№ 28. Mavzu: Rudani yetkazish usullari
Rudani yetkazish– bu rudani qazib olish bloki chegarasida, massivdan ajratilgan joydan asosiy tashish vositalariga yuklash joyigacha olib borilshidir. Rudani qazib olish uchun sarflanadigan material va mexnat sarfining 30–50% ulishi shu jarayondagi xarajatalrga tо‘g‘ri keladi. Rudani yetkazish unumdorligi odatda qazib olish ishlarining jadalligini ifodalaydi. Shuning uchun bu jarayon mexanizatsiyasi va texnologiyasidan eng kam xarajat va yuqori unumdorlikni talab qiladi.
Rudani yetkazish jarayoni qazib olishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlariga, rudani qabul qiluvchi asosiy gorizont laximlarida tog‘ bosimining namoyon bо‘lish darajasiga, ruda yо‘qotilish va sifatsizlanish darajasiga о‘z tasirini kо‘rsatadi. Rudani yetkazish–birlamchi va ikkilamchi turlarga bо‘linadi. Rudani birlamchi yetkazish–bu rudani massivdan ajratgan joyidan rudani yuklash joyigacha olib borish bо‘lsa, ikkilamchi yetkazish esa ruda yig‘ish laximlari bо‘ylab xarakati.
Rudani yetkazish usullari tasnifi
3.4. jadval
Yetkazishning usullari
|
О‘ziga xos xususiyatlari
|
1.О‘z og‘irligi bilan yetkazish:
1.1. Bevosita qazib olingan bо‘shliq bо‘ylab
1.2.Ruda tushirgichlar bо‘ylab
|
Ruda qazib olingan bо‘shliq bо‘ylab og‘irlik kuchi ta’sirida xarakatlanadi yoki blokdan chiqaruvchi laximlarga sirpanib boradi
|
2.Mexanizatsiyalashgan:
2.1.Skreper uskunalari bilan
2.2.Tebranuvchi konveyer va ta’minlagich bilan
2.3.О‘zi yurar jixozlar bilan
|
Ruda tashiladi va yuklanadi.
О‘zi yurar jixozlar bilan ruda yuklanadi va tashiladi yoki faqat yuklanadi, yoki faqat tashiladi.
|
3.Yetkazishning boshqa usullari:
3.1. Portlatish kuchi bilan yetkazish
3.2. Gidravlik yetkazish
|
Portlatish bilan massivdan ajrati–ladi va qazib olingan bо‘shliq bо‘ylab chiqaruvchi laximlarga uloqtiriladi. Ruda suv bilan yuvib tushiriladi. Undan tashqari ruda tanasining yotgan tomoni mayda ruda bо‘laklaridan tozalash uchun yordamchi usul sifatida qо‘llaniladi.
|
Rudani yetkazish usullari qazib olish tizimini hisobga olgan holda tanlanadi, chunki ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Asosan amaliyotda rudani yetkazishning о‘z og‘irligi bilan tushirish va mexanizatsiyalashgan usullari qо‘llaniladi. Ruda yetkazishning portlatish kuchi bilan va gidravlik usullaridan esa kamdan-kam holatlarda foydalaniladi.
Rudani о‘z og‘irligi bilan yetkazish (oqib tushishi). Rudani о‘z og‘irligi tasirida yetkazish usulidan keskin qiya yotgan ruda tanalarini qazib olishda foydalaniladi va ochiq bо‘shliqli, magazinlab, qazilgan bо‘shliqni qiya qatlamlamlam tо‘ldirib qazib olish tizimlarida keng qо‘llaniladi. Bu usul qо‘llanilishining о‘ziga xos xusuiyati blok tagida g‘alvirlash kamerasini barpo etish va ruda tushirgichga rudani g‘alvir orqali о‘tkazishdan iborat. Rudani о‘z og‘irligi tasirida yetkazish usuli qо‘llanilganda blok tagini tayyorlash va kesish ishlarining tartibi 89-rasmda kо‘rsatilgan.
89-rasm.Rudani о‘z og‘irligi tasirida yetkazish usulida blok tagini tayyorlash va kesish ishlari: 1-tashish shtregi; 2-tashish orti; 3-shamollatuvchi yuqorilovchi lahim; 4-yuklash kamerasi; 5-ruda tushirgich; 6-g‘alvirlash kamerasi; 7-yuqorilovchi lahim; 8-g‘alvirlash gorizontidagi shamollatish shtregi; 9-g‘alvirlash gorizontidagi shamollatish orti; 10-g‘alvirlash gorizontidagi shamollatish-yig‘ish shtregi
Rudani о‘z og‘irligi tasirida yetkazish usulining asosiy afzalliklari: rudani yetkazishni mexanizmlarsiz tashkil qilish imkoni mavjudligi, ruda maydalanishi yaxshi bо‘lganda yetkazishning yuqori unumdorligi (200–600 t/smena). Kamchiliklari: kesuvchi ishlarning xajmi katta miqdordaligi, rudani chiqarishda xavflilik darajasining nisbatan ortishi, g‘alvirlash kamerasini shamollatish ishlari qiyin bajarilishi.
R udani skreperda yetkazish. Yetkazish masofasi 35–40 m gohida 80–100 m gacha bо‘lgan xolatlarda qо‘llaniladi. Ular skreper uskunasi yordamida amalga oshiriladi. Skreper uskunasi skreper lebyodkasi, skreper, chig‘iriq (blok) va pо‘lat arqonlar (yuk tortadigan va yuksiz)dan tashkil topgan. Rudani skreperda yetkazishning о‘ziga xos xusuiyati. Massivdan ajratilgan ruda duchkalar orqali yetkazish lahimiga tushadi va skreper bilan skreper lebyodkasi yordamida ruda tushurgichga tortib yetkaziladi. Rudani skreperda yetkazish qо‘llanilganda blok tagini tayyorlash va kesish ishlarining tartibi 90-rasmda kо‘rsatilgan.
90-rasm.Rudani skreperda yetkazishda blok tagini tayyorlash va kesish ishlari: 1-tashish shtregi; 2-tashish orti; 3-shamollatuvchi-ishchilar harakatlanuvchi yuqorilovchi lahim; 4-shamollatuvchi yuqorilovchi lahim; 5-ruda tushirgich; 6-skreperlash gorizontidagi shamollatuvchi-ishchilar harakatlanuvchi ort; 7-skreperlash shtregi; 8-skreperlash gorizontidagi shamollatuchvchi ort; 9-duchka.
Rudani skreperda yetkazishning afzalliklari: Rudani skreperda yetkazishni xar xil kon-geologik sharoitlarda qо‘llash mumkinligi; oddiyligi va jixozlarning tan narxi arzonligi, boshqarish osonligi, qazib olish joyining oson shamollatirilishi. Kamchiliklari: mexnat unumdorligining pastligi (120–130 t/smena), ruda yetkazish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati yо‘qligi; kesuvchi laximlar katta uzunliklarda о‘tilishi, ishlar xavfli sharoitlarda olib borilishi.
Rudani blokdan chiqarishda blok tagi laximlari turg‘unligini taminlash uchun chiqaruvchi duchkalar orasidagi xavfsiz, eng qisqa masofa miqdori yuqori aniqlikda hisoblanishi talab etiladi. Shunga kо‘ra xar xil skreperlash gorizonti sxemalari uchun chiqaruvchi duchkalar orasidagi masofa quyidagicha aniqlanadi.
Bunda: ruda chikaruvchi duchkalar joylashishiga bog‘liq
koyeffitsiyentlar: duchkalar tо‘gri tо‘rtburchak sxemada
joylashsa k1=1 va k2=2 ga, duchkalar shaxmat sxemada joylashsa
k1=1,3 va k2=2 ga, agar duchkalar bir tomonlama joylashtirilsa
k1=1 va k2=2 ga teng bо‘ladi (91-rasm).
91-rasm. Skreperlash gorizonida duchkalarni joylashtirish sxemalari: a-tо‘g‘ri tо‘rtbrchak sxemada joylashtirish; b-shaxmat sxemasida joylashtirish; v-bir omonlama joylashtirish sxemasi.
duchka tagi (nisha) uzunligi, .
blok tagi tog jinslarining siqilishga bо‘lgan chegaraviy
maxkamligi, MPa.
yuqoridagi tog jinslariningsolishtirma og‘irligi, kH/m3.
yuqoridagi tog jinslarining yer yuzasigacha bо‘lgan qalinligi, m.
Bir tomonidagi ruda chiqaruvchi duchkalar soni:
Ruda chikaruvchi duchkalar oralig‘idagi haqiqiy masofa.
Rudani tebranuvchi konveyer va taminlovchi bilan yetkazish. Bugungi kunda shaxta va konlarda rudani tebranuvchi konveyer va taminlovchilarda yetkazish kо‘p qо‘llaniladi. Rudani bu tarzda yetkazishning moxiyati shundan iboratki, massivdan ajratilgan ruda duchka yoki transheya orqali tebranuvchi konveyer yoki taminlovchi nov (lotok)ga tushadi va u nov yordamida shaxta vagonetkalariga yuklanadi yoki ruda tushurgichga tо‘kiladi. Boshqalariga nisbatan rudani bu holatda yetkazishning ajralib turadigan jixati quyidagilar: ruda uzluksiz oqimi doimiy bir xil unumdorlikda yetkaziladi, ruda yetkazish masofasiga bog‘liq bо‘lmagan xolda xarakatlantiriladi. Rudani tebranuvchi konveyer va taminlovchida yetkazishqо‘llanilganda blok asosini tayyorlash va kesish ishlarining tartibi 92-rasmda kо‘rsatilgan.
Rudani tebranuvchi konveyer va taminlovchida yetkazishning afzallilari: unumdorligining yuqoriligi (500–1200 t/smena); ularni boshqarish soddaligi; ishning xavfsizligi; qazib olish joyni shamollatish imkoniyati yaxshiligi; kesuvchi laximlar xajmining katta yemasligi. Kamchiliklari: tebranuvchi konveyer va taminlovchilar qiymati balandligi; yig‘ish (montaj) va qismlarga ajratish ishlari murakkabligi. Shuning uchun bu texnologiya’ni ruda zaxiralari juda kо‘p bо‘lgan ruda
Do'stlaringiz bilan baham: |