294
gavdani rostlovchi muskulning yon chekkasi bilan kesishgan nuqtaga to‘g‘ri keladi
(205-rasm).
Buyraklarning bo‘ylama o‘qlari pastga ochilgan o‘tkir burchak hosil qiladi,
ya’ni buyraklarning yuqori qutblari bir-biriga yaqinlashadi,
pastkilari uzoqlasha-
di. Buyraklarning yuqori qutblari umurtqaning o‘rta chizig‘idan 5 sm, pastkilari
esa 8 sm masofada joylashgan.
Buyraklar o‘zlarini o‘ragan fassiya va kletchatka qatlamlari orqali qorin
bo‘shlig‘ining bir qancha a’zolariga tegib turadi. Orqa tomondan ular diafragma-
ning bel qismiga, belning kvadrat muskuliga, ko‘ndalang muskulning
aponevroziga, ichki tomondan esa bel muskuliga tegib turadi.
Buyraklarning late-
ral chekkasi bel-ning kvadrat muskuli va undan yuzaroqda joylashgan gavdani
rostlovchi muskuldan 2-3 sm tashqariga chiqib turadi. Ularning XII qovurg‘adan
yuqorida joylashgan qismlari orqasida plevraning qovurg‘a-diafragma sinusi turadi.
O‘ng buyrakning old yuzasini jigarning o‘ng bo‘lagi, ko‘tariluvchi chambar
ichak va o‘n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismi qoplab turadi (203-rasm).
Chap buyrakning old sathi oshqozon, oshqozon osti bezining dumi, cham-
bar ichakning o‘ng burchagi, oldingi va yon sathi, shu
ichakning tushuvchi qismi
va taloq bilan tutashadi. Har ikkala buyrakning yuqori qutbiga ichki tomondan
buyrak usti bezlari tegib turadi.
O‘ng buyrakning ichki tomonida pastki kavak vena, chap buyrakning shu
yuzasi yaqinida aorta yotadi. Tomirlar bilan buyrak darvozalari o‘rtasida buyrak
oyoqchalari joylashgan. Buyrak oyoqchalari yog‘ kletchatkasi bilan o‘ralgan
buyrak arteriyalari, venalari,
buyrak nerv chigali, limfa tomirlari, buyrak jomi va
siydik yo‘lidan tashkil topgan.
Buyrak oyoqchasining orqaroq qismida buyrak jomi va undan boshlanuvchi
siydik yo‘lining boshlang‘ich qismi, bir oz yuqorirog‘ida va oldinda buyrak ar-
teriyasi, Yana ham oldinda va yuqorida – buyrak venasi va uni tashkil qiluvchi
tarmoqlari joylashadi.
205-rasm. Buyraklarning
skeletotopiyasi.
295
Buyrak
arteriyalari (aa.
renales) qorin aortasining yon tomonidan, I-II bel
umurtqalari ro‘parasida boshlanib, buyrak darvozasida ko‘pincha ikkita: kattaroq
oldingi va orqa tarmoqlarga bo‘linadi. O‘ng buyrak arteriyasi pastki kavak vena
va
duodenumning tushuvchi qismi, chapdagisi esa
oshqozon osti bezi dumining
orqasidan o‘tadi. Odamlarning qariyb uchdan bir qismida aorta yoki uning boshqa
tarmoqlaridan boshlanadigan qo‘shimcha arteriyalari buyrakka buyrak darvozasi
orqali kirishi mumkin, lekin ko‘pincha bu qo‘shimcha arteriyalar buyrak qutblari,
ayniqsa, pastki qutb orqali kiradi. Bular perforant arteriyalar deyiladi. Shuning
uchun buyrakni ajratib olishda ana shu qo‘shimcha tomirlarni ham bog‘lab qo‘yish
zarurligini esdan chiqarmaslik lozim.
Buyrak venalari pastki kavak venaga quyiladi. Chap vena o‘ngdagisidan
uzunroq bo‘lib, qorin aortasining oldidan o‘tadi. Buyrak venalari va unga quyilu-
vchi boshqa venalar (
v.
suprarenalis inferior,
v.
testicularis (
ovarica)
sinistra)
qopqa venasining tarmoqlari bilan anastomozlashadi.
Chap buyrak venasining taloq
venasiga yaqin joylashishi, portal sistemasi gipertenziyasini davolash maqsadida
shu venalar o‘rtasida anastomoz hosil qilishni osonlashtiradi.
Buyraklarning innervatsiyasi buyrak arteriyasi atrofida joylashgan buyrak
chigali
(plexus renalis) hisobiga amalga oshadi. Bu chigallarning asosiy manbai
yuqori va pastki buyrak-aorta simpatik tugunlari hisoblanadi. Buyrakning limfa
tomirlari pastki kavak vena va aorta atrofida joylashgan limfa tomirlariga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: