Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qorinparda orti bo‘shlig‘i,
spatium retroperitoneale
Belning chuqur muskullarini qoplovchi qorin ichki (qorin ichi) fassiyasi (fas-
cia endoabdominalis) bilan orqa devor qorinpardasi oralig‘ida qorinparda orti
bo‘shlig‘i joylashgan (203- va 204-rasmlar). Bo‘shliqdagi yog‘ kletchatkasi 3 qat-
lamni tashkil qiladi. Shulardan birinchisi – textus cellulosus retroperitoneale, ya’ni
qorinparda orti bo‘shlig‘ining xususiy yog‘ kletchatkasi, qorinning ichki pardasi
bilan qorinparda orti fassiyasi (fascia retroperitonealis) oralig‘ida joylashgan. Bu
kletchatka yuqorida XII qovurg‘agacha davom etib, pastda chov boylamigacha
boradi, ichkarida fascia retroperitonealisning varaqlaridan fascia retrorenalis
ning yirik tomirlarga birikishi bilan, lateral tomonda – yuqorida ko‘rsatilgan
fassiya-ning qorinpardaga birikkan yeri, ya’ni qo‘ltiqning orqa chizig‘i bilan che-
garalanadi. Bu kletchatkaga yuborilgan havo va suyuqliklar yaxshi tarqalganligi
sababli, bu bo‘shliqqa oksigen (retropnevmoperitoneum) yoki novokain yuborib
(blokada), bir qator kasalliklarni aniqlashda yoki davolashda foydalaniladi. Fas-
cia retroperitonealis qorinning ichki fassiyasi qorinparda bilan birikkan yeridan,
ya’ni qorinparda qorinning yon devoridan orqa devoriga o‘tish yeridan (linea ax-
illaris posterior) boshlanib, ichkariga yo‘naladi va buyraklarning tashqi qirg‘og‘i
yonida ikkita, ya’ni buyraklarning oldingi va orqa tomonidan o‘tuvchi varaqlarga
bo‘linadi. Sh sababli ular fascia prerenalis va fascia retrorenalis deb nomlanadi.
Har ikkala fassiya oralig‘ida buyraklardan tashqari, ularni o‘rovchi qorinning orqa
bo‘shlig‘ining ikkinchi qavat yog‘ kletchatkasi – paranephron joylashgan.


292
Fascia retrorenalis buyrakni o‘rab
turgan kletchatkaning orqasidan o‘tadi va
ichkarida fascia prerenalis bilan tuta-
shib, diafragma oyoqchalarning fassial
qinlariga, aorta va pastki kavak venaning fibroz qinlariga chatishadi. Pastda u
siydik yo‘li orqasi bo‘ylab tushadi va fascia retroureterica nomini oladi.
Fascia prerenalis buyrakni oldidan o‘rab turuvchi yog‘ kletchatkasining ol-
didan o‘tadi, yuqorida buyrak usti bezi uchun qin hosil qiladi va fascia retrorena-
lis bilan qo‘shilib, yirik tomirlarning fibroz qinlariga birikadi, yuqori ichak tut-
qich arteriyasidan pastroqda qarma-qarshi fassiya bilan tutashadi. Bu fassiya pastda
siydik yo‘lining old tomonidan o‘tadi va fascia preureterica nomini oladi.
Ikkinchi qavat kletchatka (paranephron) fascia pre- va retrorenalis oralig‘ida
joylashib, buyrakning yog‘ kapsulasini (capsula adiposa renis) tashkil qiladi. Xuddi
shunday g‘ilofchalar buyrak usti bezi va siydik yo‘llari atrofida ham hosil bo‘ladi.
Siydik yo‘llari atrofidagi kletchatka (paraureterium) shu yo‘llar bo‘ylab siydik
qopigacha davom etadi.
Fascia prerenalis va preuretericalarning oldida, ko‘tariluvchi va tushuvchi
chambar ichaklarning orqa sohasi bo‘ylab uchinchi qavat kletchatka-chambar atrofi
kletchatkasi (paracolon) joylashgan. Uning oldingi devorini shu ichaklarning orqa
fassiyasi (fascia retrocolica), ichak tashqarisida esa qorinparda tashkil qiladi. Ushbu
kletchatkada uchraydigan yallig‘lanish jarayonlari parakolit nomi bilan ataladi.
203-rasm. O‘ng buyrak
sohasida qorinparda orti
kletchatkasi qavatlari (yarim
sxema tarzida).
1–plevra; 2–diafragma; 3–
fascia
diaphragmatica
; 4–jigar;
5–buyrak usti bezi;
6–o‘ng buyrak; 7–
f a s c i a
prerenalis
; 8–qorinparda;
9–
fascia
Toldti
;
10–
paraureterium
; 11–
vasa
iliaca
communis
; 12–
m

iliacus
;
13–
fascia
illiaca
;
14–
aponeurosis
m

transversi
abdominis
(boshqacha nomi–
fascia
thoracolumbalis
-ning
chuqur varag‘i); 15–
m

erector
spinae
; 16–
fascia
retrorenalis
;
17–
m

quadratus
lumborum
;
18–
arcus
lumbocostalis
lateralis
;
19–
fascia
thoracolumbalis
.


293
Fascia retrocolica (Toldti) qorinparda mahsuli bo‘lib, u embrionning taraq-
qiyot davrida ko‘tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklarning orqa tomonidagi-
na uchraydi, ichaklarning tashqi va ichki tomonlarida qorinpardaga birikadi.
So‘nggi qavatni, ya’ni qorinparda orti bo‘shlig‘ining oldingi devorini orqa devor
qorinpardasi tashkil qiladi. Demak, qorinparda orti bo‘shlig‘i quyidagi qavatlar-
dan iborat:
·
qorinning ichki fassiyasi;
·
qorinparda orti bo‘shlig‘ining xususiy yog‘ kletchatkasi;
·
fascia retrorenalis va retroureterica;
·
paranephron va paraureterium;
·
fascia prerenalispreureterica;
·
qorinparda hamda fascia retrocolica.
Qorinparda orti bo‘shlig‘i kletchatkasi fassiyalar bilan ayrim qatlamlarga
bo‘linganligi tufayli, bu yerda turli davolash va tashxis qo‘yish ishlarini o‘tkazish
mumkin, jumladan, pnevmoretroperitoneum, paranefral, retroperitoneal va para-
kol novokain blokadalarini bajarish mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish