Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar, tarjimon va kotiblarning adabiy til yuksaluviga qo‘shgan ulushi



Download 3,07 Mb.
bet12/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar, tarjimon va kotiblarning adabiy til yuksaluviga qo‘shgan ulushi
Turkiy adabiy tilining yuzaga kelishi, yozma uslublar va grammatik me’yorlarning muayyan qolipga tushuvi, ularning yuksaluvida shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar, tarjimonu kotiblarning xizmati kattadir.

Qadimgi turk adabiyotining eng keksa namoyandalaridan biri Ikkinchi turk xoqonlig‘i davrida yashab, ijod etgan adib va tarixnavis, yirik davlat arbobi To‘nyuquqdir. U uch xoqon – Eltarish, uning inisi Bo‘gu, Eltarishning o‘g‘li Bilga xoqon taxtda ekanligi chog‘ida maslahatchi va sarkarda edi. Saksondan o‘tib vafot etgan. To‘nyuquqning bir asari ma’lum. Asar adibning o‘z xotirasiga tiklangan qabrtoshga bitilgan.

Bitigda adibning oti uu#vc AGlib bilgä Toñuquq deb qayd etilgan. Otiga qo‘shilayotgan AGlib bilgä so‘zi uning unvoni bo‘lib, “bilimdon, аlloma” degan ma’noni bildiradi. U ulug‘ donishmand, хоqon maslahatchisi bo‘lgani uchun shunday unvonga erishgan.

Qadimgi turk adabiyotining yana bir namoyandasi adib va tarixnavis Yo‘llug‘ tigindir. U ham Ikkinchi turk xoqonlig‘i davrida yashagan, o‘zi Bilga xoqonning o‘g‘li edi. Bitigda adibning oti ngitxLvJ Yol(l)uğ tigin ko‘rinishida yozilgan. Otiga ngit tigin so‘zining qo‘shib aytilishi ham shundan, tigin – qadimgi turkiy tilda “shahzoda” degani.



Turkiy adabiyot va turk tarixnavisligi o‘tmishida Yo‘llug‘ tiginning ikki asari dovrug‘ qozongan. Biri Bilga xoqonning inisi, Yo‘llug‘ning amakisi Kul tigin sharafiga, ikkinchisi Bilga xoqon sharafiga bitilib, ularning qabrtoshiga yozdirilgan. Bitiglar fanda yodgorlik atalgan kishilarning oti bilan yuritiladi. Kul tigin bitigi 732 yili, Bilga xoqonga bag‘ishlangani 735 yili tiklangan.

E’tiborlisi shundaki, Kul tigin kichig bitigining 111- qatorlari Bilga xoqon bitigi muqaddimasining 17- qatorlarida, Kul tigin ulug‘ bitigining 130- qatorlari Bilga xoqon ulug‘ bitigining 323- qatorlarida qaytalaydi.

Mashhur sarkarda Kul tiginga atalgan bitig Bilga xoqonning buyrug‘i bo‘yicha tiklangan, undagi matn ham xoqon tilidan so‘zlanadi. Ehtimol, uni xoqonning o‘zi aytib turib yozdirgan chiqar. Yozuvchi Yo‘llug‘ tigin otasining so‘zlarini matnga tushirgan. Endi oradan uch yil o‘tib, Bilga xoqon vafot etgach, unga bag‘ishlangan bitigni ham Yo‘llug‘ tigin yozdi. Xoqonning burungi yodgorlikka bitilgan murojaatini olib, bunisiga ham kiritdi. Biroq, keyingi bitigdagisi burungi matnning so‘zma-so‘z qaytarig‘i emas, balki yozuvchi tomonidan qayta ko‘rilgan, tahrir etilgan variantidir. Matnning qolgan qismi o‘zicha davom etadi: Kul tigin bitigida sarkardaning faoliyati yoritilgan bo‘lsa, Bilga xoqon bitigida xoqonning el erki, ulus farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan qahramonliklari bayon etilgan.

Bilga xoqon bitigning asosiy qismi xoqon tilidan, xotima qismi va ilovalar esa muallif Yo‘llug‘ tigin tilidan keltirilgan.

Ushbu tarixiy asarlar o‘zining bayon uslubi, tili bilan badiiy asar darajasida. Bitiglarda turk xoqon va sarkardalari milliy qahramon sifatida ulug‘lanadi, ularning faoliyati, qahramonliklari xalqqa ibrat qilib ko‘rsatiladi. Bitiglarda ular turk xalqining xalaskori, ulug‘ yo‘lboshchilar deya ta’rif etilgan. Muallif turli badiiy vositalardan foydalanadi. Unda og‘zaki va yozma adabiyotning sara an’analari umumlashgan. Muhimi, adib bu ta’riflar bayonida turkiy tilning bor badiiy-uslubiy imkoniyatlari, boyligini ishga solgan. Bu asarlarni qadimgi turk adabiyoti va adabiy tilining eng ajoyib namunalari deyish mumkin.

Qadimgi turk adabiy tilining rivoji, adabiy til me’yorlarining turg‘un bir shaklga tushuvida tarjimonlarning ham ulushi bor. Sharqiy turklar orasida moniylik, buddizm, nasroniylikning yoyilishi oqibatida sharq xalqlarining madaniy, adabiy aloqalari kengaydi. Turkiy dunyoda buddashunoslar, moniy falsafasining donishmandlari, sharq tillarining bilimdonlari yetishib chiqdi. Bu jarayon tarjimachilikning rivojiga keng yo‘l ochib berdi. Anatkak (sanskrit), tabg‘ach (xitoy), eroniy tillardan qadimgi turkiyga diniy-falsafiy asarlar tarjima qilindi.

Turk-budda muhitida yashab o‘tgan tarjimonlardan biri yirik buddashunos, sanskrit va tohar tillarining bilimdoni Partanarakshitdir. Uning qadimgi toharchadan turkiyga o‘girgan Maytri simit no‘m bitig otli asari yetib kelgan.

Turk-budda adabiyotining boshqa bir yirik vakili, xitoyshunos Shingqu Sheli (~Singqu Seli) tudung edi. Bu olim Partanarakshitdan ancha keyin – X asrda yashagan. Shingqu Sheli o‘z asarlarini tabg‘ach tilidan tarjima qilgan. Uning otiga qo‘shilayotgan tuduŋ so‘zi qadimgi turkiy tilda “hokim, yuqori mansab”ni bildiradi. Bu unvon Singqu Selining mansabdor kishi, shuning bilan bir qatorda, zamonasining yetuk o‘qimishli kishisi o‘tganidan darak beradi. Uning xitoychadan qadimgi turkiy tilga tarjima qilgan uch asari yetib kelgan. Bular: “Oltun tusli yorug‘” (“Altun öŋlüg yaruq”=“Suvarnaprabhasa sutra”), “Syuan-szan kechmishi” (“Tsi-in-čün kavi nom bitig”) va “Vujud va ko‘ngilni anglash kitobi” (“Etözüg köŋülüg körmäk atlïğ nom bitig”)dir.

Qizig‘i, Shingqu Sheli tarjimalarini asarlarning asl nusxalariga chog‘ishtirib ko‘rgan olimlar ularning xitoycha matnlardan so‘zma-so‘z o‘girilmaganligini ilg‘aganlar. Ta’kidlash joizki, Shingqu Sheli tarjimalarining qay birini olmang, oddiy matnlar emas. Ular qadimgi turk yozma adabiyotining sara asarlari qatorida. Tarjimonning kuchli bilim egasi ekani, turkiy til imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalana olgani, qolaversa, uning shoir o‘tganidan belgi berib turadi bari. Matnlarning til va uslubi hayratga soladi asarlarni asliyatdan o‘qib, tushunib yetgan kishini. Anglashiladiki, tarjimon turk o‘quvchisiga budda g‘oyalarini chuqurroq singdirish, matnlarni o‘qishli qilish maqsadida ayricha yo‘l tutgan: u asarlarning asosiy mazmunini saqlagan holda, turklar tasavvuriga to‘g‘ri keladigan tushunchalar bilan bergan. Atamalar tizimi ham, bayon uslubi ham, badiiy-tasviriy vositalar ham – barisi shunga bo‘ysunadi. Shingqu Sheli tudung ularni qayta ishlab, mustaqil asar darajasiga ko‘targan. Shuning uchun ham turk-budda asarlarini badiiy tarjimalar sifatida emas, balki qadimgi turk adabiyotining o‘z namunalari deb qaramog‘imiz maqsadga muvofiq. Tarjimachilik amaliyoti tarixidagi ushbu metod prinsiplarini, qonun-qoidalarini chuqur o‘rgangandan keyingina, uning to‘g‘risida tugal, aniq-taniq yechimga kelish mumkin.



Muhimi, o‘sha davr tarjimonlari matnga ijodiy yondashganlar. Bu ularning o‘ziga xos yutug‘i, qadimgi turk adabiyoti va adabiy tiliga qo‘shgan katta ulushi edi.

Turkiy adabiy tilning rivoji, adabiy til me’yorlarini tartibga solishda qadimgi turk adabiyotining buyuk namoyandasi, XI asrda yashab o‘tgan ulug‘ faylasuf Yusuf Xos Hojibning xizmati katta. Uning “Qutadg‘u bilig” asari qadimgi turkiy tildan eski turkiy tilga o‘tishda katta bir ko‘prik bo‘lib xizmat qildi; bu asari bilan adib yangi musulmon davri turk adabiy tili me’yorlarini belgilab berdi.

“Qutadg‘u bilig”ning muqaddimasida shunday yozilgan: Čin-u Mačin ’alimlarï qamuğï it(t)ifaq boldïlar-kim, Mašriq vilayatïda, qamuğ Türkistän elindä Buğraxan tilinčä, türk luğatïča bu kitaptin yaxšïraq hargiz kimersä tasnif qïlmay turur. Bu kitap qayu ma padšahqa, qayu ma iqlimqa tegdi ersä, ğayat uzluqïndin, uruqtïn nečä körklüglügindin ol ellärniŋ hakimläri, ’alimlarï qabul qïlïp, tekmä biri bir türlüg at-laqap urdïlar: činlïğlar “Adabbu-l-muluk” atadïlar; Mačin malikiniŋ hukamalarï “Ayinu-l-mamlakat” tedilär; mašriqlïğlar “Zinatu-n-umara” tep aydïlar; eranlïğlar “Šahnama-yi türki” atamïšlar, ba’zilarï ma “Pandnama-yi muluk” temišlär; turanlïğlar “Qutadğu bilig” tep aymïšlar (Радлов 1890,2–3).

Muqaddimada eranlïğlar “Šahnama-yi türki” atamïšlar, ba’zilarï ma “Pandnama-yi muluk” temišlär deyilishiga qaraganda, bu asar forsiyga ham tarjima qilingan chiqar. Tarjimasi topilmagani sabab biron hukum chiqara olmaymiz.

Yana asar “Šahnama-yi türki” ataluvining boisi, uning turkiydagi shoh kitob, kitoblarning tojdori sifatida tan olinganligida edi.

Eski turkiy adabiyot va adabiy tilining ravnaqiga katta hissa qo‘shgan mualliflardan yana biri, turk didaktik adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk faylasuf Adib Ahmad (Adib Ahmad bin Mahmud Yugnakiy)dir. Adib Ahmadning yashab o‘tgan davri aniq emas. Meros qolgan asarlarining til xususiyatlariga qarab, u taxminan XII asrda yashab o‘tgan deb biladilar. Adibning bizgacha “Hibatu-l-haqoyiq” dostoni, shuningdek, pand-nasihat mazmunli to‘rtligi va she’riy baytlari yetib kelgan.

Alisher Navoiy o‘zining “Nasoyimu-l-muhabbat” otli tazkirasida turk mashoyihlari qatorida Adib Ahmadni yodga oladi, uning ijodiga yuksak baho berib, baytlaridan o‘rnaklar keltiradi. Navoiy yozadi: “Adib Ahmad … Türk elidin ermiš… Derlär-ki, közläri bütäw ermiš-u aslā zāhir ermäs ermiš. Basir bolup özgä basirlär-deg andaq emäs ermiš-ki, köz bolğay-u, körmäs bolğay, ammā bağāyat zîrak-u zakî va zāhid-u muttaqî kiši ermiš. Haq subhānahu va ta’ālā agarči zāhir közin yapuq yaratqandur, ammā köŋli közin bağāyat yaruq qïlğandur… anïŋ tili türk alfāzï bilä mavā’iz-u nasāyihqa goyā ermiš, balki aksar Türk ulusïda hikmat-u nuktalarï šāye’dur va nazm tarîqï bilä aytur ermiš” (NM.390–391).

Navoiy o‘rnak sifatida keltirgan baytlar quyidagilar (misolni Rossiya FA Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg bo‘limida saqlanayotgan 97a qo‘lyozmadan keltiramiz – 98a- bet):

Uluğlar ne bersä, yemäs-men demä,

İlik sun, ağïz ur, yemäsäŋ yamä.

Ikkinchi o‘rnak:

Tiliŋni tiyä tut, tišiŋ sïnmasun,

Bu turğan xalayiq seŋä külmäsün.

Uchinchi bayt mana bu:

Söŋäkkä iligdür, erängä bilig,

Biligsiz erän-ol iligsiz söŋäk.

Navoiy keltirgan birinchi va ikkinchi baytlar “Hibatu-l-haqoyiq”dan olingan emas. Chamasi, Adib Ahmadning pand-nasihat mazmunidagi boshqa bir asari bor: misol o‘shandan. Navoiy o‘rnagidagi uchinchi bayt “Hibatu-l-haqoyiq”da o‘zga bir ko‘rinishda. Adibning o‘z asarida baytning to‘rtlik tarkibidagi o‘qilishi shunday:

Söŋäkkä yilig-teg erängä bilig,

Erän körki ’aql-ol, söŋäkniŋ yilig.

Biligsiz yiligsiz söŋäk-teg xalï,

Yiligsiz söŋäkkä sunulmaz elig (AH.89–92).

Temuriylar davri matnshunosligida matn tuzish prinsiplari, qiyosiy matn yaratishning ilmiy asoslari tugal bir ko‘rinishda ishlab chiqilgan edi. 1444 yili Samarqandda yirik davlat arbobi, adabiyot va ilm-fan homiysi, shoir Amir Arslon Xo‘ja Tarxon buyrug‘i bilan Adib Ahmad Yugnakiy “Hibatu-l-haqoyiq” dostonining tayanch matni tuzib chiqildi. Doston yakunida keltirilgan Amir Arslon Xo‘ja Tarxonning she’rida bu xususda shunday deyiladi:

Köp elni körür-biz Adib sözini

Bilä bilmägändin ular özini.

’Ayibqa qoyuptur xalayiq ara,

Ğalat ma’nilarnï ayïtmïš yana.

Sabab erdi bu iš bitidük kitab,

Keräk qïl ijabat, keräk qïl ’itab.

(Ma’nosi: Ko‘p kishilarni ko‘rarmiz-ki, adib so‘zini bilib-bilmay, o‘zidan har turli gap qo‘shadilar.

G‘alati ma’nolar chiqarib, xalq ichida uni aybga qo‘ymoqdalar.

Shu sabab bo‘lib, ushbu kitobni tuzdik. Istasang qabul qil, istamasang yo‘q) (AH.505–510).

Mazkur baytlardan o‘sha kezlar Adib Ahmadning mashhur o‘gitlari ba’zan xato talqinga uchray boshlaganligi anglashiladi. Arslon Xo‘janing asarni qayta kitob holiga keltirishdan maqsadi, xato talqinlarga chek qo‘yish, ularni tuzatish va asarning tayanch, ishonchli nusxasini yaratish edi. Tayanch matn tuzilgach, keyingi nusxalari uning asosida ko‘paytirilgan.

“Hibatu-l-haqoyiq” (“Atabatu-l-haqoyiq”)ning tayanch matnini samarqandlik Zaynul Obidin baxshi tuzdi.

Navoiyga qadar yaratilgan turkiy adabiyot va adabiy tilining rivojida Mavlono Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy singari shoirlarning xizmati katta. Alisher Navoiy o‘zining “Majolisu-n-nafois” tazkirasida Mavlono Lutfiyni ehtirom bilan tilga oladi, “Öz zamānasïnïŋ maliku-l-kalāmï erdi, fārsî va tütkîdä nazirï yoq erdi, amā türkîdä šuhratï köpräk erdi” deya baho beradi. “Mavlānānïŋ “Zafarnāma” tarjimasïda on mïŋ baytdïn artuqraq masnavîsï bar, bayazğa yazmağan üčün, šuhrat tutmadï” deydi (Maj.56).

Navoiy “Majolisu-n-nafois”da Atoyi haqida yaxshi yozgan. Uning “İsmāil ata farzandlarïdïndïr” deya ta’kidlashiga qaraganda, shoir “ota”lar avlodidan ekani, taxallusining esa ata so‘zi bilan bog‘liqligi ayon bo‘ladi.

Navoiy uning ijodiga baho berib shunday bitadi: Türkîgoy erdi. Öz zamānïda še’r-i atrāk arasïda köp šuhrat tuttï. Bu matla’ anïŋdur-kim:

Ul sanam-kim suw qïrğağïnda pari-deg olturur,

Ğayati nāzuklügidin suw bilä yutsa bolur.




Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish