Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Patentga  bo‘lgan  huquqni  boshqa  shaxslarga



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

3-§.  Patentga  bo‘lgan  huquqni  boshqa  shaxslarga 

o‘tkazish  tartibi

Sanoat  mulki  obyektiga  berilgan  patent  patentga  bo'lgan  huquqni 

boshqa  shaxsga  o'tkazish  daqidagi  shartnoma  haq  evaziga  yoki  haqsiz 

ekanligidan  qat’iy  nazar,  yozma  ravishda  tuzilishi  shart.  Bunday 

shartnomani  shakllantirishda  FKning  107-moddasida  belgilab  qo'yilgan 

bitimning  yozma  shakli  haqidagi  qoidalariga  rioya  qilinishi  lozim.

Yozma  ravishda  tuzilgan  shartnoma  Davlat  Patent  idorasida 

ro'yxatdan  o'tkazilishi  shart.  Ro'yxatdan  o'tkazishga  vakolatli  davlat 

idorasi,  eng  awalo,  shartnoma  shartlarini  qonunga  muvofiqligi  nuqtayi 

nazaridan  tekshiradi.  Qonunga  nomuvofiq  bo'lgan  shartnomalarni 

ro'yxatdan o'tkazdirish rad etilib, taraflarga shartnoma shartlarini qonunga 

muvofiqlashtirish  taklif  etiladi.

Umumiy qoidalar bo'yicha shartnomalarning ro'yxatdan o'tkazilishida 

ular  qanchalik  maqsadga  muvofiqligi  nuqtayi  nazaridan  baholanmaydi 

(davlat  va  jam iyat  manfaatlariga  ataylab  xilof  ravishda  tuzilgan 

shartnomalar  bundan  mustasno).  Shartnoma  ro'yxatdan  o'tkazilganidan 

keyin  yuridik  kuchga  ega  bo'ladi.

Shartnomaning  yozma  ravishda  tuzilishiga  yoki  ro'yxatdan  o'tkazish

www.ziyouz.com kutubxonasi



talabiga  rioya  etmaslik  shartnomaning  haqiqiy emas deb  topilishiga  sabab 

bo‘ladi.  FKning  112-moddasiga  asosan,  bunday  shartnoma  o ‘z-o‘zidan 

haqiqiy  hisoblanmaydi.  Agar  shartnoma  yozma  ravishda  tuzilgan,  ammo 

taraflardan biri uni davlat ro‘yxatidan o'tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa 

tarafning  talabi  bilan  bitimni  FKning  112-moddasi,  3-qismiga  binoan 

ro‘yxatdan o'tkazishga haqlidir. Shartnomani Davlat ro‘yxatidan o'tkazishdan 

asossiz  bosh  tortgan  taraf  shartnomani  tuzishni  kechiktirganligi  tufayli 

yetkazilgan  zarami  ikkinchi  tarafga  to‘lashi  lozim.

Shartnomadagi  taraflar  tomonidan  ushbu  talablarga  rioya  qilmaslik 

oqibatlariga  nisbatan  FKning  113-114-moddalarida  belgilangan  qoidalar 

qo'llaniladi.

Mutlaq  huquq  egasi  tomonidan  sanoat  mulki  obyektidan  boshqa 

shaxsga  foydalanish  uchun  litsenziya  shartnomasi  haqidagi  kelishuvi 

albatta  yozma  ravishda  tuzilishi  shart.  Bunda  FKning  107-moddasi  va 

1037-moddasi talablariga rioya qilinishi lozim. Bunday talab asosiy litsenziya 

shartnomasi  uchun  ham,  sublitsenziya  (qo'shimcha  litsenziya,  hosila  yoki 

ikkilamchi  litsenziya)  shartnomasi  uchun  ham  taalluqlidir.

Yozma  ravishda  tuzilgan  litsenziya  shartnomasi  Davlat  Patent 

idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi shart. Bunda shartnoma shartlari qonunga 

muvofiqlik  nuqtayi  nazaridan  va  alohida  hollarda  maqsadga  muvofikdik 

nuqtayi  nazaridan  baholanadi.  Ro'yxatdan o'tkazish rad  etilganda  tegishli 

tartibda  shikoyat  berilishi  mumkin.

Litsenziya  shartnomasi  ro'yxatdan  o'tkazilgandan  keyingina  yuridik 

kuchga ega bo'ladi, taraflarda shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlar 

vujudga  keltiradi.

Agar  litsenziya  shartnomasi  taraflaridan  biri  asossiz  ravishda 

shartnomani ro'yxatdan o'tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning 

talabi  bilan  shartnomani  ro'yxatdan  o'tkazish  haqida  FKning  112- 

moddasi,  3-qismiga asosan qaror chiqarishga haqli. Shartnomani Davlat 

ro'yxatidan  o'tkazishdan  asossiz  bosh  tortgan  taraf  shartnomani 

tuzishni  kechiktirganligi  uchun  yetkazilgan  zararni  ikkinchi  tarafga 

to'lashi  lozim.

Litsenziya shartnomasi tuzishda taraflar tomonidan ushbu talablarga 

rioya  qilmaslik  shartnomaning  FKning  112-moddasi,  1-qismiga  asosan 

o'z-o'zidan haqiqiy sanalmasligiga sabab bo'ladi. Bunda vujudga keladigan 

huquqiy  oqibatlarga  nisbatan  FKning  113-114-moddalarida  belgilangan 

qoidalar  qo'llanadi.

FKning  1090-moddasida  sanoat  mulki  obyektiga  nisbatan  huquqiy 

muhofaza  hujjati  —  patent  asosida  amal  qiluvchi  mutlaq  huquqlarni

www.ziyouz.com kutubxonasi




buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan. Ushbu javobgarlikning 

vujudga  kelish  asoslari  FKning  24-bobi  moddalarida  nazarda  tutilgan 

qoidalarda  mujassamlashgan.

Patent  egasining mutlaq huquqdarini buzish,  eng avvalo,  muhofaza- 

lanayotgan  obyektdan  boshqa  shaxslar  beruxsat  foydalanayotganlarida 

namoyon  bo'ladi.  Shu  sababli  ham  patent  egasi  birinchi  navbatda 

qoidabuzardan  huquq  buzilishi  harakatlari  to'xtatilishini  talab  qilishga 

haqlidir.

Sanoat mulki obyektiga nisbatan patent egasining huquqlarini buzgan 

qoidabuzar  patent  egasiga  yetkazilgan  zarar  o'rnini  qoplashi  shart.  Zarar 

to‘la  hajmda  to'lanishi  lozim.  Yetkazilgan  zarar  moddiy  yoki  ma’naviy 

ko'rinishlarda  bo'lishi  mumkin.  Moddiy  zarar  patent  egasi  tomonidan 

sanoat  mulki  obyektlaridan  foydalanish  asosida  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulot patent egasi huquqlari buzilishi oqibatida bozorda o'tmay qolishi, 

narxining  pasayishi  va  shu  kabilarda  namoyon  bo'lishi  mumkin.  Bunday 

holat  nafaqat  mahsulot  chiqarishda,  balki  xizmat  ko'rsatish  sohasida 

ham ro'y berishi mumkin. Ma’naviy zarar patent egasi huquqlarini buzish 

natijasida uning kasb-kor nufuziga,  mutlaq huquq sohibi sifatida holatiga 

putur  etishida  namoyon  bo'ladi.  Bunday  ma’naviy  zarar  pul  bilan 

qoplanishidan  tashqari,  sud  huquqbuzar  zimmasiga  patent  egasining 

ishbilarmonlik  mavqeini  qayta  tiklash  maqsadida  sud  qarorini  o'z 

hisobidan  e’lon  qiddirish  majburiyatini  yuklashi  mumkin.

Patent  egasi  ko'rilgan  zararning  qoplanishi  o'rniga  qoidabuzar 

tom on id a n   patent  egasi  h u qu qlarin i  buzish  n atijasida  (y a ’ ni 

muhofazalanayotgan  sanoat  mulki  obyektlaridan  ruxsatsiz  foydalanish 

orqali)  olgan  barcha  daromadlarini  undirib  olishga  haqli.  Bunday  holda 

patent  egasi  zararning  qoplanishini  talab  qilishga  haqli  emas.  Binobarin, 

zararni  qoplash  yoki  daromadlarni  qaytarish  al’ternativ  javobgarlik 

choralari  hisoblanadi,  ularning  qaysi  birini  qo'llashni  tanlash  huquqi 

patent  egasiga  taalluqlidir.

FKning  1040-moddasida mutlaq huquqni himoya qilishning quyidagi 

usullari  ham  nazarda  tutiladi:

—  

mutlaq  huquqlarni  buzishga  ko'maklashgan  moddiy  obyektlami 



va  bunday  huquqbuzarlik  asosida  yaratilgan  mahsulotlarni  olib  qo'yish.

Olib  qo'yilgan  ushbu  moddiy  obyektlar  patent  egasining  talabi 

bo'yicha  huquqbuzarning  hisobidan  yo'q  qilib  yuborilishi  yoki  patent 

egasi  ixtiyoriga  berilishi  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish