Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet23/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Yag‘mocha so‘zlar: čarun “chipor daraxti” (I.392), čignä “surgi” (I.408).

Bulg‘orcha so‘zlar: awus “mum” (I.91).

Barsag‘ancha so‘zlar: arïğ “chodir pardasi” (I.94), tünäk “zindon” (I.387), sökti “kepak” (I.394), ačï “keksa xotin” (I.114).

Qashqarcha so‘zlar: sibüt “kashnich” (I.337), butïq “kichik mesh” (I.358).

Turkmancha so‘zlar: qarït “o‘g‘irlash, talash” (I.338), taquq “tovuq” (II.330).

Kanjakcha so‘zlar: kenbä “bir o‘simlik” (I.393), körkä “yog‘och kosa” (I.405).

Devonda bir guruh so‘zlar bir qancha dialektlar uchun umumiy bo‘lgan deb ko‘rsatiladi. Jumladan, quyidagi so‘zlar o‘g‘uz va qipchoqlarda qo‘llanilishi ta’kidlangan: alïğ “har narsaning qaytarilishi” (I.95), arïq “oriq, zaif” (I.97), čufğa (čuwğa?) “yo‘l boshlovchi, rahbar” (I.400). Yoki yana misollarni kuzating: ebmäk “non” (yag‘mo, tuxsi va ba’zi o‘g‘uz va qipchoqlar so‘zi) (I.126), urğa “katta daraxt” (o‘g‘uz va arg‘ucha) (I.148), benäk “urug‘” (arg‘u va ba’zi dialektlarda) (I.367).

Ayrim so‘zlar bir dialektda ma’lum bir shaklda bo‘lsa, ikkinchi dialektda uning o‘rnida boshqa so‘z qo‘llanilgan. Bu narsa Mahmud Koshg‘ariy tomonidan ham alohida qayd etilgan: Masalan, boshqa turklar idish, kosa, piyolani ayaq desalar, o‘g‘uzlar uning o‘rnida janaq (čanaq?) so‘zini qo‘llaganlar (I.112), turklar aδïn (boshqa, bo‘lak) desalar, o‘g‘uzlar aδruq deganlar (I.124), boshqalar kamar, to‘qa va egarning boshiga o‘rnatish uchun oltin-kumushdan ishlangan ziynatni üstäm, o‘g‘uzlar esa saxt deganlar (I.131), turklar almïla (ya’ni olma) desalar, o‘g‘uzlar alma so‘zini qo‘llaganlar (I.150), boshqa turklar har bir oq rangni örüŋ, o‘g‘uzlar aq // a:q deganlar (I.153), boshqalar sharob, musallas, mayni süčik, Ila vodiysida yashovchilar (yag‘mo, tuxsi va chigillar) mayni qïzïl süčik deb ataganlar (I.387). Ko‘pchilik turklar čïqtï desalar, yag‘mo, tuxsi, yaboqu, qipchoq va ba’zi turkman urug‘lari xuddi shu ma’noda tašïqtï so‘zini qo‘llaganlar: er ewdin tašïqtï “odam uydan tashqari chiqdi” (II.131).

Leksik qatlam orasida bir dialektda ma’lum ma’noda, boshqasida ikkinchi ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlar ham bo‘lgan: Chigil turklarida uluš “qishloq” ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, Balasag‘un va ularning yuqori yonidagi arg‘ular tilida “shahar” ma’nosini anglatgan (I.94), boshqa turklarda iŋäk so‘zi “sigir” ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘g‘uzlar toshbaqaning urg‘ochisini shu so‘z bilan ataganlar (I.135), boshqalar oshxonani ašlïq, o‘g‘uzlar bug‘doyni ašlïq deganlar (I.137), boshqa turklar burgutni va Mushtariy yulduzini qara quš deb atagan bo‘lsalar, o‘g‘uzlar tuya oyoqlarini uchiga ham shu so‘zni qo‘llaganlar (I.319). “Kend – o‘g‘uzlar va ular bilan yaqin turuvchilar tilida qishloq. Ko‘pchilik turklar nazdida viloyatdir” (I.330), boshqa turklar qurt (hasharot)ni qurt deganlar, faqat o‘g‘uzlar bo‘rini shunday deb atagan (I.328), boshqalar odamlar orasidagi shodlik va kulgini baδram, o‘g‘uzlar hayit kunini bayram deydilar (I.447). Turklar sen so‘zini kichiklarga, xizmatchilarga hamda so‘zlovchidan daraja, martaba, yoshda quyi bo‘lgan kishilarga nisbatan qo‘llaganlar. O‘zlaridan yuqori hurmatli kishilarni siz deganlar. O‘g‘uzlar esa, aksincha, kattalarga sen, kichiklarga siz deb qo‘llaydilar. Ko‘plikda ham shuni ishlatganlar (I.326). Ko‘pchilik turklarda čapïldï so‘zi “suvaldi, chapildi” ma’nolarini anglatgan bo‘lsa, uyg‘urlarda bu so‘z “bo‘yniga urmoq” ma’nosidadir (II.135).

Polisemantik so‘zlarning ba’zi bir ma’nolari ayrim dialektlardagina amal qilgan. Chunonchi, o‘g‘uzlarda čaqdï so‘zining “eshittirdi, aytdi” ma’nosi ham qo‘llanilgan: ol sözüg anïŋ qulaqqa čaqdï “u so‘zni uning qulog‘iga eshittirdi” (II.24). Soqdï (maydaladi; cho‘qidi; chaqdi) so‘zining “chaqmoq” ma’nosi o‘g‘uzlarga xosdir: anï yïlan soqdï “uni ilon chaqdi” (II.26).

Bir guruh so‘zlar dialektlarda stilistik jihatdan ham chegaralangan edi. Jumladan, qïldï salbiy ma’noda ham qo‘llanilgani sababli, o‘g‘uzlar undan qochib, uning o‘rnida etti so‘zini qo‘llaydilar: er yükünč etti “odam namoz o‘qidi”. Turklar esa qïldï so‘zini qo‘llaganlar (II.33). Yoki turklardagi tegindi – “erishdi, muyassar bo‘ldi” ma’nosidagi so‘zini, devon muallifining yozishicha, o‘g‘uzlar “yoqtirmaydilar” (II.166).

O‘zlashgan so‘zlarning miqdori bo‘yicha ham dialektlar orasida farq bo‘lgan. Buni Mahmud Koshg‘ariyning quyidagi ma’lumotida ham ko‘ramiz: “O‘g‘uzlar forslar bilan aralashgach, ba’zi so‘zlarni unutdilar va ularning o‘rniga forscha so‘zlar qo‘llay boshladilar: qumğan o‘rnida āftāba; baqan o‘rnida qalïda (bo‘yin tumor)” (I.406).


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish