Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet17/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Sïpqarmaq ning sinonimi tamšïmaq dir, bunda Navoiyning so‘zi bilan aytganda, “ğāyat-i zavqdïn bat ičmäs, lazzat tapa-tapa az-az ičär”. Buning misoli quyidagi baytda yaxshi ko‘rinadi:

Sāqi ču ičip meŋä tutar qoš,

Tamšï-tamšï anï qïlay nuš.

Turkiy ash’orda “yig‘i” ma’nosi uslubiy jihatdan o‘zaro farq qiluvchi boxsamaq, yïğlamsïnmaq, iŋrämäk, siŋrämäk, sïqtamaq, ökürmäk, inčkirmäk, hay-hay yïğlamaq so‘zlari bilan ifoda etiladi.

Navoiy boxsamaq so‘zining ta’rifi uchun shunday baytni keltirgan:

Hajr anduhïda boxsap-men, bilä alman, netäy,

May ’ilājïmdur, qopup dayr-i fānāğa ’azm etäy.

Yïğlamsïnmaq kalimasida Navoiyning so‘zi bilan aytganda , “’āšïqlïqda yïğlamaqdïn kulliräk-u dāyimiräk amr yoqtur va anda tanavvu’ bar”. Misoli:

Zāhid ’išqïn desä qïlğay fāš,

Yïğlamsïnïnur-u közigä kelmäs yaš.

İŋrämäk va siŋrämäk so‘zlari-kim, “dard bilä yašurun āhista yïğlamaqdur va aralarïda tafāvut az tapïlur”. Misoli:

İstäsäm davr ahlïdïn ’išqïŋnï pinhān äylämäk,

Kečälär gah iŋrämäkdür ‘ādatïm, gah sïŋrämäk.

Sïqtamaq so‘zi-kim, “yïğlamaqda mubālağadur”. Misoli:

Ul ay-ki külä-külä qïtağlattï meni,

Yïğlattï meni demäy-ki, sïqtattï meni.

Navoiyning ta’rificha, “biyik ün bilä-kim e‘tidālsïz āšub bilä yïğlağaylar”, uni ökürmäk derlar. Keltirgan bayti:

İšim tağ üzrä har yan ašk selābïnï sürmākdür,

Firāq āšubïdïn har dam bulut yaŋlïğ ökürmäkdür.

Yana inčkirmäk so‘zi ham bor, ma’nisi “inčkä ün bilä yïğlamaqdur”. Bayti shunday:

Čarh zulmïda-ki boğzumnï qïrïp yïğlar-men,

İgirür čarh kibi inčkirip yïğlar-men.

Turkiy uslubda hay-hay yïğlamaq ham bor. Navoiy she’rining mashhur maqtai budir:

Navāyi, ul gul üčün hay-hay yïğlama köp,

Ki hay degünčä nä gulbun, nä ğunča, nä gul bar.

Yana turkcha yasanmaq uchun sart tilida ārasta, ārāyiš so‘zi bor, ammo bezänmäk o‘rnida hech narsa demaydilar. Bezänmäk – yasanmaq ning mubolag‘asidir. Buning misoli:

Erür bas ču husn-u malāhat seŋä,

Yasanmaq, bezänmäk nä hājat seŋä.

Turklar go‘zallarning ko‘z va qoshlari orasini qabağ derlar, forsiyda bu uzvning oti yo‘qdir. Yoki husn ta’rifida ulug‘roq xolni turklar meŋ deydilar, ular esa bunga ot qo‘ymaganlar. Masnaviyda bir jamoat go‘zal ta’rifida, bunday degan:

Meŋizläri gul-gul, mijalarï xār,

Qabağlarï keŋ-keŋ, ağïzlarï tār.

Navoiyning ta’kidicha, turkiy she’riyatda omonimlarning ham o‘rni katta. Tuyuq tildagi ana shu hodisaning mahsulidir, forsiy she’riyatda yo‘qdir. Masalan, at so‘zining bir ma’nisi “alam”dir, yana bir ma’nisi “markab”dir, boshqa bir ma’nisi “amr, buyruq”dir. Bu tajnisda shunday kelgan:

Čun pari-vu hurdur atïŋ begim,

Sur’at ičrä dev erür atïŋ begim.

Har xādangi-kim, ulus andïn qačar,

Nātavān jānïm sarï atïŋ begim.

Yana it so‘zida ham uch ma’no bor. Misoli:

Ey raqib, özni aŋa tutsaŋ ham it,

Bizgä rahm äyläp, anïŋ köyidin it.

Garči bar dozahča ’išqïŋ šu’lasï,

Bizni öz ilgiŋ bilä ul sarï it.

Turkiyda uch, to‘rt va undan ortiqroq ma’no anglatadigan so‘zlar ko‘p. Jumladan: sağïn so‘zining bir ma’nosi “yodga olmoqqa buyruq”, biri “sutli qo‘yning oti”, yana biri “ishqdan bo‘lgan mastlik”. Yoki tüz ning ma’nolari: tüz I – “o‘q” yoki “nayzaga o‘xshash narsa”, tüz II – “tekis joy”, tüz III – “to‘g‘ri kishi”, tüz IV – “cholg‘uni sozlamoqqa amr”, tüz V – “ikki kishi orasida yarashtirish” demakdir. Yoki kök ning birinchi ma’nosi – “osmon”, kök II – “ohang”, kök III – “köklä so‘zining o‘zagi”; köklä –“tikarda ko‘klamak”dir, kök IV – “bo‘yoq”, kök V – “maysa, ko‘kat”ni ham deydilar.

Navoiy turkiy tilning tovush xususiyatiga ham alohida ahamiyat beradi.

Asarda yegulik va ichimliklar, qarindosh-urug‘chilikka tegishli, madaniy-maishiy hayotga tegishli so‘zlar, qush va parrandalar, hayvonlarning atalishi, ot va uning jihozlari, kiyim-boshlar, mansablar, hunar va kasb otlari har ikki tilda qanday atalishiga ham o‘rin berilgan. Masalan, sartlar ulug‘ qardosh va kichik qardoshni birādar derlar. Turklar ulug‘ni – ağa, kichikni ini deydilar. Ular ulug‘ va kichik qiz qardoshni hāhar derlar, turklar ulug‘ni egäči, kichikni esa siŋil deydilar. Turklar kiyikning erkagini xona, tishisini (urg‘ochisini) qulčaqčï der, suyqunning erkagini buğu, tishisini maral der, sart esa āhu: va gavazn deydi, xolos. Turklar to‘ng‘izning erkagini qaban, tishisini megäjin, ushog‘ini čurpa deydilar, sartlar esa barchasini xu:k va gurāz ataydilar.

Qushlar ichida aniq va mashhuri ilbasun va o‘rdakdir. Sart ilbasunning o‘zini bilmaydi. Turk o‘rdakning erkagini sona, tishisini borčïn deydi. Sart bularning har ikkovini murğābî deb ataydi. Qushchilar o‘rdakning xillarini yaxshi biladilar: čörkä, erkä, suqsur, almabaš ... bular yetmish xilga boradi. Sart esa barchasini faqat murğābî deydi. Agar bir-biridan ajratmoqni istasa, turkcha ataydi va b.

Navoiy turkiy tilning o‘ziga xos morfologik xususiyatlariga ham e’tibor qaratadi. Masalan, arab sarfida bir bob borki, uni “mufoala bobi” deb ataydilar. Bunda bir so‘z aytilsa ham, ikki kishining ish-harakatini o‘z ichiga oladi (mushoara – she’r aytishmoq). Forsiyda yozuvchilar shuncha ustalik va mohirlik da’vosi bilan bu foydadan mahrumdirlar. Ammo turkning so‘z ustalari masdarga bir “shin” (ش) harfini qo‘shish bilan o‘sha maqsadni topganlar: tapïšmaq, qučušmaq. Navoiy turkiyning bundayin o‘ziga yarasha belgilariga ko‘plab o‘rnaklar keltiradi. U yozganidek, “bunday so‘zlarni yasagan ulug‘larga bag‘oyat yaxshi ishlari uchun, bosh egib, tahsinlar aytmoq kerak” (Va bu lafz vāzi’i ‘azîzlarğa jā-i taslîm-ü tahsîndur-ki bağāyat xub qïlïpdurlar).


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish