Leksik o‘zgachaliklar. Mahmud Koshg‘ariy o‘z davridagi dialektlarning leksik xususiyatlarini ham ko‘rsatishga harakat qilgan. Mazkur asarda o‘sha davrda iste’molda bo‘lgan so‘zlar o‘rin olgan bo‘lib, umumxalq tilining leksik boyligi aks ettirilgan. Ayrim o‘rinlarda turkiy bo‘lmagan so‘zlar ham (jumladan, sug‘dcha) keltiriladiki, bu esa o‘zlashgan so‘zlarning ma’lum qismi ham lug‘atdan o‘rin olganini ko‘rsatadi. Muallif so‘zlarni izohlar ekan, o‘rni bilan ularning qaysi bir dialektga mansub ekanligi, dialektlardagi o‘ziga xos ma’no xususiyatlari va boshqa muhim tomonlari haqida ham to‘xtalib o‘tadi. Bu esa ana shu so‘zning dialektal xarakterini ochib beradi. Shu o‘rinda Mahmud Koshg‘ariy tomonidan ma’lum bir dialektga mansub deb izohlangan so‘zlardan keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |