1. Da’vogar Normo‘minova Yulduzxon Mamatovna sudga javobgarlar



Download 148,96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2022
Hajmi148,96 Kb.
#596239
Bog'liq
yangi fpk



KAZUSLAR: 
1. Da’vogar Normo‘minova Yulduzxon Mamatovna sudga javobgarlar 
Mirfayziyeva Maxmuda Fozilovna va Mirfayziyev Gʻaybullayevlarga nisbatan mol-
mulkni o‘zganing egaligidan qaytarib olish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat 
qilgan. Shu bilan birga, da’vogar sudga alohida ariza bilan murojaat etib, unda 86 
000 so‘m davlat boji to‘laganligini va da’vo ariza kiritishda qolgan to‘lanishi lozim 
bo‘lgan davlat bojini kechiktirib turishni so‘ragan. 
Da’vogar arizaga o‘zining 2-guruh nogironligini ko‘rsatuvchi hujjatlarni ilova 
qilgan. Sud davlat bojini kechiktirib turish haqidagi arizani qanoatlantirish hamda 
mol-mulkni o‘zganing egaligidan qaytarib olish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan 
qo‘zg‘atilgan fuqarolik ishi mazmunan ko‘rib chiqilgunga qadar davlat bojini 
to‘lashni kechiktirish haqida ajrim chiqargan. Ammo da’vogarning davlat bojining 
to‘lanmay qolgan qismi sud majlisining hal qiluv qarori chiqarish qismida ham 
to‘lanmaganligi sudga ma’lum qilindi. 
Da’vogar nogironligini ro‘kach qilib, ikkita e’tiroz (talab)ni bildirdi: 

Davlat bojidan ozod qilishni; 

Davlat boji va boshqa xarajatlarni javobgar tarafga yuklashni.
SAVOL??? 
•Vaziyatga huquqiy baho bering. 
•Sudyaning harakatlari to‘g‘ri (mi?) 
•Sudyaning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish tartibi qanday? 
•Prosessual qonun hujjatlarida sud xarajatlari bilan bog‘liq qanday prosessual 
imtiyozlar bor? Izohlang. 
•FPKning 132-moddasi ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlarda “Sud 
tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar» berilgan. Ushbu protsessual qoidani 
sharhlab bering. 


Birinchidan, kazusimizda Da’vogar Normo‘minova sudga javobgarlarga 
nisbatan mol-mulkni o‘zganing egaligidan qaytarib olish haqidagi da’vo arizasi 
bilan murojaat qilgan. Shuningdek, da’vogar yana sudga alohida ariza bilan 
murojaat etib, davlat bojini kechiktirib turishni so‘ragan. Sudya esa kechiktirib 
to’lash haqida ajrim chiqargan. Ammo da’vogarning davlat bojining to‘lanmay 
qolgan qismi sud majlisining hal qiluv qarori chiqarish qismida ham to‘lanmagan. 
Ikkinchidan, sudyaning ajrimi qonuniymi?
Bu savolga asos fuqarolik protsessual qonunchiligida keltirib o’tilgan. Ya’ni, FPK 
133-moddasiga binoan, davlat bojini to'lashni kechiktirishga qonunchilikda 
belgilangan hollarda yo'l qo'yiladi. Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan 
birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to'lashni 
kechiktirishga yoki bo'lib- bo'lib to'lashga yo'l qo'yishi, shuningdek bu 
xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin. Demak sudyaning harakatlari asosli.
Uchinchi savolga yuzlanadigan boʻlsak, sud hujjatlari ustidan norozi bo‘lib 
apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat berish mumkin. 
Sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish – sud himoyasi shakli. Bunday huquq 
quyidagilarga berilgan: fuqarolik ishlari boʻyicha sud hujjatining qonuniy, asosli va 
adolatli ekanligini qonunda belgilangan tartibda tekshirish haqida faqatgina, ishda 
ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo 
huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaхslar 
murojaat qilishga haqli. Ya'ni Fpk 400- moddasiga kôra, Taraflar va ishda ishtirok 
etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq 
va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar birinchi 
instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan yoki 
yuborilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida apellatsiya instansiyasi sudiga 
quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilishi va prokuror 
protest keltirishi mumkin: 
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda; 


2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan hollarda. 
Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) 
berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi e’tirozlar apellatsiya shikoyatiga 
(protestiga) kiritilishi mumkin 
FPK 142-moddasiga ko’ra sud xarajatlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha sud 
ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Demak da'vogar 
harakatlari asosli.
To'rtinchidan, protsessual qonun hujjatlardagi imtiyozlar FPK 133-moddasida 
sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishga yoki 
bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yishi, va “Davlat boji” to’g’risidagi qonunning 8-
moddasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod 
qilinadigan 42 turdagi jismoniy va yuridik shaxslar ko’rsatilgan. Lekin da'vogar 
ta'kidlaganidek, II guruh nogironlari uchun davlat bojidan ozod qilish 
belgilanmagan. Demak da'vogar talabi noto'g'ri.
Beshinchidan, Sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar deganda 
FPK 132- moddasi 1-qism 5- bandida nazarda tutilgan xarajatlar deb: FPKning
nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar; sud 
xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari sud 
majlisini videokonferentsaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar joyida 
ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar sud tomonidan tan olingan boshqa 
zarur xarajatlar va sud tomonidan oqilona miqdorlarda belgilanadigan, haqiqatda 
yo‘qotilgan vaqt uchun undiriladigan kompensatsiya, vakilning yordami uchun 
to‘lanadigan xarajatlar deb oʻylayman.
Da'vogarning birinchi talabini koʻrib chiqdik. Ikkinchi talabiga to'xtaladigan 
bo'lsak, sud agar ishda javobgar taraf yutqazgan bo'lsa, barcha sud xarajatlarini 
javobgar zimmasiga yuklashi mumkin. 
Xulosa qilib umumiy tarzda aytadigan bo'lsak, kazusda sudning(sudyaning) 
harakatlari qonuniy asosga ega. Da’vogarning birinchi talabi esa noo’rin 
hisoblanadi.


MANTIQIY SAVOLLAR: 
1. Sud hujjatlarini majburiy ijro etish bosqichida sudyaning vakolatlariga va 
prosetssual harakatlariga munosabat bildiring.
Sud hujjatlarini majburiy ijro etishning ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik protsessual kodeksining 5-bo‘limi “Sud hujjatlarining ijrosi” deb 
nomlanib, unda quyidagi normalar belgilangan: sud hujjatlarini ijroga qaratish; ijro 
varaqasi; ijro varaqasi berish; sud tomonidan ijro varaqasini yuborish; ijro 
varaqasining yoki sud buyrug‘ining dublikatini berish; ijro varaqasini ijroga taqdim 
etish muddati; ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi; ijro 
varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash; hal qiluv 
qarorining ijrosini kechiktirish yoki uning bo‘lib-bo‘lib ijro etilishi, uni ijro etish 
usuli va tartibini o‘zgartirish; ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish va tugatish; ijro 
ishini yuritishni tiklash; ijro varaqasini qaytarib olish va yangi ijro varaqasi berish; 
qaytarma ijro; sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning birinchi 
instansiya sudi tomonidan hal qilinishi; sud hujjatining kaytarma ijrosi to‘g‘risidagi 
masalaning apellyasiya, kassasiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan hal 
qilinishi; alohida toifadagi ishlar bo‘yicha qaytarma ijroning o‘ziga xos jihatlari va 
yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash. 
Ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari 
Jamiyatimizda olib borilayotgan keng qamrovli sud-huquq sohasidagi islohotlar 
zamirida sud hujjatlarini to‘laqonli ijro etish, buzilgan huquqlar va qonuniy 
manfaatlarni to‘laligicha tiklash va shu orqali sud hokimiyatining mavqeini oshirish, 
sudlar tomonidan chiqarilayotgan odil sudlov hujjatlarining ta’sirchanligi va 
samaradorligini oshirish muammosi yotadi. 
Buzilgan huquqlar va qonuniy manfaatlarni sud orqali himoya qilishga oid halqaro 
tajriba shundan dalolat beradiki, shaxs huquqlari va manfaatlarini to‘la-to‘kis 
himoya qilishda sudlov organlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish o‘ziga 
xos o‘rin tutadi. Darhaqiqat, qonuniy va asosli chiqarilgan deb qaraladigan sud hal 
qiluv qarori bilan huquq buzilgan bo‘lsa, bunda huquqni to‘la va har tomonlama 


tiklanishiga erishishning o‘zi bo‘lmaydi. Buning uchun avvalo ushbu sud qarori 
to‘liq ijro etilishi lozim bo‘ladi. Zero, sud hujjatlari lozim darajada ijro etilmas ekan, 
sudlar tomonidan qabul qilingan odil sudlov hujjatlarining tarbiyaviy va amaliy 
ahamiyatiga putur yetishi mumkin. 
FPK ning 446 -moddasiga binoan sud hujjatlari ular qonuniy kuchga 
kirgandan keyin ijroga 
qaratiladi, bundan uning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda darhol ijro etilishi 
hollari mustasno. Sud hujjatining majburiy ijrosi, agar FPKda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga 
oshiriladi. 
O'zbekiston Respublikasi FPKning 447-moddasi talabida ijro varaqasi sud 
tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy ijro etishga bo‘lgan 
huquqini tasdiqlovchi hujjat ekanligi qayd etilgan. 
Har bir sud hujjati bo‘yicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq, agar ijro turli 
joylarda yoki bir nechta undiruvchining foydasiga amalga oshiriladigan bo‘lsa, sud 
undiruvchilarning iltimosiga binoan ijro joyini yohud hal qiluv qarori ijrosining har 
bir ijro varaqasiga tegishli qismini aniq ko‘rsatgan holda bir necha ijro varaqasi 
beradi. Bir nechta javobgardan pul summalarini undirish to‘g‘risidagi hal qiluv 
qarori asosida javobgarlarning soni bo‘yicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, 
agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, har bir ijro 
varaqasida undiruvning umumiy summasi ko‘rsatilishi va solidar javobgar ekanligi 
ko‘rsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab o‘tilishi kerak. Ijro varaqasi sud 
hujjatini qabul qilgan sud tomonidan undiruvchiga beriladi yoki sud hujjati konuniy 
kuchga kirgandan so‘ng besh kun ichida undiruvchining iltimosnomasiga ko‘ra 
davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi, bundan sud hujjati chiqarilishi bilanoq 
ijro varaqasi berilib, darhol ijro etiladigan hollar mustasno. 
Sud qarorlari – qonuniylikni ta'minlash, keltirilgan zararni qoplashda huquqiy 
asos hisoblanadi. 2021-yil Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga 4 
millionga yaqin ijro hujjatlari kelib tushgan bo'lib, shundan 1 million 200 mingtasi 
bajarilmagan. Ya'ni, bugungi kun holatiga 17 trillion so'mlik hujjatlar ijrosi 


ta'minlanmay turibdi. Buning 7,2 trillion so'mi davlat undiruviga, qolgan 9,7 trillion 
so'mi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli. Ushbu mablag'larning undirilishi 
tadbirkorlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, kam ta'minlangan fuqarolarni 
qo'llab-quvvatlash, ko'plab ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim omil bo'ladi, deb 
o'ylayman. 


2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksiga ko‘ra “Prosessual 
muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ularni sud tayinlaydi”. Siz mazkur 
normani qanday sharhlaysiz? 
Fuqarolik ishlarining ko'rilishi muddatlar fuqarolik ishlari sudlarda 
belgilangan muddatlarda ko'riladi va hal qilinadi. FPKning 4-moddasida fuqarolik 
ishlarini to`g`ri va o`z vaqtida ko`rish lozimligi ko`rsatilgan. Huquqni himoya qilish 
yuzasidan sud faoliyatining sustlik bilan amalga oshirilishi fuqarolik ishida ishtirok 
etuvchi taraflarning qonuniy huquqlarini buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu 
tufayli Respublika Oliy sudi o`zining bir qator Plenum qarorlarida ayrim fuqarolik 
ishlarini, xususan alimentlar undirish, yetkazilgan zarar haqini undirish to'g'risidagi 
ishlarning sudlarda ko'rilishida sarsongarchilikka yo'l qo`ymaslik, protsessning 
chuzilishiga va noto'g'ri olib borilishiga qaratilgan har qanday harakatlarning oldini 
olish zarurligi ta'kidlangan. Respublika Oliy sudi "Fuqarolik ishlarini birinchi 
instansiya sudida ko'rilishda protsessual qonunlarni qo'llanishi to'g'risida"gi Plenum 
qarorida "Sudlar protsessual muddatlarga rioya qilish lozimligini ta'kidlab, sud 
qarorlarini ijrosini va fuqarolik ishlarini qonun bilan belgilangan muddatda 
ko`rishga kattik rioya qilishlari zarur", -deb ko'rsatma berdi. Fuqarolik ishlarining 
o'z vaqtida ko`rilishi muhim protsessual harakatlarni bajarish uchun muayyan 
muddatlar belgilash bilan ta'minlanadi. FPKning 126 - moddasida ko`rsatlishicha, 
protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda bajariladi. Protsessual 
muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda ularni sud tayinlaydi. Binobarin, 
protsessual muddatlar deb, fuqarolik ishlari sudda ko`rish va hal qilish uchun qonun 
bilan belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatlarga aytiladi. Ish ko`rish 
bilan bog'liq bo`lgan protsessual muddatlarning turlari to'g'risida shuni aytish 
kerakki, qonun fuqarolik ishlarini ko`rishning umumiy muddati bir oy belgilanadi. 
Huquqshunos olim S.A.. olim S.A.Alexinaning fikricha, "muddatlar, sudga 
qonunda belgilangan harakatlami amalga oshirish huquq va majburiyatini yuklaydi. 
Protsessual adabiyotlarda ular "xizmat muddatlari" deb nomlanadi". Buni izohlash 
maqsadida u fuqarolik protsessual kodeksida ko'rsatilgan turli xil muddatlarni 
nafaqat vaqt oralig'ini balki muayyan vazifalami yuklashini ko'rsatib o'tgan. 


Masalan, "Ishni tayyorlash va muhokama qilish, sud topshirig'ini bajarish, sud 
buyrug'ini topshirish, da'vo arizasini ish yurituviga qabul qilish va boshqalar. yuridik 
adabiyotlarda protsessual muddatlami ikki turga ajratilishi keng tarqalgan. Masalan, 
huquqshunos olim Sh.Sh.Shorahmetov protsessual muddatlarni qonun bilan 
belgilangan va sud tomonidan tayinlanadigan muddatga ajratadi. Menimcha, Sud 
tomonidan, ya`ni sud (sudya) tomonidan tayinlanadigan protsessual muddatlarni ( 
masalan, ish ko`rishni keyinga qoldirish, arizani harakatsiz qoldirish va boshqalar) 
sudya o`zining ichki ishonchidan, ishning obyektiv va subyektiv holatlaridan kelib 
chiqib tayinlaydi. 


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Shorahmetov Shoakbar Shorustamovich, Oʼzbekiston Respublikasi 
Fuqarolik protsessual huquqi (Darslik) Sh.Shkrahmetov; Oʼzbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent: Adolat, 2007. 
2. 1.Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi: Rasmiy nashr- 
Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – T.: “Adolat”, 2021 yil. – 400 bet.

Download 148,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish