3-§. Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqni boshqa
shaxslarga o'tkazish tartibi
Oshkor etilmagan axborot qonunan egalik qiluvchi shaxs bu axborot
mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarning hammasini yoki bir qismini
boshqa shaxsga litsenziya shartnomasi asosida berishi mumkin. I litsenziya
olgan shartnomasi asosida berishi mumkin. Litsenziya olgan shaxsda
axborotlardan foydalanishga bo'lgan huquq bilan bir vaqtda ushbu
axborotdan boshqa shaxslarning noqonuniy foydalanishdan muhofazalanish
huquqi ham vujudga keladi. Oshkor etilmagan axborotlar ichida nou~
xauni litsenziya asosida o'tkazish keng tarqalgan. Ba’zi adabiyotlarda nou-
xau sohibi unga nisbatan mutlaq huquqi mavjud bo'lmagani uchun uni
boshqa shaxsga topshirish litsenziya shartnomasi emas, chunki bunda
shartnomaning predmeti bo'lib nou-xaudan foydalanishga bo'lgan mutlaq
huquq emas, balki nou- xauning o'zini topshirish hisoblanadi, degan
qarashlar ham mavjud1. Nou-xauni hissadorlik (aksiyadorlik) jamiyatlari,
ma’suliyati cheklangan jamiyat, qo'shma korxonalar, ustav jamg'armalariga
egasi tomonidan ulush, hissa, pay sifatida qo'shishi hollari ham ko'p
uchraydi.
Litsenziya shartnom asining eng asosiy shartlaridan biri —
topshirilayotgan axborotning maxfiyligini, sirligini saqlashni ta’minlash.
Bunda litsenziat zimmasiga axborotning konfidensialligini muhofaza qilish
yuzasidan tegishli choralar ko'rish majburiyati yuklanadi.
Litsenziat ham oshkor etilmagan axborotlarni uchinchi shaxslarning
noqonuniy foydalanishidan muhofaza qilinishida litsenziarlarniki kabi
huquqlarga ega (noqonuniy foydalanish natijasida yetkazilgan zararni
undirish, noqununiy foydalanishni to'xtatishni talab qilish huquqi va
hokazolar).
Ma’lumki, litsenziya shartnomasi ma’lum muddat davomida amal
1
Каранг: Гражданское право. Т. 2. М., изд. БЕК, 1994Й. 252-6.
734
www.ziyouz.com kutubxonasi
. Biroq oshkor etilmagan axborot moddiy - ashyoviy emas, g'oyaviy
negizga ega. Bunday axborot u bilan tanishgan, xabardor bo'lgan shaxsdan
begonalashtirilishi, xotiradan o‘chirib tashlash amalda deyarli mumkin
emas. FKning 1097- moddasiga ko'ra, axborotlarning maxfiyligi saqlash
majburiyati, basharti tegishli majburiyatlar oshkor etilmagan axborot
tariqasida qolaversa, litsenziya shartnomasi bekor bo'lganidan keyin
ham litsenziat zimmasida qolishi haqidagi qoidani nazarda tutadi(agar
shartnomada boshqacha kelishilgan bo'lmasa). Litsenziyalarning oshkor
qilinmagan axborotlarga nisbatan faktik monopoliya mavqeini yo'qiotish
bilangina litsenziatning bu majburiyati bekor bo'lishi mumkin.
\ qiladi
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |