Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet11/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

O‘ZBEK ADABIY TILINING YUKSALUVI
O‘zbek adabiy tili o‘z tarixini qadimgi turkiy til – ko‘k turk bitiglari hamda uyg‘ur, moniy, brahma, sug‘d yozuvlarida bitilgan eng ko‘hna turkiy obidalar tilidan boshlaydi.

Turkiy adabiy tilning shakllanishi va uning takomilga erishuvida VI–VIII yuzyilliklarda hukum surgan Birinchi va Ikkinchi ko‘k turk xoqonliqlari davri ayricha o‘rin tutadi. O‘sha kezlar qudratli turk saltanatlarining yuzaga kelishi turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va adabiy tilining taraqqiyotiga keng yo‘l ochib berdi. Davlat va jamiyat boshqaruvi, davlat ish yuritish va xalqaro diplomatik munosabatlarni tartibga solish, ilm-fan va adabiyot uchun saltanat tuproqlarida yagona adabiy tildan foydalanish ehtiyoji tug‘ildi. Turk xoqonlari va dovrug‘li kishilar sharafiga tiklangan yodnomalar ana shu adabiy tildadir. Bitiglar butun turk uluslariga qarata yozilgan. Ular xoqonning o‘z yaqinlari, urug‘lari, yurt egalari, to‘rt yoqdagi o‘lkalarga, butun turk ulusiga, kelajak o‘g‘il-qizlarga murojaatidir. Jumladan, 732 yili ulug‘ sarkarda Kul tigin sharafiga tiklangan yodgorlik bitigi shunday so‘zlar bilan boshlangan: Sabïmïn tükäti esidgil: ulayu ini yägünüm, oğlanïm, biriki oğušum, bodunum, biryä šadapït bäglär, yïrya tarqat, buyruq bäglär, otuz … toquz oğuz bägläri, bodunï, bu sabïmïn edgüti esid, qatïğdï tiŋlä. – So‘zimni tugal eshitgil ketimdagi ini, jiyanim, o‘g‘lonim, ittifoq, urug‘im, xalqim, o‘ngdagi shadapit beklar, chapdagi tarxonlar, buyruq beklar, o‘ttiz ... to‘qqiz o‘g‘uz beklari, xalqi, bu so‘zlarimni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla (Ka.1–2). Bu jumlalar ko‘k turk bitiglarining butun turk uluslariga tushunarli, ular uchun umumiy bo‘lgan til bilan bitilganligidan dalolat beradi.

Ko‘k turklar zamonida yuzaga kelgan adabiy til an’analari uyg‘ur xoqonliqlari davrida ham davom etdi.

Uyg‘ur xoqoni Mo‘yun-cho‘r sharafiga tiklangan yodgorlik bitigida davlat nizomi bilan bog‘liq misol bor. Bitigda 750 yil voqealari hikoya qilinar ekan, shunday bitiladi: Ol yïl …bašï anta aqsïraq ordu örgin anta ititdim, čït anta toqïtdïm, yay anta yayladïm, yaqa anta yaqaladïm, belgümin bitigimin anta yaratïtdïm. – O‘sha yili ... (Kem) boshida oq o‘rda chodirini tiktirdim, mudofaa devorlarini qurdirdim, yozni o‘sha yerda o‘tkazdim, o‘sha yerda tangriga ibodat qildim, tug‘roimni, bitigimni (tuzugimni) o‘sha yerda yarattirdim (MČ.20). Qadimgi turkiy tilda belgü – “belgi”, forschadagi “nishon” ma’nosini beradi, belgü bitig esa juft holda “davlat tuzugi, nizomi, bosh qonuni” ma’nosini anglatadi. Bitigdan olingan misolda o‘sha chog‘lar Mo‘yun-cho‘r tomonidan uyg‘ur xoqonlig‘ining davlat nizomi (tuzugi) yaratilgani ta’kidlanmoqda. Yoki bitigda tovushqon yil, beshinchi oy voqealari shunday ta’riflanadi: Anta Ïduqbaš kedintä, Yabaš, Toquš beltirintä anta yayladïm, örgin anta yaratïtdïm, čït anta toqïtdïm, bïŋ yïllïq, tümän künlük bitigimin belgümin anta yasï tašqa yaratïtdïm. – O‘shanda g‘arbda Iduqboshda, Yabash va To‘qush (daryolarining) quyilishida yozni o‘tkazdim. O‘sha yerda saroyimni qurdirdim, mudofaa devorlarini o‘sha yerda tiklatdim, ming yillik, tuman kunlik bitigimni-tuzugimni o‘sha yerda yassi toshga yozdirdim (MČ.21). Ushbu misoldagi “ming yillik, tuman kunlik bitig” uyg‘ur xoqonlig‘i davrida qadimiy til va yozuv, matn tuzish an’analari davom etganligi, ming yillik an’analar asosiga qurilgan davlat nizomining yassi toshga yozdirilganligi qayd etilmoqda.

Uyg‘ur xoqonliqlari davrida eski an’analar davom etishi bilan birga, adabiy til yangi bir bosqichga ko‘tarildi. Bu jarayon sharqiy turklarda buddizm, moniylikning keng yoyiluvi bilan bog‘liq. Turkiy muhitga buddizmning tarqalishi, avvalo, tarjimachilik sohasida katta burilish yasadi. Ko‘plab budda yodgorliklari qadimgi turkiyga tarjima qilina boshladi. Odatda, ushbu asarlar sanskrit, tohar, sug‘d va xitoy tillaridan o‘girilar edi. O‘sha kezlar sharqda budda asarlarining toharcha, sug‘dcha, xitoycha versiyalari ham keng tarqalgan edi. Budda yodgorliklari faqat sanskritchadan emas, o‘rni bilan, ana shu tillardagi versiyalaridan ham tarjima qilingan. Bunday tarjimalarda boshida toharcha nusxalardan foydalanildi. Keyinchalik, tohar tilining mavqei susayganligi uchun bo‘lsa kerak, xitoychadagi budda asarlari turkiyga o‘girilgan. Shuningdek, turk ijodkorlari diniy mazmundagi asarlar ijod etdilar. Bu kezda yaratilgan budda no‘m kitoblari, sutra va shastarlar diniy-falsafiy asarlargina emas, ular qadimgi turk yozma adabiyoti va adabiy tilining qimmatli namunalari hamdir.

Budda asarlari uzoq davr taraqqiy etib takomilga erishgan klassik yozma adabiy tilda, uning kitobiy uslubida yaratilgan. Diniy asarlarda bu kitobiy ko‘tarinki uslub qat’iylashib me’yorga aylangan. Keyinchalik, asar nusxalari qay zamonda ko‘chirilishidan qat’i nazar, tarixiy o‘lchovlarga amal qilinavergan.

X asrda qoraxoniylar davlatida islom dini rasman qabul qilindi. Bu jarayon adabiy til, yozma adabiyot, madaniy hayot va falsafiy qarashlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ayni kezlardan adabiy tilning yangi bir bosqichi boshlanadi.

Mo‘g‘ullar saltanati davrida ham butun saltanatga qaram yerlarda, to‘rt ulusda – Chig‘atoy, Jo‘ji, Xulagu, O‘ktoy (Ugadoy) uluslarida mo‘g‘ul tili emas, qoraxoniylar adabiy tili an’anasini saqlagan turkiy til amalda bo‘ldi.

Adabiy til xususida so‘z ketganda Oltin O‘rda davlatida yoki boshqa qipchoq ellarida o‘sha chog‘lar yuzaga kelgan yozma til an’anasini ham unutmaslik kerak. Bu muhitda yaratilgan yodgorliklar tili ayrim dialektal o‘zgachaliklari bilan o‘zga muhitda yaratilgan asarlar tilidan farqlanib turadi. Ushbu yodgorliklar tilida qipchoq elementlarining ta’siri kuchli. Ayrim asarlarda ularning “qipchoq tili”da ekanligi ham ta’kidlangan (manbalardagi “qipchoq tili” atamasi qipchoq lahjasi ta’sirida bo‘lgan yozma adabiy tilni anglatadi). Oltin O‘rda zamonidagi yozma-adabiy til “chig‘atoy turkiysi”ning qipchoq ta’siriga berilgan bir ko‘rinishi edi. Keyinchalik bu til hozirgi qipchoq tillarining shakllanuvida asos bo‘lib xizmat qildi.

Ko‘k turk, qadimgi uyg‘ur, qoraxoniylar davri adabiy tili, Oltin O‘rda davlatida yuzaga kelgan yozma yodgorliklar tili an’analari ta’sirida o‘rta asrlarda turk musulmon dunyosida ikki ulkan yozma-adabiy til shakllandi. Shulardan biri tilshunoslik tarixida “chig‘atoy turkiysi” otini olgan. “Chig‘atoy turkiysi” tarixda qo‘llangan atama bo‘lib, XIII–XVI asrlardagi eski o‘zbek adabiy tilining boshqa bir otidir. Bu til O‘rta Osiyoda temuriylar davrining adabiy tili sifatida yuzaga keldi. Mavlono Lutfiy, Atoiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ allomalarimiz o‘zlarining o‘lmas asarlari bilan eski o‘zbek tilini yuksak bosqichga ko‘tardilar, uning keyingi takomil yo‘lini belgilab berdilar. “Chig‘atoy ulusi” deyilganda O‘rta va Markaziy Osiyodagi turkiy ulus, “chig‘atoy turkiysi” deganda esa uning uzoq asrlardan beri rivojlanib, takomil bosqichiga erishgan yozma adabiy tilini anglamog‘imiz kerak.

E’tiborga sazovor yeri shundaki, o‘rta asrlarda eski o‘zbek tili (“chig‘atoy turkiysi”) O‘rta Osiyodagi barcha turkiy xalqlar uchun umumiy adabiy til sifatida xizmat qildi. Temuriylar davrida takomillashib, yuksak bosqichga erishgan eski o‘zbek adabiy tilining an’analari O‘rta Osiyo turkiy xalqlari orasida uzoq davom etdi. Turli o‘lkalarda – kerak Qashqarda, kerak Hirot, Yazd yoki Samarqandda bo‘lsin yashab ijod etgan adabiyot ahlining asarlari bir-biriga tushunarli tilda ekanligining boisi ham shunda. O‘zbek tili tarixida ushbu an’analar XX asr boshlariga qadar saqlanib qoldi.

Ko‘k turk, qadimgi uyg‘ur, qoraxoniylar davri adabiy tili an’anasi ta’sirida XIII asrda saljuqiylar davrida o‘g‘uz guruhi asosidagi ikkinchi bir adabiy til ham tarmoq ota boshladi. U ilmiy adabiyotlarda “eski anato‘lu turkchasi” otini olgan. Saljuqiylar davlatida ham, undan keyingi chog‘larda ham O‘rta va Markaziy Osiyoda bo‘lgani singari turkiy tilga katta e’tibor qaratilgan. 1277 yili Anato‘lidagi Karaman bekligining hukumdori Karamano‘g‘lu Mehmetbey davlat ishlarida turkiy tilni joriy etish bo‘yicha farmon chiqargan edi. Farmonda shunday deyiladi: Šimdän girü hič kimesnä qapuda-vu divānda va majālis-u seyranda türki: dilindän ğayrï dil söylämäyä.

Eski Anato‘li turkchasi asosida keyinchalik usmoniy turkchasi yuzaga keldi. Usmoniy turkchasi eski o‘zbek adabiy tiliga parallel holda amal qilgan. Mazkur adabiy til usmoniylar saltanatining, Anato‘lida yuzaga kelgan adabiy va madaniy muhitning yozma tili edi. Shu o‘rinda ba’zi usmoniy shoirlarining Navoiy va boshqa o‘zbek klassiklariga ergashib, o‘z adabiy tili bilan bir qatorda, “chig‘atoy turkiysi”da ham ijod qilganliklarini eslash o‘rinlidir.

Usmoniylar zamonida Anato‘li adabiy muhitida shakllangan usmoniy adabiy tili eski o‘zbek adabiy tiliga juda yaqin turadi. Buni Qonuniy Sulton Sulaymon she’ridan olingan quyidagi baytda ham ko‘rish mumkin:

Xalq ičindä mo’tabar bir näsnä yoq davlat kibi,

Olmaya davlat jihānda bir nafas sihhat kibi.

Hozirgi o‘zbek tili eski o‘zbek adabiy tili (“chig‘atoy turkiysi”) negizida shakllangan bo‘lsa, turk adabiy tili usmoniycha asosida yuzaga kelgan.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish