Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Vasiyat  majburiyati,  majburiyat  yuklash



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

8-§.  Vasiyat  majburiyati,  majburiyat  yuklash

Vasiyat majburiyati. Vasiyat qoldiruvchi o'zi tuzgan vasiyatnomasida 

vasiyat  bo'yicha  merosxo'rlarning  zimmasiga  ma’lum  bir  majburiyatni 

yuklashi mumkin. Bu vasiyat majburiyati hisoblanadi. Bunday majburiyat 

qonun  bo'yicha  merosxo'rlar  doirasiga  kiradigan  shaxslarga,  shuningdek,

www.ziyouz.com kutubxonasi




boshqa  xohlagan  shaxsga,  shu  jumladan,  yuridik  shaxslarga  ham 

yuklatilishi  mumkin.

Vasiyat  majburiyatini  bajarish  qonun  bo'yicha  va  vasiyat  bo'yicha 

merosxo'rlarning  hammasiga,  bir  nechtasiga  yoki  bittasining  zimmasiga 

yuklatilishi mumkin. Foydasiga majburiyat bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan 

topshiriq -  vasiyat majburiyati bo'yicha huquq oluvchi hisoblanadi. Qonun 

bo'yicha  vorislar jumlasiga  kiradigan,  shuningdek,  kirmaydigan  shaxslar 

ham vasiyat yuzasidan huquq oluvchilar bo'lishlari mumkin. Bular vasiyat 

majburiyatining  bajarilishini vasiyat majburiyati yuklatilgan shaxslardan 

talab qilish  huquqiga  egadirlar.

Shunday  qilib,  vasiyat  majburiyatining  asosini,  zimmasiga  vasiyat 

majburiyati  bajarilishi  yuklatilgan  merosxo'r  bilan  majburiyatining  ijro 

etilishini talab qilish huquqiga ega  bo'lgan, vasiyat majburiyati yuzasidan 

huquq  oluvchi  o'rtasidagi  majburiyat  munosabati  tashkil  etadi.  Shu 

sababdan  bunday  hollarda  vasiyat  majburiyati  yuzasidan  huquq  oluvchi

-   kreditor,  merosxo'r  esa  -   qarzdor  bo'lib  hisoblanadi.

Vasiyat  majburiyatining  mazmuni,  uning  predmeti  har  xil  bo'lishi 

mumkin.


FKning  1132-moddasi,  3-  bandiga  asosan,  vasiyat  majburiyati 

yuzasidan  huquq  oluvchi  meros  tarkibiga  kiradigan  ashyoni  mulk  qilib 

yoki  boshqa  ashyoviy  huquq  qilib  berish,  meros  tarkibiga  kirmaydigan 

mol-mulkni uning uchun sotib olish va unga berish, uning uchun muayyan 

ishni  bajarish,  muayyan  xizmatlar  ko'rsatish  va  hokazolar  vasiyat 

majburiyatining  predmeti  bo'lishi  mumkin.

Vasiyat  qoldiruvchining  vasiyatnomadagi  farmoyishida  ko'rsatilgan 

majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan shaxs bu majburiyatni bajarishga 

majbur.  Vasiyat  majburiyatini  ijro  etish  faqatgina  merosni  qabul  qilib 

olgan  voris  uchun  majburiydir  va  faqat  meros  mulk  hisobidan  bo'lishi 

mumkin. Zimmasiga vasiyat majburiyati bajarilishi yuklatilgan merosxo'r 

bu  vazifa  o'ziga  o'tgan  merosning  meros  qoldiruvchi  qarzlarining  o'zi 

to'lashi lozim bo'lgan qismini chegirib tashlagandan so'ng qoladigan haqiqiy 

qiymati  doirasidagina  bajarishi  lozim.

Majburiyat  barcha  vorislar  yoki  bir  necha  vorislar  zimmasiga 

yuklatilgan  taqdirda,  ularning  har  biri  vasiyat  majburiyati  bo'yicha 

yuklatilgan  majburiyatning  o'ziga  tegishli  meros  hissasiga  mutanosib 

ravishda  bajaradi.  Vasiyatnomada  boshqacha  farmoyish  berilgan  bo'lsa, 

u holda  zimmasiga majburiyat  yuklatilgan voris vasiyat qoldiruvchining 

farm oyish iga  asosan  m ajbu riyatni  amalga  oshirilishida  vasiyat 

majburiyati  bo'yicha  bunday  farmoyish  vasiyat  qoldiruvchi  tomonidan

www.ziyouz.com kutubxonasi




vasiyatnomaning  matnida belgilab qo'yilgan bo'lishi  vasiyat  majburiyati 

hisoblanadi.

Merosdan  majburiy  ulush  olish  huquqiga  ega  bo'lgan  vorisning 

zimmasiga  vasiyat  majburiyati  yuklatilgan  taqdirda,  uning  vasiyat 

majburiyatini  bajarish  vazifasi  o'ziga  o'tgan  meros  qiymatining  majburiy 

ulush  miqdoridan  ortiq  bo'lgan  qismi  chegaralanadi.

Zimmasiga  vasiyat  majburiyati  yuklatilgan  voris  merosdan  voz 

kechib,  uni  qabul  qilib  olmagan  taqdirda,  vasiyat  majburiyatini  bajarish 

uning  ulushini  olgan  boshqa  merosxo'rlarga  o'tadi.

Vasiyat  qoldiruvchi  uy-joy,  kvartira  yoki  boshqa  turar joyni vasiyat 

bo'yicha meros qilib oladigan merosxo'r zimmasiga uy-joyning bir qismini 

m a’lum  bir  shaxsga  undan  umrbod  foydalanish  uchun  berib  qo'yish 

majburiyatini  yuklashga  haqli.  Shuningdek,  uy-joyning  bir  qismini 

ma’lum bir shaxsning oila a’zolari uchun ma’lum muddatga foydalanishga 

qoldirish  to'g'risida  merosxo'rlarga  farmoyish  berishi  mumkin.  Bu  turar 

joyiga  bo'lgan  mulk  huquqi  boshqa  shaxslarga  o'tganda  ham  umrbod 

yoki  ko'rsatilgan  muddat  tamom  boiguncha  foydalanish  huquqi  o'z 

kuchini  yo'qotmaydi.  Ammo  uy-joydan  umrbod  foydalanish  huquqini 

olgan shaxs vafot  etganda,  vasiyat qoldiruvchi vasiyatnomada boshqacha 

farmoyish  bermagan  bo'lsa,  vasiyat  majburiyati  yuzasidan  huquq 

oluvchining umrbod foydalanish huquqi uning merosxo'rlariga yoki boshqa 

oila  a’zolariga  o'tmaydi.

Vasiyat  majburiyati  quyidagi  hollarda  bajarilmaydi:

a) vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi shaxs meros ochilgunga 

qadar  vafot  etsa;

b) vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi vasiyatnoma bo'yicha 

merosxo'r  meros  ochilgandan  keyin,  ammo  vasiyat  majburiyatini  qabul 

qilib  olishga  ulgamiasdan,  vafot  etgan  taqdirda.

Zimmasiga  vasiyat  majburiyati  yuklatilgan  merosxo'r  vafot  etgan 

taqdirda,  vasiyat  majburiyatini  bajarish  uning  ulushini  olgan  boshqa 

merosxo'rlarga  o'tadi,  shu  jumladan  taqdim  etish  huquqi  bo'yicha 

m erosxo'r  bo'lgan  shaxslarga  ham.  Boshqa  merosxo'rlar  bo'lmagan 

taqdirda,  sudning  hal  qiluv  qarori  bilan  mol-mulk  egasiz  deb  topilsa, 

vasiyat  majburiyatini  bajarish  meros  mulk o'tgan  davlat  yoki  fuqaroning 

o'zini  o'zi  boshqarish  organlariga  o'tadi.  Vasiyat  majburiyati  yuzasidan 

huquq  oluvchi  meros  meros  qoldiruvchining  qarzlarni  to'lashda  ishtirok 

etish huquqiga ega. Ammo bu majburiyatni o'z zimmasiga olishga majbur 

degan  so'z  emas.  Vasiyat  majburiyati  yuzasidan  huquq  oluvchi  vasiyat 

majburiyatidan  voz  kechishga  haqli.  Ammo  qisman  voz  kechishga  yoki

www.ziyouz.com kutubxonasi




izohlar va shartlar qo'yib voz kechishga, shuningdek, boshqa shaxslarning 

foydasiga  voz  kechishga  yo‘l  qo'yilmaydi.

Demak,  meros  qoldiruvchi  tomonidan  vasiyatnomada  ko'rsatilgan 

vasiyat  majburiyati  yuzasidan  huquq  oluvchi  shaxsning  o'zigina  bu 

huquqdan foydalanadi. U vafot etgan taqdirda, bu huquq uning vorislariga 

o'tmaydi.

Majburiyat  yuklash.  Vasiyat qoldiruvchi vasiyat bo'yicha  merosxo'r 

zimmasiga  biron  bir  harakatni  bajarish  yoki  bajarishdan  o'zini  tiyish 

majburiyatini  yuklab,  bu  majburiyatni  bajarish  kreditor  sifatida  talab 

qilish  huquqini  hech  kimga  bermasligi,  xuddi  shu  kabi  umumfoydali 

maqsadni amalga oshirish uchun vasiyatnomani ijro etuvchining zimmasiga 

ma’lum  majburiyat  yuklashi  mumkin.  Bu  majburiyatni  bajarish  uchun 

meros  qoldiruvchi  tomonidan  mol-mulkning  bir  qismi  ajratilishi  ham 

mumkin.


Bunday  mulkiy  xususiyatga  ega  bo'lgan  xatti-harakatlami  sodir 

etishdan  iborat  m ajburiyatga  nisbatan  ham  vasiyat  m ajburiyati 

to'g'risidagi  qoidalar  qo'llaniladi.

Vasiyat majburiyatidan farqli o'laroq,  majburiyat yuklashda vasiyat 

qoldiruvchi  merosxo'rlar  zimmasiga  mulkiy  yoki  nomulkiy  xarakterdagi 

harakatlarni bajarishni yuklaydi. Merosxo'r zimmasiga yuklatilgan bunday 

harakatning bajarilishini umumfoydali maqsadni amalga oshirish bo'yicha 

m anfaatdor  b o'lg a n   davlat  va  jam oat  tashkilotlari,  shuningdek, 

prokuratura  organlari  ham  vasiyatnomani  ijro  etuvchidan  vasiyat 

qoldiruvchining  topshirig'ini  to'g'ri  bajarish  uchun  majburiyat  talab 

qilishlari  mumkin.  Agar  vasiyat  qoldiruvchi  tomonidan  qo'yilgan 

umufoydali maqsadni amalga oshirish uchun imkoniyat bo'lmasa, u vaqtda 

mulk  boshqa  shunga  yaqin umumfoydali maqsadga  sarf etilishi mumkin.

Vasiyat bo'yicha yuklatilgan majburiyatni bajarish zimmasida bo'lgan 

voris  vafot  etib  qolgan  taqdirda,  umumfoydali  harakatlarni  bajarish 

meros  olgan  boshqa  merosxo'rlar  zimmasiga  tushadi.

Meros  qoldiruvchining  xohish-irodasini  amalga  oshirishga  qasddan 

to'sqinlik  qilgan,  merosxo'rlarga  qarshi  g'ayriqonuniy  harakatlar  sodir 

qilib,  shu  orqali  o'ziga  vasiyat  majburiyati  yuzasidan  huquq  olishga 

imkon  yaratgan,  shuningdek,  meros  qoldiruvchini  ko'rsatish,  zo'rlik 

ishlatish  yoki  tovlamachilik  yo'li  bilan  vasiyat  majburiyati  bo'yicha 

huquqni  vasiyatnomaga  kiritishga  erishgan  shaxslar  vasiyat  majburiyati 

yuzasidan  huquq  olishdan  mahrum  etilishi  mumkin.

Bu  huquq  ayni  bir  paytning  o'zida  ham  merosxo'r,  ham  vasiyat 

majburiyatini  qabul  qilib  oluvchi  hisoblangan  shaxslarning  merosdan

www.ziyouz.com kutubxonasi




voz  kechish  huquqiga  bog‘liq  boimaydi.  Agar  vasiyat  majburiyatini 

qabul  qilib  oluvchi  shaxs  undan  voz  kechgan  bo'lsa,  zimmasiga  vasiyat 

majburiyati  yuklatilgan  voris  bu  majburiyatni  bajarishdan  ozod  qilinadi.

Umumfoydali  maqsad  uchun  biror-bir  harakatni  amalga  oshirish 

majburiyatini  nazarda  tutgan  vorisga  berilgan  meros  qoldiruvchining 

maxsus  vasiyat  farmoyishi  majburiyat  yuklash  hisoblanadi.

Majburiyatni yuklash vasiyat majburiyatidan farq qiladi. Majburiyatni 

yuklash  ham  xuddi  vasiyat  majburiyati  singari  ma’lum  majburiyatni 

merosxo'rning  hissasi  hisobiga  bajarilishi  nazarda  tutiladi.  Ammo  vasiyat 

majburiyatida  vasiyat  bo'yicha  ma’lum  bir  merosxo'r  foydasiga  meros 

mulkdan  ajratishni  nazarda  tutsa,  majburiyat  yuklash  mulkiy  yoki 

nomulkiy  xarakterda  bo'lishi  bilan  umumfoydali  maqsadni  amalga 

oshirishga  qaratilgan  harakat  kimga  nisbatan  qilinishi  lozimligi 

ko'rsatilmaydi.  Vaholanki,  vasiyat  majburiyati  bo'yicha  huquq  oluvchi 

shaxs  belgilab qo'yiladi.

Demak,  vasiyat  majburiyati  faqat  mulkiy  xarakterga  ega  bo'lib, 

majburiyat  yuklash  esa,  ham  mulkiy,  ham  nomulkiy  xarakterga  ega 

bo'lishi  mumkin.

Majburiyat  yuklashda  yuklangan  majburiyatning  bajarilishini  talab 

qilish huquqi davlat tashkilotlarining mansabdor shaxslariga, prokuratura 

organlariga, vasiyatni  bajaruvchiga va  boshqa  vorislarga  berilgan bo'ladi.

Majburiyatni yuklash mulkiy xarakterga ega bo'lgan xatti-harakatlar 

sodir etishdan iborat hollarda, FKning  1132-moddasi 4-5- va  10-qismlarida 

nazarda  tutilgan  qoidalarga  amal  qilinadi.

Agar  FK  qoidalariga  muvofiq  majburiyatni  bajarish  zimmasida 

bo'lgan  m erosxo'rlar  tegishi  lozim  bo'lgan   meros  ulushi  boshqa 

merosxo'rlarga  o'tsa,  majburiyatni  bajarish  bekor  bo'ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish