KO‘K TURK YOZUVI
Qadimgi turkiy bitiglarda Birinchi va Ikkinchi turk xoqonliqlari davrida (VI–VIII yuzyilliklar) yashagan turkiy xalqlar “ko‘k turk” (kök türk) deb atalgan. Bu atamadagi “ko‘k” sifati “rang” (ko‘k, zangori rang) ma’nosida emas, u “ildiz, asl, tub” anglamidadir. Bitiglardagi otidan kelib chiqib, hozirgi zamon turkshunosligida qadimgi turk davlatlarini “ko‘k turk xoqonliqlari”, ular qo‘llagan yozuvni “ko‘k turk alifbosi” deb atalmoqda. Ko‘k turk yozuvi turklarning eng eski, taxminlarga ko‘ra meloddan burungi davrlarda ota-bobolari tomonidan yaratilgan o‘z yozuvlari edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |