Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

278
Innervatsiyasi. O‘n ikki barmoq ichakka, asosan, yuqori tutqich chigalidan
rr.pancreaticoduodenales tarkibida simpatik, parasmipatik va spinal tolalar keladi.
Bundan tashqari qorin, jigar, oshqozon osti bezi, oshqozon chigallaridan,
shuningdek, adashgan nevrlardan ham qo‘shimcha shoxlar keladi.
OSHQOZON OSTI BEZI
Oshqozon osti bezi tuzilishi va funksiyasi jihatidan oshqozon-ichak yo‘lining
yuqori bo‘limi bilan uzviy bog‘langan. Ushbu a’zo qorin bo‘shlig‘ining orqa de-
vorida, qorinparda ortida joylashgan bo‘lib, qorinning oldingi devoriga epigastral
sohaning o‘rtasi va chap qovurg‘a osti sohasida akslanadi. Uning uzunligi 15-20
sm gacha, tanasining tik o‘lchami 3-6 sm, qalinligi 3 sm gacha bo‘lib, vazni 70-80
g ni tashkil qiladi.
Oshqozon osti bezi uchburchak – prizma shakliga ega bo‘lib, uning tanasida
uchta: oldingi, orqa va pastki yuzalari hamda yuqorigi, pastki va orqa qirg‘oqlari farq
qilinadi. Bezning boshchasida faqat oldingi va orqa yuzalar tafovut qilinadi, xolos.
Dum qismiga o‘tishda uning oldingi va orqa qirg‘oqlari bir-biriga qo‘shilib
ketadi, natijada dum qismi ikkita – oldingi va orqa yuzalarga ega bo‘lib qoladi.
Bez boshchasining pastki qismida, o‘n ikki barmoq ichakning gorizontal
qismidan yuqorida ilmoqsimon o‘simta joylashadi. Bu o‘simta boshchadan oshqo-
zon osti o‘yig‘i orqali ajralib turadi. Bu o‘yiqda esa yuqorigi tutqich arteriyasi va
veenasi joylashadi.
Oshqozon osti bezi tanasi va dumining orqasida, ularning yuqorigi qirg‘og‘i
bo‘ylab taloq arteriyasi egati joylashgan bo‘lib, unda shu nomdagi arteriya yota-
di. Tanasining orqa yuzasida, o‘rtaroqda ancha chuqur joylashgan ikkinchi egat –
taloq venasi egati bo‘lib, unda taloq venasi yotadi. Dum qismida bu egat yuqoriga
ko‘tariladi (188-rasm).
Oshqozon osti bezining shakli juda xilma-xil bo‘lib, unga qo‘shni bo‘lgan
oshqozon, taloq, yirik qon tomirlar tomonidan beriladigan bosimga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir.
V.X.Frauchi oshqozon osti bezining quyidagi shakllarini keltiradi: 1) uch
qirrali bez – bezning odatiy shakli bo‘lib, 59,4 foiz hollarda; 2) yassi bez – 17,4
foiz; 3) burchaksimon bez – 7,8 foiz; 4) nashtarsimon bez – 4,8 foiz; 5)
uzunchoq shaklli bez – 4,6 foiz; 6) L-simon bez – 4,4 foiz; 7) halqasimon bez –
1 foiz; 8) ikki dumli bez – 0,3 foiz hollarda uchrab turadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish