Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Temuriylar saltanati davrida til vaziyati



Download 3,07 Mb.
bet9/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Temuriylar saltanati davrida til vaziyati. Temuriylar zamonida davlat tili turkiy til edi.

Temuriylar davlatida rasmiy, diplomatik ishlar asosan, turkiy tilda olib borilgan. Turonning sultoni Temurbekning o‘zi turkiy tilga katta e’tibor qaratgan. Uning yetti yuz to‘qson uchinchi yilning ko‘klamida (=1391 yilning apreli) To‘xtamishxonga qarshi yurish boshlagan chog‘da yozdirgan xotira bitigtoshining turkiy tilda va qadimgi turkiy (uyg‘ur) xatida bitilganligi bejiz emas. Temurbek taxtda ekanligi chog‘idagi ham, butun saltanat bo‘yi eski til va yozuv an’anasiga amal qilindi. Buni temuriylar tomonidan bitilgan rasmiy hujjatlar isbotlab turibdi. Chunonchi, Shohruhning hijriy 825 sigir yili muharram oyining 22 kuni (=1422 yilning 16 yanvari) Hirot yaqinidagi Bog‘i shaharda bitilgan suyurg‘al bitigi, Sulton Abu Saidning hijriy 873 yilning 22 rabiu-l-avvalida (=melodiy 1468) Uzun Hasanga yuborgan bitigi, Sulton Umarshayxning 1469 yili bitilgan yorliqlari turkiy tilda va uyg‘ur xatidadir.

Temuriylar davri til vaziyati xususida Alisher Navoiy muhim ma’lumotlarni berib o‘tgan. Navoiy Sharqda turkiy tilning obro‘ va mavqei to‘g‘risida alohida to‘xtalgan edi. Uning ta’kidlashicha, tillarning barchasidan arab tili nafisligi bilan ajralgan va balog‘at bezagi bilan mo‘’jiza ko‘rsatuvchandir-ki, hech takallum ahlining bunda da’vosi yo‘q, so‘zi sidq va ishi taslim bo‘lishdir. Malik-i olam jalla va a’loning kalom-i mo‘’jiznizomi ul til bilan nozil. Rasul alayhi-s salovati vas-salomning hadis-i saodat anjomi u lafz bilan vorid bo‘libdir...

Bundan so‘ngra uch nav til borkim, asl va mo‘’tabardir. Va ul tillarning har biri o‘z gapiruvchilarining so‘zlashuvlariga mosdir va har qaysisining tarmoqlari bag‘oyat ko‘pdir. Ammo turkiy, forsiy va hindiy asl tillarning chiqish o‘rnidir-ki, Nuh payg‘ambar salavatullahi alayhining uch o‘g‘liga: Yofas, Som va Homga tutashadi... Uch til-ki: turkiy, forsiy va hindiy bu uchovining avlod va qaramlari orasida tarqaldi (ML.167–168).

Navoiyning yozishicha, turkning ulug‘idan kichigigacha, navkaridan begigacha sart tilidan bahramanddirlar. Andoq-kim, o‘z tirikchiligi xususida so‘zlasha olurlar. Ba’zi fasohat-u balog‘at bilan ham takallum qilurlar. Hatto turk shoirlari forsiy til bilan rangin she’rlar va shirin guftor zohir qilurlar (ML.169).

Navoiyning yozishicha, mamlakat arab xalifalari va sultonlari qo‘lida ekan, falak ul kezda dibirg‘a arab tili bilan jilva berdi. Andoq-ki, Hasson Sobitdek va Laqitdek maliku-l-kalom suxanguzorlar va ma’ni yaratuvchi go‘zal so‘z egalari paydo bo‘ldilar va o‘z tillarida she’r adosining dodini berdilar. Bu munosabat bilan arab podshohlaridan Ibrohim Mahdiydek, Ma’mun xalifadek va bulardan o‘zga salotunzodalar, she’rlardan qasidalar aytdilar, foydalar keltirdilar.

Dunyoning ba’zi iqlim va o‘lkasida sart (fors) podshohlari mustaqil bo‘lgandan keyin forsigo‘y shoirlar paydo bo‘ldilar. Qasidada Xoqoniy, Anvariy, Kamol Ismoil, Zahir va Salmondek; masnaviyda ustod-i fan Firdavsiy, zamonining nodiri shayx Nizomiy va hind sehrgari Mir Xusravdek; g‘azalda o‘z vaqtining yaratuvchisi Shayx Muslihiddin Sa’diy va asrning yagonasi Xoja Hofiz Sheroziy kabilar yetishdi... Bu munosabat bilan sart sultonlaridan ham sulton Tug‘ruldek va shoh Shijodek yuqori qadrli podshohlar va baland martabali yulduz sipohlar rangin baytlar, shirin g‘azallar aytdilar, o‘z va o‘z zamonlarida mashhur bo‘ldilar va turmushlari varaqlarida yozildi.

Mamlakat arab va sart sultonlaridan turk xonlariga o‘tgandan so‘ng, Xulaguxon zamonidan sulton sohibqiron Temur Kurgon zamonigacha turk tili bilan ijod qiluvchi ta’rifga loyiq shoir paydo bo‘lmadi, varaqqa yozilguvchi asar zohir bo‘lmadi. Sultonlardan ham qasida aytishga loyig‘i bo‘lmadi. Ammo sulton sohibqiron Temur Kurgon zamonidan farzandi Shohruh sulton zamonining oxirigacha turk tilida yozuvchi shoirlar paydo bo‘ldilar va ul xazratning avlodlaridan ham xushta’b podshohlar paydo bo‘ldilar. Shoirlardan Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy va Gadoiy kabi. Lekin yuqorida aytilgan forsiy shoirlarga tenglashadigani paydo bo‘lmadi. Ularga yolg‘iz Mavlono Lutfiy tenglasha oldi. U kishining tab ahli qoshida o‘qisa bo‘ladigan bir necha ma’tlalari bor...

Podshohlar ichidan ham, sulton Boburdan boshqa hech qaysisidan she’riy asar chiqmadi va varaq yuziga naqsh qilarli biror narsa qolmadi... to bu vaqtgachaki... Abulg‘ozi Sulton Husayn Bahodirxon... podshohlik taxtiga o‘tirgach... so‘z ahlini yuqori darajaga ko‘tarish va rivojlantirish yuz berdi. Har ilmda foydali asarlar, har fanda natijali yozishmalar yaratdilar, qiziq kitoblar va ajoyib devon, g‘azal, qasida va masnaviy kabi she’r turlari hamma yoqqa yoyildi. O‘zlari ham, garchi ham forsiy, ham turki tilda aytmoqqa qodir bo‘lsalar-da, ammo asl tab’larining tortishi va shu tilning tarqalgan bo‘lishi munosabati bilan turkiy tilda devon yaratishga mayl qildilar va ko‘ngilga yoquvchi baytlar, tengi yo‘q g‘azallar tuzdilar (ML.188–190).

Temuriylar saltanatining ayrim hududlarida ikki tillilik ham amal qilgan. Buni biz Hirot adabiy muhitida ijod etgan adabiyot ahllari asarlarida yaqqol kuzatishimiz mumkin.




Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish