Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Y O‘ G‘ O N I CH A K
Yo‘g‘on ichak (intestinum crassum) ingichka ichakdan keyin kelib, ovqat
hazm qilish traktining oxirgi bo‘limi hisoblanadi. Unda hazm qilish jarayonlari
oxiriga yetadi, axlat massalari shakllanib, tashqariga chiqariladi. Yo‘g‘on ichakda
ko‘r ichak va chuvalchangsimon o‘simta, yuqori ko‘tariluvchi chambar ichak,
ko‘ndalang chambar ichak, pastga tushuvchi chambar ichak, S-simon ichak va
orqa chiqaruv teshigi bilan tugallanuvchi to‘g‘ri ichak farq qilinadi. Yo‘g‘on ichak
qorin va kichik tos bo‘shliqlarida joylashgan bo‘lib, uzunligi 1 dan 1,65 m gacha,
diametri 5-8 sm, oxirgi qismida 4 sm atrofida bo‘ladi.
Yo‘g‘on ichakni ingichka ichakdan farqlash uchun yo‘g‘on ichakning quyi-
dagi 4 ta o‘ziga xos belgisini esda tutish zarur:
1. Yo‘g‘on ichakdagi bo‘ylama muskullar ingichka ichakdagi kabi yaxlit
qavat shaklida bo‘lmay, balki qorinparda orqali yaqqol ko‘rinib turuvchi uchta -
teniae coli ko‘rinishida joylashadi.
2. Yo‘g‘on ichakda kepchigan joylar (gaustralar) - haustrae bo‘ladi. Gaus-
tralar orasida ichakning devorida aylana egatlar bo‘lib, bu yerlarda aylana (halqasi-
mon) muskullar kuchliroq rivojlangan, shilliq qavat esa ichakning ichiga qaragan
burmalar hosil qiladi. Ingichka ichakda gaustralar bo‘lmaydi.
3. Yo‘g‘on ichakning devorida yog‘ o‘simtalari (appendices epiploicae),
bo‘ladi, ingichka ichakda bunday o‘simtalar yo‘q.
4. Normal holatda yo‘g‘on ichak kul rang-zangori tusda, ingichka ichak och
pushti rangga ega bo‘ladi.
Ichakning ileotsekal qismi (181-rasmga qarang) ingichka ichak bilan yo‘g‘on
ichak orasidagi chegarada joylashgan bo‘lib, yonbosh ichakning terminal bo‘limi,


284
ko‘r ichak, chuvalchangsimon o‘simta va bauginiy iskanjasini o‘z ichiga oladi. In-
gichka ichakning yo‘g‘on ichakka o‘tish joyida ileotsekal klapan (bauginiy iskanja-
si) joylashgan. Uni yo‘g‘on ichakdagi massani ingichka ichakka qaytib o‘tishiga
(reflyuksiga) to‘sqinlik qiluvchi shilliq qavatning ingichka burmasi hosil qiladi.
Ichakning ileotsekal bo‘limi yonbosh-chambar arteriyasi (a.ileocolica) orqali
qon bilan ta’minlanadi. Yonbosh-chambar arteriyasining shoxlaridan biri ap-
pendikular arteriya bo‘lib, odatda bitta, ba’zan bir nechta shoxlardan iborat. U
chuvalchangsimon o‘simta tutqichi bo‘ylab o‘tib, o‘simtani qon bilan ta’minlaydi.
Ichakning ileotsekal bo‘limidan venoz qon darvoza venasining hosil
bo‘lishida ishtirok etuvchi yuqori tutqich venasiga quyiluvchi yonbosh-chambar
venasi orqali oqib ketadi. V.appendicularis shu venaning tarmog‘i hisoblanadi.
Chuvalchangsimon o‘simtaning a’zo ichidagi limfa tomirlari shilliq, shilliq
osti, muskul va seroz qavatlarida joylashgan quyuq tomirlar to‘ridan iborat. Bun-
dan tashqari, chuvalchangsimon o‘simtada o‘zida limfa to‘qimasini tutuvchi ko‘p
sonli solitar limfa follikulalari bor. So‘ngra limfa tomirlari ichak tutqichi ichida
yonbosh-chambar arteriyasi bo‘ylab joylashgan yonbosh-chambar limfa tugun-
lariga quyiladi, keyin limfa yuqori va pastki tutqich arteriyalari bo‘ylab joylash-
gan tugunlarga hamda paraaortal limfa tugunlariga boradi.
Ileotsekal bo‘limning innervatsiyasi yuqori tutqich va qursoq chigalidan
chiquvchi nervlar (simpatik innervatsiya) hamda sayyor nervlarning tarmoqlari
(parasimpatik innervatsiya) hisobiga amalga oshiriladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish