Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Oltin O‘rda davlatida til vaziyati



Download 3,07 Mb.
bet8/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Oltin O‘rda davlatida til vaziyati. XIII–XIV asrlarda mo‘g‘ulning o‘z ulusida rasmiy davlat tili mo‘g‘ulcha edi. Chingizxon davrida mo‘g‘ullar ilk bor o‘z davlatini qurdi, keyin bu davlat kuchli saltanatga aylandi. Bunga qadar bu yerlar ko‘k turk xoqonliqlari, so‘ng uyg‘ur xoqonliqlariga qarashli o‘lka edi. Mo‘g‘ullar esa turk davlatlari qaramog‘idagi, uning ichidagi bir qavm sifatida (asosan, tatar, moğul atamalari bilan) yashab kelgan. Chingizxonning buyrug‘i bilan mo‘g‘ul xati yaratildi, yozuvni ular turklar(uyg‘urlar)dan oldi. Bu davrda mo‘g‘ul adabiy tiliga asos solindi, adabiy tilning rasmiy uslublari ishlab chiqildi. Fikrimizni XIII asrda yashab o‘tgan yevropalik sayyoh Gilom Rubrikning yozmalari ham dalillashi mumkin. Sayyoh o‘z esdaliklarida yozishicha, mo‘g‘ullar yozuvni uyg‘urlardan (turklardan) olgan, saroylarida uyg‘urlar kotiblik qilgan, o‘zlarining mo‘g‘ulcha yorliqlarini uyg‘ur xatida bitganlar (Григорьев 1981,81–82). Mo‘g‘ul tili Chingizxon zamonida davlat tili maqomini oldi va mamlakatning ichki hamda xalqaro munosabatlarida yetakchi o‘ringa chiqib oldi.

Biroq, chingiziylar qo‘l ostidagi ellarning, xususan, Oltin O‘rda davlati(Jo‘ji ulusi)ning rasmiy tili qay til bo‘lganligi fanda turli bahslarga olib kelmoqda. Gap shundaki, turkiy xalqlar tarixida chuqur iz qoldirgan Oltin O‘rda davlatida bitilgan rasmiy hujjatlar oz qolgan.

Mo‘g‘ul xonlarining saltanatning ilk davrlaridan qolgan davlat miqyosidagi va chet ellar bilan olib borgan bir qancha yozishmalariga tayanib, A.P. Grigorev XIII–XIV asrlarda (1380 yilga qadar) Oltin O‘rda davlatida rasmiy til mo‘g‘ul tili edi, degan fikrni bildiradi (Григорьев 1981). Biroq o‘sha zamonlardan qolgan turkiy yodgorliklar, o‘sha davr tarixchilarining yozmalari va ulardagi aniq-taniq qaydlar bu xulosani tamom inkor etmoqda.

Oltin O‘rda davlatida, qisman, mo‘g‘ul tilining ham amal qilganligini e’tirof etmoq lozim. Bunga Volga bo‘yidan topilgan XIV asrdan qolgan yodgorlikni misol keltirish mumkin. Qo‘lyozma uyg‘ur xatida yozilgan bo‘lib, matnning katta qismi mo‘g‘ul tilida, kichikroq bo‘lagi esa turkiyda. Bundan boshqa ham uyg‘ur xati bilan mo‘g‘ul tilida bitilgan rasmiy hujjatlar ma’lum. Aftidan, mo‘g‘ul zadagonlari o‘z saroylarida, uy ichida (tor doirada) mo‘g‘ulcha so‘zlashganlar. Hatto Botuxon davrida (1227–1255) rasmiy yozishmalar ham mo‘g‘ulcha olib borilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Lekin, bu hodisani Oltin O‘rda davlatining rasmiy tili mo‘g‘ulcha edi, deb tushunmaslik kerak.

Tarixiy manbalardan ma’lumki, XIII asrda dunyo yuzini ko‘rgan mo‘g‘ul ipmeriyasiga qaram o‘lkalar turklarning asl yurti bo‘lgan. Imperiya chog‘ida ham bu yerlarda turklar yashagan. Mo‘g‘ul zadagonlari boshda davlat ishlarini mo‘g‘ul tilida olib borishga urinib ko‘rdilar. Buning imkoni bo‘lmagach, rasmiy ishlarni turkiyda olib borishga majbur bo‘ldilar. Hatto mo‘g‘ul zadagonlari orasida islomni qabul qilganlari ham bo‘ldi. Mashhur sayyoh Ibn Battuta sayohatnomasida turk o‘lkalariga kelib qolgan tatarlar (mo‘g‘ullar)ning islom dinini qabul qilganligini tasdiqlovchi dalillar bor. Chunonchi, u Samarqand tashqarisidagi Qusam ibn Abbos ibn Abdul Muttalib muqaddas ziyoratgohi to‘g‘risida yoza turib ta’kidlaydi: “Tatarlar ham qabrni tavvof etish uchun kelib, ko‘plab pul sadaqa qiladilar, sigir va qo‘ylarini qurbonliqqa olib keladilar, dirham va dinor ehson etadilar... Tatarlar hali o‘tparast ekanliklarida ham mana shu muqaddas maqbaraga tegmaganlar, hatto uning mo‘’jizalariga guvoh bo‘lib sig‘ina boshlaganlar” (Иброҳимов 1993,75).

Oltin O‘rdada davlat ishlari, ichki va rasmiy munosabatlar, xalqaro diplomatik aloqalar, asosan, turkiyda yuritilgan. Bunga Tuxtamishxonning 1393 yili polyak qiroli Yag‘ayliga yo‘llagan uyg‘ur yozuvli yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397 yili uyg‘ur xati bilan bitilgan yorlig‘i misol bo‘la oladi.

XIV–XV asrlarda Xorazm adabiy muhitida “chig‘atoy turkiysi”da yozilgan badiiy asarlar ham Oltin O‘rda til vaziyati to‘g‘risidagi ko‘zqarashlarga oydinlik kiritadi. Xorazm shoirlari qadimgi turk adabiyoti va tili an’analarni saqlagan holda turkiy tilda ijod etganlar. Muhimi shundaki, Oltin O‘rda adabiy muhitida yaratilgan asarlarning bari “chig‘atoy turkiysi”dadir. Bu hodisa “chig‘atoy ulusi” va Oltin O‘rda, qolaversa, mo‘g‘ullar qaramog‘idagi barcha turk o‘lkalarida umumiy bo‘lgan adabiy til amal qilgangidan dalolat beradi. Nasiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” dostoni Oltin O‘rda (Xorazm) adabiy maktabining qimmatli namunalaridir.

Qutbning “Xusrav-u Shirin” dostoni ham Oltin O‘rda adabiyoti va adabiy tilining yorqin o‘rnaklaridan. Mahmud bin Ali bin as-Saroyining “Nahju-l-faradis” asari ham ayni maktab ta’sirida yuzaga keldi. Asar 1357–1358 yili Oltin O‘rdaning poytaxti Saroy shahrida bitilgan.

Demak, yozma manbalar, Oltin O‘rda adabiy muhitidan qolgan o‘nlab badiiy asarlar, o‘sha zamonlardan qolgan tarixiy asarlardagi ma’lumotlarga tayanib, XIII–XIV asrlarda Oltin O‘rda davlatining rasmiy tili turkiy til, yozuvi esa uyg‘ur xati edi, degan qat’iy xulosaga kelish mumkin.

O‘rta Osiyoning mo‘g‘ul istelosi davri tarixi xususida XIV asrning birinchi yarmida o‘tgan mashhur tarixchi sayyoh Ibn Battutaning “Tuhfatu-n-nuzzar fiy g‘aroyibu-l-amsor va ajoyibu-l-Asfor” degan sayohatnomasi katta o‘rin tutadi. Sayyohning O‘rta Osiyoga sayohati Tarmashirin hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Mavoraunnahr sultoni Alouddin Tarmashirin haqida Ibn Battuta shunday ma’lumot beradi: “U qudratli hukumdor, qo‘shini ham juda ko‘p. U juda katta podsholik ustidan hukmron, o‘zi baquvvat va adolatli odamdir. Mamlakati jahonning to‘rt ulug‘ podshosi: Xitoy podshosi, Hindiston podshosi, Iroq podshosi va podsho o‘zbek mulklari orasida o‘rinlashgan. ... U mamlakatni o‘z birodari al-Jakatoydan keyin qo‘lga olgan. Bu al-Jakatoy esa o‘tparast bo‘lib, taxtga katta akasi Kabakdan keyin o‘tirgan. Kabak ham g‘ayridin, ammo o‘z ra’iyatiga adolatli, musulmonlarni hurmat qiladigan kishi bo‘lgan” (Иброҳимов 1993,67). Alouddin Tarmashirin bilan bo‘lgan uchrashuvida sultonning turkiy tilda so‘zlaganini ta’kidlaydi.

Ibn Battuta yozadi: “Men u yerda “o‘rdu” deb ataladigan qarorgohda bir necha kun turib qoldim. Bir kuni odatdagidek masjidga kirib bomdod nomozini o‘qidim. Nomoz tugagach, kimdir menga sulton ham shu masjidda ekanligini aytdi. Men o‘rnimdan turib unga salom berish uchun yaqiniga bordim. Shayx Hasan va faqih Hisomiddinu-l-Yoqiy sultonga mening to‘g‘rimda, bu yerga bir necha kun muqaddam kelganligim haqida so‘zlab berishdi. Sulton menga turkiy tilda murojaat qildi: “Xushmisan, yaxshimisan, qutlug‘ o‘lsun” (Иброҳимов 1993,68).

Sulton bilan boshqa bir uchrashuvi to‘g‘risida yozadi: “Shoh huzuriga – chodirga kirib, uni oltin qadalgan ipak mato to‘shalgan taxtda o‘tirganini ko‘rdim, bu taxt minbarga o‘xshab ketardi. Chodirning ichi zar ipak bilan to‘qilgan mato bilan qoplangan, sultonning tepasida bir tirsak balandligida qimmatbaho toshlar ila bezatilgan toj osig‘liq turardi. Ulug‘ amirlar sultonning o‘ng va so‘l tarafida o‘rindiqlarda o‘tirib olishgan, ular oldida esa podishohning bolalari qo‘llarida yelpig‘ich tutib turishardi. Chodirga kiraverishda noib, hojib, Sohibu-l-alloma (muhr egasi) turishibdi. Ular (muhrni) “ol tamg‘a” deb atashadi. “ol” – “qizil” va “tamg‘a” – “muhr” ma’nosini bildiradi. Men chodir ichiga qadam qo‘yganimda shu to‘rt kishi menga peshvoz chiqib, men bilan birga ichkariga kirishdi. Men sultonga salom berdim, u savollar berdi. Sohibu-l-alloma so‘zlarimni tarjima qilib turdi. Suhbatimiz mavzui Makka, Madina, Quddus (Alloh ularni yanada yuksaltirsin), al-Xalil, Damashq, Misr haqida, al-Maliku-n-Nosir, ikkala Iroq va ularning podshosi, shuningdek, fors mamlakatlari to‘g‘risida edi” (o‘sha kitob, 69- bet).

Muhimi, Ibn Battuta Mavoraunnahrdan o‘tib Hindistonga borgan chog‘dagi xotiralarida ham turklarga oid bir misolni keltiradi. Bu misol Tarmashirinning o‘g‘li bilan bog‘liq. Sayyoh yozadi: “Hind tuprog‘iga qadam qo‘yganimdan ikki yil o‘tgach, shunday bir xabar eshitdim: Sultonning (ya’ni Tarmashirinning) heshlari va amirlari Xitoy bilan chegaradosh uzoq viloyatga uning ko‘pchilik qo‘shini turgan joyga to‘planib, sultonning Buzan-o‘g‘li ismli o‘g‘liga qasamyod etganlar. U yerda shahzodalarni “o‘g‘li” deb atashadi” (Иброҳимов 1993,70).


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish