Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Tovar  (xizmat)  bclgisiga  bo'lgan  huquqni



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

5-§.  Tovar  (xizmat)  bclgisiga  bo'lgan  huquqni 

buzganlik  uchun  javobgarlik

FKning  1007-moddasida  tovar  belgisiga  bo'lgan  huquqni  buzganlik 

uchun  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  asosi,  javobgarlik  hajmi  belgilab 

qo'yilgan.

Tovar  belgisidan qonunga  xilof  ravishda  foydalanish  deganda  tovar 

belgisidan  qonuniy  asosga  ega  bo'lmagan  holda  (tovar  belgisi  egasi  bilan 

ushbu belgiga  bo'lgan huquqni olish  haqida  shartnoma  tuzmasdan yoxud 

tovar  belgisidan  foydalanishga  litsenziya  olish  haqida  shartnoma 

tuzmasdan)  tovar  belgisidan  foydalanish  tushuniladi.

Tovar  belgisidan  qonunga  xilof  ravishda  foydalanayotgan  shaxs 

qoidabuzarlikka  yo'l  qo'yayotganligi  bilgan  yoki  bilishi  lozim  bo'lgan

www.ziyouz.com kutubxonasi




vaqtdan  boshlab,  qoidabuzarlikni  to‘xtatmog‘i  shart.

Tovar belgisidan  qonunga  xilof  ravishda  foydalangan shaxs  buning 

natijasida tovar belgisining egasiga (ba’zi hollarda ushbu tovar belgisidan 

foydalanishga litsenziya olgan shaxsga ham) yetkazilgan zararlarni to‘lashi 

shart.  Bunda  FKning  14-moddasida  belgilab  qo‘yilgan  zararni  qoplash 

haqidagi  qoidalardan  kelib  chiqmoq  kerak.  Tovar  belgisi  egasiga 

yetkazilgan  zarar,  eng  avvalo,  uning  tovar  belgisi  egasi  sifatidagi 

huquqlarini  tiklash  uchun  qilgan  yoki  qilinishi  lozim  bo'lgan  xarajatlar, 

shuningdek,  qoidabuzar  bunday  qoidabuzarlik  natijasida  yetkazilgan 

tovar  belgisidan qonunga  xilof  ravishda  foydalanish  natijasida  daromad 

olgan  bo'lsa,  olingan  daromadlar  tovar  belgisi  egasi  (ba’zi  hollarda 

tovar belgisidan foydalanishga litsenziya olgan shaxs)ga undirib berilishi 

lozim.

Tovar  belgisidan  qonunga  xilof  ravishda  foydalanayotgan  shaxs 



qoidabuzarlikni  to'xtatish  bilan birga,  quyidagi  harakatlarni  ham  amalga 

oshirishga  majbur:

1) tayyorlab qo'yilgan tovar belgisi tasvirlarini  (etiketkalar,  yorliqlar, 

tamg'alar,  muhrlar, reklama  prospektlari, shu kabilar) yo'q qilib tashlashi 

shart;

2)  qonunga  xilof  ravishda  foydalanayotgan  tovar  belgisini  yoki 



chalg'itib  yuborish  darajasida  unga  o'xshashi  bo'lgan  belgini  tovardan 

yoki  uning  idishi va  o'rovidan  yo'qotishi  (o'chirib  tashlash,  qirib tashlash, 

qirqib  tashlash,  bo'lib  tashlash)  shart.

Yuqoridagi  harakatlarni  qoidabuzar  o'zi  amalga  oshirmagan  holda 

sud  tomonidan,  qoidabuzar  hisobidan  majburiy  tarzda  amalga  oshiriladi.

Agarda  qonunga  xilof  ravishda  foydalanayotgan  tovar belgisini  yoki 

almashtirib  yuborish  darajasida  unga  o'xshash  bo'lgan  belgini  tovardan, 

uning  idishidan  va  o'rovidan  yo'qotishning  iloji  bo'lmasa  tegishli  tovar 

(idishi,  o'rovi)  yo'q  qilib  tashlanishi  lozim.  Yo'q  qilib  tashlash  qoidabuzar 

zimmasiga  yuklatiladi.  Yo'q  qilib  yuborish  usuli  yo'q  qilib  yuborishni 

amalga  oshiruvchi  shaxs  tomonidan  tanlanadi.

Qoidabuzar o'z ixtiyori bilan tovarni yo'q qilib yubormagan taqdirda, 

yo'q qilib yuborish sud qarori asosida majburiy ravishda amalga oshiriladi. 

Bundagi  sarf-xarajatlar  qoidabuzar  zimmasiga  yuklanadi.

Tovar  belgisidan  qonunga  xilof  ravishda  foydalanganlik  uchun 

O'zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy javobgarlik  to'g'risidagi  kodeksi  177- 

moddasida  javobgarlik  belgilangan.

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish