Rudani о‘zi yurar jixozlar va portlptish kuchi bilan yetkazish
О‘zi yurar jihozlar bilan rudaniye yetkazish. Bugungi kunda о‘zi yurar yuklovchi va yetkazuvchi jihozlar bilan rudani yetqazish juda keng qо‘llaniladi. Rudalarni qazib olishda о‘zi yurar jihozlarning quyidagi turlari mavjud: elektravozga davriy ravshda yuklab beruvchi mashinalar majmuasi, vagonlar va avtosomasvallarga uzluksiz ravshda yuklab beruvchi mashinalar majmuasi, yuklash-tashish mashinalari, yuklovchi-yetkazuvchi mashinalari, о‘zi yurar vagonlar va avtosomasvallarga yoki elektravozga yuklovchi-yetkazuvchi mashinalar majmuasi. Rudani о‘zi yurar jihozlarda yetkazishning mohiyati shundan iboratki, massivdan ajratilgan ruda yetkazish lahimi (yuklash yо‘lagi yoki kamerasi)ga duchkalar yoki trnsheyalar orqali oqib tushadi va u yerdan yuklash mashinalari bilan tashish vositalariga yuklanadi yoki ruda ruda tushirgichgacha yetkaziladi. Rudani о‘zi yurar jihozlarda yetkazish qо‘llanilganda blok asosini tayyorlash va kesish ishlarining tartibi 93-rasmda kо‘rsatilgan.
Rudani о‘zi yurar jihozlarda yetkazishning afzalliklari: blok asosini kesish ishlari soddaligi; kesish ishlari hajmininng kamligi; shamollatishning yaxshiligi; ruda maydalanishi yaxshi bо‘lganda о‘zi yurar jihozlar yuqori unumdorlikga erishishi. Kamchiligi:о‘zi yurar jihozlar narxining balandaligi.
93-rasm.Rudani о‘zi yurar yetkazuvchi-yuklovchi mashinalarbilan yetkazishdablok asosini tayyorlash va kesish ishlari: 1-yotgan yon tomonidagi tashish shtregi; 2-osilgan yon tomonidagi tashish shtregi; 3-tashish orti; 4-blokni tagidan kesish orti; 5-yuklash yо‘lagi; 6-shamollatish yuqorilovchi lahim
Rudani о‘zi yurar yetkazuvchi-yuklovchi mashinalar bilan yetkazishda blok asosini tayyorlash va kesish ishlarini hisoblash sxemasi 94-rasmda keltirilgan keltirilgan.
94-rasm. Rudani о‘zi yurar yuklovchi-yetkazuvchi mashinalar bilan yetkazishda blok asosini tayyorlash va kesish ishlarini hisoblash sxemasi.
Xodimlar yurishiga mо‘ljallangan tashish lahimi (orti)ni о‘tish kengligi.
Bunda: piyodalar yо‘lagi kengligi, u yо‘l sathidan 0.3 m yuqorida
bо‘lganda kengligi 1.2 m ga yoki lahimning har 25-m da piyodalar
yashirinishi uchun taxmonlar tashkil qilinganda 1 m ga teng;
mashina kengligi, m;
tashish lahimi mustahkamlagichi qalinligi, m;
kon lahimi devori vamashina oralig‘idagi masofa.
Mashina harakatlanish tezligi 10 km/s dan oshmaganda va xizmat kо‘rsatadigan xodimlardan tashqari odamlarning kirish imkoni bо‘lmagan xolatlarda yuklash yо‘lagi shuningdek lahimi kengligi quyidagicha aniqlanadi.
Yuklash yо‘lagi uzunligi
Bunda: mashina uzunligi , m;
mashina balandligi, m;
tashish lahimi mustahkamlagich qalinligi, m.
Tashish va transheya lahimlari markazi о‘rtasidagi masofa
Bunda: tashish lahimi va yuklash yо‘lagi orasidagi burchak, 45–900.
transheya lahimining kengligi, m.
Yuklash yо‘lagi markazlari oralig‘idagi masofa
Yuklash yо‘laklari soni
Yuklash yо‘laklari markazi oralig‘i haqiqiy masofasi
Rudani portlash kuchi bilan yetkazish. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, massivdan ajratilgan ruda portlashda olgan kinetik energiyasi hisobiga qazib olingan bо‘shliq bо‘ylab uloqtiriladi hamda transheya va voronkalarga tushadi. Ruda qazib olingan bо‘shliqdan о‘z og‘irligi bilan yetkazish kabi chiqariladi. Odatda ruda qatlamida skvajinalar yelpig‘ichsimon sxemada joylashtiriladi. Bu skvajinalar ruda tanasi yotgan tomonida barpo etilgan burg‘ulash lahimidan burg‘ulanadi. Rudani massivdan ajratish qatlamlab amalga oshiriladi. Rudani portlash kuchi bilan yetkazish asosan qiya yotgan ruda tanalarini qazib olishda qо‘llaniladi va qazish natijasida hosil bо‘lgan bо‘shliqga odamlar kirishi man etiladi. Amaliyotda rudani portlash kuchi bilan yetkazish ruda tanasining qalinligi 6–30 m bо‘lgan holatlar kо‘proq qо‘llniladi. Rudani portlash kuchi bilan yetkazish masofasi ruda tanalari yotish burchagi 12–300 bо‘lganda 30–50m, yotish burchagi 30–450 bо‘lganda esa 50–80m bо‘lishi mumkin.Rudani portlash kuchi bilan yetkazish qо‘llanilganda blok asosini tayyorlash va kesish ishlarining tartibi 95-rasmda kо‘rsatilgan.
Rudani portlash kuchi bilan yetkazishning afzalliklari: shamollatish ishlarini sifatli olib borilishiga sharoit yaxshiligi, rudani о‘z og‘irligi ta’sirida yetkazish usuliga taqqoslaganda rudani eltish uchun chiqaruvchi kon lahimlari butun blok maydonida о‘tilmasdan faqat pastki qismida barpo qilinadi, kesish lahmlarining hajmi kamligi.Kamchiligi: skvajinalarni bir qatorli portlatishi (yoki ikki qator orsidagi portlash interval vaqtining oshirilishi) ishlarni tashkillashtirishni murakkablashtiradi va rudaning maydalanish darajasini yomonlashtiradi; portlovchi modda solishtirma sarfining yuqoriligi.
95-rasm. Rudani portlash kuchi bilan yetkazishda blok asosini tayyorlash va kesish ishlari: 1-panel tashish shtregi; 2-panel shamollatish shtregi; 3-shamollatish yuqorilovchi lahimi; 4-burg‘ilash shtregi; 5-shamollatish shtregi; 6-yuklash yо‘lagi (kamerasi).
Rudani gidravlik usulda yetkazish.Bu usul asosan qalinligi 0,7-1,2 m bо‘lgan qiya ruda tanalarini qazib olishda qо‘llaniladi. Kо‘p holatlarda ruda tanasining yotgan yon tomonidagi notekisliklarida (rudani о‘z og‘irligi, portlash kuchi ta’sirida va mexanizatsiyalashgan usullarda yetkazishdan keyin) qolgan mayda ruda bо‘laklarini tozalashda foydalaniladi. Ruda bо‘laklari monitor nasadkasidan (maxsus qurilma) bosim ostida chiqayotgan suv oqimi energiyasi hisobiga siljiydi. Bu turdagi ruda yetkazishda suvning sarfi soatiga 15–30 m3 ni tashkil qiladi. Suv bilan birga ruda parchalari yuklash lahmiga oqib tushadi va shu yerda tashish vositalariga yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |