Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet20/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Morfologik o‘zgachaliklar. Devonda o‘sha davr dialektlari orasidagi morfologik o‘ziga xosliklar ham yoritilgan. Jumladan, ko‘pchilik turklarda buyruq birlik uchun bar, ikki kishi bo‘lsa, barïŋlar ikigü (ikkovingiz boring), ko‘plik uchun barïŋlar qamuğ shaklida qo‘llanilgan. Barïŋ shakli hurmatni ifodalagan. O‘g‘uz va qipchoqlar birlikda bar, ko‘plikda esa barïŋ deydilar. Hurmat ma’nosida barïŋïz deydilar (II.51).

Turklar o‘tgan zamonda hurmat ma’nosida bardïŋïz deydilar. O‘g‘uzlar esa buni faqat ko‘plikda (hammangiz bordingiz) qo‘llaganlar (II.52).

Fe’lning o‘tgan zamon shaklini hosil qilishda dialektlar ikki guruhga ajraladi: yag‘mo, tuxsi, chigil, arg‘u, uyg‘ur, to Chingacha bo‘lgan hamma qabilalar -dï, -di // -tï, -ti affiksini qo‘shib yasaydilar: bardï “bordi”, keldi “keldi” kabi. Bu shaklni o‘g‘uz va qipchoqlarning ba’zilari – suvorinlar -duq, -dük affiksi orqali yasaganlar. Bularda birlik va ko‘plik shaklda farq qilmagan: men ya qurduq “men yoy qurdim”, biz ya qurduq “biz yoy qurdik” (II.64), ol keldük “u keldi”, biz keldük “biz keldik” (II.65). Bo‘lishsiz shaklini ham solishtiring: barmadï (turklarda) – barmaduq (o‘g‘uzlarda) “bormadi” (II.66). Fe’lning kelasi zamon shakli o‘g‘uzlarda qisqargan affiks orqali yasalgan: boshqa turklarda barïrman – o‘g‘uzlarda barïran “boraman”, boshqalarda ya qurar-men – o‘g‘uzlarda ya quraran “yoy quraman” (II.68).

II sh. birlikda shaxs-son affiksi bilan yasalgan: tapïndïŋ. Ba’zi arg‘ular tilida u -ğ (-g) ga aylantirilgan: tapïnduğ “topinding”, sen anï qačurduğ “sen uni qochirding” (II.194).

Chigil, qashqar, arg‘u, barsag‘an, uyg‘ur va yuqori Chingacha bo‘lgan qabilalarning hammasi -ğučï, -güči // -qučï, -küči affiksli sifatdoshni qo‘llaganlar: qapğučï “o‘g‘irlovchi”, suwğarğučï “sug‘aruvchi”, sağqučï “sog‘uvchi” (II.55). O‘g‘uz, qipchoq, yag‘mo, ug‘roq, suvorin, bajanak, to ruslargacha bo‘lganlar uning o‘rnida sifatdoshning -dačï, -däči //-tačï, -täči affiksli shaklini qo‘llaganlar: bardačï “boruvchi”, turdačï “turuvchi” (II.53).

Chigil, yag‘mo, tuxsi, arg‘u, uyg‘ur, to yuqori Chingacha bo‘lgan hamma qabilalarda “ismi zamon”, “ismi makon” fe’l o‘zagiga -ğu, -gü // -qu, -kü affiksi qo‘shib yasalgan bo‘lsa, o‘g‘uzlar, qipchoq, pachanak, bulg‘orlarda fe’lning buyruq shakliga -asï, -äsi affiksi qo‘shib yasalgan: Bu ya qurğu oğur ermäs. – Bu ya qurasï oğur tägül “Bu yoy quradigan payt emas”, Bu turğu yer ermäs. – Bu turasï yer tägül “Bu turadigan joy emas” (II.71).




Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish