“MODEM+” aksiyasini o‘tkazish shartlari
1. Aksiyaning umumiy shartlari
1.1. “MODEM+” aksiyasini (keyingi o‘rinlarda – Aksiya) o‘tkazish
muddati – 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 31-martga qadar.
1.2. Aksiyada tarmoq
qamrovi zonasida joylashgan, texnik imkoniyati
mavjud bo‘lgan
barcha jismoniy shaxslar, shuningdek,
fuqarolik-huquqiy
munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik
yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ishtirok etishi mumkin.
1.3. Aksiyada “O‘zbektelekom” AK (keyingi o‘rinlarda - Kompaniya)
Internet
tarmog‘iga
ulanish
xizmatlaridan
(keyingi
o‘rinlarda
–
telekommunikatsiya xizmatlari) foydalanuvchi Abonentlar ishtirok etishi mumkin.
1.4. Aksiya
doirasida abonentlarga ADSL, VDSL texnologiyalari bo‘yicha
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish davrida foydalanish uchun abonent
qurilmalari taqdim etiladi, keyinchalik ushbu Aksiya shartlari bajarilgandan so‘ng,
ularga egalik qilish huquqi Abonentga o‘tadi. “Abonent qurilmalari”
deyilganda,
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun so‘nggi mil uskunalari nazarda
tutiladi (ADSL/VDSL modemlari).
1.5. Ushbu Aksiya
doirasida avval ishlatilgan, texnik talablarga javob
beradigan va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishga yaroqli bo‘lgan
abonent qurilmalari taqdim etiladi.
2. Aksiyada ishtirok etish shartlari
2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun abonentlar
quyidagi tarif rejalarida
Kompaniyaning telekommunikatsiya xizmatlariga ulanishlari lozim:
ADSL texnologiyasidan foydalanuvchi abonentlar uchun - UNLIM 7
(99 000 so‘m);
VDSL texnologiyasidan foydalanuvchi abonentlar uchun - YANGI 1
(109 990 so‘m), YANGI 2 (139 990 so‘m).
2.2. Abonent Kompaniyaning telekommunikatsiya xizmatlaridan 2.1-bandda
ko‘rsatilgan tarif rejalari bo‘yicha uch oy (hisob-kitob davri) davomida
foydalanishi shart.
2.3. Aksiya doirasida ulangan abonentlar uchun
tarif rejasini shaxsiy
kabinetda o‘zgartirish imkoniyati 2.1-bandga muvofiq uch oy (hisob-kitob davri)
davomida cheklanadi.
2.4. Abonentning Aksiyada ishtiroki davomida abonent to‘lovi o‘z vaqtida
amalga oshirilishi majburiy shart hisoblanadi. Abonent
qurilmasi taqdim etilgan
kundan boshlab, Aksiya bo‘yicha ulangan telekommunikatsiya xizmatlari ushbu
shartlarning 2.2.
bandida belgilangan
muddatlar
mobaynida
moliyaviy
blokirovkaga o‘tmasdan faol holatda bo‘lishi kerak.
2.5. Amaldagi Abonentlar ulanish texnologiyasini ADSLdan VDSLga
o‘zgartirganda Aksiyada ishtirok etishlari mumkin.