Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Buyrak usti bezlari
Buyrak usti bezlari (glandulae suprerenales) buyraklarning yuqori qutblari
ustida XI-XII ko‘krak umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Orqa yuzalari
bilan diafragmaning bel qismiga tegib turadi.
O‘ng buyrak usti beziga old tomondan jigarning qorinpardasiz sathi, ich-
karidan – pastki kavak vena yondoshadi. Chap bezning oldingi yuzasini kichik
charvi bo‘shlig‘i orqa devorini qoplovchi pariyetal qorinparda yopib turadi, me-
dial tomonida qorin aortasi joylashadi. Bezning pastki chekkasi oshqozon osti
bezi va uning yuqori tomonida joylashgan taloq tomirlarigacha yetib boradi.
Buyrak usti bezining medial tomonida, qorin aortasining oldida joylashgan qor-
in (quyosh) chigalining tolalari buyrak usti bezi chigalini tashkil qilishda qatnashadi.
Har bir buyrak usti bezi yuqori, o‘rta va pastki buyrak usti arteriyalari (aasu-
prarenales superiormedia et inferior) bilan ta’minlanadi. Arteriyalarning yuqorisi di-
afragma pastki arteriyasi, o‘rtasi – aorta, pastkisi esa buyrak arteriyasidan boshlanadi.
Chap buyrak usti venasi chap buyrak venasiga, o‘ngdagisi o‘ng buyrak ve-
nasi yoki pastki kavak venaga quyiladi. Limfa qorin aortasi bo‘ylab joylashgan
limfa tugunlariga quyiladi.
Siydik yo‘llari
Siydik yo‘llari (naylari), ureteres – erkaklarda 30-32 sm ga, ayollarda 27-29
sm ga teng bo‘lib, qorin (pars abdominalis) va chanoq (pars pelvina) qismlariga
bo‘linadi. Siydik yo‘lining kengligi hamma yerda bir xil emas. Toraygan qismlari
3 ta: buyrak jomining siydik yo‘liga o‘tish yerida, nayning yonbosh tomirlari bi-


296
lan kesishgan joyida va siydik qopining devori yonida. Siydik yo‘li toraygan qism-
larining diametri 2-3 mm ga teng bo‘lib, ko‘pincha shu yerlarda, siydik-tosh ka-
salligiga duchor bo‘lgan bemorlarda, buyrak jomidan tushuvchi toshlar ushlanib
qoladi. Kengaygan qismlarida siydik yo‘lining diametri 0,5-1 sm ga teng bo‘ladi.
Siydik yo‘li, buyraklar singari kletchatka - paraureterium va fassiyalardan
tarkib topgan g‘iloflar bilan o‘ralgan holda qorinparda ortida bel katta muskuli-
ning oldingi yuzasida joylashadi. Ular muskulning pastrog‘ida vasa testicularia
(ayollarda – vasa ovarica) ning orqasidan o‘tadi, chegara chizig‘iga kelib, yon-
bosh tomirlarni old tomondan kesib o‘tadi. Shuni ham nazarda tutish kerakki,
o‘ng siydik yo‘li tashqi, chapdagisi umumiy yonbosh arteriyasi bilan kesishadi.
Shu kesishmadan yuqorida siydik yo‘llari orqa devorlari bilan ngenitofemora-
lis–ga tegib o‘tadi. Bundan tashqari, o‘ng siydik yo‘lini old tomondan ingichka
ichak tutqichi, chapdagisini – sigmasimon ichak tutqichi ildizi kesib o‘tadi. O‘ng
siydik yo‘lining ichki tomonida pastki kavak vena, tashqarisida ko‘r ichak va
ko‘tariluvchi chambar ichaklar joylashadi. Chap siydik yo‘lining ichki tomonida
aorta, tashqarisida – tushuvchi chambar ichak yotadi.
Buyrak va moyak yoki tuxumdon arteriyalari siydik yo‘lining bel qismini
qon bilan ta’minlashda qatnashadi. Limfa aorta va pastki kavak vena tarofida joy-
lashgan tugunlarga yo‘naladi.
Siydik yo‘lining bel qismi innervatsiyani buyrak, chanoq qismi qorin osti
chigalidan oladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish