🤝Qardosh shahar. Qardoshlik munosabatlari nimani anglatadi?
Toshkent dunyodagi 26 shahar bilan, Samarqand esa 29 shahar bilan qardoshlik aloqalariga ega. Aprel oyining so‘nggi yakshanbasida Butunjahon qardosh shaharlar kuni nishonlanadi. O‘zbekiston shaharlari qancha qardoshlarga ega va bu munosabatlar nimani anglatadi — «Gazeta.uz» maqolasida.
Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 58,55% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning raqibi Marin Le Pen 41,45% ovoz to‘pladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari Toshkent shahri va viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan 9 nafar shaxsni hibsga oldi. Ularning oldidan 34 mln so‘mlik 1351 dona dori vositasi topilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston delegatsiyasi unga oltin va kumushdan yasalgan «Poi Kalon ansambli» ning 3D shaklidagi suratini sovg‘a qildi. «Men [sovg‘aga] qarayapman va uni qo‘yishga joy qidirayapman. Prezident lol qoldirishni biladi», — deb yozadi Checheniston rahbari.
Pastdarg‘om tumanida fermer 6 gektar yerni noqonuniy tarzda 170 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Gumondor yer maydonini fuqaro nomiga tuman hokimligidagi tanishlari orqali rasmiylashtirishni va’da qilganligi aytilmoqda.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Chorshanba va payshanba kunlari markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +27…+32 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli shaxs OITS bilan kasallanganiga qaramasdan tish shifokori sifatida faoliyatini davom ettirgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
1 sentabrdan shifokorlarga alohida tibbiyot muassasasi ochmasdan o‘z uyida yoki ijaraga olgan binosida yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, oilaviy poliklinikalarning kunduzgi statsionar ish vaqti 20:00 gacha uzaytiriladi.
2022−2023 o‘quv yili uchun respublika OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari e’lon qilindi. Abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.
Davlat geologiya va mineral resurslari davlat qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi. Uning boshlang‘ich bahosi 75,6 mlrd so‘m etib belgilangan edi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Avvalroq unga qo‘mita huzuridagi Fiskal institut rahbarligi ham yuklatilgan edi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakatning bir qator hududlarida 500 MVt gacha quvvatga ega shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik tuzilmasini shakllantirishda maslahat beradi.
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikada harbiy parad o`tkazish nazarda tutilmagani ma’lum qilindi. Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Oybek Mamadaliyev oldingi yillar ham bunday namoyishlar bo`lmaganini aytdi.
USM xoldingi tarkibiga kiruvchi «Metalloinvest» kompaniyasining Toshkent metallurgiya zavodi aksiyadoriga aylangani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘ragan. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov hukumat ushbu masalani o‘rganishini bildirdi.
Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvay qurish loyihasida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Belarus tomoni infratuzilma, loyihalashtirish va harakat tarkibini yetkazib berish bilan bog‘liq yechimlarni taklif qilmoqda. «Agar shunday qaror qabul qilinsa, biz O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz», — dedi Golovchenko.