Fuqarolik jamiyati asoslari fanidan 4-seminar savollariga javoblar
2-guruh tinglovchisi Muxamadiyev Xojiakbar
Ijtimoiy kapitalni faqatgina ilg‘ash mumkin. U inson kapitali singari odamlarning miyasida, moddiy kapital singari voqelikda yoki iqtisodiy kapital singari banklardagi hisob raqamlarda emas, ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni kishilararo o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy kapital shunday resurski, insonlar, ya’ni aktorlar muayyan ijtimoiy tuzilmalar orqali unga ega bo‘lib, so‘ngra uni o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanadi. Bekger G.S
“Ijtimoiy kapital” tushunchasi dastlab 1916 yilda amerikalik tadqiqodchi Lida Xanifanning «The Rural School Community Centre» asarida keltiriladi.
Per Burdyo tomonidan 1983 yilda qo‘llanilgan.
Burdyoning fikricha “Ijtimoiy kapital — o‘zaro majburiyat va mas’uliyatga asoslangan u yoki bu darajada institutlashgan yoki mustahkam tarmoq aloqalarini o‘z ichiga olgan mavjud va ehtimoliy zaxiralar majmuasi” ni ifoda etadi.
Ijtimoiy kapitalning turlari
Tuzilmaviy:
Ijtimoiy institutlar;
Tarmoqlar;
Assotsiatsiyalar;
ular bo‘ysunadigan qoidalar
Hissiy:
Ishonch;
Munosabatlar;
Qadriyatlar;
Me’yorlar;
Axloq qoidalari.
Ijtimoiy kapitalning o‘ziga xos ikki xususiyati
Ijtimoiy kapitalning ijobiy tomoni
Ijtimoiy kapital mavjudligi kishilararo munosabatlarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, faoliyatni osonlashtiradi.
U barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ne’matlar va resurslarni ko‘paytiradi.
Jamiyatda ijtimoiy me’yorlarni shakllantiradi va ularni boshqaradi.
Ijtimoiy kapital yaratgan me’yorlar va resurslar, imkoniyatlar, moddiy va nomoddiy ne’matlar insonlarning farovonligiga xizmat qiladi.
Ijtimoiy kapitalning salbiy tomoni
“tashqaridagilar”ni guruhga kiritmaslik
Guruh ichidagi tashabbuslarni yo‘qqa chiqarish
SHaxsiy erkinliklarni cheklash
Me’yorlarning qotib qolishi
O‘zbekistonda ijtimoiy kapital
Mahalla – odamlar rasmiy oqsoqol bilan yoki mahallaning rasmiy idorasi bilan mustahkam aloqa qurmasliklari mumkin, ammo har bir oilaning hayoti milliy, madaniy, diniy an’analar va qadriyatlar orqali norasmiy jihatdan mahalla instituti bilan chambarchas bog‘liq.
Hashar — ko‘pchilikning mehnatini bir joyda jamlay oladigan ijtimoiy mexanizm bo‘lib, har bir kishi kezi kelganda undan o‘zi ham foydalanishini his etgan holda hasharda ishtirok etadi.
Dafn marosimi – o‘zbek jamiyatida hech bir xonadon dafn marosimini o‘tkazishda jiddiy tashvishga tushmaydi.
O‘zbek mahallasida qarovsiz qolgan qariya yoki kasal yotgan kishining qarovsiz qolishi mumkin emasligi ham kuchli ijtimoiy aloqadan darak beradi.
Yoshlar o’rtasida ijtimiy kapitalning keng tarqalgan turi – hozirgi pandimiya sharoitida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam berish uchun volontyorlik guruhlarini tashkil etilishi. Ular insonparvarlik yordamlarini kerkli manzillarga yetkazishda bor kuch-mahoratlarini ishga solishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |