Texnikumdagi ishchi xodimlarning ahilligi bir jamoa ekanligi kelajakda men ham shu yerda ishlash orzusini tug`dirdi



Download 236,26 Kb.
bet1/8
Sana20.07.2022
Hajmi236,26 Kb.
#828022
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hisobot


Men Erkayev Javlonbek Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti kompyuter injiniring fakulteti axborot xavfsizligi yo`nalishi 4-kurs talabasiman. Men 7-martdan 17-maygacha Urganchn axborot texnologiyalari texnikumida amaliyot o`tadim. Men amaliyot davomida bir qancha kerakli ma`lumotlarga ega bo`ldim. Shu jumladan, bu yerda men axloq-odob qoidalarini, muomila madaniyati va texnika xavfsizligi bilan tanishdim. Men amaliyot davomida bankda olib borilayotgan ish faoliyatlari to`g`risida vaxodimlarning bir jamoa ekanligi bankdagi ichki va tashqi muhitning yaxshi ekanligini ko`rib o`zimga bir qancha xulosalar chiqardim.
Texnikumdagi ishchi xodimlarning ahilligi bir jamoa ekanligi kelajakda men ham shu yerda ishlash orzusini tug`dirdi.
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda IT sohalariga bo’lgan talabning yuqoriligi sababli har bir hududlarda IT park va texnikumlar tashkil qilindi.
Bugungi kunda ayrim hududlarda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari soni 130 taga yetdi, mijozlar soni esa kuniga 300 dan 1,5 minggacha odamni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi aholi va tadbirkorlik subyektlarining soni doimiy ravishda oʻsib borishi mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishini talab etmoqda.
Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davom ettirilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5278-son Farmoniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) zimmasiga yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini Agentlikka oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Agentlikka Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini yuritish va texnik qoʻllab-quvvatlash hamda uni Yuridik shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va idoralararo elektron hamkorlikni bepul taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin.
4. Quyidagilar:2020-yil 1-apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlari koʻrsatishda qoʻllaniladigan elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish uchun mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan Davlat xizmatlarini koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Mazkur Farmonning 2-ilovasida koʻrsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron maʼlumot bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish hamda maʼlumotlarni raqamlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda (keyingi oʻrinlarda — mahallalar) yuridik shaxs tashkil etmagan holda Davlat xizmatlari markazlari filiallarini (keyingi oʻrinlarda — Filiallar) bosqichma-bosqich tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Quyidagilar Filiallarning asosiy vazifalari etib belgilansin: jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini koʻrsatish; 
fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlangʻich koʻnikmalari boʻyicha maslahatlar berish;
tegishli hudud aholisini koʻrsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borish.
8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining Filiallarni mahallalarning fuqarolar yigʻinlari binolarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
9. Belgilansinki: Filiallar, zarur hollarda, alohida, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida, shuningdek, Agentlik, adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qurilgan binolarda joylashtirilishi mumkin;
Filiallarni tashkil etish, shu jumladan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlik, adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, Filiallar uchun alohida binolarni mebel, tashkiliy texnika va jihozlar bilan taʼminlash esa mahalliy byudjetlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikning buyurtmanomalari boʻyicha Filiallarning belgilangan tartibda Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
11. Agentlik tuzilmasida Agentlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 5 ta shtat birligini ajratgan holda Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Agentlik, adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan:
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDYO arxivlari va Filiallar uchun qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikka ishga jalb etish huquqi berilsin.
13. Sugʻurta kompaniyalariga Davlat xizmatlari markazlari egallab turgan binolarda va hududlarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini tuzish hamda majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xizmatlar reklamasini joylashtirish huquqi berilsin.
14. Belgilansinki: tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablagʻlar hamda Davlat xizmatlari markazlari va Filiallar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar Agentlikning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun davlat bojlari va boshqa toʻlovlar summasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan 1 foizi miqdoridagi mablagʻlar 0,5 foizga kamaytiriladi;
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda taʼlimning minimal darajasi va ishchilarga kasbi boʻyicha malakaviy razryadlarni belgilash qismida Agentlikda qoʻllash uchun, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega boʻladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi: Agentlik bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar talab eng yuqori boʻlgan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan mobil ilovaning toʻliq shakli joriy etilishi va keyinchalik tizimli asosda takomillashtirib borilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanmasdan identifikatsiyalashning muqobil mexanizmlarini joriy qilgan holda Internet tarmogʻi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini joriy etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2020-yil 1-aprelga qadar Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tahlil qilsin va davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi idoralararo va ichki idoraviy tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha choralarni koʻrsin;
Davlat xizmatlari markazlari va ularning Filiallari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini, shu jumladan, psixologiya boʻyicha kurslardan oʻtgan holda oshirish tizimining doimiy asosda takomillashtirilishini taʼminlasin;
2020-yil 1-mayga qadar Filiallarni mahalla yoki bir nechta mahallalarning ehtiyojini, shu jumladan ulardagi aholi soni, Davlat xizmatlari markazlaridan uzoqligini tahlil qilish asosida tashkil etish boʻyicha minimal tashkiliy-texnik talablar, shuningdek, Filiallar tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlarini aholi gavjum boʻlgan va jamoat joylarida (diniy muassasalar, aeroportlar, vokzallar, metro bekatlari, savdo-koʻngilochar komplekslar) oʻrnatiladigan interaktiv infokiosklar orqali oʻziga oʻzi xizmat qilish tamoyili asosida koʻrsatish tartibini joriy etsin;
2021-yil 1-yanvarga qadar davlat xizmatlari koʻrsatishning minimal talablari va standartlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari U.Sh. Tashxodjayev — mazkur Farmonning sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi, masʼul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ular rahbarlarining koʻrilgan choralar haqidagi har oylik hisobotlarini eshitish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov — Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi boʻyicha barcha zarur choralar koʻrilishi, mazkur Farmonning oʻz vaqtida ijro etilishida masʼul tashkilotlarga har tomonlama uslubiy va amaliy yordam berilishini taʼminlasin, shuningdek, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga uning amalga oshirilishi jarayoni toʻgʻrisida batafsil maʼlumot taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori X.S. Turaxujayev — mahallalarning ehtiyojini, aholi soni va markazlardan uzoqligini inobatga olgan holda ularda filiallar tashkil etilishi va keyinchalik faoliyat yuritishi, ularning yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishi, Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi uzluksiz ishlashi va doimiy takomillashtirib borilishi, Agentlik tizimi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy standartlari joriy etilishini taʼminlasin;
masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari — idoraviy axborot tizimlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilinishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun maʼlumotlar raqamlashtirilishini taʼminlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — axborot tizimlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin, shuningdek, filiallarni tashkil etish va ularning samarali faoliyat yuritishida yordam koʻrsatsin.

2020-yil 1-apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari

Download 236,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish