Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet13/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Qafiyasïda aybğïnasï bar. Amā Mavlānā köp türkāna aytur erdi. Qafiya ihtiyatïğa muqayyad emäs erdi (Maj.57).

Mavlānā köp türkāna aytur erdi” deganda Atoyining she’rlari o‘ta samimiy, sodda ekanligiga ishora qilinmoqda. Eski o‘zbek tilida türk so‘zining “sodda, samimiy” ma’nosi ham bor, köp türkāna – “juda sodda” degani. Qiyoslang, hozirgi o‘zb.: türkana dāri – sodda usulda, o‘t-giyohlardan tayyorlangan dori.

Turkiy adabiy tilning rivojida Sulton Husayn Boyqaro (Abulg‘oziy Sulton Husayn Bahodirxon)ning xizmatlarini alohida ta’kidlamoq kerak. Husayn Boyqaro hukumdor va ma’naviyat jonkuyari sifatida, turkiyning davlat tili darajasida keng amal qiluvi va katta mavqega ko‘tariluvida, badiiy adabiyot tili sifatida gullab-yashnashiga bor imkoniyatni yaratib berdi.

Muhimi, Husayn Boyqaroning o‘zi ham turkiyda devon bitdi. Uning ijodi xususida “Ul hazratnïŋ xob aš’ārï va marğub abyātï bağāyat köp-dür va divān ham murattab bolup-tur” deb yozgan edi Alisher Navoiy. U “Majolisu-n-nafois”ning sakkizinchi majlisini (Maj.136–149) Husayn Boyqaro ijodiga bag‘ishlagan. Tazkirada uning baytlarini tahlil etib, shoir ijodiga yuksak baho beradi.

O‘zbek adabiy tili rivojida Zahiriddin Muhammad Bobur (Zahiriddin Muhammad Bobur podshoh bin Mirzo Umarshayx bin Sulton Abusaid Ko‘ragon bin sulton Muhammad bin Amironshoh Mirzo bin Amir Temur Ko‘ragon)ning xizmatlari benihoya ulug‘. U o‘tmishda ulug‘ hukumdor va sarkarda, buyuk adib, mashhur tarixchi, adabiyotshunos va tilshunos, ajoyib san’atlar egasi sifatida iz qoldirgan.

Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” tazkirasining Chig‘atoy sultonlariga bag‘ishlangan bo‘limida Zahiriddin Muhammad Boburni hurmat bilan yodga oladi (MA.51–54). U yozadi: “Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r shijoatlisi edi…... Bobur podshohning fazilatlari bisyor va kamolotlari beshumordir. Aruz bo‘yicha yozgan risolasi bir dengizdir-kim, ichi to‘la javohiru durdona, fiqh masalalarini dag‘i bir risolada mubayyan qilgan-kim, yozg‘uvchisi donishmandligidin bir nishona; turkiy va forsiyda yaxshi she’rlari bor. O‘shal fiqh risolasining nomi “Mubayyan”dir”.

Tazkiranavis Bobur she’rlaridan o‘rnaklar beradi. Uning Bobur baytlari orasida “G‘oyatda dilpazir va ajoyibu benazir chiqqan matla’” deb baholagan bir bayti bu:

Ölüm uyqusïdïn boldum jihān fikridin āsuda,

Meni istäsäŋiz, ey dostlar, tapqaysïz uyquda.

“Ko‘p sudmand va va’zda aytish uchun dilpisand” deya baholagan boshqa bir bayti:

Ne-kim taqdir bolsa, ul bolur, tahqiq bilgäy-sen,

Erür jaŋ-u jadal, ranj-u riyāzat – barča behuda (MA.53–54).

Mirza Muhammad Haydar o‘zining “Tarix-i Rashidiy” asarida Bobur haqida shunday yozadi (misolni asarning XIX asrda amalga oshirilgan turkiy tarjimasidan keltiramiz): Bābur pādšāh pādšāh-e edi-kim, anvā’ fazāil birlä ārasta-vu fasāil hamida birlä parasita va hamma xislatdïn šijāat-u martabasï ziyāda erdi. Amir ’Ališir Navāyîdïn heč kim anïŋ-deg türkî še’r aytmağan erdi. Türkî divānï bar-dur-ki, nazākat-u latāfat va dağï nazm masāilï bar-dur-kim, Mubayyan atlïğ risāla-dur. Nihāyati mufid-u hamma xalqğa maqbul va yana türkî Risāla-i aruz tasnif qïlïp-dur-ki, anïŋdïn ilgäri heč kim ’ilm-i aruznï türkî ibāratï birlä bu nav’ latāfatlik adä qïlmağan-dur. Va yana hazrat Ešānnïŋ atalarïnïŋ risālasïnï Risāla-i vālidiyya ta’zim nazm qïlïp-dur.

Vaqāi’ atlïğ türkî tarix kitabï tasnif qïlïp-dur-ki, nihāyati salä­satlig-u ibäratï pākiza ham-ki, yaqïn bu kitäbda ul tarixdïn ba’zi rivāyatlar bayānğa kelgüsi-dür. Anïŋdïn ilgäri pādšāhlar arasïda ’ilm-i musiqî va özgä anvā’ ’ilm-i fazl bayānïda barābarï kelmägän bol­ğay (TR.179). Yuqoridagi ma’lumotlardan anglashiladiki, Boburning “ilm-i musiqiy” va “ilm-i fazl” sohasida ham boshqa podishohlarda uchramaydigan iste’dodi bo‘lgan.

Shoh va shoir o‘tganlardan yana biri Muhammad Shayboniydir (Muhammad Shayboniy ibn Shoh Budog‘ bin Abulxayrxon). U tarixda xon, hukumdorgina emas, shoir, tilshunos sifatida ham iz qoldirgan. Hozirgi zamon kitoblarida muallifning taxallusi Shayboniy, Shayboniyxon deb berilmoqda. Biroq uning devonida shoir taxallusi ŠBANÎ, ŠBAN, ŠİBANÎ, ŠİBAN deb yozilgan. Shunga ko‘ra uning taxallusini Shibaniy yoki Shiboniy deb atagan ma’qul.

Mirza Muhammad Haydar qalamiga mansub “Tarixi Rashidiy” asarining turkiy tarjimasida u Šāhibeg~Šāhibeg xan deb tilga olingan.

Hasanxoja Nisoriy o‘zining “Muzakkiri ahbob” tazkirasida Muhammad Shayboniyni shoir va olim, fozil kishi sifatida hurmat bilan yodga olgan. U yozadi: “Sohibqiron xon ilmu fazilatlardan xabardor, aniqrog‘i, ularni to‘la egallagan kishi edi. She’riyat sohasi va shoirlarga e’tiqod-e’tibori katta bo‘lgan. Mudom olimu fozillarni o‘ziga hamsuhbat qilgan. Yaxshi she’r­lari bor” (MA.20). Tazkiranavis shu o‘rinda uning she’rlaridagi soddalik, kishilarga manzur bo‘larli tomonlarni ko‘rsatish uchun quyidagi tuyuqni misol keltirgan:

Soğd ičidä oltururlar yabular,

Yabularnïŋ miŋän atï yabular.

Yabularnïŋ ilgidin el tïnmadï,

Ya bular bolsun bu yerda ya bular.

Adabiyot tarixida Sulton Saidxon (Sulton Saidxon ibn Ahmadxon ibn Sulton Yunusxon ibn Sulton Uvaysxon ibn Sher Alixon ibn Muhammadxon ibn Xizr Xojaxon ibn Tug‘luq Temurxon) ham yaxshi iz qoldirgan. Bobur podshoh Sulton Saidxonning xolavachchasi edi. Mirza Muhammad Haydar o‘zining “Tarix-i Rashidiy” asarida Sulton Saidxonni ta’riflab, “’İlmda allāma edi-ki, xāh fārsî, xāh türkî bolsun še’r aytmaqda va inšā rastlamaqda benazir erdi. Xan majlislarda še’rlarïnï-ki aytïp erdi” deb yozgan (TR.147). Muarrix shoirning o‘ziga ma’qul tushgan baytlaridan ham o‘rnaklar keltirgan. Mana o‘sha baytlar:

Qaysï gulšannïŋ yüzüŋ-deg bir gul-i ranāsï bar,

Qaysï gulnïŋ bir meniŋ-deg bulbul-i šaydāsï bar.

Hur birlä jannatu-l ma’vanï köŋlüm näyläsün,

Yārnïŋ köyidä yüz mïŋ jannatu-l ma’vasï bar.

Yüz üzrä kākul-i zulfï parišān bolğusï,

Ey Said, āšufta köŋlümniŋ ajab savdāsï bar.

Šukrullah, hālatïm zāhir bolup-tur yārğa,

Emdi yār alïda özni körsätäy ixtiyārğa.

Sayr üčün kirsä gulstān ičrä ul sarvardan,

Banda bolsun sarv āzād ul qad raftārğa.

Ahd qïldïŋ-ki, vafā qïlğay-sen,

Yoq-ki, jānïmğa jafā qïlğay-sen.

Atma sen ğamza oqï birlä meni,

Qorqaman-ki, xatā qïlğay-sen.

Meŋä dersän-ki, vafā qïlğum-dur,

Elgä qïlğanča meŋä qïlğay-sen.

Xullas, turkiy yozma adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish­da shoir va yozuvchilar, tarixchilar, tilshunoslarning hamda tarjimonlarning xizmati katta bo‘ldi. Kotiblar esa matn savodxonligini ta’minlab berganlar.



Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish