289
IV bel umurtqasining o‘tkir o‘sig‘i orqali yuqorida va pastda joylashgan
umurtqalarning o‘tkir o‘siqlarini aniqlasa bo‘ladi. Gavdani rostlovchi muskul bi-
lan XII qovurg‘a oralig‘idagi burchak, bel sohasidagi novokainli blokadalarni ba-
jarishda nina sanchish nuqtasi yoki operatsiya qilib buyrakni ochishda ko‘pgina
kesimlarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Shuni aytib o‘tish kerak-
ki, qayd qilingan burchak, agar XII qovurg‘a kalta bo‘lsa, muskul bilan XI qovurg‘a
oralig‘ida hosil bo‘ladi.
Bel sohasi
(regio lumbalis) qorin bo‘shlig‘ining orqa devorini hosil qiladi.
Ch e g a r a l a r i : yuqorida – XI va XII qovurg‘alar, pastda yonbosh suyagi-
ning qirrasi va dumg‘aza suyagi, ichkari-
da – tananing orqa o‘rta chizig‘i,
linea
mediana posterior va tashqarida –
qo‘ltiqning o‘rta chiziqlari (
linea axil-
laris media). Bel, o‘z navbatida, bir-biri-
dan ancha farq qiladigan ikkita qism:
m e d i a l va l a t e r a l sohalarga
bo‘linadi. Belning medial sohasi
umurtqa pog‘onasining har ikki tomoni-
da joylashgan gavdani rostlovchi
muskul
(m.
erector spinae) bilan che-
garalangan. Lateral sohasi esa shu
muskulning tashqi chekkasidan to
qo‘ltiqning o‘rta chizig‘igacha davom
etadi.
Belning terisi qalin, oz siljiydi.
Teri osti yog‘ qatlami o‘rtacha
taraqqiy
etgan. Yuza fassiya durust rivojlangan
bo‘lib, bel bilan dumba oralig‘ida joy-
lashgan bel–dumba yog‘ to‘plami (
mas-
sa adiposa lumbogluteale) ni o‘z ichiga
oladi.
Belning xususiy fassiyasi yupqa bo‘lib, orqaning serbar va qorinning tashqi
qiyshiq muskullarini qoplab turadi.
Medial sohada yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qavatlardan so‘ng ko‘krak–bel
fassiyasining yuza varag‘i
(lamina superficialis f.
thoracolumbalis) joylashadi.
Uning oldida gavdani rostlovchi muskul
(m.
erector spinae) va yana chuqurroqda
aytib o‘tilgan fassiyaning chuqur varag‘i (
lamina profunda f.
thoracolumbalis) joy-
lashadi. Oxirgi varaq bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlariga birikadi (200–
rasm). Shunday qilib, gavdani rostlovchi muskul umurtqalarning o‘tkir va
ko‘ndalang o‘siqlari orasida tashkil topgan tarnovchada, ko‘krak – bel fassiyasi-
ning yuza va chuqur varaqlari orasida joylashadi.
Ko‘krak–bel fassiyasining chuqur varag‘idan qorin ko‘ndalang muskulin-
ing aponevrozi boshlanganligi tufayli shu aponevroz
hisobidan I bel umurtqasi
bilan XII qovurg‘a orasida bel–qovurg‘a boylami
(lig.
lumbosostale) hosil bo‘ladi.
Ba’zan qovurg‘ani bo‘shashtirib, buyrakni kattaroq qilib ochish maqsadida shu
boylamni kesishga to‘g‘ri keladi.
200-rasm. Ko‘krak-bel
fastsiyasining qorin orqa devori
ko‘ndalang kesimidagi chizmasi.
1-qorinning tashqi qiyshiq muskuli;
2-qorinning ichki qiyshiq muskuli;
3-qorinning ko‘ndalang muskuli;
4-ko‘ndalang fastsiya; 5-belning
kvadrat muskuli; 6-katta bel
muskuli; 7-ko‘krak-bel fastsiyasining
oldingi va orqa varaqlari; 8-orqaning
serbar muskuli.
290
Ko‘krak–bel fassiyasi chuqur varag‘i-
ning orqasida belning kvadrat muskuli
(m.
quadratus lumborum),
uning orqasida,
umurtqaga yaqinroqda esa belning katta
muskuli
(m.
poas major) joylashadi. Bu mus-
kullar belning lateral sohasida joylashgan qorin-
ning ko‘ndalang muskuli bilan birgalikda qo-
rin bo‘shlig‘i tomondan qorinning ichki fassi-
yasi
(fascia endoabdominalis) bilan qoplana-
di. Ushbu fastsiya o‘zi qoplab turgan muskul-
ning nomi bilan
fascia quadrata va
fascia pso-
atis deb ataladi. Belning lateral sohasida mus-
kullar uch qavat bo‘lib joylashgan.
Birinchi
qavat ikkita muskuldan, ya’ni orqaning ser-
bar muskuli
(m.
latissimus dorsi), va qorinning
tashqi qiyshiq muskulidan (
m.
obliquus exter-
nus abdominis) tashkil topgan bo‘lib, bu ikki
muskulning chekkalari yonbosh suyagining
ustida bir–birini qoplamaydi. Natijada, ular
orasida uchburchak shaklidagi oraliq - bel
(Pti) uchburchagi,
trigonum lumbale (
Petiti) (201–rasm) hosil bo‘ladi. Uchbur-
chak asosini yonbosh suyagining
qirrasi tashkil etsa, ichkaridan – orqaning serbar
muskuli, tashqaridan – qorinning tashqi qiyshiq muskuli chegaralaydi. Uchbur-
chakning ahamiyati shundaki, bu yerda bel churrasi hosil bo‘lishi yoki qorinning
orqa bo‘shlig‘ida vujudga kelgan yiringli jarayon teshib chiqishi mumkin.
Ikkinchi muskul qavatini, yuqorida, orqa pastki tishli muskul
(m.
serratus
posterior inferior), pastda esa qorinning ichki qiyshiq muskuli
(m.
obliquus inter-
nus abdominis) tashkil etadi. Bu ikkala muskul tolalarining yo‘nalishi deyarli bir
xil bo‘lib. pastdan yuqoriga va ichkaridan tashqariga yo‘nalgan.
Birinchi muskul
keng tishlari bilan oxirgi 3 yoki 4 ta qovurg‘aning pastki qirg‘og‘iga, ikkinchisi
esa o‘zining eng orqa tolalari bilan pastki 3 ta qovurg‘aga birikadi. Bu muskullar-
ning bir–biriga qaragan chekkalari tutash-
maydi, natijada ular orasida uchburchak
yoki to‘rtburchak shaklidagi oraliq (
spa-
tium lumbale) yoki belning Lesgaft–
Gryunfeld uchburchagi (yoxud rombi)
201-rasm. Bel churralarining
turlari.
1–bel (Pti) uchburchagi
churrasi; 2–Lesgaft-
Gryunfeld uchburchagi
churrasi.
202-rasm. Bel sohasining
qavatlari.
1–orqaning serbar muskuli; 2–
orqa-pastki
tishli muskul; 3–
XII
qovurg‘a; 4–qovurg‘a osti tomir-
nerv tutami; 5–qorin tashqi
qiyshiq muskuli; 6, 8–ko‘ndalang
aponevroz; 7–qorin ichik qiyshiq
muskuli; 9–orqani tiklovchi
muskul.
291
hosil bo‘ladi (202 – rasm). Uchburchakning tomonlarini ichkaridan - gavdani ros-
tlovchi muskul, yuqoridan – orqa pastki tishsimon muskul, pastdan esa qorinning
ichki qiyshiq muskuli tashkil qiladi. Agar bo‘shliq romb shaklida bo‘lsa, uning
to‘rtinchi tomonini oxirgi qovurg‘a hosil qiladi. Bo‘shliqning tubida qorinning
ko‘ndalang muskulining aponevrozi joylashgan. Bu yerda ham churra hosil bo‘lishi
yoki ichkaridan yiring teshib chiqishi mumkin (201 – rasm).
Uchinchi muskul qavatini qorinning ko‘ndalang muskuli va uning ko‘krak-
bel fassiyasining chuqur varag‘idan boshlanadigan aponevrozi tashkil etadi.
Aponevroz qo‘ltiq orqa chizig‘i sathida tashqariga ochilgan yoy shaklida muskul
tolalariga o‘tadi. Aponevrozni qovurg‘adan 1-2 sm pastroqda qovurg‘a
osti nervi
va tomirlari, bir oz pastroqda esa –
nn.
iliohypogastricus va
ilioinguinalis teshib
o‘tadi va ko‘ndalang muskulning oldingi yuzasi bo‘ylab qorin devoriga o‘tadi.
Nervlar yuqoridan pastga va orqadan oldinga tomon yo‘l oladi.
Yuqorida diafragmaning qovurg‘a va bel umurtqalaridan boshlanadigan qism-
lari orasida uchburchaksimon yoriq hosil bo‘lib, u bel-qovurg‘a uchburchagi
(trig-
onum lumbocostale) (Boxdalek yorig‘i) deb ataladi. Bu yerda plevra osti kletchat-
kasi qorinparda orti kletchatkasiga yaqinlashsa ham, lekin bu yog‘ to‘qimalari
bir-biridan yoysimon payga birikkan
fascia quadrata orqali ajralib turadi.
Shunga qaramay, bu uchburchak qorin devorining nozik joylaridan hisobla-
nadi va yupqa parda orqali yiringli yallig‘lanish jarayonlari qorinparda orti kletchat-
kasidan plevra osti kletchatkasiga o‘tishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: