3-§. Seleksiya yutuqlariga patent berish tartibi
Intellektual mulkning bir qator obyektlari singari seleksiya yutuqlari
ham patent bilan muhofaza etiladi. Yaratilgan yangi nav va zot davlat
patent idorasi tomonidan huquqiy himoya hujjati-patent berilganidan
so'ng, seleksiya yutug'i deb e’tirof etiladi. Seleksiya yutug'i muallifi
tomonidan ijodiy faoliyat natijasida yaratilgan yangi nav va zotga patent
berilmasa, u intellektual mulk obyekti hisoblanmaydi va huquqiy himoya
qilinmaydi.
O'zbekiston Respublikasining Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi
qonuniga muvofiq, seleksiya yutug'iga bo'lgan huquq patent bilan
tasdiqlanadi (Qonunning 14-moddasi). Bunday huquqiy muhofaza hujjati
huquqiy jihatdan ancha maqbul hisoblanadi.
1961-yilgi O'simliklarning yangi navlari bo'yicha Parij Konvensiyasida
ham ishtirokchi davlatlarga huquqiy himoya hujjatining bittasini tanlash lozimligi
1 Селекция ютуклари. Расмий Ахборотнома. -Т., 1998. -93-95 б.
708
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'i-satilgan edi. Shu bilan birga Rossiya Federasiyasining 1993- yil 7- avgustdagi
Seleksiya yutuqlari to‘g‘risidagi qonunda ham seleksiya yutuqlariga faqat bitta
huquqiy muhofaza hujjati-patent berilishi nazarda tutilgan Bundan tashqari
ko'pchilik davlatlarda ham seleksiya yutuqlari faqat bitta himoya hujjati bilan
muhofaza qilinadi. Masalan, seleksiya yutuqlari Germaniyada - “Navlami
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 1968- yildagi qonunga muvofiq guvohnoma orqali
AQShdagi ikki qonun hujjati - 1930- yildagi “O'simlik navlarini muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi va 1970- yildagi “O'simliklarning yangi navlarini muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra seleksiya yutuqlari guvohnoma bilan Italiyadagi
“O'simliklami yangi navlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun1 bilan
guvohnoma asosida muhofaza qilinadi
Bolgariyada esa yangi nav va zotga nisbatan sertifikat beriladi
va Bolgariya Respublikasining “ 0 ‘simliklarning yangi navlari va
hayvonlarning yangi zotlari to‘g ‘risida”gi 1996 yil 19 sentabrda qabul
qilingan Qonuniga muvofiq, sertifikat mutlaq huquq sohiblariga beriladi2.
“Seleksiya yutuqlari to‘g ‘risida»gi qonunning 15-moddasiga
muvofiq, patentga bo'lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning
merosxo'riga (merosxo‘rlariga) tegishlidir. Seleksiya yutug‘ini bir necha
shaxs birgalikda yaratgan bo'lsa, patent olish huquqiga ularning hammasi
ega bo'ladi. Ushbu shaxslardan bittasining patent olish huquqidan voz
kechishi boshqalarning patent olish huquqiga ta’sir etmaydi.
Agar seleksiya yutug'i xizmat vazifalarini aniq topshiriqni bajarish
natijasida yoki ish beruvchi tashkilotning o'ziga xos jihatini tashkil etuvchi
bilim va tajribasi natijasida yaratilgan bo'lsa, patent olish huquqi ish
beruvchi shaxsga tegishli bo'ladi.
Seleksiya yutug'iga nisbatan patent berish tartibi ixtirolar, foydali
modellar va sanoat namunalariga patent berish tartibiga o'zining asosiy
belgilari bilan o'xshaydi va maxsus davlat organlari orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga seleksiya yutug'ining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqib, “Seleksiya yutuqlari to'g'risida”gi qonun seleksiya yutug'iga patent
berish tartibining bir necha xususiyatlarini ifodalaydi3.
Seleksiya yutuqlariga bo'lgan huquqlarni rasmiylashtirishni
birinchi bosqichi patent (yoki guvohnoma) olish uchun ariza tuzish va
topshirish hisoblanadi1.
1 Левченко В.И. Правовая охрана селекционных достижений. -М.: Наука. 1983. -
с.
2 Ненова А. Охрана интеллектульной собственности в Болгарии.//Патент и
лицензии.2000.№12. С.56-57.
3 Фан ва техника Давлат кумитасининг 15 август 1997Й. №365-сонли Узбекистан
Республикасида ихтироларга патент, дастлабки патент учун ариза тузиш коидалари.
www.ziyouz.com kutubxonasi
/
Huquqshunos olim T.E Kaudo'rovning fikriga ko'ra, seleksiya
yutug'ini huquqiy muhofaza qilish to'g'risidagi talabnoma, seleksiya
yutug'i muallifining fikriga ko'ra yaratilgan yangi nav yoki zotga nisbatan
beriladi. Barcha holatlarda ham olib boriladigan sinov va ekspettiza
tadqiqotlarning obyekti taxmin qilinayotgan nav va zot emas, amalda
mavjud bo'lgan nav va zot hisoblanadi2.
Darhaqiqat, bunda talabnoma topshirgan seleksiya yutug'i
muallifi o'zi tomonidan chiqarilgan nav yoki zotni seleksiya yutug'i deb
hisoblab, unga huquqiy muhofaza hujjatini olishni so'rab murojaat qiladi.
Hali yaratilmagan yoki chiqarilmagan, yoxud to'liq tugallanmagan
tadqiqot natijalariga nisbatan patent berilmaydi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Davlat patent
idorasining 49-son buyrug'i bilan 1997- yil 3- sentabrda tasdiqlangan
“Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik
qoidalari”ga muvofiq, seleksiya yutug'iga patent olish uchun topshirilgan
talabnomada: referat (seleksiya yutug'ining qisqacha mazmuni) ham
bo'lish i kerak. Shu bilan birga, talabnoma beruvchi, talabnoma
beruvchilarning nav va zotni sinovdan o'tkazganlik haqidagi hujjatlami
talabnoma bilan bir vaqtda yoki agentlikka talabnoma tushgan sanadan
boshlab uch oy muddat ichida topshiradi.
Talabnoma beruvchilarning nav va zotni sinovdan o'tkazganligi
haqidagi hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Patent idorasining Seleksiya
yutuqlari bo'limiga (ish vaqtida) bir yil davomida topshirilishi mumkin.
Seleksiya yutuqlari bo'limiga talabnoma topshirish sanasi talabnoma
materiallari kelib tushgan sana bilan belgilanadi. Talabnoma o'simliklarning
bitta navi yoki hayvonlarning bitta zotiga taalluqli bo'lishi kerak.
Shuningdek, talabnoma materiallaridan o'simliklarning navlari bir
parhishdan ko'paygan o'simlik bir yoki bir necha avlodlar, birinchi
avlod duragayi va aralashmasi bilan, hayvonlar zotlari esa-zotning ichidagi
xili, zavod xili, zavod tizimi, kross (parrandachilikda), partenoklon
tizimlari, duragaylari tavsiflanishi kerak. Agar talabnoma tizimi nav,
zot yoki aralashmaga berilsa (o'z-o'zidan changlanuvchan va mavsumiy
ko'payuvchan o'simliklar), u holda nav, zotning hamma tizimlariga tegishli
anketalarga ega bo'lishi kerak.
1 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М., Проспект, 2000.
-711 с.
2 Кауды ров.Т.Е . Гражданско-правовая охрана объектов промышленной
собственности в Республике Казахстан. Автореф.дисс. .. док. юрид. наук. -Алматы:
2002. -3 7 с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Patent berish haqidagi seleksiya yutug'i muallifi va kimning
nomiga patent yoki guvohnoma so'ralayotgan bo'lsa, ana shu shaxs,
shuningdek, ularning turar-joyi yoki joylashgan yeriga doir ma’lumotlar
ko'rsatilgan ariza vaqtinchalik qoidalarning 3.1.bandiga m uvfofiq va
vaqtinchalik qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladi.
Seleksiya yutug'ining nomi Qonunga va “Seleksiya yutuqlariga
talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik qoidalari”ga muvofiq,
talabnoma beruvch i taklif qilgan va seleksiya yutuqlari bo'lim i
ma’qullagan nom bo'lishi lozim Seleksiya yutug'ining nomi o'xshashlikka
olib kelishi, qisqa bo'lishi, u yoki bu yaqin botanik yoki zoologik avlod
hamda turga taalluqli va hammaga ma’lum seleksiya yutug'i nomlaridan
farqlanishi kerak. U faqat raqamlar bilangina chegaralanmasligi, xususiyati,
kelib chiqishi, seleksiya yutug'ining muhimligi, seleksiya yutug'i muallifilar
shaxsi bo'yicha chalg'itmasligi, insonparvarlik va axloqiy tamoyillarga
zid bo'lmasligi kerak.
Talabnomadan qishloq xo'jalik sohasidagi boshqaruv organlari
va ilmiy-tadqiqot muassasalarining xulosalari o'z aksini topgan. Bu ijobiy
hoi albatta. Lekin seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirish
tartibi hanuzgacha “vaqtinchalik qoidalar” bilan amalga oshirilayotganligi
mavjud huquqiy mexanizmning barqaror emasligidan dalolat beradi.
Qonun talablariga muvofiq tuzilgan talabnoma patent idorasining
seleksiya yutuqlari bo'limiga talabnoma beruvchi orqali bevosita yoki
pochta orqali topshiriladi, shuningdek, patent idorasidan ro'yxatdan
o'tgan va tegishli ishonch qog'oziga ega bo'lgan shaxslar tomonidan ham
topshirilishi mumkin.
Shu o'rinda seleksiya yutuqlariga patent berish huquqiga ega
davlat organi haqida quyidagi fikrlarni bayon etish maqsadga muvofiq.
“Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi qonunning 3-moddasiga muvofiq
O'zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasi seleksiya yutuqlarini
huquqiy jihatdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi.
Patent idorasi seleksiya yutuqlariga patent berish haqidagi talabnomalami
qabul qilib oladi hamda ko'rib chiqadi. Seleksiya yutuqlari bo'yicha rasmiy
ekspertiza o'tkazadi, seleksiya yutuqlarini davlat reestriga kiritadi va
himoya hujjati beradi.
Bir necha talabnoma beruvchidan talabnomasini topshirishda
muhofaza hujjatini olish tadbirida talabnoma beruvchilardan biri ishtirok
etishdan bosh tortsa, bu boshqa talabnoma beruvchilarni muhofaza
hujjatini olishga bo'lgan harakatini amalga oshirishda to'siq bo'lmaydi.
Qonunga muvofiq, talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'ining
www.ziyouz.com kutubxonasi
davlat ekspertizasi rasmiy ekspertizani va yangilik ekanligini ekspertiza
qilishdan hamda farqlanish, o'xshashlik va barqarorlikni aniqlash
maqsadida o'tkaziladigan davlat sinovidan iborat himoyaga layoqatlilik
ekspertizasini o'z ichiga oladi. Seleksiya yutug'iga patent uchun himoyaga
layoqatlilik jihatdan to'liq ekspertiza qilinadigan guvohnoma uchun esa,
o'xshashlik va barqarorlik sinovi o'tkaziladi.
Talabnomaning rasmiy ekspertizasi ikki oy muddatida o'tkazilib,
ekspertiza davom ida ustuvorlik sanasi belgilanadi hamda zarur
hujjatlaming qo'yilgan talablarga qanchalik mosligi tekshiriladi (Rossiya
Federatsiya qonunchiligida bu muddat bir oyni tashkil etadi). Talabnoma
noto'g'ri tuzilgan yoki mavjud xatoliklaming ahamiyatidan kelib chiqib
talabnoma qabul qilinmaydi yoxud talabnoma beruvchiga talabnomani
tuzatish va to'ldirish uchun zaruriy muddat beriladi.
Shuningdek, rasmiy ekspertiza o'tkazilayotgan davrda talabnoma
beruvchi o'z tashabbusi bilan talabnoma materiallarini to'ldirishga, ularga
aniqlik yoki tuzatishlar kiritishga haqlidir.
Rasmiy ekspertiza o'tkazilgandan so'ng, rasmiy ekspertiza natijalari
va tegishlicha o'sim liklar naviga yoki hayvonlar zotiga berilgan
talabnomani qabul qilinganligi yoki qaytarilganligi, arz hujjatlarini
ixtisoslashtirilgan tashkilotga yangilik, farqlanish, o'xshashlik va
barqarorlik bo'yicha davlat ekspertizasiga topshirilganligi to'g'risida
talabnomachiga bildirish qog'ozi yuboriladi. Talabnomalar olinganligi
to'g'risidagi ma’lumotlar patent idorasining rasmiy ma’lumotnomasida
chop etiladi.
Talabnoma muhokamaga qabul qilinganligi va uni ixtisoslashtirilgan
tashkilotga topshirilganligi to'g'risidagi bildirish qog'ozi patent idorasidan
olinganidan so'ng, talabnoma beruvchi tegishli bojlarni to'laydi va nav,
zot namunalarini huquqiy himoyaga layoqatlilik bo'yicha davlat sinovini
o'tkazishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlaming namunalar soni ko'rsatilgan
hujjati asosida tegishli manzillarga o'z vaqtida urug'lar, nasi materiallariga
guvohnomalar qo'shilgan holda yuboriladi.
Ko'rib chiqishga qabul qilingan talabnomalardagi seleksiya yutuqlariga
muvaqqat huquqiy himoya tayinlanadi. Muvaqqat huquqiy himoya
talabnoma to'g'risidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan e’tiboran seleksiya
yutug'i davlat reestrida ro'yxatga olingan sanaga qadar belgilanadi.
Muvaqqat huquqiy himoya davrida seleksiya yutug'i muallifi patent
egasi huquqlariga ega bo'ladi. Agar patent yoki guvohnoma berishni rad
etish haqida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat qilish
imkoniyatlari tugagan bo'lsa, muvaqqat huquqiy himoya boshlanmagan
www.ziyouz.com kutubxonasi
deb hisoblanadi. Himoyalash talab qilingan seleksiya yutuqlaridan ularga
muvaqqat huquqiy himoya belgilangan davrda foydalanilayotgan shaxs
patent egasining talabiga binoan unga patent yoki guvohnoma olganidan
keyin pul tovoni to'lashi shart. Bu tovonning miqdori patent egasi bilan
tuzilgan bitimda belgilab qo'yiladi.
Seleksiya yutug'ining yangilik ekanligi ekspertizasi urug'lik yoki
nasi materiali ustuvorlik sanasi va qonunda belgilangan boshqa muddatlar
davomida, seleksiya yoki uning huquqiy vorisi tomonidan boshqa
shaxslarga berilmaganligi yoki seleksiya yoki uning huquqiy vorisining
roziligi bilan boshqa shaxslar undan foydalanmaganligini aniqlaydi1.
Qonunning 22-moddasiga muvofiq seleksiya yutug'ining yangilik
ekanligi ekspertizasini ixtisoslashtirilgan tashkilot mavjud hujjatlar va
dalil isbotlar shu jumladan, o'z tashabbusi bilan olgan axborot asosida
amalga oshiradi va Patent idorasiga talabnomada ko'rsatilgan seleksiya
yutug'ining yangilik mezonlariga muvofiq yoki nomuvofiqligi to'g'risidagi
xulosani taqdim etadi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning xulosasiga muvofiq,
patent idorasi seleksiya yutug'ining yangilik mezoni mavjud yoki mavjud
emasligi to'g'risida talabnoma beruvchini yozma ravishda xabardor etadi.
Agar talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'i yangilik mezoniga
mos bo'lmasa, Patent idorasi patent berishni rad etish to'g'risida qaror
qabul qiladi. Talabnoma to'g'risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan
e ’tiboran olti oy ichida har qanday manfaatdor shaxs talabnomada
ko'rsatilgan seleksiya yutug'ining yangilik ekanligiga nisbatan o'z da’vosini
patent idorasiga jo'natishi mumkin. Patent idorasi seleksiya yutug'ining
yangiligiga nisbatan olingan da’vo haqida talabnoma beruvchini xabardor
qiladi. Talabnoma beruvchi bunday da’voga rozi bo'lmasa, bildirishnoma
(bu haqda Patent idorasining xabarini) olgan kundan boshlab uch oylik
muddat ichida Patent idorasiga dalil isbotlar bayon etilgan e ’tirozni
jo'natish huquqiga ega.
Patent idorasining patent berishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan
talabnoma beruvchi Patent idorasining Appelyatsiya kengashiga shikoyat
bilan murojaat etishga haqli. Bu huquq rad etish haqidagi qaror qabul
qilinib, bu haqda talabnoma beruvchi xabardor qilingandan so'ng uch
oylik muddat ichida saqlanib qoladi. Uch oylik muddat o'tgach, talabnoma
beruvchi bunday huquqni yo'qotadi.
Appelyatsiya tushgan sanadan e ’tiboran ikki oylik muddatda
1 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. -М ., Проспект,
2000. -713 с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
appelyasiya kengashi tomonidan ko'rib chiqilishi kerak. Appelyatsiya
kengashining qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida uning
ustidan shikoyat qilish mumkin.
Seleksiya yutug'i himoyaga layoqatliligining farqlanish, o'xshashlik
va barqarorlik mezonlari chuqur ilmiy tekshiruv va biologik, zoologik,
fiziologik, genetik tadqiqotlarni talab qilish uchun ularga nisbatan
tayinlangan ekspertiza-seleksiya yutug'ining davlat sinovi deb ataladi.
Seleksiya yutug'ining farqlanish, o'xshashlik va barqarorlik mezonlariga
mosligining davlat sinovi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (qishloq xo'jalik
ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi va chorvachilikda naslchilik
ishlari bosh davlat inspeksiyasi) tomonidan belgilangan uslub va
muddatlarda o'tkaziladi. Davlat sinovi o'tkazish uchun talabnoma beruvchi
kerakli m iqd ordagi u ru g 'lik , k o'ch at yoki nasi m ahsulotlarini
ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan belgilangan manzilga «Seleksiya
yutuqlariga talabnom alar tuzish va topshirishning vaqtinchalik
qoidalari»ning 4-ilovasida1 ko'rsatilgan muddatda taqdim etilishi shart.
Seleksiya yutug'ining davlat sinovini o'tkazishda ixtisoslashtirilgan
tashkilot talabnoma beruvchi, O'zbekiston Respublikasining tashkilotlari,
shuningdek, boshqa davlatlarning vakolatli organlari tomonidan taqdim
etilgan sinov natijalaridan foydalanishi mumkin. O'tkazilgan sinov
natijalariga qarab, seleksiya yutug'ining himoyaga layoqatlilik mezoniga
mosligi to'g'risida ixtisoslashtirilgan tashkilot xulosa chiqaradi. Agar,
seleksiya yutug'i himoyaga layoqatlilik mezonlariga mos bo'lsa, uning
nomi belgilangan talablarga mos kelsa, ixtisoslashtirilgan tashkilot seleksiya
yutug'ining rasmiy tavsifini tayyorlayodi. Ixtisoslashtirilgan tashkilot
tayyorlagan seleksiya yutug'ining rasmiy tavsifiga muvofiq, Patent idorasi
seleksiya yutug'iga patent berish to'g'risidagi qarorni qabul qiladi.
Seleksiya yutug'i himoyaga layoqatlilik mezonlariga mos bo'lmasa,
Patent idorasi patent yoki guvohnoma berishni rad etish to'g'risidagi
qarorni qabul qiladi. Bunda arizachi uch oylik muddat ichida Patent
idorasining qarori ustidan shikoyat bilan Appelyatsiya kengashiga murojaat
qilish huquqiga ega bo'ladi (qonuning 23-moddasi).
Seleksiya yutug'iga patent berish haqidagi talabnoma talabnoma
beruvchining yozma roziligi bilan patent berish to'g'risida yoki berishni
rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar chaqirib olinishi mumkin.
Bunda talabnoma beruvchilar bir nechta bo'lsa, talabnoma ulardan har
birining roziligi bilangina chaqirib olinadi. Agar ulardan biri norozi bo'lsa,
1 Селекция ютуклари. Расмий Ахборотнома.-Т.: 1998. -142 б.
714
www.ziyouz.com kutubxonasi
talabnoma chaqirib olinmaydi. Talabnoma beruvchining iltimosiga
m uvofiq, talabnomani to'ldirish, unga aniqlik va tuzatish kiritish
muddatlari uch oygacha uzaytirilishi mumkin, hamda bunday uzaytirish
ko‘pi bilan ikki marta amalga oshiriladi. Muddatlami uzaytirish to‘g ‘risida
iltimosnoma topshirganlik uchun boj yoki yig'im to'laydi.
Patent idorasi patent berish to‘g ‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng,
seleksiya yutuqlariga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish hamda patent
berish tartibining uchinchi - so'nggi bosqichi boshlanadi. Unda Patent
idorasi seleksiya yutug‘ini O'zbekiston Respublikasi Seleksiya yutuqlari
davlat reestrida ro‘yxatga oladi.
Davlat reestriga o ‘simlik va hayvonlar ajdodi (turi) haqidagi
ma’lumotlar nav yoki zotning nomi, seleksiya yutug'ining ro‘yxatdan
o‘tish sanasi va ro'yxat raqami, patent egasining ismi va uning manzili,
hamda seleksiya yutug‘i muallifining nomi to‘g ‘risidagi ma’lumotlar
kiritiladi. Keyinchalik reestrga patentning boshqa shaxsga (uning ismi va
manzilini ko‘rsatgan holda) o‘tkazilganligi haqidagi mutlaq, ochiq va
majburiy litsenziyalar haqidagi ma’lumotlar hamda patentning amal
qilinishini to‘xtaganligi (sababini ko'rsatib) haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi qonunning 27-moddasiga muvofiq,
patentni O'zbekiston Respublikasi nomidan Patent idorasi beradi. Seleksiya
yutug'i ro'yxatga olinganligi to'g'risidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan
boshlab olti oy ichida har qanday shaxs patent berilishiga e’tiroz bildirish
huquqiga ega. Bu e’tirozni Appelyatsiya kengashi tegishli ixtisoslashtirilgan
tashkilot vakillari ishtirokida e’tiroz bildirilgan sanadan boshlab olti oy
ichida ko'rib chiqishi lozim. Bunday e’tirozlar bildirilmagan va ular rad
qilingan bo'lsa, Patent idorasi seleksiya yutug'ini ro'yxatga olinganligi
to'g'risidagi ma’lumot e’lon qilingan vaqtdan boshlab, olti oy o'tgach
patentni beradi. Bunda seleksiya yutug'iga patent berish haqidagi qarorga
e’tiroz bildirilgan yoki bildirilmaganligi ahamiyatga ega emas.
Patent berishni so'rayotgan shaxslar sonidan qat’iy nazar seleksiya
yutug'iga bitta himoya hujjati beriladi. Himoya hujjatlarining shakli va
ularda ko'rsatiladigan ma’umotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan
belgilanadi. Patent egasi patent olganidan so'ng, shu nav va zotga taalluqli
zarur materiallarni saqlash uchun jo'natadi (Qonunning 27-moddasi 8-
qismi).
Patent egasi navni, zotni patentning amal qilishi muddati davomida,
nav, zot tegishli davlat reestrida ro'yxatga olingan sanada tuzilgan,
ularga doir rasmiy tavsifda ko'rsatilgan belgilarini o'zgartirmay saqlashi
lozim. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va Patent idorasining so'roviga binoan
www.ziyouz.com kutubxonasi
patent egasi nazorat sinovlarini o'tkazish uchun nav urug‘larini yoki nasi
materialini jo'natishi va tegishli joyda tekshiruv o'tkazish uchun imkoniyat
yaratib berishi lozim.
Seleksiya yutuqlariga patent huquqini rasmiylashtirish harakatlari:
patent berish haqida talabnoma topshirish, talabnomada ko'rsatilgan
seleksiya yutug'ini ekspertiza va sinovdan o'tkazish, patent berish, uni
o'z kuchida saqlab qolish, shuningdek, seleksiya yutug'ining ekspertizasi
va himoyasi bilan bog'liq yuridik ahamiyatga molik amallami bajarish
uchun bojlar yoki yig'imlar undiriladi. Qonunga muvofiq, bajarilganligi
uchun bojlar va yig'imlar undiriladigan harakatlar ro'yxati, bojlar va
yig'imlar miqdori hamda ulami to'lash muddati, shuningdek, to'lovdan
ozod qilish, to'lov muddatlarini kamaytirish yoki bojlar yoxud yig'imlarni
qaytarib berish uchun asoslar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilab qo'yiladi (Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi
qonunning 29-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |