63-bob. SE L EK SIY A Y U T U Q L A R IG A B O 'L G A N HUQUQ
1 §. Seleksiya yutug‘i tushunchasi
Seleksiya yutug‘i deganda, umumiy ma’noda, o‘simliklaming yangi
navi va hayvonlarning yangi zoti tushuniladi (Seleksiya yutuqlari
to'g'risidagi qonunning 2-moddasi). Seleksiya o'zida inson irodasi asosida
yo'naltirilgan o'simliklar va hayvonlarning evolyutsiyasini ifodalaydi1.
Ayni vaqtda seleksiya yutuqlari inson aqliy faoliyati natijasi hisoblanadi.
Seleksiya - lotincha, selego so'zidan olingan bo'lib, saralash,
to'plash degan ma’noni anglatadi2. Seleksiya - bu jonli tabiat, tirik
borliq ustida olib borilgan kishilaming aqliy faoliyatlari bo'lib, seleksiya
y u tu g 'i esa, ana shu aqliy fa oliy a t natijasida erish iladigan
muvaffaqiyatlardir. O'simliklarning navlari va hayvonlarning zotlarini
saralash, to'plash va ularni fiziologik, genetik va biologik usullar hamda
ilmiy-ijodiy faoliyat orqali o'zaro chatishtirish yoki boshqa yo'llar bilan
ko'paytirish natijasida yangi nav va zotni hosil qilish seleksiya yutug'i
hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi 2002 yil 29 avgustdagi “Seleksiya yutug'i
to'g'risida”gi qonuni “seleksiya yutug'i” atamasi uchun asosiy tushunchalar
hisoblangan o'simliklar navi va hayvonlarning zoti tushunchalarining
ta’rifini bayon etadi. Ushbu qonunga muvofiq, nav-o'simliklar guruhi
bo'lib, u nasldan-naslga barqaror o'tuvchi muayyan genotip yoki
genotiplar kombinatsiyasini boshqalardan ajratib turuvchi belgilariga
qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa o'simliklar
guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farq qiladi. Klon, liniya,
birinchi avlod duragayi, populyasiya navning muhofaza qilinadigan
obyektlaridir.
Zot - genetik jihatdan o'zaro bog'liq biologik va morfologik
xususiyatlari hamda belgilariga qarab aniqlanadigan hayvonlar (shu
jumladan, parrandalar, hasharotlar, ipak qurti) yoki ularning duragaylari
guruhi bo'lib, bu xususiyatlar hamda belgilaming ayrimlari muayyan
guruhgagina xos bo'lib, uni hayvonlarning boshqa guruhlaridan farqlab
turadi. Zot guruhi, zot ichidagi tip (zonal tip), zavod tipi, zavod liniyasi,
zot oilasi, partinoklonlar, liniyalar, duragaylar zotning muhofaza
qilinadigan obyektlaridir (Qonunning 2-moddasi).
1 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. -М.: Проспект. 2000.
-702 с.
2 Узбекистан Миллий Энцикпопедияси. 9-том. -Т.: 1997.-585 б
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yuqorida sanab o'tilgan nav va zotning muhofaza qilinadigan
obyektlari formal biologik tushunchalar bo'lib, bu obyektlarning buzilishi
yoki ularga putur yetkazilishi mavjud nav va zotning buzilishiga va
nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin. Seleksiya yutug'i huquqiy muhofaza
etilayotganda nav va zotga tegishli bo'lgan muhofaza qilinadigan
obyektlarning holati o'rganilib, huquq buzilishiga baho berish lozim.
Seleksiya - insonning ilmiy va aqliy bilimlarini o'simliklar va
hayvonlar evolyusiyasiga yo'naltirish natijasida insonning o'zi uchun
qulay, maqbul va foydali nav va zot yaratish jarayonidir. Shu o'rinda
seleksiya sohasidagi tadqiqotlar bilan gen injineriyasi sohasida tadqiqotlar
o'rtasidagi farqni izohlab o'tish joiz. Seleksiya - bu faqat o'simliklar va
hayvonlar ustida olib boriladigan tadqiqotlar bo'lsa, gen injineriyasi -
barcha jonzot (shu jumladan, inson) ustida olib boriladigan ilmiy-tajribaviy
faoliyatdir. Gen injeneriyasi tadqiqotlarining asosiy maqsadi tirik
jonzotning asosiy unsuri - geniga turli ta’sir o'tkazib, yangi tur, nav,
zot, xil yaratishdan iborat. Gen injeneriyasi usulida yaratilgan nav va
zotlarni an’anaviy seleksiya usulida yaratilgan nav va zotlardan farqlash
zarur. Gen injeneriyasida yangi nav va zot yaratish uchun bir turdagi
yoki bir oiladagi hayvonlar va o'simliklar emas, balki bir-biridan butunlay
uzoq tur va oiladagi o'simliklar va hayvonlar o'zaro gen injineriyasi
usulida chatishtiriladi yoki sun’iy ravishda gen o'zgartiriladi. Natijada
mutlaqo inson tasawuriga sig'ishi qiyin bo'lgan gibridlar va mutantlar
(masalan, fil va tuyaning, baliq va tovuqning, bo'ri va quyonning
chatishmalari) yuzaga keladi. Jahon jamoatchiligining fikricha, bunday
gibrid va mutantlami yaratilishi mavjud tabiiy muvozanatni buzish bilan
birga inson salomatligiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Shu holatlarni
hisobga olib, bunday tadqiqotlarni o'tkazishni ta’qiqlash zarur.
AJ.Ioyro'sh, O.A.Krasovskiylarning fikricha gen injeneriyasi bu
dasturli, nasldan naslga o'tish xususiyatiga ega bo'lgan, an’anaviy seleksiya
yo'li bilan chiqarishning imkoni bo'lmagan biologik tuzilmalar (hayvonlar
va o'simliklarning individual genlari, mikroorganizmlari, oqsillari) ini
olishga qaratilgan uslub va vositalarning yig'indisidir. Gen injeneriyasi
tabiat qonuniyatlarni bilishda, tibiiyotning dolzarb muammolarini hal
qilishda, sanoat va qishloq xo'jaligining turli xil sohalarini muvofiqlashtirish
va uo'g'unlashtirishda, ko'plab ekologik va ijtimoiy muammolarining
echimini topishda insonning imkoniyatlarini kengaytiradi va yangi
jihatlarni kasb etadi1.
1
Иойрыш А .И ., Красовский
О А.
Правовые аспекты генной инженерии.//
Государство и право. 1997.№3. С 112.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Darhaqiqat, hozirgi kunda gen injeneriyasi sohasidagi tadqiqotlar
yutuqlari inson hayoti, sog‘lig‘i va turmush sharoitining yaxshilanishi
uchun bir qator foydali vositalarning yaratilishini ta’minladi. Zero,
kelajakda gen injeneriyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar har qanday
kasallikni oldini oluvchi turli vaksinalarni, kasalliklarni tez davolovchi
dori-darmonlami tayyorlashda, yangidan-yangi oziq-ovqat mahsulotlarini
paydo bo‘lishida asosiy vosita vazifasini bajaradi.
Keyingi paytlarda gen injeneriyasining yutuqlari jahon hamjamiyati
tomonidan yuqori baholanmoqda. Zero, keyingi qisqa vaqt oralig'ida
inson sog‘lig‘i uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turli dori-
darmonlar1 ning kashf etilishi, ko‘p yillar davomida tuzatib bo'lmasligi
tan olingan kasalliklarning davosi topilganligi(masalan, agar rak
kasalligining boshlanish davrida, bu kasallikdan batamom xalos bo'lishi
mumkinligi, virusli geppatit va uning vaksinasi topilganligi, hozirda
deyarli barchaga ma’lum), inson organizmi garmonlarining o'sishiga
yordam beruvchi turli vositalarning vujudga kelishi aynan gen injeneriyasi
tadqiqotlarining hosilasidir.
Bundan tashqari kelajakda insoniyat oldida turgan va hal etilishi
yildan-yilga qiyinlashib borayotgan ocharchilik, suvsizlik, tabiiy atrof-
muhitning ifloslanishi va qo'yinki odam va uning mavjud bo'lishi bilan
bog'liq deyarli barcha muammolarni hal etishda eng asosiy va birlamchi
omil bu gen injeneriyasi va uning yutuqlari bo'ladi, deya hech
ikkilanmasdan aytishimiz mumkin2. Ayniqsa, oziq-ovqat muammosini
hal etishda va bu muammo bilan chambarchas bog'liq qishloq xo'jaligi
ekinlari hosildorligini oshirishda gen injeneriyasi tadqiqotlari yuqori
natijalarga erishmoqda. Zero hozirgi kunda bozorlarimizni to'ldirib turgan
turli xil qishloq xo'jaligi mahsulotlarining aksariyat qismi gen injeneriyasi
yutuqlari asosida yaratilgan nav va zotlardan olingan hosildir. Hozirgi
1 Масалан, 2002-2003 йилларда Хитой ва бошк,а жанубий шаркий Осиё
мамлакатларида таркалган «грипп» хасталиги ухшаш ута юкумли уткир ичак ва нафас
йули (респераторли) касаллигига карши киска фурсатда вакцинанинг яратилиши ген
инженерияси сохасидаги илмий тадкикотларнинг тез суръатларда ривожланиб
бораётгани ва инсон хаёти ва соглиги учун катта ахамиятга эга экани билан
характерланади.
2
Дархаки^ат, ген инженериясининг инсоният учун ахамияти ва фойдаси бенихоя
катта. Бундай фойдалиликни, инсон билан б о ти к хар кандай соха ва муносабатларда
куришимиз мумкин. Бу холат инсон умрини узайтиришдан тортиб, уни кайтадан
тугилишигача (клонлаштириш оркали) амал к;иладиган жараёнлар занжирини ташкил
этади. Гарчи хозирги кунларда инсонни клонлаштириш ишлари амалга оширлаётган
булсада, хали бу сохада ютукка эришилмаганлигини таъкидлаш жоиз.
www.ziyouz.com kutubxonasi
kunda turli xil hasharotlar(masalan qurt) emaydigan olma va kartoshka,
kemiruvchilar esa o'lishi mumkin bo'lgan lekin odam ist’emol qilsa faqat
foyda ko'radigan pomidor, bodring va shunga o'xshash poliz ekinlari
borligini insoniyat ajablanmasdan qabul qilmoqda. Keyingi yillarda ko'plab
rivojlangan davlatlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabni
qondirishda aynan gen injeneriyasi yutuqlaridan foydalanishmoqda. Misol
uchun keyingi ikki-uch yil ichida yurtimiz bozorlarida paydo bo'lgan
«amerika tarvuzlari»ga e’tibor qaratadigan bo'lsak, ularning jaydari
tarvuzlarga qaraganda urug'i kam bo'lishini, sersuv va shirasi yuqori
ekanligini ko'rishimiz mumkin.
Insoniyat gen injeneriyasi ilmiy tadqiqotlarining bir yo'nalishi
hisoblangan klonlash usuli yordamida qishloq xo'jaligi hayvonlarini,
o'simliklar dunyosini rivojlantirish bilan istiqbolda katta yutuqlarga
erishishga umid bog'lamoqda. Masalan, yaqinda AQSH olimlari guruch
yadrosidagi DNK kodini o'zgartirish yo'li bilan sholining suvsizlikka
chidamli navini klonlash usulida yaratishgani om m aviy axborot
vositalarida e’lon qilindi1.
Gen injeneriyasi natijalarining inson uchun foydali xususiyatlari
bo'lishi bilan birga, uning inson sog'lig'i uchun zararli jihatlari borligini
ham esdan chiqarmasligi kerak. Ya’ni, muayn yangi natijaga erishish
yo'lida amalga oshirilayotgan tajribalar va amaliyotlar ijobiy natija bilan
birga salbiy oqibatlami ham vujudga keltirishi mumkinligiga har doim
ham shunday tadqiqot olib borayotgan shaxslar kafolat bera olishmaydi.
Ayniqsa bir turkumda bo'lmagan o'simliklar va hayvonlar genining
o'zgartirilishi kelajakda inson uchun qanday xavf-xatar tug'dirishini
oldindan bashorat qilish qiyin. Mutaxasislarining ta’kidlashicha ba’zi
kasalliklar labaratoriyalard agi xavfsizlikning yetarli darajada
ta’minlanmaganligidan kelib chiqqan.
Shunday ekan gen injeneriyasi yutuqlarining jahon iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishidagi o'rni va ahamiyatini hisobga olib, ushbu ilmiy
tadqiqot faoliyati va uning natijalarini huquqiy jihatdan taribga solish
zaruriyati yuzaga keladi.
Huquqiy tabiati va o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra gen injeneriyasi
natijalari (yoki yutuqlari) intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiradi.
Zero, ushbu holatda inson o'zining aqliy-ijodiy faoliyati orqali o'zi uchun
qulay va foydali natijaga erishadi. Bunda, insonning aqliy-ijodiy faoliyati
1
Абдурахмонов Ш. )^ужайрани сунъий купайтириш истикболлари.//Сирли олам.
2002. №8. Б. 12.
www.ziyouz.com kutubxonasi
tirik borliqning barcha obyektlari (hattoki inson) ustida olib boriladigan
ilmiy tadqiqotlarga qaratiladi. Bu faoliyat tibbiyot, biologiya, zoologiya,
seleksiya, genitika, fiziologiya kabi jonli tabiat bilan bog'liq barcha
sohalarda olib boriladi. Nimaiki tirik mavjudot bo'lsa, aynan o'sha gen
injeneriyasi tadqiqotining obyekti bo'lishi mumkin.
M a’lumki, seleksiya yutuqlarining yaratilishi uzoq davom
etadigan tadrijiy (evolyusion) tadqiqotlar, ilmiy, ijodiy tajribalar va
inson yaratuvchanlik qobiliyatini taqazo etadi. Seleksiya yutuqlari -
insonning tabiat qonuniyatlari to'g'risidagi bilimlar va ijodkorlik
salohiyatini o'zi uchun qulay va foydali ne’matlar yaratishga yo'naltira
olish mahsuli hisoblanadi.
O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini
yaratilishi uncha uzoq bo'lmagan tarixiy jarayonni boshidan kechirgan.
Dastavval, yangi navlarning yaratilishi mahalliy sharoitlarda uzoq yillar
tanlab va saralab borish yo'li bilan yaratilgan. Bunda hech qanday
chatishtirish va payvandlash usullari qo'llanilmagan (hozirda bunday
navlar “jaydari navlar” deyiladi). Keyinchalik, fan va texnikaning
rivojlanishi natijasida navlar turli o'simliklarni chatishtirish, payvandlab,
shuningdek, o'simlik irsiyatiga kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan
ta’sir etib etishtirila boshlandi (bunday usulda yaratilgan navlar “seleksiya
navlari” deb yuritiladi).
Hayvonlarning yangi zotlarini yaratish o'simliklarni yangi
navlarini yaratishdan farq qiladi. Yangi zot - qishloq xo'jalik hayvonlarini
tanlash va saralash bo'yicha naslchilik ishlari olib borish, tashqi muhit,
boqish, asrash va foydalanish natijasida vujudga keladi. Yangi zot boshqa
zotlardan o'zining mahsuldorligi bilan ajralib turishi lozim. Zot yagona
ajdoddan kelib chiqishi, gavda tuzilishi jihatidan ma’lum ti pga taalluqli
bo'lishi, fiziologik va morfologik belgilari avloddan avlodga o'tishi lozim
bo'lgan hayvonlar guruhidir.
Seleksiya yutuqlari o'z mohiyatiga ko'ra faqat, tirik borliq ustida
olib borilgan ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli sifatida ko'rilar ekan, bunda
yaratilgan obyektlarning inson ehtiyojlari uchun nihoyatda zarur ekanligini
esdan chiqarmaslik zarur.
Huquqiy jihatdan seleksiya yutuqlarining mohiyati yaratilgan
yangi nav va zotning huquqiy maqomini belgilash orqali ifodalansa,
hayotiy zaruriyat nuqtayi nazaridan seleksiya yutuqlari aholining oziq-
ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirish va iqtisodiy samaradorlikni ko'tarish
m e’zonlari bilan belgilanadi.
Seleksiya yutuqlarini ixtirolar bilan quyidagi o'xshashliklari mavjud:
www.ziyouz.com kutubxonasi
l.Seleksiya yutuqlari ham ixtirolar ham intellektual mulkning
patent bilan muhofaza qilinadigan obyektlaridir;
2.Jonli borliq qonuniyatlarini bilish insonga hayvonlar va o'simliklar
rivojlanishini o'zi uchun kerakli tomonga yo‘naltira olishida maqsadli ta’sir
etish imkonini beradi. Shu ma’noda seleksionerning ijodiy faoliyati
ixtirochining ijodiy faoliyatiga juda o'xshaydi. Ixtirochi singari seleksioner
ham obyektning o‘zgarish jarayoniga faol aralashadi va uni oldindan
rejalashtirilgan natijaga erishish maqsadida kerakli tomonga yo‘naltiradi;
3.Seleksiya yutug‘i muallifi faoliyatining natijasi inson uchun
zaruriy sifatlarga ega bo‘lgan o'simliklarni yangi navlari va hayvonlaming
yangi zotlarini yaratishga qaratilgan aniq amaliy masalani echishdan
iborat. Masalaning oddiy qo‘yilishi, garchi unda ijodiylik mavjud bo'lsada,
qonun bilan qo'riqlanmaydi. Bunda nafaqat qaysi nav va zotni yaratish
ko‘zda tutilishi ko‘rsatilishi, balki yangi nav (zot)ni real yaratish va uni
qonunda nazarda tutilgan tartibda tekshirish uchun butun seleksiya
jarayonini oxiriga yetkazish lozim.
-
Seleksiya yutuqlari o‘zining huquqiy tartibga solinishiga ko'ra
ixtirolardan quyidagi xususiyatlari bo'yicha farq qiladi:
l.Jonsiz tabiat obyektlari ustidan ish olib boruvchi ixtirochidan
farq qilib seleksiya yutug'i muallifi jonli tabiat obyektlari ustida ish olib
boradi;
2. Ixtiro, foydali model, sanoat namunalaridan farqli ravishda,
seleksiya yutuqlarini yaratish va butun seleksiya jarayonini oxiriga
yetkazish nafaqat seleksiya yutug'i muallifiga, balki tabiiy iqlim
sharoitlariga ham bog'liq bo'ladi. Ya’ni, seleksiya ishlariga iqlimning
o'zgarishi salbiy ta’sir ko'rsatishi va ko'zlangan natijaga erishishning imkoni
bo'lmasligi mumkin;
3. Seleksiya yutuqlarini jamoatchilik tomonidan e’tirof etilishi va
tan olinishi ham o'ziga xos holat bo'lib, nafaqat sanoat mulk obyektlari
(ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari) balki, intellektual
mulkning boshqa obyektlaridan ham farq qiladi. Masalan, yaratilgan
ixtironing e’tirof etilish yoki tan olinishi uchun uni sinovdan o'tkazish
va foydali xususiyatlarini tekshirishning o'zi kifoya qilsa, seleksiya
yutuqlarini tan olinishi va e’tirof etilishi uchun uzoq vaqt va jiddiy
tekshiruv takroriy nazorat etish va tinimsiz parvarish talab etiladi. Ixtiro
yaratilgandan so'ng, uning buzilishiga ta’sir etuvchi kuchlar deyarli
bo'lmasa (ixtiro nobud bo'lsa, chizmaiar orqali uni tiklash mumkin),
seleksiya yutuqlarining uzoq vaqt sinab ko'rilishi ularni e’tirof etish
nihoyatda murakkab jarayon ekanligini bildiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4. Seleksiya yutug'ida obyektning ideal asosi va uning moddiy
mujassami uzviy bog'liq bo'ladi. Moddiy mujassamning to‘la hajmda nobud
bo'lishi seleksiya yutug'ini ham obyekt sifatida nobud qiladi. Ixtiro esa
o'zining moddiy mujassamidan alohida holda yashaydi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasida texnik muammoning
yechimi yaratilsa, seleksiya yutuqlarida esa biologik muammoning yechimi
topiladi. Shu o'rinda istisno sifatida mikroorganizm shtamlari biotexnik
obyekt bo'lib, ixtiro hisoblanadi.
5. Huquqiy himoyaga layoqatlilik shartlariga ko'ra, ixtiro va seleksiya
yutuqlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Ixtiro quyidagi shartlar mavjud
bo'lsa, patent orqali muhofaza etiladi:
- yangilik;
- ixtirochilik darajasiga ega bo'lishlik;
- amaliyotda qo'llash mumkinligi (Ixtirolar, foydali modellar va
sanoat namunalari to'g'risidagi qonunning 5-moddasi).
Seleksiya yutuqlari esa:
- yangilik;
- farqlanish;
- turdoshlik;
- barqarorlik (Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi qonunning 7-moddasi)
mezonlariga javob bersa huquqiy muhofaza etiladi.
Ko'rinib turibdiki, huquqiy muhofaza etish shartlariga ko'ra, bu
ikki obyekt bir-biridan butunlay farq qiladi.
Huquqiy tartibga solinishi bo'yicha bundan o'ziga xos xususiyatlar
seleksiya yutuqlarini intellektual mulkning boshqa obyektlaridan farqli
ravishda tirik borliq ustida olib boriladigan ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli
ekanligi bilan tavsiflanadi.
Yuqorida ta’ kidlaganimizdek, seleksiya yutuqlari intellektual
mulkning patent bilan qo'riqlanadigan obyekti sanaladi. Shu bilan birga
ilmiy-ijodiy faoliyat obyektiga ko'ra seleksiya yutuqlari intellektual mulk
tizimida o'ziga xos o'ringa ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |