langan 

bo'lib,  vasiyatnomani  ijro  etuvchini  uning  vakolat.idan  mahrum  etishga

www.ziyouz.com kutubxonasi




haqli  emaslar,  ammo  merosxo'rlar vasiyatnomani  ijro  etuvchidan  hisobot 

talab  qilish  huquqiga  egadirlar  va  uning  harakatlaridan  norozi  bo'lgan 

taqdirda  sudga  shikoyat  qilishlari  mumkin.

Vasiyatnomani  ijro  etuvchi,  o‘z  navbatida,  merosni  boshqarish  va 

vasiyatnomani  ijro  etish  bilan  bog'liq  zarur  harakatlarni  meros  mulk 

hisobidan  undirish  huquqiga  ega.

Merosxo'rlar  doirasiga  kirmagan  vasiyatnomani  ijro  etuvchi  shaxs 

m eros  ochilgan  joyda  hozir  bo'lmagan  boshqa  m erosxo'rlar  hozir 

bo'lgunigacha  meros  mulk  hisobidan  xarajat  qilish  huquqiga  ega  emas. 

Vasiyatnomani ijro etuvchisi bo'lgan merosxo'r esa, meros mulk hisobidan 

boshqa  xarajatlarni  ham  amalga  oshirishga  haqli.

Vasiyatnomani  ijro  etish  jarayonida  vujudga  kelgan  har  qanday 

noaniqliklar,  undagi  iboralarning  asl  ma’nosini  tushunish  qiyin  bo'lgan 

hollarda  va  uning  mazmuni  meros  qoldiruvchining  haqiqiy  xohish- 

irodasini  ifodalashini  aniqlash  vasiyatnomani  talqin  qilishni  talab  qiladi. 

Shuning  uchun  vasiyatnom ani  aniq  va  to 'g 'r i  ijro  etish  uchun 

vasiyatnomaga  kiritilgan  topshiriq  va  farmoyishlar  taxminiy  va  noaniq 

mazmunda  bo'lmasligi  kerak.

FKning  1129-moddasiga  asosan,  vasiyatnoma  notarius,  vasiyatni 

ijro  etuvchi  yoki  sud  tomonidan  talqin  qilinadi.  Vasiyatnoma  talqin 

qilinganda  undagi  so'zlar  va  iboralarning  asl  ma’nosi  e'tiborga  olinadi. 

Vasiyatnomadagi  biron  bir qoidaning  asl  ma’nosi  noaniq  bo'lsa,  u  boshqa 

qoidalar  va  umumiy  vasiyatnomaning  mazmuni  bilan  taqqoslash  orqali 

aniqlanadi.

Vasiyatnomani,  avvalo,  notarius  va  vasiyatnomani  ijro  etuvchi 

talqin  qiladi.  Ularning  vasiyatnoma  mazmuni  bo'yicha  chiqargan 

xulosalaridan merosxo'rlar norozi bo'lgan taqdirda manfaatdor tomonning 

arizasiga  binoan  vasiyatnomani  talqin  qilish  sud  tomonidan  amalga 

oshiriladi.

V asiyatnom ani  talqin  qilishdan  asosiy  m aqsad  va siyat 

qoldiruvchining  haqiqiy  erki-irodasining  mazmunini  to'g'ri  tushunilib, 

masalani  adolatli  hal  qilishdan  iborat.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish