G‘arb tilshunosligida grafema tushunchasi bor. Bu “yozuv” degani. Tilshunoslikning yozuv tarixi, uning kelib chiqishi va takomili, belgi va tovush munosabati singari nazariy masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi grafemika deyiladi. Grafemikaning yozuv ko‘rinishlari, xat san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan ichki yo‘nalishlari ham bor. Harf ko‘rinishlari, ularning shakliy taraqqiyotini o‘rganuvchi soha paleografiya deyiladi. O‘tmishdan qolgan qabrtosh yozuvlari, yog‘och yoki sopol buyumlar, toshlarga bitilgan yozuvlar, devoriy xatlarni o‘rganuvchi soha epigrafika, tangalardagi yozuvlarni o‘rganuvchi soha esa numizmatika deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |