Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Birinchidan, 

intellektual  mulk  obyektlaridan  faqatgina  seleksiya 

yutuqlari  tirik  borliq,  jonli  tabiat  ustida  olib  boriladigan  tadqiqotlar 

mahsuli  hisoblanadi.  Odam  irsiyati  va  genini  o'zgartirish  orqali  sun’iy 

odam yaratish haqidagi ta’limotlar ijodiy faoliyat sanalmaydi va ko'pchilik 

davlatlarda  bunday  tadqiqotlar  o'tkazish  qat’iy  taqiqlangan.



Ikkinchidan, 

seleksiya  yutuqlarini  yaratish  jarayoni  o'zining 

murakkabligi  va  uzoq  davom  etishi  bilan  ajralib  turadi.

Uchinchidan, 

seleksiya  yutuqlari  intellektual  mulkning  obyektiv 

shaklga  keltirilgandan  so'ng  muhofaza  etiladigan  obyektlari  jumlasiga

www.ziyouz.com kutubxonasi




emas,  balki  tegishli  davlat  organi  tomonidan  beriladigan  maxsus  himoya 

hujjati  orqali  muhofaza  etiladigan  obyektlaridan  sanaladi.



To‘rtinchidan, 

garchi,  seleksiya  yutuqlari  patent  bilan  muhofaza 

etilsada,  ular  intellektual  mulkning  patent  huquqi  instituti  obyekti 

hisoblanmaydi.  T.E.Kaudo' rovning  fikricha,  seleksiya  yutuqlari  sanoat 

mulki (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari) obyekti hisoblanadi1. 

A.P.Sergeevning  fikricha,  seleksiya  yutuqlari  intellektual  mulkning 

an’anaviy  institutlari  (mualliflik  huquqi  va  turdosh  huquqlar,  patent 

huquqi,  fuqarolik  muomalasi  ishtirokchilari  va  ular  ishlab  chiqarayotgan 

mahsulotni shaxsiylashtiruvchi vositalar)dan o'zining muhofaza etilayotgan 

obyekti  huquqiy  tartibga  solinishi  bilan  farq  qilib,  intellektual  mulkning 

noan’anaviy  obyekti  hisoblanadi2.

Noan’anaviy obyekt atamasi shartli ravishda ishlatilgan bo'lib,  ilmiy- 

ijodiy  faoliyat  nafaqat  adabiyot  va  san’at,  sanoat  mulki  sohasida  balki, 

ijtimoiy  turmushning  boshqa  sohalarida  ham  olib  boriladi  va  ana  shu 

sohalardagi  (masalan,  seleksiya  yutuqlari  bilan  birga  topologik-integral 

mikrosxemalar,  xizmat va  tijorat sirlari)  ijodiy va  ilmiy mehnat  natijalari 

intellektual mulkning an’anaviy obyektlaridan farq qilishligi uchun  ulami 

umumiy  institutga  birlashtirib,  shartli  ravishda  intellektual  mulkning 

noan’anaviy  obyektlari  deb  yuritiladi.

Beshinehidan,  seleksiya  yutuqlarini  yaratish  davlat  nazorati va qo'llab- 

quwatlashi  ostida  amalga  oshiriladi  hamda  davlatning  maxsus  me’yoriy 

hujjatlari  bilan  davlat  organlariga  seleksiya  yutuqlarini  yaratish  va  shu 

sohada  ilmiy  tadqiqotlar  o'tkazishni  tashkillashtirish  topshirig'i  yuklatiladi 

Masalan,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-  yil  28- 

iyundagi  “ Boshoqli  don  ekinlarini  navlar  bo'yicha  joylashtirishni 

takomillashtirish,  ularning  seleksiyasi  va  urug'chiligini  yaxshilashga  doir” 

qaroriga muvofiq boshoqli don ekinlari navlarini yangilash va ulami navlarga 

ko'ra joylashtirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha doimiy 

ishlovchi respublika komissiyasining asosiy vazifalari jumlasiga: ilmiy-tadqiqot 

institutlari,  tajriba  stansiyalari,  idoraviy  bo'ysunishidan  qat’iy  nazar  nav 

sinash  uchastkalarining  faoliyatini  tahlil  qilish,  seleksionerlar  va 

urug'shunoslami  rag'batlantirish  yuzasidan  takliflar  tayyorlash,  kiritiladi.

1  Каудыров  T.E.  Гражданско-правовая  охрана  объектов  промышленной 

собственности  в  Республике  Казахстан.  Автореф.дисс....док.  юрид..наук.  -Алматы, 

2002.  -13  с.

2 Гражданское  право.  /Под  ред.  Ю.К.Толстого,  А.П.Сергеева.  Т.  3.  -М.:  Проспект.  - 

1998.  -20  с.

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish