Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  noqonuniy



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

8-§.  Tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  noqonuniy 

foydalanganlik  uchun  javobgarlik

Tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  qonunga  xilof  foydalanish  deganda, 

eng avvalo, bunga tegishli guvohnomasi bo'lmagan holda tovar chiqarilgan 

joy  nomidan  foydalanish  tushuniladi.  Shuningdek,  ishlab  chiqarayotgan 

tovari  maxsus  sifatga,  xususiyatga,  belgiga  ega  bo'lmay  qolgani  sababli 

guvohnomasining  amal  qilish  muddatidan  oldin  to'xtatilgan  yoki  bekor 

qilingan  shaxs  tomonidan  tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanish 

tushuniladi.

Tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  qonunga  xilof  foydalanish  natijasida, 

eng  avvalo,  tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanishga  qonuniy  haqli 

bo'lgan  shaxslarning  huquqlari  buziladi,  qolaversa,  ko'p  hollarda  tovar 

chiqarilgan joy nomidan g'ayriqonuniy foydalanish natijasida iste’rnolchilar 

aldanadi,  ularga  past  sifatli  tovarlar  maxsus  sifatli,  xususiyat.li,  belgili 

tovar sifatida o'tkaziladi. Ayni vaqtda,  bu holat  kelgusida tovar chiqarilgan 

joy  nomi  ishlatilgan  har  qanday  tovarlarga  nisbatan  ham  ishonchsizlik 

vujudga  kelishiga  sabab  bo'ladi.  Shu  sababli  ham  tovar  chiqarilgan  joy 

nomidan  qonunga  xilof  ravishda  foydalanishga  qarshi  kurashda  tovar 

chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanish  huquqiga  ega  bo'lgan  shaxslar  va 

iste’molchilar  huquqlarini  himoya  qiluvchi  tashkilotlar  alohida  mavqega 

va  huquqlarga  ega.  Chunonchi:

1)  tovar  chiqarilgan  jo y   nom idan  qonunga  x ilo f  ravishda 

foydalanayotgan  shaxsdan  huquqqa  xilof  harakatlarni  to'xtatishni;

2)  tovardan,  uning  idishi  va  o'rovidan,  blankalar,  reklamadan  va 

boshqa  hujjatlardan  qonunga  xilof  ravishda  foydalanayotgan  nomni  yoki 

shu  nom  bilan  adashtiradigan  darajadagi  o'xshash  belgilami  yo'q  qilib 

tashlashni;

3)  agarda  tovardagi,  uning  idishi  yoki  o'rovidagi  joy  nomi  yoki 

unga  o'xshash  belgilarni  yo'q  qilib,  o'chirib  tashlashning  iloji  bo'lmasa, 

tegishli  ravishda  tovarning  idishi  va  o'rovini  olib  qo'yish,  muomaladan 

chiqarib  olish  va  yo'q  qilib  tashlashni  talab  qilishga  haqli.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Qoidabuzar  ushbu  talablarni  ixtiyoriy  bajarishdan  bosh  tortganda, 

u  majburiy  ravishda  va  qoidabuzar  hisobidan  amalga  oshiriladi.

Tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanish  huquqiga  ega  bo'lgan 

shaxs bu huquqni buzib, joy nomidan qonunga xilof ravishda foydalangan 

shaxsdan buning natijasida o‘ziga yetkazilgan zararlarning to'la qoplanishini 

talab qilishga haqli. Bunda FKning 14-moddasida nazarda tutilgan qoidalar 

qo‘llanadi.  Tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanish  huquqiga  ega 

bo'lgan shaxsga yetkazilgan zarar quyidagilarda namoyon bo'lishi mumkin:

1)  qonunga  xilof  harakat  natijasida  bozorda  uning  tovarlarining 

o'tmay qolishi,  shu sababli ishlab chiqarish hajmini qisqartirishi,  to'xtatib 

qo'yishga  majbur  bo'lishi;

2)  qonunga  xilof  harakat  natijasida  ololmay  qolgan,  biroq  u  sodir 

bo'lmaganda  odatdagi  normal  fuqarolik  muomalasida  olishi  mumkin 

bo'lgan daromad  (joy nomi qo'llaniladigan tovarlar yoxud tovarlar guruhi 

bo'yicha);

3)  qoidabuzar  tomonidan  past  sifatli  tovarlarning  joy   nomidan 

foydalanib,  muomalaga  kiritilishi  natijasida  iste’molchilarda  joy  nomi 

ishlatilgan  tovarlarga  nisbatan  ishonchsizlik  holati  va  uning  oqibatlarini 

bartaraf  etish  bo'yicha  xarajatlar.

Qoidabuzar  tomonidan  joy   nomidan  g'ayriqonuniy  foydalanish 

natijasida  olingan daromad bu  nomdan foydalanish  huquqiga ega bo'lgan 

shaxs (shaxslar) foydasiga yoki o'sha tegishli hudud bo'yicha davlat byudjeti 

hisobiga  undirilishi  maqsadga  muvofiqdir.

«Iste’molchilaming  huquqlarini  himoya  qilish  to'g'risida»  gi  1996  yil 

26  aprelda  qabul  qilingan  qonunning  5-6-moddalariga  asosan  iste’molchi 

tovar  ishlab  chiqargan  shaxs,  uning  joylashgan  joyi,  tovar  haqida 

ma’lumotlar  bilan  ta’minlanishi  lozim.  Ushbu  Qonunning  7-moddasiga 

asosan,  agarda  tovar  ishlab  chiqaruvchi  o'zi  yoki  tovar  haqida  yolg'on 

ma’lumotlar  berish  natijasida  iste’molchiga  sifati  past  tovar  o'tkazilsa, 

iste’molchi  shartnomani  bekor  qilishga  va  zararning  undirilishini  talab 

qilishga  haqli.

Tovarning  kelib  chiqishi  joyining  nomi  sanoat  mulkini  muhofaza 

qilish  bo'yicha  Parij  Konvensiyasi  doirasida  ham  huquqiy  muhofaza 

obyekti  hisoblanadi.  Shuningdek,  buyumlarning  chiqarilgan  joylarini 

noto'g'ri  yoki  yolg'on  ko'rsatganlik  uchun  sanksiyalar  (jazo  choralari) 

haqidagi  1891-  yil  14-  apreldagi  Madrid  bitimida  tovaming  chiqarilgan 

joyi  haqida  yanglishishga  sabab  bo'luvchi  belgilar,  nomlami  qo'yganlik 

uchun  sanksiyalar  belgilangan.  Buyumlarning  kelib  chiqish  joylari 

ko'rsatkichlarini  himoya  qilish  va  ularni  xalqaro  qayd  etish  haqidagi

www.ziyouz.com kutubxonasi




Xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli bo'lgan korxonalar 

(FKning  1152-moddasi),  shuningdek,  meros  huquqi  bo'yicha  vorislarga 

o'tishi  mumkin  bo'lgan  mulkiy  va  ayrim  nomulkiy  huquqlar  jumlasiga 

majburiyatlardan  kelib  chiqadigan  talab  qilish  huquqi  (FKning  234- 

moddasi), intellektual mulk obyektlari bo'lgan shaxsiy nomulkiy va mulkiy 

huquqlar (FKning 1033-moddasi), kashfiyotchilik, ixtirochilik va mualliflik 

faoliyatlaridan  kelib  chiqadigan  mulkiy  huquqlar  ham  meros  mulkining 

obyekti  bo'lishi  mumkin.

FKning  210-moddasiga  asosan  belgilanan  tartibda  ajratib  berilgan 

yer  uchastkasida  qurilgan  yangi  uy-joyga  mulk  huquqi  ular  davlat 

ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab vujudga  keladi.  Davlatga  kerakli 

uy-joy  (kvartira)ga  mulk  huquqi  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

xususiylashtirish  tartibi  vujudga  keladi.

O'zboshimchalik  bilan  qurilgan  uy-joy  yoki  boshqa  binolarga  uni 

qurgan shaxs mulk  huquqini  ololmaydi. Shuning  uchun  bu  shaxs qurgan 

imoratni  tasarruf  etishga  -   sotish,  hadya  qilish  yoki  vasiyat  qilishga 

haqli emas.

FKning  212-moddasiga  asosan,  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda  qurilish  maqsadlari  uchun  ajratilmagan  yer  uchastkalarida, 

shunigdek,  imorat  qurish  uchun  ruxsatnoma  olmasdan  yoki  arxitektura 

va  qurilish  qoidalarini  hamda  normalarini  jiddiy  buzgan  holda  qurilgan 

uy-joy,  boshqa  bino,  inshoot  yoki  o'zga  ko'chmas  mulk  -  o'zboshimchalik 

bilan  qurilgan  hisoblanadi.

O'zboshimchalik  bilan  qurilgan  uy-joy  va  boshqa  binolarga  mulk 

huquqi vujudga kelmagani sababli, meros huquqining obyekti bo'lolmaydi.

FKning  1114-moddasiga  asosan,  umumiy  birgalikdagi  mulk  bo'lgan 

mol-mulkning  ishtirokchisi  faqatgina  o'z  ulushini  vasiyat  qilib  qoldirishi 

mumkin.  Umumiy  birgalikdagi  mulk  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxsning 

ixtiyorida  bo'lgan  mulk  bo'lib,  bu  mulk  ularga  umumiy  mulk  huquqi 

asosida  tegishli  bo'ladi.  Bunday  mol-mulk  mulkdorlardan  har  birining 

ulushi  aniqlanib  qo'yilgan,  ya’ni  ulushli  mulk,  yoki  bunday  ulushlar 

aniqlanmay, ya’ni birgalikdagi mulk holida umumiy mulk bo'lishi mumkin 

(FKning 216-moddasi.). Masalan, er va xotinning nikoh davomida qurilgan 

uy-joyga bo'lgan huquqi. Vasiyatnoma er yoki xotin tomonidan birgalikdagi 

umumiy  mulk  bo'lgan  uy-joy  ulushiga  qoldirilganda,  agar  bu  ulush 

aniqlanmagan  bo'lsa,  uy-joyning  teng  yarmiga  bo'lgan  huquq  meros 

obyekti  bo'ladi.

«Notariat to'g'risidagi Qonun»ning 62-moddasiga asosan, er-xotinning 

arizasiga  muvofiq,  ulardan  biriga  yoki  har  ikkalasiga  nikoh  davomida

www.ziyouz.com kutubxonasi




orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g ‘risida 

guvohnoma  berilishi  mumkin.  Bunday  hollarda  guvohnomada  belgilab 

berilgan  mulk  meros  huquqining  obyekti  tarkibiga  kiradi.

«Vasiyatnoma  yoki  qonun  bo'yicha  erga  (xotinga)  tegishli  bo'lgan 

vorislik  huquqi,-deyiladi  FKning  1143-moddasida,  -   uning  meros 

qoldiruvchi  bilan  nikohdagi  holatiga  bog'liq  boshqa  mulkiy  huquqlariga, 

shu  jumladan,  nikohda  bo'lib,  birgalikda  orttirilgan  mol-mulkning 

muayyan  qismiga  nisbatan  bo'lgan  mulk  huquqiga  dahl  qilmaydi  ».

FKning  1115-moddasiga  asosan,  dehqon  (fermer)  xo'jaligining  yer 

uchastkasi  meros  qilib  qoldirish  huquqi  bilan  egalik  qilib  olingan  bo'lsa, 

bundan  uchastkalarga  umrbod  egalik  qilish  huquqi  meros  huquqining 

obyekti  bo'ladi.

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy Majlisining  1998-yil  30-aprelda  qabul 

qilingan  Yer  kodeksiga  asosan1  respublika  fuqaroligiga  dehqon  ho'jaligi 

yuritish,  yakka  tartibda  u y -joy   qurish,  kollektiv  boqdorchilik  va 

uzumchilik olib borish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda 

meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  uchun  yer  uchastkalari 

olish huquqi berilgan. Fuqarolarning erga egalik qilib qoldiradigan umrbod 

egalik  qilish  huquqiga  doir  davlat  hujjati  bilan  tasdiqlanadi.  Bu  yer 

uchastkalari  meros  huquqining  obyekti  bo'ladi.

Meros  qoldiruvchining  shaxsi  bilan  bog'liq  quyidagi  huquq  va 

majburiyatlar  meros  mulk  tarkibiga  kirmaydi  va  meros  huquqining 

obyekti  bo'lmaydi.

yuridik shaxs hisoblangan har qanday tijorat tashkilotlari, kooperativ 

va boshqa jamoat tashkilotlariga va birlashmalariga bo'lgan a’zolik huquqi 

hamda  ular  faoliyatida  ishtirok  etish  huquqlari;

Bu  tashkilotlarda  mulkdan  foydalanish  huquqi  ularda  a’zo  bo'lib 

turish  huquqidan  kelib  chiqadi,  shu  tufayli,  bu  huquqni  na  qonun va  na 

vasiyat bo'yicha meros qilib qoldirib bo'ladi. Bu tashkilotlarning faoliyatini 

tartibga  soluvchi  qonun  hujjatlarida  yoki  shartnoma  va  Nizomlarda 

boshqacha  hoi  ko'rsatilgan  bo'lsa,  meros  huquqi  tatbiq  qilinishi  mumkin;

2) 


majburiyatlami  yoki  shartnomalarni  bajarish  jarayonida  meros 

qoldiruvchining  hayoti  va  sog'lig'iga  yetkazilgan  zararni  qoplash  uchun 

to'lanadigan tovonni  (FKning  1005-moddasi.) undirish  huquqi ham meros 

qoldiruvchining  shaxsi  bilan  bog'liq  bo'lgani  sababli  meros  obyekti  bo'la 

olmaydi.  Ammo  meros  qoldiruvchi  hayotligida  unga  yetkazilgan  zararni

Узбекистон  Републикаси  фукаролик  кодексининг  иккинчи  кисмига  шархлар. 



Тошкент,  1998.  Иктисодиёт  ва  хукук  дунёси»  Ш-жилд.  -238  б.

www.ziyouz.com kutubxonasi




qoplash  hisobidan  olishi  lozim  bo'lgan,  lekin  vafoti  munosabati  bilan 

ololmay  qolgan  summa  meros  tarkibiga  kiradi  va  u  umumiy  tartibda 

vorislarga  o'tadi;

aliment majburiyati tufayli  vujudga kelgan huquq va majburiyatlar, 

chunonchi,  voyaga  etmagan  yosh  bolalariga  ta’minot  berish  majburiyati, 

mehnatga  layoqatsiz,  yordamga  muhtoj  shaxslarga  ta’minot  majburiyati, 

boshqalarga zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, boquvchisi 

vafot  etganligi  munosabati  bilan  yetkazilgan  zararni  to'lash  majburiyati 

va  boshqa  shaxsiy  huquq  va  majburiyatlar  meros  tarkibiga  kirmaydi;

maxsus  qoidalarga  asosan,  mehnat  va  ijtimoiy  ta’minot  to'g'risidagi 

qonun  hujjatlari  asosida  pensiya,  nafaqa  va  boshqa  to'lovlar olish huquqi 

hamda boshqa mulkiy huquqlar bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy nomulkiy 

huquqlar  meros  obyekti  bo'lmaydi  va  ular  meros  tarkibiga  kirmaydi. 

Bular  quyidagilar:

a)  ijtimoiy  ta’minot  yo'li  bilan  nogironlarga  tekinga  berilgan  yengil 

avtomashinalaming aynan o'ziga  bo'lgan huquq meros  obyekti  bo'lmaydi 

va  meros  mulk  sifatida  merosxo'rlarga  o'tmaydi;  imtiyozli  huquqdan 

foydalanib,  qiymatining  bir  qismi  to'lab  olingan  yengil  avtom obil’ 

tasarrufida  bo'lgan  shaxs  vafot  etganda,  ijtimoiy  ta’minot  organlari 

tomonidan  bu  mulk  sotilib,  meros  qoldiruvchiga  tegishli  summasi  uning 

merosxo'rlariga  beriladi;  merosxo'r  tegishli  summani  to'lab,  bu  mulkni 

o'ziga  qoldirishi  ham  mumkin.

b) mehnat qonunlari asosida vaqtincha mehnat qobiliyatini yo'qotgani 

uchun  nafaqa  olish  huquqi  yoki  nogironlik  uchun  pensiya  olish  huquqi, 

homiladorlik  va  qaramog'ida  bo'lgan  yosh  bolalari  uchun  olinadigan 

boshqa  har  qanday  nafaqalarga  bo'lgan   huquq,  agar  u  m eros 

qoldiruvchining  shaxsi  bilan  bog'liq  bo'lsa,  meros  tarkibiga  kirmaydi  va 

hokazolar.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish